Qadimgi va milliy dinlar tasnifi Reja: 1


 Din falsafasi tushunchasi va uning falsafiy bilimlar tizimida tutgan o‘rni



Yüklə 76,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix27.12.2023
ölçüsü76,45 Kb.
#163810
1   2   3   4   5   6
Din mavzusi

4. Din falsafasi tushunchasi va uning falsafiy bilimlar tizimida tutgan o‘rni. 
Dinshunoslik fani o‘rganadigan asosiy sohalardan yana biri din falsafasi bo‘lib, u 
“din”
ni falsafadan kelib chiqib tadqiq qiladi. Din falsafasi dinlarning kelib chiqishi 
va taraqqiy etib borishini o‘zaro bog‘liqlikda, aloqadorlikda, tizimli va qonuniyatli 
jarayon sifatida ko‘rib o‘tib, diniy hukmlarning mantig‘i va mohiyatini ochib 
berishga harakat qiladi. Din falsafasida eng avvalo Xudoning mavjudligi bilan 
bog‘liq dalillar tanqid yoki tahlil qilinadi, bu dalillarning qanchalik asosli yoki 
asossiz ekanligi ko‘rib o‘tiladi. Din falsafasi din to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil 
qilganda mantiqiy shakl va qonunlardan foydalanadi. Mantiqiy tafakkur din 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilishda hukm va xulosa chiqarish usullaridan 
keng foydalanadi. Din falsafasi boshqa fanlar tomonidan chiqarilgan xulosa va 
erishilgan natijalardan keng miqyosda foydalangan holda bu natijalarga tayanib 
yana bir qancha hukmlarni ham chiqarishi mumkin. Din falsafasi, bundan tashqari 
dinning mohiyati, insonning diniy haqiqatlar bilan bo‘lgan bog‘liqligini ham 
o‘rganadi. Din falsafasi o‘rganadigan mavzularning ichida Xudoning borligi, 
sifatlari, yaratuvchi–koinot munosabati, yaratish, olamning yaratilishidagi maqsad, 
qayta tirilish, payg‘ambarlik va vahiy kabi masalalar asosiy o‘rinni egallaydi. Din 
falsafasi o‘rganadigan sohalarga bundan tashqari ilm–imon, ilm–din, din–
madaniyat, din–san’at, din–adabiyot, diniy tajriba, diniy his-tuyg‘u kabilar ham 
kiritiladi. Olloh tomonidan olamning va odamning yaratilishi, inson hayotining 
ma’nosi va mazmuni, inson hayotining o‘tkinchiligi, foniy va boqiy dunyo 
haqidagi qarashlar, savob va gunoh to‘g‘risidagi yondashuvlar din falsafasi 
o‘rganadigan sohalar bo‘lib hisoblanadi.
5. Teologiya tushunchasi va uning o‘rganish sohasi.
Insoniyat tarixida diniy 
bilimlarni o‘rganuvchi soha – teologiya vujudga kelib, teologiya ilohiyot, xudo 
to‘g‘risidagi ta’limot sifatida xudo, uning sifatlari, belgilari va xususiyatlari 
to‘g‘risidagi diniy ta’limotlarni asoslash, himoya qilish, muayyan din tomonidan 
belgilangan aqidalarning haqiqiyligini isbotlash, diniy axloq, dindor va 
ruhoniylarning hayot tarzi va faoliyati me’yorlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. 
Teologiya muqaddas yozuvlar va muqaddas rivoyatlarning ilohiy ekanligini, 
ibodatxonalarning ilohiy mohiyatga egaligini isbotlash, shuningdek ibodatni 


bajarish bilan bog‘liq bir qator amaliy bilimlar yig‘indisini o‘z ichiga oladi. 
Teologiya so‘zi yunon tilida 
theos
-xudo, 
logos-
ta’limot, degan ma’noni bildirib, 
ilohiyotning barcha dinlar doirasida yaratilgan tizimlari dunyoni yaratgan va uni 
inson bilolmaydigan qonunlar orqali boshqaradigan xudoni tan olishga asoslanadi. 
Ilohiyot tizimi deganda diniy ta’limot va sig‘inishlardagi har xil tomonlarni bayon 
etadigan turli ilohiyotga hos bilimlar yig‘indisi tushuniladi. Masalan xristianlik 
rasmiy ilohiyotining asosiy falsafiy manbaini Platon, Aristotel va neoplatonizm 
ta’limotlari tashkil etsa, pravoslavie, protestantizm, katolitizm yo‘nalishlaridan har 
biri ilohiyot masalasida o‘ziga xos xususiyat va yondashuvlarga egadir.

Yüklə 76,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə