Ii bo‘lim. Odam evolyusiyasi va ekologiyasi 4-bob. Odam evolyusiyasi va odam



Yüklə 9,36 Mb.
səhifə3/110
tarix11.12.2023
ölçüsü9,36 Mb.
#144765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Монография-2 кисм lotin

Arxantroplar – odam evolyusiyasining birinchi bosqichi vakilla-ri bo‘lib, Homo habilis turiga mansub zinjantrop (2,5-1 mln yil ol-din yashagan afrikalik odam) suyaklari 1959 yilda Tanzaniyadagi Ol-duvay darasidan topildi. Uquvli odam, ya’ni Homo habilisdan tik yuruvchi odam, ya’ni Homo erectusga o‘tish bosqichining vakili bo‘lgan rudolf odami (2-1,8 mln yil oldin yashagan keniyalik odam) qoldiq-lari 1978 yilda Keniyadagi Turkona ko‘li atrofidan topildi [97].
Qaddini rostlab, tik yurishga o‘tish arxantroplar hayotida hal qi-luvchi ahamiyat kasb etdi, chunki tik yurish tufayli qo‘llar tayanch vazi-fasidan ozod bo‘lib, mehnat qurollarini yasash, ularni ishlatish orga-niga aylandi. Arxantroplar qirrali tosh qurollarini yasab, ular yordamida yovvoyi o‘simliklarning ildizi, piyozi va tugunaklarini kov-lagan, hayvonlarni ovlagan, ularni jarohatlagan va go‘shtini nimta-lagan. Dastlabki oddiy mehnat qurollari arxantroplarning nutqi, tafakkurini qisman rivojlantirgan, ularning atrof-muhitga butun-lay qaramligini biroz kamaytirgan (4.3-rasm)..
Homo erectus turiga mansub bo‘lgan arxantroplar dunyoning turli hududlarida hayot kechirgan. Xususan, fergantrop (1,2 mln yil oldin yashagan  farg‘onalik odam) 1988 yilda Farg‘ona vodiysidagi Selung‘ur g‘oridan topildi. Pitekantrop (700 ming yil oldin yashagan yavalik odam) suyaklari 1891 yilda YAva orolidan (Indoneziya) topildi. Uning bo‘yi taxminan 170 sm, bosh suyagi kosasi – 900 sm3 bo‘lgan. Sinantrop (400 ming yil oldin yashagan pekinlik odam) qoldiqlari esa 1927-1963 yillarda Pekin shahri yaqinidagi g‘ordan topildi. Fergantrop, pitekantrop va sinantropga qarindosh bo‘lgan geydelberg odami (700-250 ming yil oldin yashagan evropalik odam) suyaklari 1907 yilda Ger-maniyaning Geydelberg shahriga yaqin qishloqdan topildi [98].



4.2-rasm. Evolyusiya ta’limotiga muvofiq qadimgi odamning rivojlanish bosqichlari





Yüklə 9,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə