Ii bo‘lim. Odam evolyusiyasi va ekologiyasi 4-bob. Odam evolyusiyasi va odam



Yüklə 9,36 Mb.
səhifə4/110
tarix11.12.2023
ölçüsü9,36 Mb.
#144765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Монография-2 кисм lotin

Paleoantroplar – odam evolyusiyasining ikkinchi bosqichi vakil-lari sifatida Homo erectus odamdan Homo sapiens odamga o‘tish davri-da yashagan kishilar guruhi. Paleoantroplar bundan 250-40 ming yil oldin Evropa, Osiyo va Afrikada hayot kechirgan. Asosan ovchilik bilan shug‘ullangan. Ijtimoiy tuzilmasi – 50-100 nafar individdan iborat «ibtidoiy odamlar to‘dasi» bo‘lgan. Ular asosan uchta guruhga bo‘lin-gan: evropalik ilk paleoantroplar (250-100 ming yil oldin); g‘arbiy osiyolik «ilg‘or» paleoantroplar (70-40 ming yil oldin); g‘arbiy evropalik oxirgi paleoantroplar (50-35 ming yil oldin) [99].
G‘arbiy evropalik oxirgi paleoantroplar ko‘pincha neandertallar (600-25 ming yil oldin yashagan Homo neanderthalensis turiga mansub odam) deb ataladi. Neandertalning bosh suyagi 1856 yilda Germaniya g‘arbidagi Dyusseldorf shahriga yaqin Neandertal darasidan topil-gan. Uning bo‘yi taxminan 165 sm, bosh suyagi kosasi – 1400-1740 sm3 bo‘lgan. Neandertal odam suyaklari Evropaning Belgiya, Fransiya, Ispaniya, Xorvatiya, Italiya, Ruminiya kabi mamlakatlarda, shuningdek Rossiya (Kavkaz, Oltoy), YAqin va O‘rta SHarq (Isroil, Iroq), O‘rta Osiyo (O‘zbekiston) hududlaridan ham topildi.
Antropolog olimlar neandertallarni aqlli odamlarning bevosita ajdodi deb hisoblaydi, biroq so‘nggi yillarda olib borilgan genetik tadqiqotlar natijasi buni inkor qildi: 700-750 ming yil oldin ar-xantroplardan neandertal odamning ilk ajdodlari ajralib chiqqan; 500 ming yil oldin neandertal odam bilan hozirgi odam evolyusiyasi shajarasi ajrashib ketgan. SHuningdek, neandertal odam bilan aqlli odam bir necha ming yillar davomida yonma-yon yashagan, hatto ular o‘rtasida o‘zaro chatishuvlar ham bo‘lgan; buni ikki turga mansub anato-mik belgilarga ega bo‘lgan odam qoldiqlari isbotladi [99; 290].
Neoantroplar – odam evolyusiyasining oxirgi bosqichida shimoli-sharqiy Afrika, G‘arbiy va O‘rta Osiyo hududlarida yashagan «ilg‘or» pa-leoantroplardan 80-40 ming yil oldin (ayrim manbalarga ko‘ra, 180-130 ming yil oldin) kelib chiqqan aqlli odam Homo sapiens turi va uning hozirgi avlodlari. Neoantroplarning eng muhim qazilma to-pilmalari – kromanon odam suyaklari 1868 yilda Fransiyaning Dor-don departamentida joylashgan Kro-Manon g‘orida, keyin Buyuk Britaniya, CHexiya, Serbiya, Ruminiya va Rossiyada aniqlandi [100; 147].
Kromanon odamning bo‘yi o‘rtacha 180 sm, kalla suyagi kosasining hajmi 1600 sm3 va peshonasi keng bo‘lgan, nutqi yaxshi rivojlangan. Kromanon odam g‘or, erto‘la va chaylalarda yashagan, keyinchalik uy-joy qurishni o‘rgangan. Ular hayvonlarni ovlashda murakkab qurollar va usullardan foydalangan, uy hayvonlarini asragan (it, qo‘y va sh.k.), tasviriy san’atni bilgan (toshlarga ov manzaralari, hayvonlar va odamlar tasvirini ishlagan). Kromanon odamlar yovvoyi o‘simliklar va hayvonlarni xonakilashtirib, odam evolyusiyasidagi eng katta yutuqqa erishgan. Bunga qadar qadimgi odamlar oziq-ovqat va kiyim-kechak topishda tabiatga butunlay qaram bo‘lgan. Kromanon odamlar Er sayyorasining turli hududlariga tarqalib, ulardan har xil irqlar shakllangan.
Homo sapiensning genetik dasturi odamni biologik tur sifatida belgilab bergan. Genetik dastur DNK molekulalariga yozilgan bo‘lib, eng noyob tabiiy resurs hisoblanadi (4.3-rasm). Genlar – DNK moleku-lalarining qismlari (bo‘laklari), DNK esa ketma-ket bog‘langan mono-merlar – nukleotidlarning uzun zanjiridan iborat polimer [97].
DNK tarkibiga nukleotidlarning A, T, G va S (yoki A, T, G va C)
harflari bilan belgilangan to‘rt xil turi kiradi. Ushbu xarflardan taxminan quyidagicha matn yuzaga keladi: ATTGGAATATGSGSATGSA ...



4.3-расм. ДНК тузилиши

DNK molekulalarida (xromosomalarda) to‘rt nukleotidning ketma-ketligi ko‘rinishida (sifatida) yozilgan (saqlangan) genetik matnlar ota-onadan avlodlarga irsiy uzatiladi. Ularda organizmning irsiy xususiyatlari maxsus tarzda (juda murakkab) shifrlangan bo‘ladi. Har bir organizmda genom deb ataladigan genetik matnning shunday noyob to‘plami mavjud (faqat bir tuxumli egizaklar bir xil genomga ega bo‘ladi). YAqin qarindoshlar genomi bir-biriga juda o‘xshash bo‘ladi (masalan, har 10 000 xarfdan faqat bittasi boshqa, qolgan 9999 tasi bir xil bo‘lishi mumkin). Qarindoshlik qanchalik uzoq bo‘lsa, farqlar shunchalik katta bo‘ladi. DNK nukleotidlarining ketma-ketligini taqqoslash – qiyoslanadigan organizmlarning qarondoshlik darajasi-ni aniqlashning mukammal metodidir [221].


Odam DNKsi avloddan avlodga o‘tishida har xil ta’sirlar tufayli turli genetik jarayonlarga, xususan, DNK tuzilmasini o‘zgartiruvchi mutatsiyalarga, genlar migratsiyasi – boshqa populyasiyalardan genlar-ning kirib kelishi yoki ketishiga, genlar dreyfi (siljishi) – genlar-ning takrorlanish tezligi (chastotasi) tasodifiy tebranishiga, ta-biiy tanlanish – genetik belgilarning moslashuvi kabilarga jalb etiladi.
SHu nuqtai nazardan u yoki bu darajada ekologik noqulayliklarni boshdan kechirayotgan odam irsiyati, genofondi yoki genomini muhofaza etish uning biologik tur sifatida mavjudligini ta’minlaydi va ke-yingi rivojlanish yo‘lini belgilab beradi. Biroq odam Erdagi istal-gan biologik tur kabi o‘tkinchi bo‘lib, tirik tabiat evolyusiyasining mutlaq «cho‘qqisi» bo‘lib qolmaydi. Odam evolyusiyasiga uning atrofi-da vujudga kelgan sun’iy (antropogen, madaniy) muhit o‘z ta’sirini ko‘rsatadi [92; 293].
Biosferada tirik organizmlar taraqqiyotining eng yuqori bosqi-chini odam egallagan. U Erdagi hayotning boshqa shakllari bilan gene-tik bog‘liq bo‘lib, ulardan ongi va nutqi, mehnat qurollarini ishlab chiqarish qobiliyati, ijodiy faoliyati va o‘z-o‘zini axloqiy anglashi bilan ajralib turadi, ayni paytda ijtimoiy-tarixiy jarayonlar, moddiy va ma’naviy madaniyat taraqqiyoti sub’ekti ham hisoblanadi. Demak, odam ilmiy-ijtimoiy fikrlashi (tafakkuri, ongi) sababli biosferadagi yagona bioijtimoiy mavjudot sanaladi [117; 148].
Odam bioijtimoiy tabiatining mohiyati shundaki, uning hayoti ham biologik, ham ijtimoiy unsurlarni o‘z ichiga olgan yaxlit shart-sharoitlar tizimida kechadi. Bu odamning ayni paytda ham biologik, ham ijtimoiy moslashishi lozimligini zaruratga aylantiradi. Zero, odamning biologik moslashishi hayvonlar moslashuvidan keskin farq qiladi va u ijtimoiy omillar bilan muayyan darajada shartlangan bo‘ladi. SHu sababli odam hayvonlar saltanatida eng murakkab ijti-moiy tuzilma va mehnat faoliyatiga ega bo‘lgan betakror tur ekanligi bilan ajralib turadi.
Insoniyat jamiyati paydo bo‘lishiga tabiiy-geografik sharoitlar katta ta’sir ko‘rsatgan. Uchlamchi davrning oxiri va to‘rtlamchi davr boshlarida ulkan tog‘li o‘lkalar (Hindiqush, Pomir, Tyan-SHan va sh.k) paydo bo‘lgan. To‘rtlamchi davr boshida ro‘y bergan sovuq tushishi katta ko‘lamdagi Gyuns (eramizgacha bo‘lgan 900-800 ming yil), Mindel (eramizgacha bo‘lgan 600-500 ming yil), Rise (eramizgacha bo‘lgan 250-75 ming yil) va Vyurm (eramizgacha bo‘lgan 50-10 ming yil) kabi muzlik va muzliklararo davrlar sodir bo‘lishiga olib kelgan. Muzliklar davri ibtidoiy odamlar hayotini keskin o‘zgartirgan. Past harorat sharoitida o‘simlik ozuqalari etishmagan va odam to‘yib ovqat emagan-ligi uchun ko‘pincha nimjon bo‘lgan. Bunday sharoitda ibtidoiy odam-lar dastlab xom, keyin olov ixtiro qilgach, pishgan go‘sht bilan ovqat-lana boshlagan.
Dastlabki odamlar o‘zlarini tabiat bilan birgalikda his qilgan-lar. Tirikchilik yo‘lida ovchilik va o‘simlik mevalarini yig‘ish bilan shug‘ullangan, vaqtinchalik kichik manzilgohlar qurib, o‘simlik va boshqa oziq moddalarga boy makonlarga ko‘chib yurishgan. Bu davrda odam o‘zini qurshab turgan tabiatga kuchli ta’sir ko‘rsatmagan. SHu-ningdek, pitekantrop va sinantrop odamlarning umr ko‘rish uzoqligi 20-25 yildan ortiq bo‘lmagan, umumiy soni esa 500 mingdan oshmagan. Bunga ibtidoiy odamning o‘z-o‘zidan tartibga solinuvchi tabiiy kuch-lar hukmronligi muhitida yashaganligi sabab bo‘lgan.
Neandertal odamlar samarali ov qurollari bo‘lmaganligi uchun hayvonlarni birgalikda quvib, qurshab ovlashga o‘tganlar, tosh qurol-lari esa o‘ldirilgan hayvon go‘shtini bo‘laklarga bo‘lish va terisiga ishlov berishda katta ahamiyat kasb etgan. Ibtidoiy odamlarning ja-moaviy hayotida ayollar bola parvarishi, xo‘jalik va olovni saqlash bilan, erkaklar esa ovchilik, mehnat qurollari yasash va teriga ishlov berish bilan shug‘ullana boshlaganlar. Birgalikdagi mehnat tufayli odamlarda hayvonlardan farqli jihat – aql va nutq rivojlangan. Odam istalgan biologik tur kabi nafaqat atrof-muhit bilan bog‘lan-gan, balki unga ta’sir ham ko‘rsatgan. Aql odamga oziq-ovqat resurs-lari etishmovchiligini bartaraf qilish imkonini bergan: chorvachilik va dehqonchilik rivojlana boshlagan. Bu hodisa bundan taxminan 8-10 ming yil oldin ro‘y bergan. Aynan shu davrda odam o‘ziga qarashli bo‘lgan sun’iy ekologik tizimni yarata boshlagan.
Odamning fikrlash va zaruriy mehnat qurollarini yaratish qobi-liyati oddiy abiotik va biotik omillar ta’sirini engib chiqishiga imkon bergan. B.Nebelning (1993 y.) ta’kidlashicha, odam bu ta’sir-larni bartaraf etib, oziq-ovqat mahsulotlari serobligini ta’minla-gan, suv omborlari qurib, aholi yashash joylariga suv keltirgan, yirt-qich va zararli organizmlarga qarshi kurash vositalarini yaratgan, o‘zi-ga yashash makonlari qurib, isinish va sovishni o‘rgangan, boshqa bio-logik turlar bilan raqobat kurashida g‘olib bo‘lgan. Odam tabiatdagi cheklovchi omillar ta’sirini bartaraf etish usullarini o‘rgangan bo‘l-sa-da, ularning ustidan 100 % g‘alabaga erishmagan: iqlim omillariga (sovuq, issiq, qurg‘oqchilik, namgarchilik va h.k.) hamisha qaram bo‘lib kelgan va hozir ham shunday. Odam sun’iy yashash muhitini qay daraja-da qulay yaratmasin, atrofidagi tabiat hamisha uning yashash muhiti, mavjudligining bosh omili bo‘lib qolaveradi [165].
Odam hayvonlardan farq qilgani holda, o‘zi uchun tabiat qo‘ynida keng ekologik maskanlar yaratgan. Odam buyuk yaratuvchi sifatida qulay yashash muhiti – sun’iy tizimlarni vujudga keltirgan (dalalar, bog‘-lar, shaharlar va sh.k.). Biroq atrof-muhitining turli omillar ta’si-rida majmuiy ifloslanishi odamning bu sharoitga, ya’ni ifloslan-gan maskanga moslashish imkoniyatlarini cheklaydi. Bunday nomuvo-fiqlik natijasida qattiq hayajon (stress) holatlari vujudga kelib, odamning kasallanishi yoki unda genetik buzilishlar ro‘y berishi mum-kin. SHu sababli odam yashayotgan muhit sharoiti odam salomatligi ho-lati bilan o‘lchanishi va baholanishi kerak.
Aql-zakovatli odam o‘zida biologik, ijtimoiy va madaniy jihat-
larni namoyon etadigan tirik organizmdir. Er sayyorasida bunday xu-susiyatlarga ega bo‘lgan boshqa jon egasi mavjud emas. Demak, odam-ning hayotiy faoliyati tabiiy-biologik va ijtimoiy-madaniy omil-lardan iborat yaxlit shart-sharoitlar majmuida kechadi. U bu sharoit-larga nafaqat biologik, balki ijtimoiy-madaniy moslashishi ham za-rur.
Odam individ (insoniylik qiyofasi va shaxsi e’tiborga olinmagan alohida odam zoti) sifatida ijtimoiy-madaniy munosabatlar tizi-miga kirgach, unda o‘ziga va jamiyatga xos ijtimoiy-madaniy xususiyat-lar vujudga kela boshlaydi. Odam o‘zining genetik dasturi, tabiiy muhit omillari va o‘zi yashayotgan jamiyatga xos qadriyatlar, me’yorlar, yo‘l-yo‘riqlar va xulq-atvor namunalarini o‘zlashtiradi va o‘z shaxsiy tajribasi asosida alohida (yakka) ijtimoiy-madaniy mavjudot si-fatida shakllanadi.
Odamning jismoniy tanasi, anatomik-fiziologik tuzilishi ham-da xususiyatlari uning biologik jihatlarini; o‘rganish va bilishga qobilligi, o‘zgalar bilan muloqotga kirishishi va munosabatlar o‘rna-tishi, ruhiy-ma’naviy barkamollikka erishish istagi esa ijtimoiy-madaniy jihatlarini anglatadi. Odamda bu jihatlarning o‘zaro mu-tanosib rivojlanishi yaxlit inson shaxsining shakllanishini ta’-minlaydi. Zero, inson – o‘z aqli, ruhi va shaxsining sohibi; madaniyat va taraqqiyot bunyodkoridir. Insoneng oliy qadriyat, uning baxt-saodati esa eng oliy maqsad hisoblanadi. SHu sababli, mustaqillik yillarida biosfera va odam manfaatlari yo‘lida amalga oshirila-yotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik yangilanishlarni yanada qo‘l-lab-quvvatlash – davrimizning eng dolzarb muammolaridan biriga ay-langan. SHuningdek, odam tabiiy-genetik, ijtimoiy-tarixiy va ma’-rifiy-madaniy jarayonlar va hodisalarning sub’ekti va ob’ekti hisoblanadi. Bu jarayonlar va hodisalar biosfera va odam (jamiyat) tomonidan vujudga keltiriladi va har qanday individ shaxs sifati-da shakllanadigan hayotiy muhit shakllanadi. Har bir odamning ij-timoiylashuvi, o‘ziga xos turmush tarzi va avlodlarning uzluksiz yangilanib borishi faqat hayotiy muhitda ro‘y beradi. Bu muhit moddiy va ma’naviy qadriyatlar iste’molchisi, tashuvchisi, ijodkori va yara-tuvchisi bo‘lmish barkamol (komil) inson shaxsini vujudga keltiradi. SHu sababli sayyoramiz miqyosida, uning istalgan bir hududida beka-mu-ko‘st tabiiy-ijtimoiy muhit sharoitlari vujudga keltirilishi lozim. Aks holda, odam «tirik murda» – individ holatida qoladi, o‘z-ligini anglamaydi.
Odam muayyan hayotiy muhitda o‘ziga xos ma’naviy-axloqiy, ijti-moiy-madaniy xislatlarga ega bo‘lishiga qaramasdan, biosfera qonu-niyatlari doirasidan tashqariga chiqa olmaydi. SHu sababli aholining ekologik madaniyatini shakllantirish, odamlarda biosfera va atrof-muhitiga mas’uliyatli munosabatni tarbiyalash eng dolzarb vazifaga aylangan.



Yüklə 9,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə