O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedagokika unversiteti



Yüklə 101,08 Kb.
səhifə1/6
tarix21.10.2023
ölçüsü101,08 Kb.
#130009
  1   2   3   4   5   6
Mashhura

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI

DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOKIKA UNVERSITETI

FILOLOGIYA VA TILLARNI O’QITISH FAKULTETI

O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDIRASI



5120100-O’zbek tili va adabiyot IV kurs, 404- guruh talabasi Omonova Mashhuraning ,,Nodira she’riyatida ayol qalbi manzaralari’’mavzusidagi

KURS ISHI


Himoyaga tavsiya etaman Ilmiy rahbar:PhD
Kafedra mudiri : PhD. Xidirov .R
Amirqulov .S

___” ____2023 “___” ____2023



Denov-2023
Mundarija

KIRISH….………………………………………………………………………….…………………….….3
I BOB Nodiraning hayot yo’li hamda uning talqinida ishq mavzusi………………6 1.1Mohlaroyim Nodiraning tarjimaiholi………………………………...…………6 1.2 Nodira ijodida ishq muhabbatning yoritilishi………………...……………….18

II BOB Nodira ijodida qalb kechinmalarining fors-tojik hamda istioralar bilan yoritilishi…………………………………………………………………………302.1 Nodira o’z qalbini fors-tojik tillarida she’rlar orqali yoritishi……………30 2.2 Nodira ijodida istioralar orqali qalb kechinmalarini yoritishi……………32
XULOSA…………………………………………………………………………38
FOYDALANILGANADABIYOTLAR………………………….………......41



Kirish.

Shukurkim, homiyi din Nodira sulton bo‘ldi, Adlidin bog‘i jahon ravzai rizvon bo‘ldi. Adlu ehsoni jahon mulkini obod etti, Dahr eli himmatidin xurramu shodon bo‘ldi.
Muhammad Sharif .

XVIII asr oxiri-XIX asrning birinchi yarmida markazlashgan Qo‘qon xonligi o‘z taraqqiyotining yuqori bosqichiga ko‘tarildi. Mazkur mamlakatda iqtisodiy hayot ancha jonlandi, shu tufayli xalq ma‘naviy-madaniy turmushida katta ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Yozma adabiyot, ilm-fan, turli san’at va hunarlar rivoj topdi, Qo‘qon tom ma‘noda shoirlar, fozillar shahriga aylandi. Bu yerdan o‘zbek va tojik adabiyotiga munosib hissa qo‘shgan shuaro, ulamolar yetishdi.
Mavlono Fazliy Namangoniyning mashhur “Majmuai shoiroi” (“Shoirlar to‘plami”) tazkirasidan ma‘lum bo‘lishicha shu davrda Qo‘qon adabiy muhitida 85 shoir yashab, ijod etgan. Mazkur tazkiraga kiritilmagan Nodira ham ana shu muhitda kamol topdi. Xalqimizning go‘zal, oqila, fozila farzandi tarjimai holiga doir mufassal ma‘lumotga ega emasmiz. Shoiraning o‘zbekcha devoni debochasida, zamondoshlari asarlarida uning asl ismi, shaxsiyati, din, madaniyat homiysi sifatida qilgan ishlari haqida muhim ma‘lumotlar bor.
Shoiraning asl ismi Komila bo‘lganligini Nodira haqida ilk bor maqola yozgan serqirra ijodkor Lutfulla Olimiy, O‘z FA muxbiri a‘zolari-Olim Sharafuddinov, Aziz Qayumov, filologiya fanlari nomzodi, shoir O‘tkir Rashid o‘z maqolalarida alohida qayd etganlar. Saroy doirasida uni “Мohlar oyim” deb ataganlar. Zamondoshlari “Uzlat Nodira”, Abdurahmon Mirzo kabilar asarlarida Nodirani “Oyim”, “Xonim” deganlar. Komila din, madaniyat homiysi, olijanob ayol sifatida ko‘p va хo‘b xayrli ishlarni amalga oshiradi: o‘z atrofiga ko‘plab shoir, san’atkor, fozil kishilarni yig‘di, ularni moddiy va ma‘naviy jihatdan qo‘llab-quvvatladi, ijodiy ishlarni rag‘batlantirdi. Oyim qishlog‘iga qadam ranjida qilishingiz bilan katta yo‘l yoqasidagi dilbar ayol haykaliga ko‘zingiz tushadi. U go‘yo poyi qadamingiz qutlug‘, qani biz tomonga mar- habo, deyayotgandek, ark ichidan qarshingizga peshvoz chiqib kelayotgandek.
O‘zbek mumtoz adabiyotining nuqtadon shoirasi bu yerda ganch holatda qo‘nim topganligi bejiz emas. Nainki, Mohlaroyimning Oyim qishloq tuprog‘iga poyi qadamlari tekkan uning otashnafas g‘azallariga bog‘-rog‘lar, bulbullar, Qoradaryo suvi, turna ko‘z bo‘yoqlari guvoh bo‘lgan.
Nodirabegim irfoniy hikmat va insoniy poklik, ilohiy ma‘rifat, ishqmuhabbat, ozodlik kabi g‘oyalarining she’r va g‘azallarida o‘z ifodasini topishi, shoiraning mahorat egasi ekanligini ko‘rish mumkin. Shoira Nodirabegimdan qator devonlar va she’riy to‘plamlar meros bo‘libgina qolmasdan, balki shoiraning o‘zbek qizlariga xos ibo-hayosi, yoriga bo‘lgan sadoqati ham bo‘lg‘usi avlod uchun o‘rnak bo‘lib qoldi. U yaratgan asarlar va u haqidagi asarlar, ilmiy maqolalar, to‘plamlar kutubxonalarimiz katalog va kartotekalarida o‘z aksini topgan


Yüklə 101,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə