Auditorlik hisoboti va uni tuzish tartibi. Reja


buxgalteriya hujjatlari va hisobotlarini tekshirish va tasdiqlash



Yüklə 24,55 Kb.
səhifə5/5
tarix30.05.2023
ölçüsü24,55 Kb.
#114410
1   2   3   4   5
Auditorlik hisoboti va uni tuzish tartibi

buxgalteriya hujjatlari va hisobotlarini tekshirish va tasdiqlashdan iborat faoliyat sifatida shakllanganligini tan oladilar. Auditorlar asosan dastlabki hujjatlarni, buxgalteriya hisobi registrlarini, hamda ular asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlarni tekshirgan va tasdiqlagan (yoki tasdiqlamagan). Masalan, Roy Dodj «… auditorlik faoliyati so’nggi 25 yilda uch evolyutsion bosqichni bosib o’tgan: birinchi – tasdiqlovchi audit; ikkinchi – sistemali yo’naltirilgan audit; va nihoyat, so’nggisi, uchinchisi – riskka (auditor tavakkalchiligining xavf-xatari – D.R.) asoslangan audit. So’nggi ikki bosqich bizdan kitobdan bosh ko’tarish va diqqat-e’tiborni biznesning o’ziga qaratishni talab qiladi» deb ta’kidlagan. (12. 20 b.).
Demak, keyinchalik auditorlik faoliyati ma’lum bir tizimga solingan (aniq maqsadga yo’naltirilgan). Bunda amaliyotdagi professional-auditorlar buxgalteriya hujjatlari va yozuvlarini tuzuvchi hamda qo’llovchi kishilar orasidagi (o’z mijozlari biznesining tashkilotchilari va ijrochilari o’r-tasidagi) munosabatlarni ancha o’rgana boshlaganlar. Ular xatolarning oldini olish maqsadida har bir mijoz-korxona boshqaruv tizimining va birinchi navbatda ichki nazorat tizimi, xususan, ichki auditning samaradorligini oshirishga asosiy e’tiborni qarata boshladilar.
Agar mijoz-korxonadagi ichki nazorat ma’lum darajada bo’sh bo’lsa, agar u butun tekshiriladigan davr uchun hisobotdagi ko’plab xatolar va noaniqliklarni bartaraf etishga yordam bermasa, u holda amaliyotchi auditorlar sistemali yo’-naltirilgan audit printsiplariga rioya qilgan holda ko’rsatilgan kamchiliklarni tugatish bo’yicha mijozga keng ko’lam-dagi tavsiyalar berib, unga konstruktiv yordam ko’rsatadi. Bu esa hisobning aniqligi va hisobot ma’lumotlarining ishonchliligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shunday qilib, auditorlik faoliyatiga sistemali yondashuv audit sifatining kafolatiga aylangan.
Va nihoyat, zamonaviy audit, asosan xalqaro amaliyotda – risk (tavakkalchilik)ka asoslangan audit vujudga kelgan. Bu nafaqat tasdiqlovchi auditning, balki maqsadli-sistemali auditning ham, ammo ko’proq statistik yoki nostatistik tanlab tekshirishga asoslangan jarayondir. Bizning respublikamizda auditorlik faoliyatiga statistik usullarni tadbiq qilish, aniqrog’i auditorlik statistikasini fan tarmog’i sifatida shakllantirishga ilmiy negiz mavjud 32 va uni rivojlantirish istiqbolga ega.
Јarb mamlakatlarida, masalan, AQShda, buxgalteriya hi-sobining umumqabul qilingan printsiplari – BXUP – (GAAP – Generally Accepted Accounting Principles) tizimiga rioya qilish barcha buxgalterlar va auditorlar uchun majburiy hisoblanadi. AQSh ning o’zida buxgalteriya hisobi standartlari uzoq vaqt ommaviy muhokama qilinganidan so’ng, mustaqil kengash – Financial Accoun-ting Standards Board (FASB) tomonidan tasdiqlanadi.
Buxgalteriya hisobi standartlari bilan birga audit standartlari ham qo’llaniladi. AQShda ular auditning umumqabul qilin-gan standartlari – AUS (GAAS – Generally Accepted Auditing Standards) deb ataladi. Ular auditorlik tekshiruvlarini tashkil etish va o’tkazishda hamda uchraydigan muammmolarni hal etishda qo’llaniladi. Standartlar Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar instituti – AQBI (AICPA – American Institute of certified Public Accountants)ning maxsus bo’limi tomonidan ishlab chiqilgan. Ular mamlakatdagi barcha buxgalterlar uchun majburiy hisoblanadi. Standartlarga rioya qilinmagan hollarda sudlar va auditorlar ustidan nazorat qiluvchi boshqa organlar ular faoliyatini to’xtatishga haqlidir.
Yüklə 24,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə