Qadimgi va milliy dinlar tasnifi Reja: 1


 Teizm tushunchasining mazmuni va mohiyati



Yüklə 76,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix27.12.2023
ölçüsü76,45 Kb.
#163810
1   2   3   4   5   6
Din mavzusi

6. Teizm tushunchasining mazmuni va mohiyati.
Olamning xudo tomonidan 
yaratilganligini tan oluvchi diniy-falsafiy ta’limot teizm deb nomlanib, u iudaizm, 
xristianlik va islom dinlari uchun xosdir. Teizm ta’limotiga ko‘ra xudo olamdan 
tashqarida turib, olamni o‘z irodasiga ko‘ra yaratgan va dunyodagi barcha narsalar 
uning xohish-irodasiga ko‘ra yuz beradi. Xristian dinida teologiya diniy 
ta’limotning ko‘plab sohalarini qamrab olgan bo‘lib, ruhoniy faoliyatining amaliy 
masalalarini yoritib beruvchi pastir ilohiyoti, ibodat nazariyasi bo‘lib 
hisoblanuvchi liturgika, targ‘ibotchilik faoliyatining nazariy va amaliy masalalarini 
o‘z ichiga olgan gomiletika, cherkov huquqi nazariyasi bo‘lib hisoblanuvchi 
kanonika kabilar mavjuddir. Islom dinida ham ilohiyotning shakllanishi davrida 
xilma-xil ilohiyot oqimlari – jabariylar, qadariylar, mu’taziliylar, murji’iylar va 
boshqalar vujudga kelgan. Islom dinida ilmu kalom, ilmu hikmat, ilmu rivoyat, 
ilmu tavhid, aqida ilmi kabi bir qator ilm sohalari mavjud bo‘lib, kalom falsafasi
tasavvuf falsafasi kabi diniy falsafiy oqimlar paydo bo‘lib takomillashib borgan. 
Kalom falsafasi asosida islom ilohiyotining asoslari ishlab chiqilgan.
7. Teosofiya tushunchasi va uning din falsafasida tutgan o‘rni.
Diniy falsafiy 
ta’limotlardan biri teosofiya bo‘lib, teosofiya yunon tilida 
theos
– Xudo va 
sophia
– donishmandlik, ya’ni xudoni bilish degan ma’noni bildiradi. Teosofiya 
ta’limotiga ko‘ra barcha tirik mavjudotlarning hayoti ularning tanasini boshqarib 
turuvchi ilohiy jon, ruhning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, inson o‘zining yuksak 
zakovati yordamida aslida o‘zining ilohiy jon ekanligini anglab yetadi. Xudoning 
tabiati bilan inson jonining tabiati aslida bir xil bo‘lib, Xudo o‘zining quvvati bilan 
butun borliqda mavjud bo‘lgan eng kichik zarradan tortib eng katta tirik 
mavjudotning ichida alohida mavjud bo‘la oladigan, ayni paytda butun borliqni 
nazorat qilib boshqarib turadigan , cheksiz qudratga ega bo‘lgan Oliy Ruh sifatida 
e’tirof etiladi. Jon esa Xudo quvvatining ajralmas bo‘lagi hisoblangan ruh sifatida 
ko‘rib o‘tiladi. Borliq alohida ruhning mavjud emasligiga qarab tirik yoki o‘lik, 
jonli yoki jonsiz mavjudotlarga bo‘linadi. Teosofiya ilmiga asosan, Xudo – yagona 
mutlaq manba bo‘lib uning tabiati uch turli ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Bular - 
butun borliq Xudoning ichki va tashqi quvvatidan tashkil topgan bo‘lib, butun 


olam ana shu ikki quvvatdan tarkib topgan ikki olamga, ruhiy va moddiy olamga 
bo‘linadi, Xudoning ichki quvvati oliy ruhiy quvvat, tashqi quvvati esa quyi 
moddiy quvvat bo‘lib hisoblanadi, degan yondashuvlardan iboratdir. Ushbu 
ta’limotga asosan ruhiy quvvat moddiy quvvatdan ustun bo‘lib, uni boshqarib 
turadi. Ruhning o‘z xohishi bilan ruhiy olamda yoki moddiy olamda yashashi 
mumkinligi e’tirof etiladi. Ruhlarning moddiy olamni boshqarish faoliyati aralash 
quvvat, ya’ni ruhning moddiy hayoti bo‘lib hisoblanadi. Ruhning moddiy 
olamdagi, bir tanadan ikkinchi tanaga o‘tib rivojlanish faoliyati ruhning 
evolyusiyasi bo‘lib hisoblanadi. Inson tirik mavjudotlar ichida ong, tafakkurga ega 
mavjudot bo‘lganligi uchun u ruh va moddaning bir-biridan farqini anglab yetadi. 
Insonning boshqa tirik mavjudotlardan ajratib turuvchi yagona xislati o‘zining ruh 
ekanini anglab yetishi va hayotda ana shu ilmi asosida yashay olish qobiliyatiga 
egaligidir. Insoniyat jamiyati tarixiy taraqqiyotida vujudga kelgan turli diniy-
falsafiy ta’limotlarda ruh va tananing bir-biriga munosabati va farqli jihatlari o‘z 
davridagi sharoitdan kelib chiqib o‘rganilgan. Natijada teosofiya rivojlantirilgan. 
Teosofiya mistik intuitsiya va vahiylar yordamida inson bevosita xudoni anglab 
yetishi mumkin deb hisoblaydi. Butun olamni qamrab oluvchi, barcha narsalarning 
ilohiy mohiyati haqidagi tasavvur teosofiyaning nazariy asosini tashkil etadi. Rus 
dinshunos faylasufi V.Solovyov teosofiyani ratsional ya’ni aqliy va empirik ya’ni 
tajribaviy bilimlarning mistika bilan sintezi deb hisoblaydi. Yuqorida ko‘rsatib 
o‘tilganidek, teosoflar jonning ko‘chib yurishini e’tirof etishgan. Ular 
umuminsoniy birodarlik, barcha dinlarga yo‘l qo‘yishlik, ijtimoiy-xayoliy 
g‘oyalarni ham targ‘ib qilib kelishgan. Ularning fikricha har bir dinda ilohiy 
mohiyat bo‘lib, barcha dinlar insonning ilohiy tuyg‘ularini rivojlantirishga xizmat 
qiladi.

Yüklə 76,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə