hisoblangan Kalimai shahodatni bilishi, namoz o‘qishi, ro‘za tutishi, zakot berishi
va haj qilishi zarurligi belgilangan. Ehson talablari esa har bir dindor-xudojo‘y
musulmondan imon va islom talablarini sidqidildan bajarishni talab qiladi. Huddi
shunday diniy ta’limotlar buddaviylik, xristianlik va boshqa dinlarda ham
mavjuddir.
Insonda diniy e’tiqodning shakllanishi diniy tarbiyaning olib borilishi, uning
mazmuni va ta’sirchanligiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Diniy talablar har bir
shaxsdan qat’iylik, irodalilik, sabr-toqatlilik, chidamlilik va haqiqiy fidoyilikni,
dindorga xos bo‘lgan e’tiqodga amal qilishni taqozo etadi. Dunyodagi barcha
dinlardagi talab va ko‘rsatmalarning mohiyati insonni savobli ishlarga da’vat etadi,
uni o‘zini-o‘zi nazorat qilishga, yaxshi ishlar, savobli amallarni amalga oshirishga
da’vat etadi. Din eng avvalo islom dini o‘zining qadriyatlari, qonunlari va talablari
bilan insonparvarlik g‘oyalarini ilgari suradi. Dindagi taqvodorlik inson uchun
yomonliklardan, gunoh ishlardan saqlanishni bildiradi. Dindagi savob tushunchasi
atrofdagilarga, jamiyatga yaxshilik qilishni o‘zida ifodalaydi. Din insonni halol
mehnatga da’vat etadi, odamlarni bir-biriga mehr-shafqat, sahovat, madad, xayr-
ehson, mehr-muruvvatli bo‘lishga chaqiradi.
Shunday qilib, din jamiyat xayotida umuminsoniy axloq me’yorlarini o‘ziga
singdirib olib, ularni hamma uchun majburiy hulq–atvor qoidalariga aylantirish,
odamlarning bahamjihat yashashiga ko‘maklashish, odamlarda ishonch hissini
mustahkamlash, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda
avloddan–avlodga yetkazishga yordam berish, madaniyat rivojiga katta ta’sir
ko‘rsatish masalasida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Jamiyat hayotida dindorlik o‘z dunyoqarashida, iymon-e’tiqodida, psixologiyasida,
turmush tarzida, ahloq-odobida, kundalik hayot kechirishida, oilada, mehnat
jamoalarida, jamoatchilik orasida, maishiy turmushda, o‘zining barcha xatti-
harakatlarida to‘la ravishda diniy talablar, tartib-qoidalarga amal qilishni anglatadi.
Dostları ilə paylaş: