Auditorlik hisoboti va uni tuzish tartibi. Reja



Yüklə 24,55 Kb.
səhifə1/5
tarix30.05.2023
ölçüsü24,55 Kb.
#114410
  1   2   3   4   5
Auditorlik hisoboti va uni tuzish tartibi


Auditorlik hisoboti va uni tuzish tartibi.


Reja:

  1. Auditorlik hisoboti haqida tushuncha

  2. Auditorlik hisobotining ta’kidlovchi qismi

  3. Auditorlik hisoboti va auditorlik hisoboti uchun javobgarlik



Auditorlik hisoboti buxgalterlik (moliyaviy) hisobotning tarkibiy qismi bo’lib, undan foydalanuvchilar uchun ushbu hisobot ishonchliligi axborot manbasi bo’lib xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar auditorlik hisobotida bayon qilingan fikrga tayanib, auditorga yoki auditorlik firmasiga ishonch bildiradilar. Ushbu ishonch, eng avvalo, auditor tomonidan bajarilgan ishning sifati bilan qo’lga kiritiladi va oqlanadi.
O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida belgilanishichaauditorlik hisoboti moliyaviy hisobotning to’g’riligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to’g’risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lgan hujjat.
Auditorlik xulosasi auditorlik hisoboti asosida tuziladi.
Auditorlik hisoboti auditor (auditorlar), auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan va auditorlik tashkiloti muhri bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak (19-modda).
Auditorlik tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladigan auditorlik hisobotini tayyorlash ishlarida auditorlik faoliyatining milliy standartlari (AFMS) qoidalarining talablarini inobatga olish zarur. Auditorlik hisobotini tayyorlashda asosan № 70 - «Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to’g’risida auditorlik hisoboti» nomli auditorlik faoliyati milliy standartidan (AFMS) foydalaniladi.
Audit natijalari korxonadagi jarayonlar va moliya-xo’jalik faoliyati natijalarini tashkil etish va hisobga olishni holisona aks ettirishi lozim.
Boshqacha qilib aytanda, auditorlik tekshiruvi mumkin qadar ob’ektiv bo’lib, uning hisoboti ma’lum ma’noda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati ustidan chiqarilgan «hukm» hisoblanadi.
Shuningdek, davlat organlari topshirig’iga binoan o’tkazilgan tekshiruv natijalari bo’yicha tuzilgan auditorlik hisoboti O’zbekiston Respublikasi protsessual qonunchiligiga muvofiq tayinlangan ekspertiza hisobotiga tenglashtiriladi.

Auditorlik hisoboti uchta: kirish, ta’kidlovchi va yakunlovchi qismdan iborat bo’lishi lozim.



  1. Kirish qismida quyidagilar ko’rsatiladi:

  • auditorlik tashkilotining yuridik manzili va telefonlar;

  • litsenziyasining tartib raqami;

  • auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun litsenziya bergan organ nomi vaberilgan vaqti, shuningdek, litsenziyaning amal qilish muddati;

  • auditorlik tashkilotini davlat ro’yxatiga olish to’g’risidagi guvohnomasining raqami;

  • auditorlik tashkilotining hisob-kitob schyoti;

  • tekshiruvda ishtirok etgan barcha auditorlar hamda auditorlik tashkiloti rahbarining nasabi, ismi-sharifi.

  • auditorlik tekshiruvi o’tkazish uchun asos va xo’jalik yurituvchi sub’ektning umumiy tavsifi.

Shu bilan birga auditorlik hisobotining kirish qismida tekshiruvdan o’tkazilgan moliyaviy hisobotlar ro’yxati, sanasi va hisobot davri ko’rsatilgan holda aks ettirilishi lozim. Shuningdek, kirish qismida auditorlik tekshiruvidan o’tkaziladigan hisobotning tayyorlanishi va ishonchliligi uchun ma’suliyat xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga yuklatilishi, mazkur moliyaviy hisobot bo’yicha berilgan auditorlik hisoboti uchun esa auditorlik tashkiloti javobgar ekanligi ko’rsatilishi lozim.

Yüklə 24,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə