|
“pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari
|
səhifə | 1/4 | tarix | 11.12.2023 | ölçüsü | 470,63 Kb. | | #146070 |
| PUL MABLAG‘LARI VA VALYUTA OPERATSIYALARI FAN NOMI: Moliyaviy hisob va hisobot
TAYYORLADI: NOZIMOV MUZAFFAR
REJA: - 1. Pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobining iqtisodiy mohiyati;
- 2. Korxonaning moliyaviy barqarorligini ta’minlashda pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobining ahamiyati;
- 3. Pul va valyuta operatsiyalarining asosiy jihatlari
- Pul mablag‘lari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab chiqarish faoliyatining uzluksizligini ta’minlash, majburiyatlari yuzasidan to‘lovlarni o‘z
vaqtida amalga oshirishning zaruriy sharti hisoblanadi. SHu sababli, pul erishish xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Taniqli iqtisodchi olimlar S.Van Xorn va M.Vaxovichlarning fikriga ko‘ra, kompaniyalarning pul oqimi barqarorligini ta’minlashda asosiy e’tibor operatsion investitsion xarajatlarni moliyalashtirishga, qarzlar va dividendlarni to‘lashga etishi lozim. Pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobining iqtisodiy mohiyati - S.Van Xorn va M.Vaxovichlar alohida ta’kidlashadiki, operatsion pul oqimining zaiflashuvi debitor qarzdorlik va tovar zaxiralari qoldig‘ining o‘sishi natijasi bo‘lishi mumkin. Ushbu xulosa O‘zbekiston amaliyoti uchun dolzarb ahamiyat kasb etadi. CHunki, respublikamizning qator korxonalarida debitor qarzdorlikning o‘sishi hisobiga joriy aktivlar hajmining oshishi va operatsion pul oqimining zaiflashuvi kuzatilmoqda. Rossiyalik iqtisodchi olim V.Savchuk korxonalarning pul oqimi barqarorligini ta’minlashda asosiy e’tiborni CVPga (Cost-Volume-Profit – korxonaning zararsizlik nuqtasi) qaratishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi. Fikrimizcha, korxonalarning pul oqimini barqarorligini baholashda ular faoliyatining zararsizlik nuqtasini aniqlash hamda mazkur nuqtaning o‘zgarishi va foyda me’yori o‘rtasidagi aloqadorlikni baholash muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, zararsizlik nuqtasi korxona umumiy pul oqimining eng quyi chegarasini belgilaydi; ikkinchidan, foyda korxonalarda pul oqimi kirimining muhim elementlaridan biri hisoblanadi
Dostları ilə paylaş: |
|
|