Qadimgi va milliy dinlar tasnifi Reja: 1


-§. Dinshunoslik va uning tushunchalari. Dinning asosiy elementlari



Yüklə 76,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix27.12.2023
ölçüsü76,45 Kb.
#163810
1   2   3   4   5   6
Din mavzusi

2-§. Dinshunoslik va uning tushunchalari. Dinning asosiy elementlari.
Dinshunoslikda din, diniylik, dindorlik, diniy ong, diniy dunyoqarash, diniy 
ruhiyat, diniy his-tuyg‘u, diniy kayfiyat, diniy g‘oya, diniy mafkura, diniy faoliyat, 
diniy munosabat kabi bir qator tushunchalar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro bog‘lik 
holda jamiyat hayotida mavjud bo‘ladi. Ushbu tushunchalar strukturaning 
elementlari sifatida tizimli ravishda ko‘rib o‘tilganda quyidagi bog‘liqlik va 
aloqadorlik jarayoni vujudga keladi.
Din murakkab tarkibiy tuzilishga ega bo‘lib, dinning tarkibiga diniy ong, diniy 
marosim va diniy tashkilotlar kiradi.


1. 
Diniy ong diniy dunyoqarash tarkibida muhim o‘rin tutib, diniy ong diniy 
tasavvurlar, g‘oyalar, his-tuyg‘u va kayfiyatlarni ifodalaydigan qarashlar 
tizimidan iboratdir
. Diniy ongning o‘zaro bog‘liq va nisbatan mustaqil bo‘lgan 
ikki darajasi diniy ruhiyat va diniy mafkura mavjud. Diniy ruhiyat kishilarning 
diniy his-tuyg‘ulari, odatlari, an’analari va kayfiyatlari majmuidan iborat bo‘lsa, 
diniy mafkura diniy tashkilotlar orqali targ‘ib etiladigan turli diniy g‘oyalarning 
muayyan tizimidir. Diniy ruhiyat taraqqiy etgan sayin diniy tasavvurlar ham 
takomillashib, diniy tasavvurlardan diniy g‘oyalar shakllangan. Diniy mafkura 
muayyan tushuncha va qarashlarning, g‘oyalarning tartibli tizimi bo‘lib, u 
insoniyat taraqqiyotining nisbatan yuqori bosqichiga to‘g‘ri kelib, uni ruhoniylar, 
kohinlar, dinni o‘rganuvchi faylasuflar ishlab chiqib targ‘ib etib kelganlar.
2. 
Dinning tarkibiy qismlaridan diniy marosim ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, 
diniy marosim individ, gurux yoki tabaqalarning manfaatlari, g‘oyalari va orzu 
istaklarini o‘zida aks etdiradigan munosabatlar va harakatlar tizimini o‘zida 
ifodalaydi.
Diniy g‘oyalar, qarashlar, his-tuyg‘ular va harakatlar tizimi diniy 
ta’limotni vujudga keltiradi. Diniy marosimlar ilohiy kuchga sig‘inish, 
qurbonliklar qilish kabi usullar bilan amalga oshiriladi. Sig‘inish tarkibiga turli 
udumlar, an’analar, duolar, ro‘za tutish va qurbonlik qilish kabilar kiradi. Sig‘inish 
u yoki bu buyumni ilohiylashtirib (muqaddas qoratosh, qadamjolar, tumor, tasbeh, 
diniy libos va boshqalar) vositasida ham amalga oshirilishi mumkin.
Din tarkibida e’tiqod ham muhim o‘rin egallab, e’tiqod insonning muayyan hodisa, 
uning xossa va xususiyatlari xaqqoniy ekanligiga bo‘lgan ishonchidir. E’tiqodning 
asosini ishonch tashkil etadi. Diniy e’tiqod ilohiy kuchlar va hodisalarga ishonish
sig‘inish orqali shakllanadi. Insonda e’tiqod dunyoviy ko‘rinishda bo‘lishi ham 
mumkin. E’tiqodning dunyoviy ko‘rinishi insonni o‘rab turgan ob’ektiv olamdagi 
narsa va hodisalarni hissiy tajriba va ilmiy bilish asosida shakllanadi.
3. 
Diniy tashkilot diniy qarashlarga ega maslakdoshlarning muayyan birligi 
bo‘lib, u umumiy e’tiqod va sig‘inishlar zaminida vujudga keladi
. Masjidlar, 
cherkovlar, boshqa dinlarning turlicha nomlanadigan ibodatxonalari, diniy faoliyat 
bilan shug‘ullanadigan boshqa faoliyat sub’ektlari ham diniy tashkilot bo‘lib 
hisoblanadi.
Jamiyat hayotida diniy tushuncha , tasavvur va kayfiyatlarga moslashib, bularning 
bevosita ta’siri natijasida vujudga keladigan dindorlar, diniy jamoa, uyushma va 
tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar diniy munosabatlar deyiladi. Dindorlar diniy 
e’tiqod, maqsad va vazifalar birligi, diniy marosimlar va undan tashqaridagi 
faoliyatlar birligi asosida diniy jamoalarga birlashib, bu jamoalar uyushma, 
tashkilotlar orasida diniy munosabatlarga kirishadilar.
Mustaqil O‘zbekistonda diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan holda, asosan diniy 
ishlar bilan shug‘ullanmoqdalar. Ular jamiyatimiz hayotida faol ishtirok etib, 


ko‘proq axloqiy-tarbiyaviy sohada faoliyat olib bormoqdalar. O‘zbekistonning olib 
borayotgan siyosatida milliy o‘zlikni anglash, kelajakda buyuk davlat qurish, 
mamlakatni eng rivojlangan davlatlar darajasiga olib chiqish, horijiy davlatlar bilan 
teng xuquqli va foydali aloqalar olib borish, qo‘shma korxonalar qurish, ilm-fan, 
texnika, san’at, adabiyot, kadrlar va mutaxassislar tayyorlash, sport sohasidagi 
aloqalarni kuchaytirish, mamlakatimiz ichida esa tinch-totuvlikni saqlab turish, 
fuqarolar hamkorligini mustahkamlash, yoshlarning ta’lim-tarbiyasini yangi, 
zamonaviy talablar asosida olib borish, milliy qadriyatlarni tiklash kabi ishlar olib 
borilmoqda. Milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotirani tiklash, fuqarolarda milliy 
g‘urur va iftihor tuyg‘ularini shakllantirishda, milliy urf-odat, an’ana, udumlar, 
marosimlar va qadriyatlarni qayta tiklashda, fuqarolarning ma’naviy-axloqiy 
tarbiyasida diniy tashkilotlar muhim o‘rin tutmoqda.
Diniy e’tiqod insonning intuitiv ya’ni hissiy faoliyati bilan bevosita bog‘liq 
bo‘lsada, din to‘g‘risidagi ilmiy bilimlarning rivojlanishi diniy e’tiqodni 
ratsionallik asosida ya’ni insonning aqliy faoliyati bilan dialektik aloqadorlikda 
ko‘rib o‘tishni talab qiladi. Jamiyatning taraqqiyoti va insonning kamolotida 
e’tiqod bilan aqlning nisbati bir-biriga muvofiq bo‘lib, insonning har bir qobiliyati 
(e’tiqodi ham, aqli ham) ijtimoiy faoliyat va munosabatlardagi qandaydir maqsad 
uchun muhim ahamiyatga egadir. E’tiqod bilish ob’ektini ochib beradi, insonning 
e’tiqodi ratsionallikka asoslangan holda diniy va dunyoviy bilimlar asosida 
shakllantiriladi. Jamiyat hayotida barcha insonlar o‘zining e’tiqodiga ega bo‘lgan 
holda ijtimoiy munosabatlarda ishtirok etadilar, turli sohalarda faoliyat yuritadilar. 
Inson bilim olib o‘zining bilimi va dunyoqarashini kengaytirar ekan, bilimda 
hamma vaqt e’tiqod unsuri ishtirok etadi. Insonning kundalik faoliyatida e’tiqod va 
aql bir-birini istisno etmaydi balki biri ikkinchisini to‘ldiradi.
Inson dinning mazmuni, mohiyati va diniy ta’limotlar haqidagi ilmiy bilimlarga 
ega bo‘lar ekan, u din shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan psixologik omillar, ob’ektiv 
va sub’ektiv sharoitlarni o‘rganadi, tahlil qiladi va shu asosda ma’lum ilmiy 
xulosalarga keladi. Dinlarning kelib chiqishi, rivojlanishi va evolyusiyasi o‘zining 
psixologik, ijtimoiy-iqtisodiy sabab va omillariga ega bo‘lib, tarixiy taraqqiyotda 
diniy ta’limotlar jamiyatning talab-ehtiyoji asosida paydo bo‘ladi, bir-biriga ta’sir 
ko‘rsatgan holda rivojlanadi, jamiyat hayotini barqarorlashtirishga o‘zining 
hissasini qo‘shadi. Insoniyat jamiyatining tarixiy taraqqiyotida shakllangan milliy 
va jahon dinlarida diniy tasavvurlar, diniy harakatlar, diniy psixologiya va diniy 
tashkilotlardan iborat bo‘lgan to‘rtta uzviy bog‘langan elementlar mavjud bo‘lib, 
ular yaxlit holda diniy ibodatlarni bajaradilar va umumiy bo‘lgan diniy his-
tuyg‘ular asosida faoliyat yuritadilar. Dinlar tarixi g‘oyat murakkab va uzoq tarixiy 
jaraѐnlardan iborat bo‘lib, hozirgi davrda mavjud bo‘lib turgan dinlarning barchasi 


o‘zining kelib chiqishi, rivojlanishi va takomillashib borishi tarixiga egadir.

Мирзиёев Ш.М.
Нияти улуғ халқнинг иши ҳам улуғ, ҳаёти ёруғ ва 
келажаги фаровон бўлади. 3-жилд. Тошкент, Ўзбекистон, 2019 йил, 375-376 
бетлар.
2 Мирзиёев Ш.М. Нияти улуғ халқнинг иши ҳам улуғ, ҳаёти ёруғ ва келажаги 
фаровон бўлади. 3-жилд. Тошкент, Ўзбекистон, 2019 йил, 377- бет.
3 Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом 
эттириб, янги босқичга кўтарамиз. 1-жилд. Тошкент, Ўзбекистон, 2017 йил, 
28-29 бетлар.

Yüklə 76,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə