Mustaqil ta’lim



Yüklə 7,21 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü7,21 Kb.
#167432
10-Ishoqxon Hayoti.ijodi

MUSTAQIL TA’LIM

Ishoqxon Ibrat hayoti va ijodi

IS’HOQXON IBRAT (1861-1937)

  • IS’HOQXON IBRAT (1861-1937)
  • Ibrat (taxallusi; asl ismsharifi Ishoqxon Junaydullaxo‘ja o‘g‘li) (1861, — Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani — 1937, Andijon) — o‘zbek ma’rifatparvari, shoir. Qo‘qondagi Muhammad Siddiq Tunqotar madrasasida o‘qigan (1878—86). 1887—92 yillarda Istanbul, Sofiya, Afina, Rim, Kobul va Jidda shaharlarida bo‘lgan. Hindistonning Bombay va Kalkutta shaharlarida yashagan (1892—96). Safardan qaytgach, To‘raqo‘rg‘onda yangi usul maktabini ochgan (1907), o‘z qishlog‘ida «Matbaai Ishoqiya» nomli litografiya tashkil qilgan (1908). Ibrat yangi maktablar ochish, o‘qituvchilar tayyorlash, ayollarni ilm-ma’rifatli qilish ishlarida faol qatnashgan. O‘z she’rlari («Tarixi chopxona», «Madaniyat haqida masnaviy», «Gazeta xususida», «Qalam»)da mahalliy va chor amaldorlari kirdikorlarini fosh etgan («Ilmi Ibrat», she’riy to‘plam, 1909).

Ibrat arab, fors, hind, turk, o‘zbek va rus so‘zlaridan tarkib topgan «Lug‘at sitta as-sina» («Olti tilli lug‘at», Toshkent, 1901) tuzgan, bu asar o‘sha davr uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Ibratning yozuvlar tarixiga oid «Jome’ ul-xutut» («Xatlar majmui», 1912) asarida lotin, yunon, xitoy, qind, arab, Kirill yozuvining kelib chiqishi, rivojlanish tarixi haqida ma’lumot berilgan, ilmiy-tarixiy asarlari («Tarixi Farg‘ona», 1916; «Tarixi madaniyat», 1925; «Mezon uz-zamon», 1926) esa Qo‘qon xonligining vujudga kelishidan to 20-asr 30-yil larigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan. Ibrat «Turkiston viloyati gazeti», «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg‘ona» gazetalariga yozgan maqolalarida fan, ma’rifat va madaniyatni targ‘ib etgan. 1937 yilda qatag‘on qurboni bo‘lgan. Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 14-o‘rta maktab va Toshkentdagi bir ko‘chaga Ibrat nomi berilgan.

  • Ibrat arab, fors, hind, turk, o‘zbek va rus so‘zlaridan tarkib topgan «Lug‘at sitta as-sina» («Olti tilli lug‘at», Toshkent, 1901) tuzgan, bu asar o‘sha davr uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Ibratning yozuvlar tarixiga oid «Jome’ ul-xutut» («Xatlar majmui», 1912) asarida lotin, yunon, xitoy, qind, arab, Kirill yozuvining kelib chiqishi, rivojlanish tarixi haqida ma’lumot berilgan, ilmiy-tarixiy asarlari («Tarixi Farg‘ona», 1916; «Tarixi madaniyat», 1925; «Mezon uz-zamon», 1926) esa Qo‘qon xonligining vujudga kelishidan to 20-asr 30-yil larigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan. Ibrat «Turkiston viloyati gazeti», «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg‘ona» gazetalariga yozgan maqolalarida fan, ma’rifat va madaniyatni targ‘ib etgan. 1937 yilda qatag‘on qurboni bo‘lgan. Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 14-o‘rta maktab va Toshkentdagi bir ko‘chaga Ibrat nomi berilgan.

O‘shal bulbul qilar afg‘on, sahar vaqti chaman ichra, Qo‘nar gul deb tikan uzra, sahar vaqti chaman ichra. Qilar bag‘rini bulbul qon, tikan uzra beray deb jon, Bo‘lur gul zavqidin qurbon, sahar vaqti chaman ichra. O‘shal bulbul bo‘lur dog‘lar, chamanni gasht etib chorlar»,, Qizil gulni tilab yig‘lar, sahar vaqti chaman ichra. Chiqar bulbulni afg‘oni, chaman ichra oqib qoni, Tasaddiq gul uchun joni, sahar vaqti chaman ichra. Muhabbat birla mast erdi, ani yo‘lida jon berdi, Qizil guldin xabar so‘rdi, sahar vaqti chaman ichra. Muyassar bo‘lsa ul jonon, ato qilsa o‘shal subhon, Yo‘lida jon qilay qurbon, sahar vaqti chaman ichra. Ibrati bexabar bo‘lma yana g‘aflat bilan o‘lma, Gunohi beadad qilma, sahar vaqti chaman ichra

O‘shal bulbul qilar afg‘on, sahar vaqti chaman ichra, Qo‘nar gul deb tikan uzra, sahar vaqti chaman ichra. Qilar bag‘rini bulbul qon, tikan uzra beray deb jon, Bo‘lur gul zavqidin qurbon, sahar vaqti chaman ichra. O‘shal bulbul bo‘lur dog‘lar, chamanni gasht etib chorlar»,, Qizil gulni tilab yig‘lar, sahar vaqti chaman ichra. Chiqar bulbulni afg‘oni, chaman ichra oqib qoni, Tasaddiq gul uchun joni, sahar vaqti chaman ichra. Muhabbat birla mast erdi, ani yo‘lida jon berdi, Qizil guldin xabar so‘rdi, sahar vaqti chaman ichra. Muyassar bo‘lsa ul jonon, ato qilsa o‘shal subhon, Yo‘lida jon qilay qurbon, sahar vaqti chaman ichra. Ibrati bexabar bo‘lma yana g‘aflat bilan o‘lma, Gunohi beadad qilma, sahar vaqti chaman ichra

Ijodiy yo‘li

  • Ijodiy yo‘li
  • Ibrat - iste’dodli shoir. U uch – o‘zbek, fors va arab tillarida erkin ijod qilgan. O‘z she’rlarini to‘plab devon tuzgan. Ammo mazkur devon bizgacha yetib kelmagan. Shunga qaramay, shoirning katta hajmdagi she’rlari vaqtli matbuotda bosilib chiqqan, bayozlarga kiritilgan. Ibrat o‘z she’rlarining kichik qismini 1909-yili o‘z matbaasida bosmadan chiqargan. Bundan tashqari jahon yozuvlari tarixiga bag‘ishlangan “Jome’ul-xutut” (“Yozuvlar majmuasi”) asarlarini yaratdi. Olimning mazkur asari katta hajmda - 132 betdan iborat bo‘lib, 1912-yilda o‘zining bosmaxonasi “Matbaai Ishoqiya” tomonidan nashr qilindi. Bundan tashqari muarrix sifatida “Tarixi Farg‘ona”, “Tarixi madaniyat”, “Mezonuz-zamon” ilmiy asarlarini yaratdi.

Minglab ziyolilarning yostig‘ini quritgan qatag‘onning dahshatli kezlari – 1937-yilning ilk bahorida Ishoqxon Ibrat ham qamoqqa olindi. Keksalik sabab ham jismoniy, ham ruhiy azoblarga dosh bera olmadi. Sud hukmigacha ham yetib kelolmasdan qamoqxonada ikki oy yotib, hayot bilan vidolashdi.
Mustaqillik yillaridan so‘ng Ibrat hayoti va ijodiga katta e’tibor qaratildi. 2005-yilda uning katta hajmda pedagogik hamda adabiy, ilmiy asarlari nashr etildi. 2017-yilda Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida Ishoqxon Ibrat nomidagi barcha zamon talabiga mos keluvchi ijod maktabi ochildi
Yüklə 7,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə