O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedagokika unversiteti


II BOB Nodira ijodida qalb kechinmaarining fors-tojik hamda istioralar bilan yoritilishi



Yüklə 101,08 Kb.
səhifə4/6
tarix21.10.2023
ölçüsü101,08 Kb.
#130009
1   2   3   4   5   6
Mashhura

II BOB Nodira ijodida qalb kechinmaarining fors-tojik hamda istioralar bilan yoritilishi

2.1 Nodira o’z qalbini fors-tojik tillarida she’rlar orqali yoritilishi


Mohlaroyim-Nodiraning yuqorida qisman tahlil qilingan she’rlari uning o‘zbekcha va tojikcha devonlaridan keltirilgan.
Tojikcha devon muqaddimasida noma‘lum kotib-shoiraning Mohlaroyim fazilatlari va xizmatlari haqida “Kamol dengizining gavhari, izzu iqbol sadafining durri noyobi, ul xotinlar toji” degan so‘zlari; shuningdek, Nodiraning o‘zbekcha va tojikcha “yoqimli va shirin-shirin she’rlar yozganligi haqida qaydlar muhim ahamiyatga egadir. Chunki shu 4182 sonli “Devon”ida keltirilgan she’rlar muqaddimada qayd etilgan fikrlarni to‘la tasdiqlaydi.
5000 misradan ko‘proq bo‘lgan 333 she’rni o‘z ichiga olmish bu “Devon” dagi g‘azallarning birida Nodira: “Men gavharlikda Jayhun daryoga yetsam ham, bir qatra suvman, qadru martabadan osmonga yetsam ham, bir zarra tuproqman” deb quyidagilarni yozadi:

Qatrai obam gar az gavhar ba Jayhun merasam, Zarrai xokam gar az rif’at ba gardun merasam.

Bu yurak so‘zlari Maknunaning olijanoblik, kamtarlik fazilatlaridan darak beradi.Katta falsafiy fikrlar bilan to‘la bo‘lgan bu “Devon” dagi she’rlarning birida shoira:

To buvad poi jahdi Maknuna


Az sari justujo‘ nagardam boz

(Maknunaning oyoqlari harakatda ekan, izlanishdan qolmaydi),-desa, boshqa bir she’rida; Umed hast ki, subhi umedi birasad, Nihoyati shabi zindoni balo birasad. (Umidimiz borki, iqbol quyoshga chiqajak, zindon qorong‘uliklariga ham nihoya yetajak),- deb yaxshi kunlarni orzu qilardi. Shoira falakning mojarolariga, “dardu alamga mubtalo” qiluvchi holatlarga e’tiroz bildirib, inson erkinligi to‘g‘risida o‘ylagan. “Zindon qorong‘uligiga barham beruvchi” “Iqbol quyoshi” porlab chiqishini orzu qilgan.


Mohlaroyimning yaqinda Namanganda topilgan yangi devoni hijriy 1239 (melodiy 1824) yilda tuzilgan bo‘lib, unda shoiraning Nodira, Komila, Maknuna taxalluslari bilan bitilgan o‘zbekcha va tojikcha 120 she’ri keltirilgan. 10.Devonda Xotir, Hoziq, Gulxaniy, Miskin, Dabir, Mushrif, Fazliy she’rlari bilan birga, hozirgacha adabiyotimizda noma‘lum bo‘lgan shoir Nodirning 111 g‘azali ham bor. Muhimi shundaki, bu devonga Navoiyning “Ko‘ngul jon birla bo‘ldi hamrahing, men dard ila turdum”, Mullo Abduqodir Bedilning “Ilohi pora tamkindeh dami vahshi nigohonro” kabi g‘azallariga shoira tomonidan bog‘langan muhammaslar ilova qilingan. Devondagi 103 banddan iborat muxammaslar, 11 bandlik ikki musaddas, 5 bandlik musamman, 8 bandlik tarkiband va 10 bandlik muashshar shoiraning faqat g‘azal janrida emas, balki boshqa xilma-xil janrlarda ham mahorat bilan qalam tebratganini ochiq ko‘rsatib turadi. Misol uchun shoiraning firoqnoma tarsidagi muashsharidan bir bandini ko‘zdan kechiraylik.
Ohkim behad menga javru jafo aylar falak,
Furqat ichra qismatim dardu-balo aylar falak. Yerdin ayru manga ko‘p mojaro aylar falak, G‘am bila guldek yuzimni qahrabo aylar falak. Bevafodir oqibat, kimga vafo aylar falak, Hasratu dardu alamga mubtalo aylar falak.
Yorning albatta yoridan judo aylar falak,
Gul bila bulbulni bebargu navo aylar falak.
Hech kim yorab jahonda yoridin ayrilmasun, Jondin ortiq mehribon dildoridin ayrilmasun.11
Bu misralardan ayonki, she’riyatning har qanday shaklida ham o‘z fikrlarini ravon ifodalay olgan shoira, boshiga qanchalik kulfatlar tushmasin, umid tonglariga yetmoqchi, qorong‘i zindon oqshomlaridan yorug‘likka chiqmoqchi bo‘lgan. Shoira qandaydir ilm, ma‘rifat va madaniyat rivojiga yo‘l beruvchi sharoitlarga intiladi.


Yüklə 101,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə