O`zbeki
с
ton Respublikasi Xalq Ta`lim Vazirligi
Ajiniez nomidagi Nukus Davlat pedagogika instituti
«P
ådagîgèka âà ïñèõîëîãèÿ
»` kafedrasi
«XALQ P
Е
DAGOGIKASI» fani bo`yicha
MA`RUZA MATNI
N U K U S
Xalq pedagogikasi fanining maqsadi, vazifalari
Ðåæà
:
1.
Õàë3 ïåäàãîãèêàñè 8à3èäà òóøóí÷à.
2.
Õàë3 ïåäàãîãèêàñèíèíã àñîñèé òàðáèÿ âîñèòàëàðè.
3
. Xal3 pådagîgèkasè fanènèng ma2sadè, vazèfalaðè
Xalq pedagogikani xalq ta`limi (tabiyiy, kundalik norasmiy, maktabdan tashqari,
an`anaviy) tarixi va nazariyasi sifatida tasavvur etish mumkin. Etnopedagogika bolalar
tarbiyasi va ta`limida etnik guruhlarning empirik tajribasi, oila, nasl, qabila, elat, milliy
qadriyatlarga ahloqiy-estetik qarashlar haqidagi fandir.
Etnopedagogika xalq ta`limining mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi va undan
hozirgi zamon sharoitlarida qanday foidalanish yo`llarini taklif etadi, xalq an`analarini
tabiyiy ravishda ko`p asrlik taraqqietiga asoslangan etnik (el-elatlik) guruhlari
tajribalarini to`playdi va tadqiq qiladi. Etnopedagogikaning mavzu sohasi o`zgarmaydi:
ijtimoyi o`z-o`zini anglash harakatiga taaluqli ijtimoyi shartlar o`zgarishiga bog`liq
ravishda vazifalar shakllanadi va aniqlanadi.
Xalq pedagogika ijtimoytsi o`zaro hamkorlik va ijtimoyi ta`sir jaraenini o`rganadi,
bu jaraen asnosida ijtimoyi qoidalar, qadriyatlar, tajribalarni o`zlashtiruvchi shaxs
rivojlanadi, bolalarni tarbiyalash va o`qitish haqidagi diniy ta`limotlar, ertaklar,
dostonlar, maqol va matallar, o`yinchoqlarda, oilaviy va ommaviy turlarida, an`analarida
aks etgan xalq tafakkuri hamda falsafiy-ahloqiy, tarbiyaviy fikr va qarashlar haqidagi
xalq bilimlarini to`playdi va bir tizimga soladi. Qisqacha qilib aytganda, shaxsning
tarixiy-madaniy shakllanish jaraeniga ta`sir ko`rsatuvchi butun tarbiyaviy (pedagogik)
quvvatini jamlaydi.
O`tmishdagi ko`plab mashhur xalq muallimlari xalqning ta`limiy duneqarashini va
uning ta`lim sohasidagi tajribasini o`rganishga alohida e`tibor qaratganlar. Mumtoz olim-
muallimlar xalq ta`limi haqidagi fanni boyitishi, unga asos va tayanch bo`lib xizmat
qilishi haqida qayta-qayta ta`qidlaganlar. Buyuk mutafakkir Alisher navoyi hazratlari
bola tarbiyasida onaning roli nechog`li ahamiyat kasb etishini uqtirganlar zero, ongli,
o`qimishli, tarbiyali onagina jamiyat va xalq, din va yimon uchun yaroqli farzand
ulg`aytiradi.
Xalq pedagogikasida tarbiyaning jonli tarbiyasi ustuvorlik qiladi. Bashariyat
ma`naviy jaraenida muayyan tarbiyaviy bilimlar muayyan tarixiy bosqichni aks etdirar
ekan, xalq ta`limi tarbiya fani yuzaga kelgan va rivojlangan asos bo`lib xizmat qiladi.
Badiiy adabietning yuzaga kelishi xalq og`zaki ijodiga barham bermagani kabi tarbiya
fani uning tarbiyavaiy qarashlarini ham xalqning kundalik haetidan siqib chiqargani yo`q.
Tarbiya fani va xalq tarbiyasi (ta`limi) bir-biri bilan o`zaro uzviy hamkorlikda rivojlanib
bordi, yagona kenglik vujudga keltirgan holda bir biriga o`zaro qulaylik yaratdi. Bu
kenglikni tarbiya madaniyati deb atash mumkin.
Xalqda azaldan o`ziga xos ahloqiy turmush, ma`naviy madaniyat tarkib topgan. Har
bir xalqning o`z urf-odatlari va an`analari mavjud ular oddiy mehnatkash xalq haetini
farovonlashib kelgan. Ular tabiatta munosabatda ham, dehkon mehnati she`riyatida ham,
xalq og`zaki ijodi hamda savobli va xayrli ishlarda ham o`z aksini topgan. Tarixiy
sharoitlardan kelib chiquvchi ziddiyatlar xalq tarbiyaviy an`analariga ham o`zining salbiy
ta`sirini o`tkazgan. Biroq, xalqning ma`naviy haetini har doim halol mehnat, ruxiy
iste`dod va insoniylik belgilab kelgan, aynan shular chinakam xalq xususiyatini
tarbiyalashda asosiy omil bo`lgan. Masalan, ming yillik o`zbekona an`analariga ko`ra,
eqmaydigan ishni ham jon-dili bilan bajaradigan odamni mehnatsevar deb atashadi.
Buning tagida olam olam ma`no etibdi.
Xalq pedagogikasi (ta`limi)ning samaradorligi va xalq muallimlari faoliyatining
samarali jihatlari nimada. Undagi intuitsiya (ichki tuyg`u), iste`dod, bilim o`zaro qanday
munosabatda bo`ladi. Xalq ta`limi nazariyasi va amalieti o`zaro qanday aloqadorlikda.
Xalq ta`limining bolalar ruhiyatiga ta`siri qanday bo`lmog`i lozim.
Ta`lim jaraenida tarbiya ishini tushunuvchilar va uni yaxshilashni istovchilar
qanchalik ko`p bo`lsa, uning esh avlodga ta`siri shunchalik samarali bo`ladi. Xalq ta`limi
faqat mutaxassis muallimlar ta`limi emas, omma ta`limi, umumta`limdir. Shu bilan birga
u muallimlar uchun, xususan, bolalar bog`chalari tarbiyachilari va boshlang`ich sinf
o`qituvchilari uchun ayniqsa muhim. Tarbiyani butun mohiyati bilan o`zida
mujassamlashtirgan, onaga sajdayu bolaga sig`inishni aks ettiradigan xalq ta`limi o`xida
o`ziga xos ta`lim dinini namoen etadi. Ota-ona uyining o`zi ham oilaning ma`naviy
ehromi bo`lib, unda ro`zg`or - mehrob, bolalar - farishtalar, ona - Momo Havo, ota -
Odam Ota kabidir.
Xalq pedagogika mehnatkashlarining ta`lim tajribasini tadqiq etadi. Hozirgi zamon
fan va amalietda xalqning taraqqiyparvar ta`lim g`oyalarini amalga tadbiq etish
imkoniyatlari va samarali yo`llarini aniqlaydi, xalq haetining u eki bu jihatlaridagi ta`lim
ahamiyatini tahlil etadi va ularning zamonaviy tarbiya vazifalariga nechog`li
muvofiqligini ajrim qiladi.
Xalq an`analirini tadqiq etish vazifasi shundan iboratki, ularning qanday yuzaga
kelganini, nima uchun saqlanib kelaetganini, bu an`analarni saqlab qolishgina emas,
aytish mumkinki, doimiy tarzda qayta ishlashga qanday ehtiej bo`laetganini va ularning
sharoitlarini kuzatishdir. Va nihoyat, muttasil mahvlik doimiy o`sib-unishdan ajralmagan
holda ularning mavjudlik sirini bilishdir.
Xalq pedagogika ko`hna urf-odatlarning yangicha sharoitlardagi imkoniyatlarini
aniqlaydi va yangi urf-odatlarning shaxs tarbiyasidagi hamkorligini belgilaydi. U
ko`pgina xalqlarning tarbiya tajribasini muallimlar bisotiga aylantiradi. Ta`lim
yutuqlarining qiyesiy tahlili tarbiya nazariyasi va amalieti uchun eng samarador, eng
xolisona va qimmatlilarini ajratib ko`rsatish imkonini beradi. Shunday qili,
etnopedagogika amaliet bilan baqamti va unga amalietda xizmat qiladi, mualliflarni
sinalgan ko`pasrlik tarbiya amalietining tarbiya vositalari bilan qurollantiradi.
Etnopedagogika mazmuni quyidagi muammolarni o`z ichiga oladi: oilaviy turmush
tarbiyasi, jahon xalqlarining maqol va matallari hamda ularning esh avlodga ahloqiy
tajribani havola etishdagi ahamiyati: xalq qo`shiqlari va ularning bola hamda o`smirlarni
adab tarbiyasidagi roli:qo`lbola o`yinchoqlar va bolalar ijodi: bolalar va o`smirlar muhiti,
uning ta`limiy vazifalari: onalar maktabi, onalar ta`limi, onalik she`riyatining buyuk
yutug`i
sifatidagi
jahon
xalqlarining
alla
qo`shiqlari:
turli
xalqlar
ta`lim
madaniyatlarining umumiyligi, ularning milliy o`ziga xosligi va hokazo.
Etnopedagogika shuni ko`rsatadiki, barcha xalqlarda hattoki, yo`qolib ketish
arafasida turgan xalqlarda ham jahon madaniyatini boyitishga qodir narsalar juda ko`p
bo`ladi. Axir Amerika hindularining ta`lim an`analari hayratga loyiq emasmi. Ular asrlar
davomida zamonaviy fan va texnika yutuqlari bilan tish-tirnog`igacha qurollangan zolim
mustamlakachilarga qarshi kurash olib bordilar. Markaziy Osie xalqlari ham asrlar
davomida ahil-inoq bo`lib yashab kelib, bir birlarini etnopedagogik yutuqlar bilan
boyitishmoqdalar. Ularning barchasi buyukdir. Yagona maqsad yo`lida birlashgan
xalqlar madaniyat va ahloqning yanada oliy cho`qqisiga ko`tariladilar. Alohida
xalqlarning ulug`ligi do`st xalqlarning ham moddiy, ham ma`naviy, shu jumladan,
ta`limiy munosabatlarning uzviy qismi bo`lib hisoblanadi.
Demak, etnopedagogika quyidagilarni o`rganadi:
1) xalqning asosiy ta`lim tushunchasi (parvarish, tarbiya, o`z-o`zini tarbiya qilish,
qayta tarbiya, nasihat, o`qish, o`rganish);
2) bola tarbiyasi ob`ekt va sub`ekti sifatida (o`zining bolasi, asrandi, tengdoshlar,
do`stlar, begona bolalar, bolalar orasida);
3) tarbiya vazifalari (mehnatga tayergarlik, ahloqiy-irodaviy fazilatlarni
shakllantirish, aqlni o`stirish, sog`liqni o`ylash, go`zallikka muhabbat ko`nikmasi hisol
qilish);
4) tarbiya omillari (tabiat, o`yin, so`z, do`stlashuv, an`ana, ish, turmush, san`at, din,
oliy namuna (shaxsiyatga oid ramzlar, hodisa-razmlar, g`oya-ramzlar));
5) tarbiya uslubi (ishontirish, namuna bo`lish, buyrqu, tushuntirish, o`rgatish va
mashq, niyat va duo, avrash, ont, iltimos, maslahat, sha`ma, rag`bat, gina, ta`na, yalinish,
vasiyat, afsus, do`q, qarg`ish, jazo, kaltaklash, in`om va h.q.);
6) tarbiya vositalari (hazillar, sanoqlar, maqollar, matallar, doston, topishmoq,
afsona, rivoyat va h.q.);
7) tarbiyani tashkil etish (bolalar va o`smirlar mehnat birlashmalari, eshlar
bayramlari, umuxalq bayramlari).
Bu muammolarning har biri zamirida ko`plab masalalar, muallimlarning
sinchkovlik bilan e`tibor berishini talab etuvchi daqiqalar bo`lib, ularni o`rganish milliy
ta`lim va madaniyat xususiyalarini chuqurroq bilishga erdam beradi. Masalan, bola
parvarishini olaylik - bu xalq ta`lim talablari, tushunchalaridan biridir. U bolani
ovqatlantirishni, yo`rgaklashni, kiyintirishni, beshikda allalashni, cho`miltirishni o`z
ichiga oladi. Ko`p asrlar muqaddam xalq bola parvarishida alohida shaxslarni, enagani
tasavvur qilardigina emas, ularga tayanardi ham. Qishloq joylarda momo, enaga, opa va
singil alohida ahamiyatga ega edi, tabiat ham bebaho tarbiyachi sanalardi. Afsuski, bola
tarbiyasida tabiat umumlashmasidan unumli foydalanilmas edi. Tabiat - bu nafaqat
yashasha maskani, balki ota uyi hamdir, yulduzlar, paxta dalalari, mevali bog`lar,
daraxtzorlar va h.q. bitmas-tuganmas tarbiya o`choqlari hisoblanardi. Binobarin, tarbiya
omili sifatida ta`lim imkoniyatlarini o`rganish etnopedagogika faoliyati uchun cheksiz
kenglik bo`lib xizmat qiladi.
So`z ham tadqiqot uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ona tili - ulg`ayaetgan
shaxsning asos-negizidir. O`z bolasini ona tilidan mahrum etgan ona undan ruhan ajralib
qoladi, natijada boladan kelgusida insoniy fazilatlardan hamda tabiatdan ajralib qolgan
odam etishib chiqadi. Bunday odam o`z xalqining eng yaxshi an`ana xususiyatlaridan
mahrum bo`lib, o`rnini boshqa hech narsa bilan to`ldirolmaydi. Xalqda G`Bolani tuqqan
emas, tarbiyalagan onaG` degan naql bor. O`z milati madaniyati doirasidan tashqiradiga
tarbiya chala-yarim bo`ladi. Yangi tarixiy sharoitlar eski muammolarni hal etishni talab
qiluvchi ko`plab yangi muammolarni ilgari suradi. Bu etnopedagogika tadqiqotlarining
yana bir keng ko`lamli sohasi hisoblanadi. Xalq ta`limida shunday inkishoflar borki,
ularning muqarrar tarbiyaviy qiymatiga qaramay, ta`lim fani hamon bunga etarlicha
e`tibor bergani yo`q. Etnopedagogika tadqiqotlari bu inkishoflarga muallimlar e`tiborini
jalb etishi, ularni jonlantirishi, xalq ta`lim idrokiga, tabiiy tarbiyachilar sifatida ota-onalar
faoliyatiga qaytishi maqsadga muvofiq bo`lur edi.
Bugungi kunda ayrim qadimgi urf-odatlar umumdavlat an`analariga aylanib
bormoqda: Navro`z, mustaqillik kuni, qovun, gul sayli (o`zbeklarda), sabantuy, akatuy -
qo`shiq va mehnat bayramlari (tatar va chuvashlarda), gul sayli (marilarda) va hoqazo.
Tajriba shuni ko`rsatmoqdaki, o`quv - tarbiya ishlari samaradorligi goho xalqning
an`analiridan mohirona foydalanishiga bog`liq ekan. Ularda muhimi, o`qish va tarbiya
mushtarak holda amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |