Ii bo‘lim. Odam evolyusiyasi va ekologiyasi 4-bob. Odam evolyusiyasi va odam


yilda Kanada ayol aholisining statik demografik jadvali



Yüklə 9,36 Mb.
səhifə8/110
tarix11.12.2023
ölçüsü9,36 Mb.
#144765
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   110
Монография-2 кисм lotin

1980 yilda Kanada ayol aholisining statik demografik jadvali
(Krebs bo‘yicha, 1985, Gilyarov bo‘yicha, 1990)



YOsh
guruhi

Har bir yosh guruhidagi odam soni

Har bir yosh guruhida o‘lganlar soni

1000 kishi hisobiga o‘lim miqdori

0-1

173 400

1 651

9,52

1-4

685 900

340

0,50

5-9

876 600

218

0,25

10-14

980 300

234

0,24

15-19

1 164 100

568

0,49

20-24

1 136 100

619

0,54

25-29

1 029 300

578

0,56

30-34

933 000

662

0,71

35-39

739 200

818

1,11

40-44

627 000

1 039

1,66

45-49

622 400

1 664

2,67

50-54

615 100

2 574

4,18

55-59

596 000

3 878

6,51

60-64

481 200

4 853

10,09

65-69

413400

6 803

16,07

70-74

325 600

8 421

25,86

75-79

235 100

10 029

42,66

80-84

149 300

10 854

72,50

85 va katta

199 200

18 085

151,70




  • ikkinchi (II) turdagi egri chiziq – individlar hayotining boshlan-g‘ich davridagi ommaviy o‘lim holatini ifodalaydi. Nasli haqida qay-g‘urmaydigan gidrobiontlar va boshqa ayrim organizmlar juda ko‘p miqdorda lichinka, uvildiriq va urug‘ qo‘yish hisobiga yashab qoladi. Masalan, mollyuskalar planktonda o‘z rivojlanishining lichinka bos-qichini o‘taydiki, bunda juda katta miqdorda lichinkalar nobud bo‘la-di, shu sababli ikkinchi turdagi egri chiziq ko‘pincha «ustritsa egri chizig‘i» deb ham ataladi;

  • uchinchi (III) turdagi egri chiziq – odatda tuxum qo‘yganidan keyin nobud bo‘ladigan hasharotlarga xos bo‘lib, o‘lim miqdori butun hayoti davomida juda kam bo‘ladi, biroq hayoti oxirida birdan oshib (ko‘tari-lib) ketadi. Odam va ayrim yirik sut emizuvchi hayvonlarning omon qolish egri chizig‘i ham shunga yaqin. Uchinchi turdagi egri chiziq ko‘pin-cha «drozofila egri chizig‘i» deb ham ataladi.



Odam hayotining ekologik mohiyati individning omon, tirik qolib, yashashga intilishini ifodalaydi


Er sayyorasidagi barcha odamlar insoniyat deb ataluvchi populyasiya tizimini hosil qiladi. Odam populyasiyasi xilma-xil guruhlar shak-lida atrof-muhit sharoitlariga moslashishning o‘ziga xos xususiyatla-rini namoyon etadiki, ular alohida odam organizmi tizimidan ustun turadi. Odam populyasiyasining o‘sishi ta­biiy resurslar va hayotiy shart-sharoitlar, ijti­moiy-iqtisodiy va genetik mexanizmlar bi-lan cheklanib turadi.
Odam o‘z hayotida mazkur cheklovchi omillar ta’sirini kamaytira
bo­rib, o‘tgan asrlarda ro‘y bergan turli kasalliklar, ochlik, urush kabi mahalliy va mintaqaviy halokatlarga qaramasdan texnologik, ijti-moiy va madaniy o‘zgarishlar yordamida yashashga qulay hayotiy muhit-larni yaratdi va oqibatda, dunyo aholisi soni uzluksiz o‘sib bormoqda.
Sayyoramizda o‘tgan asrning 60-yillarida 3 mlrd. nafardan ko‘p ki-
shi yashagan bo‘lsa, hozirgi kunda 7,5 mlrd. nafardan ko‘p aholi istiqo-mat qiladi. Aholining yillik o‘sishi 1960-yillarda 50 mln. nafar kishini tashkil qilgan bo‘lsa, bugungi kunda 100 mln. nafar kishidan ortib ketgan. Erda odam populyasiyasi «demografik port­lash» holati-da ko‘paymoqda. Boshqacha aytganda, Erda 9 ming yil oldin 10 mln. na-far odam yashagan bo‘lsa, eramizning boshlarida 200 mln. nafar, XVII asr o‘rtalarida esa 500 mln. nafar kishi istiqomat qilgan.
«Demografik port­lash» hodisasi O‘zbekiston Respublikasiga ham xos bo‘lib, mamlakat aholisi soni 1991 yilga nisbatan 11,5 mln. na-far kishiga, ya’ni 55,9 % ga o‘sib, bugungi kunda 32,5 mln. nafar kishi-ni tashkil etmoqda [279].
Demograf olimlarning bashoratiga ko‘ra, aholining o‘sish sur’ati hozirgidek saqlanib qolsa, asrimizning 50-yillarida jahon aholisi soni 10 mlrd. nafar kishidan oshib ketadi. Erda odam populyasiyasi-ning eng so‘nggi biologik sig‘imi 12-15 mlrd. nafar kishiligi hisobga olinsa, bunday ko‘payish odam populyasiyasi uchun muayyan qiyinchilik-larni keltirib chiqa­­rishi mumkin. Boshqacha aytganda, odam populya-siyasi uchun tabiiy tartibga solinish omili ishga tushadi va ular ichida tabiiy resurslar etishmovchiligi eng muhim omilga aylanadi.

Yüklə 9,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə