Islom ta’limotida ta’lim-tarbiya masalalarining ifodalanishi ibragimova Shoira Kosimovna



Yüklə 43,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü43,26 Kb.
#162462
  1   2
ZDPP 0813



49 
ISLOM TA’LIMOTIDA TA’LIM-TARBIYA MASALALARINING IFODALANISHI 
Ibragimova Shoira Kosimovna 
Guliston davlat universiteti 
Pedagogika fakulteti o’qituvchisi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7902683
 
Annotatsiya: 
Mazkur maqolada islom ta’limotida ta’lim-tarbiya masalalarining ifodalanishi
tasavvufiy olimlar fikri, ta’lim-tarbiyada diniy masalalar mavzusi yoritilgan. 
Kalit so’zlar: 
islom, din, jahon, taraqqiyot, ma’naviyat, madaniyat, ta’lim, tarbiya. 
Jahon dinlaridan, umumbashariy taiimotlardan boiib hisoblangan Islom dini insonga mohiyat, 
faoliyatiga maqsad va yo‘nalish bemvchi, jamiyat a’zolari o6rtasidagi munosabatlami 
muvofiqlashtirib, birlashtirib, ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotni tezlashtirish uchun xizmat 
qiladigan ma’naviyat, ma’rifat odob-axloq tarbiyasining barcha meammolarini o‘z ichiga 
qamrab oladi. Umuman olganda, islom dini yosh avlodning ma’naviy-ma’rifiy kamolotiga oid 
boigan fikrlar, qarashlar, taiimotlaming mukammal manbai, yaxiit ilmiy-dunyoviy, diniy 
tizimidir. Islom dini necha-necha asrlar mobaynida odamlarni, bani bashariyatini ulugc 
maqsadlar yoiida birlashtirishga, hamjihat boiishga, tinchlik-totuvlikni mustahkamlashga, 
axloqiy va ma’rifiy kamolotga, halollik va poklikka, iymon va e’tiqodga mehnatsevarlik va 
vatanparvarlikka, ezgulik va saxovatga, bag’ri-kenglik va mehroqibatlilik, ezgulik maqsadlari 
yo’lida qonun- qoidaga berishga, o'zaro nizolar, qonli to’qnashuvlarga, milliy, irqiy, diniy 
kamsitilishlarga yo’l qo'ymaslikka, umumiy uyimiz-kurrai zaminda do‘st-birodarlar, ahil 
hamkor boiib yashashga, umuminsoniy madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat boyliklaridan, jahon 
sivilizatsiyasi yutuqlaridan o’zaro bahramand bo’lishga da’vat etib kelmoqda. 
Islom dinining umumbashariy qadriyat, ilohiy, ilmiy-dunyoviy taiimot sifatida barhayotligini 
ta’minlab kelayotgan asosiy manbalari Qur’oni Karim va Hadisi Shariflardir. Qur’oni Karim 
bilan tanishar ekanmiz, «Ilm» so’zi asosidagi «alima» (bilmoq) fei negiziga tayangan kalimalar 
turli hollarda 750 marta takrorlanganligi ilmiy tadqiqotlarda qayd etilgan boiib, bu o’zak faqat 
«Alloh», «Rabb» (Parvardigor ma’nosida), «boimoq» va «gapirmoq» kabi eng ko’p ishlatilgan 
o’zak-so’zlardan keyin beshinchi o’rinda turar ekan 
Rasullohga nozil bo’lgan 5 oyat hozirgi Qur’oni Karim matni 96- surasi («Alaq»)ning birinchi 
oyatlari boiib, shunday boshlanadi: «Iqra’ bi-ismi robbikal-lazi xalaq!» («Yaratgan rabbing 
nomi bilan o’qi!»). Oradan bir oyat o‘tib yana «o’qi!» so’zi qaytariladi: «Iqra’ va robbikal 
akram, allazi allama bil qalam. Allama-l-insona ma lam ya’lam» («0‘qi! Sening o’ta karamli 
parvardigoring qalam vositasi bilan ta’lim berdi Insonga u bilmagan narsalarni o’rgatdi»). 
Ilmga qiziqtirish borasida Alloh Qur’onda shunday deydi: «Aytgin, ilmlilar bilan ilmsizlar teng 
bo’lsa oladilarmi albatta bu haqda faqat aqlli kishilargina eslaydilar: («Zumar» surasi, 9-oyat). 
Boshqa bir oyatda ilmli kishilar Allohning huzurida boshqalardan ko’ra yuqori darajada 
turishlari ochiq-oydin aytilgan: «Alloh taolo sizlardan imon keltirganlarni va ilmli 
bo’lganlarning darajasini ko‘taradi» («Mujodala» surasi, 11-oyat). Alloh 0‘zining yagonaligiga 
ham ilmli kishilami guvoh qilgan: «Alloh albatta uning o‘zi yagona iloh, undan boshqa 
ibodatga sazovor zot yo’qligiga shohidlik beradi.
Aksincha, Qur’on ilmsizlami tanqid qiladi: «Shunday qilib Alloh ilmsizlarning qalbini berkitib 
qo6yadi». («Rum» surasi, 59-oyat). Qur’on ilmning chegarasi yo‘q ekanligini ham bayon qilib 
o’tgan: «Har bir ilmlining ustidan undan ham ilmliroq bor» («Yusuf» surasi, 76-oyat). Bu 
oyatdan maqsad shuki, olimlar o‘z ilmlari bilan mag‘rurlanib, O’z ustida ishlashni tark 


50 
etmasinlar, doimo ulami ham birov tanqid qilib qolishiga o'zlarini tayyorlab tursinlar, 
demakdir. Qur’on musulmonlami barcha narsaning haqiqatini bilish uchun doimo ilm payida 
bo’lishga chaqiradi «Ey, parvardigor, mening ilmimni ziyod qilgin deb ayt» (qabul qilmaslikni 
buyuradi: «Ular aytdilar, jannatga kim yahudiy yoki nasroniy bo‘lsa kiradi. Bu ulaming orzusi 
xolos. Sen, agar gaplaringiz to‘g‘ri bo‘lsa, dalil va hujjat keltiringlar, deb aytgin» («Baqara» 
surasi, 111-oyat).
Bir narsaga dalil va hujjat bo‘lmasa, ishonib bo‘lmaydi. Boshqalarga taqlid qilib, shirk 
e’tiqodida bo‘lganlami Alloh so‘roq qiladi: «Kim Alloh bilan qo‘shib boshqa ilohga dalil va 
hujjatsiz ibodat qilgan bo‘lsa, uning hisob-kitobi Allohning huzurida bo‘ladi. Albatta kofirlar 
najot topmaydilar» («Mo'minun»surasi, 117-oyat). Ilm doimo mavhum narsani deb aytishdan 
qaytaradi. Gumonni rost deyish to‘g‘ri emas. Bir masala to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini bilish 
uchun uning hujjati, kuchiga qaraladi, agar hujjati kuchli bo‘lsa, masala haqiqat, hujjat kuchli 
bo‘lmasa, masala gumon. Mana shu ilmiy farqlash Qur’on ta’limotlariga ham to‘g‘ri keladi. 
Qur’on haqiqiy - ilmiy narsalarga suyanishga, gumon va xayollardan uzoqda bo‘lishga 
buyurgan va gumonga ergashganlaming holi yomon bo‘lishini aytib o‘tadi: «Balki zolimlar 
ilmsiz ravishda havoyi-nafslariga ergashadilar» («Rum» surasi, 29-oyat). Alloh 
musulmonlarga ilmiy asosda ish olib borishni ko‘rsatib, shunday deydi: « O‘zing bilmagan 
narsaga ergashma. Albatta, ko‘z, quloq va qalb barcha narsadan so‘raladi» («Isro» surasi, 36-
oyai). Oyatning ma’nosi shuki, o‘zing aniq bilmasang, senga aytiladigan turli-tuman narsalarga 
ergashma. Chunki inson qiyomat kunida qulog‘i eshitgan, ko‘zi ko‘rgan, qalbi jo qilgan barcha 
narsalar haqidagi so‘roqlarga javob berishi kerak. Biz eslab o‘tgan oyatlaming barchasi 
ishning asosi aniq, sobit, ilmiy ravishda bo‘lishi zamrligini, gumon va turli fikrlar boimasligini 
anglatadi. Ilm ko‘r-ko‘rona taqliddan qaytarishda Qur’on bilan muvofiqdir. Qur’onda bir fikmi 
ota-bobomiz qilgan deb, o‘zlari aql ishlatmay yurganlar tanqid qilingan: «Agar ularga Alloh 
tushirgan narsaga va payg‘ambarga yaqin kelinglar, deyilsa, ular ota-bobolarimizdan qolgan 
narsa bizga kifoya qiladi, deydilar. Ota-bobolari hech narsani bilmagan va to‘g‘ri yo‘lda 
yurmagan bo‘lsalar, unda nirna bo‘ladi» («Moida» surasi, 104-oyat). Boshqa bir oyatda 
shunday deyilgan: «Agar ularga Alloh tushirgan narsaga ergashinglar deyilsa, ular, yo‘q biz 
otabobolarimizdan ko‘rganimizni qilamiz, deydilar. Ota-bobolari hech narsani bilmagan 
bo‘lsalar va to‘g‘ri yo‘lda yurmagan bo‘lsalar, unda nima bo‘ladi. Kofirlar xuddi bir qo‘y 
podasiga o‘xshaydilarki, ular cho‘ponning qichqirig‘ini eshitadilar-u, ma’nosiga 
tushunmaydilar. Ular kar va ko‘rdirlar, aqllarini ishlatmaydilar» («Baqara» surasi, 170-171-
oyatlar). Qur’onning shu oyatlaridan ko‘rinib turibdiki, aql ishlatmay, o‘zi ishonch hosil qilmay 
— ko‘r-ko‘rona taqlid qilish kofirlarning ishi ekan. Har bir inson Islomni bilib, unga ishonch 
hosil qilmaguncha, ko‘rko‘rona taqlid qilgani bilan mo‘min bo‘la olmaydi.
Qur’on xalqlami boshliqlar va yo‘lboshchilarga ko‘r-ko‘rona taqlid qilishdan ehtiyotlanishga 
chaqiradi. Qur’onda talqin qlinishicha, yo‘lboshchilar ham va unga ergashganlar ham noto‘g‘ri 
yo‘lda bo‘lsalar — qiyomat kunida teng azob chekadilar. Buning ma’nosi shuki, bu dunyoda 
yo‘lboshchilik qilganlar, qiyomat kunida o‘ziga ergashganlardan qochar ekan. Ikki guruh ham 
azobga duchor bo‘lib oralaridagi aloqa uzilar ekan. Qur’on ota-bobolarga, boshliqlarga va 
yoiboshchilarga ko‘rko‘rona taqlid qilishdan qaytarish bilan birga, faqat bir taraflama 
fikrlashdan ham qaytardi va biror narsa qilmoqchi bo‘lsa o‘sha narsaning yaxshisini tanlab 
olishga chaqiradi: «Ular (musulmonlar) gapni eshitganlaridan so‘ng, eng yaxshisiga 
ergashadilar. Shunday kishilarni Alloh to‘g‘ri yo‘lga boshlaganlar va ular aql egalaridirlar» 


51 
(«Zumar» surasi, 18-oyat). Mana shu oyatda Alloh musulmonlami barcha gaplami eshitib, 
tushunib, so‘ngra yaxshisiga ergashishga buyuradi. Alloh shunday qilganlami ilohiy hidoyatga 
erishganlar va o‘tkir aql egalari, deb ataydi. Aslida ilm degani ishlami aql yordamida 
bajarishga aytiladi. Aql esa, uchragan narsani tushunib olish qobiliyatidir. Qur’on barcha 
ishlarda aqlni ishlatishga chaqiradi, aqlni ishlatmaganlami qattiq tanqid qiladi. Qur’onda aqlga 
taalluqli so‘zlar 50 marta ishlatilgan. Aql egalarining so‘zi esa 10 martadan ko‘proq ishlatilgan. 
Shuning o‘zi ham Qur’on aqlga katta e’tibor berganini dalililidir. Qur’on aqlning ulkan ne’mat 
ekanligini bayon qiladi: «Albatta bu narsalarda aqlli kishilar uchun belgilar bor» («Ra’d» 
surasi, 4-oyat). «Biz oyatlarni aqlli kishilar uchun bayon qilib qo‘ydik. Aqlni ishlatmaydilarmi» 
(«Baqara» surasi, 76-oyat) va hokazo. Boshqa oyatlarda esa, aqlni ishlatmaganlarni ayblaydi: 
«Allohning huzurida eng yomon jonzotlar kar-soqov, aqlni ishlatmaydiganlaridir» («Anfol» 
surasi, 22-oyat). «Sen ularning ko‘plari eshitadilar va aql ishlatadilar, deb hisoblaysanmi.
Ular xuddi hayvonlarga o‘xshaydilar, balki hayvonlardan ham battardurlar» («Furqon» surasi, 
34-oyat). Boshqa bir oyatda aqlni ishlatmaslik oxirat azobiga sabab boiganligini eslatadi: 
«Ular (do‘zaxilar) agar eshitganimizda va aql ishlatganimizda do‘zaxilardan boimas edik, 
deyishadi» («Mulk» surasif 10-oyaf). Mana shu narsalaming barchasi Islomdan aql va aqliy 
tarbiyaning naqadar ulkan baholanishini ko‘rsatadi. 
Yuqoridagilarga xulosa qilib aytganda, islom ta’limoti mujassamlashgan Qur’oni Karimdagi 
«Biz odam bolalarini azizmukarram qildik, ularga halol-pok narsalardan rizqu-ro’z berdik va 
ularni o’zimiz yaratgan juda ko6p jonzotlardan afzal-ustun qilib qo‘ydik»; «Ey mo’minlar, 
sizlarga rizq qilib berganimiz-pokiza narsalardan yenglar», «Bandalarimga aytingki, ular eng 
go’zal so’zlardan so’zlashsinlar», «Odamlarni aldab fitnaga solish o4ldirishdan yomonroqdir», 
«Alloh zulm qiluvchilarni sevmaydi», «Parvardigoringiz... ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni 
amr etdi...» kabi muhim g‘oyalar; shuningdek, Hadisi Sharifdagi «Ilm egallang! Ilm-sahroda 
do’st, hayot yo‘llarida tayanch, yolg’izlik damlarida - yo4ldosh, baxtiyor daqiqalarda - rahbar, 
qayg4uli onlarda - madadkor, odamlar orasida - zebu ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda - 
quroldir»; «Ilm olish har bir muslim va muslima uchun farzdir»; «Beshikdan to qabrga 
kirgunlaringizcha ilm izlangiz», «Yoshlikda olingan ilm toshga o’yilgan naqsh kabidir»; 
«Yolg’on so’zlama», «O’zinga ravo ko’rganni boshqalarga ham ravo ko’r», «Yenglar, ichinglar, 
sadaqa qilinglar, ammo isrofgarchiiikka o’tmanglar», «Axmoqdan uzoqlashing», «Nonni 
e’zozlanglar»; deb zikr etilgan hikmatlar komil insonni tarbiyalashda muhim manbadir.
Ta’kidlash joizki, Muso al-Xorazmiy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abu Nasr 
Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Ahmad 
Yugnakiy, Shayx Najmiddinov Kubro, Sulaymon Boqirg‘oniy, Abduxoliq G’ijduvoniy, 
Bahovuddin Naqshband, Mahmud Zamaxshariy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Davoniy, Voiz 
Koshifiy va ulardan keyin ijod qilgan boshqa mutafakkirlar islom ta’limotini, Qur’oni Karimni, 
payg^ambarimizning aytgan so'zlari, diniy va axloqiy yo‘l-yo’riqlari, hikmatlaridan iborat 
manba-Hadisi Shariflami yaxshi bilganlar, ularning ta’sirida ijod etib, kelgusi avlodlar uchun 
benazir meros qoldirganlar. Aslini olganda esa, mutafakkirlarimizning tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-
falsafiy va ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarining asosi, shuningdek, asarlarining mazmun-
mohiyati va g’oyasi ham Qur’oni Karim va Hadisi Sharif ta’limotiga asoslanadi.
Chunki biz nazarda tutayotgan davrdan boshlab savod o'rgatish Qur’oni Karim va Hadisi 
Shariflardagi pand-nasihatlami o'rganish va ulardagi ko'rsatmalarni o'zlashtirish bilan olib 
borilgan. Shunga ko‘ra, Qur’oni Karim va Hadisi Shariflardagi pand-nasihatlar ham olimlar, 


52 
ham adiblar ijodiga kuchli ta’sir etgan va islom ta’limoti allomalarimiz asarlarida ilmiy talqin 
etiladi. Bularda ilgari surilgan g'oyalar yosh avlodning ham aqliy, ham axloqiy jihatdan kamol 
topishiga, pedagogik fikr taraqqiyoti tarixida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Shunday qilib, biz 
islom ta’limotida, ta’lim-tarbiya masalalarining tutgan o'rnini tahlil etar ekanmiz, bu davr 
ma’naviy-ma’ rifiy tafakkurining xarakterli tomoni shundaki, ma’naviyat, ma’rifat, odob-axloq 
sohasidagi tasavvur, fikr, bilimlar islom diniy aqidalari va ta’limotlarini ham bilimning, ilmiy 
tasavvuming bir ko’rinishi sifatida o’z ichiga singdirib yubordi. Dunyoviy ilmlar va diniy ilohiy 
tasawurlar bir butun holda qabul etilib, inson ilmiy tushunchalari asosida talqin etilib, ular 
jahonga mashhur qomusiy mutaffakkirlarimiz asarlarida keng o'rin egalladi.. 

Yüklə 43,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə