Qadimgi va milliy dinlar tasnifi Reja: 1



Yüklə 76,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix27.12.2023
ölçüsü76,45 Kb.
#163810
  1   2   3   4   5   6
Din mavzusi



 
Qadimgi va milliy dinlar tasnifi 
 
Reja: 
 

Dinning madaniyat fenomeni sifatidagi mohiyati
 

Din va dinshunoslik tushunchalarining mazmuni va mohiyati 

Dinshunoslik fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi
 

Din falsafasi tushunchasi va uning falsafiy bilimlar tizimida tutgan o‘rni 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1. Dinning madaniyat fenomeni sifatidagi mohiyati. 
O‘zbekistonda amalga 
oshirilayotgan milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotirani tiklash, fuqarolarda milliy 
g‘urur va iftixor tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan siyosatda din omiliga katta 
e’tibor qaratilib, dinning,xususan islom dinining xalqimiz tarixi, ma’naviyati, 
madaniyatida tutgan o‘rni masalasiga, milliy g‘oyamizdagi dinlararo bag‘rikenglik 
g‘oyasining mamlakatimizda millatlararo totuvlik va tinchlik barqarorlikni 
ta’minlashda tutgan o‘rni masalasiga e’tibor kuchaytirilmoqda.
Necha yuz yillik tarix va madaniyatimiz, milliy o‘zligimizning ajralmas qismiga 
aylanib ketgan muqaddas dinimizni asrash, ajdodlarimizning bebaho ma’naviy-
ma’rifiy merosini o‘rganish va targ‘ib etish biz uchun o‘ta dolzarb vazifa bo‘lib 
qolmoqda, - deydi Prezident Shavkat Mirziyoev, - Keyingi vaqtda mamlakatimizda 
shu yo‘nalishda katta ishlar amalga oshirilayotgani, tabarruk qadamjolar obod 
qilinib, yangi-yangi ilmiy, madaniy va diniy markazlar, ta’lim maskanlari tashkil 
etilayotgani barchangizga yaxshi ma’lum
1
.
Bugungi kunda jahonda ro‘y berayotgan globallashuv jarayonida dinlarni o‘rganish 
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jahonning ba’zi mintaqalarida diniy asosdagi 
kelishmovchiliklarning vujudga kelishi, din shiori ostida ekstremistik, 
fundamentalistik g‘oyalarning ilgari surilishi, missionerlik va prozelitizm 
harakatlarining paydo bo‘lib targ‘ibotchilik faoliyati olib borilishi, dinlar 
o‘rtasidagi to‘qnashuvlar to‘g‘risidagi turli qarashlarning ilgari surilishi 
dinshunoslik faniga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirmoqda. Ko‘pmillatli hamda 
ko‘pkonfessiyali O‘zbekiston Respublikasida din va bag‘rikenglik masalasi 
mamlakatda tinchlik barqarorlik, millatlararo totuvlik hamda dinlararo 
hamjihatlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dinshunoslik fani 
milliy va diniy qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy 
qadriyatlar bilan uyg‘unligi, bu qadriyatlarning hozirgi mustaqil O‘zbekiston 
sharoitidagi ahamiyatini yanada aniqroq yoritib beradi, dinga nisbatan to‘g‘ri, 
ilmiy yondashuvni shakllantirib, dinning insonparvarlik va bag‘rikenglik 
mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi. Dinshunoslik fani din, uning mohiyati, 
turli shakllari, ta’limotlari, yo‘nalishlari, ijtimoiy mohiyati haqidagi dunyoqarashni 


shakllantirishga yordam beradi.

Yüklə 76,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə