Xalq pedagogikasi



Yüklə 193,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix11.12.2023
ölçüsü193,67 Kb.
#143597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Xalq pedagogikasi.uzb

 
 
 
 
 
 
 


Talim tarbiyada o`yinlarning mohiyati 
Ðåæà
Ðåæà
Ðåæà
Ðåæà
:
1.
Õàë3 5éèíëàðèíèíã òàúëèì

òàðáèÿâèé à8àìèÿòè.
2.
 
Õàë3 5éèíëàðèíèíã òóðëàðè. 
3.
 
Òàúëèì

òàðáèÿäà õàë3 5éèíëàðèíèíã ôîéäàëàíèø óñóëëàðè.
Tug`ridan-tug`ri va bevosita tarbiya bilan bog`liq hodisalardan tarbiyatga eng yaqini 
o`yinlar. O`yin insonning tabiatga qarab kashf etgan buyuk mo``jilalaridan biri 
hisoblanadi. Bolalar tarbiyasida o`yinning ahamiyati g`oyat katta. Ularda so`z, ohang va 
harorat bir-biri bilan uzviy aloqador. Bolalarda epchillik, chaqqonlik va merganlik 
qolibiyatlarini rivojlantirishdi o`yinning ahamiyati bekies, bundan tashqari, o`yinlar 
badiiy dramatik hodisa hamdir. O`yinlar vositasida bolaga narsalarning mavjud tartibiga, 
xalq urf-odatlariga hurmat tuyg`usi singdirilgan, unda odob qoidalariga nisbatan 
ko`nikma hosil qilingan. Bolalar uchun o`yinlar jiddiy, mashg`ulot, mehnatga, kelajak 
haetga tayerlovchi o`ziga xos saboqlarni o`zida namoen etadi. Ijtimoyi faoliyatdan oldin 
keluvchi o`yin bamisoli bilan qo`shilib ketadi va tarkibiy unsur kabi mehnatning hal 
qiluvchi qismiga, hattoki mehnat jaraenining o`ziga kiradi. Shunday qilib, o`yinlar 
mehnatga tayerlaydi, mehnatesa o`yinlar, ermaklar, umumiy xushchaqchaqlik bilan 
nihoyasiga etadi. Bolalar juda erta, ularning haetiga So`z kirib kelishdan ancha oldin, 
quesh nuri, o`zining barmoqlari, oyisining soch turmaklari va hoqazolar bilan birga 
o`ynay boshlaydilar. Bunday o`yinlar sharofati bilan bola qadam-baqadam o`zini bilib va 
anglab boradi. 
O`yin bolalar faoliyatining hayratlanarli darajadagi rang-barang va boy jihatidir. 
O`yin bilan birga bolalar haetiga san`at, nafosat kirib keladi. O`yin, qo`shiqlar, raqslar, 
ertaklar, topishmoqlar, tez aytishlar, ifodali o`qishlar, Qur`on va xalq ta`limi vositasi 
sifatidagi xalq ijodietining boshqa turlari bilan bog`liq. o`yinlar haet saboqlari, ular 
bolani boshqa odamlar bilan el bo`lishga o`rgatadi. O`yin ertak-orzu, afsona-istak, haelot-
ruelarning moddiylashgan ko`rinishidir, o`yin insoniyat haet yo`lining boshlanishi 
tug`risidagi esdaliklar junbushidir. Shunday qilib, o`yin asosida insonning ruhiy, hissiy 
va jismoniy ehtieji etadi. Qadim zamonlardan buen o`yin bolaning rivojlanishi va 
shakllanishida eng muhim vositalardan biri bo`lib kelgan. 
Azaldan har bir xalqda rang-barang o`yinlar mavjud bo`lgan.yu O`rta Osie 
xududlarida ham ko`plab o`yin turlari keng eyilgan. Taomildagi o`yinlar bilan bir qatorda 
u eki bu mintaqaning, hattoki qishloqning o`ziga xos bo`lgan o`yinlari bo`lgan. O`zbek 


xalq o`yinlari o`zining rang-barangligi, turli esh, jins, shahar va qishloqqa mo`ljallangan 
keng qamrovligi bilan ajralib turgan. Qisqasi o`zbek xalq o`yinlari shu qadar xilma-xilki, 
goho ularning turkumi, guruhi, turlari, shakllari, xillari ma`nosini chuqur anglamay turib 
ular mazmunini tushunish qiyin. Biroq mazkur muammolarning kam eritilganligi va kam 
o`rganilganligi sababdan o`zbek xalq o`yinlariga har tomonlama tasnif berish o`ta 
mushkul. Shunga qaramasdan, ularni nazardan o`tkazish va o`rganish o`yinlarni 
quyidagidek shartli ravishda sinflarga bo`lib chiqish imkonini berdi: 
1) Turli eshdagilar o`yinlar(go`daklik, bolalik, o`spirinlik, eshlik va h.q.) 
2) Turli jinsdagi odamlar o`yinlari (o`g`il bolalar, qiz bolalar, erkaklar va aellar) 
3) Mavsumiy o`yinlar (bahorgi, ezgi, kuzgi, qishqi) 
4) Turli ifoda vositalaridan foydalanishga asoslangan o`yinlar (so`z, kuy-qo`shiq, 
raqs-pantomima, syujetli, sahna, turli xususiyatli va h.q.) so`nggi tur o`yin turli ifoda 
vositalaridan foydalangan holda amalga oshirilgan. Masalan, so`z, qo`shiq
ң
, raqs, 
harakat, sahna tomoshalar, shuningdek, qilich, kaltak, toshchalar, eng`oqchalar kabi 
oddiy narsalar. Asosiy ifoda o`xshashligi eki narsalar o`yinning xarakterini, shaklini, 
mazmunini va nomini belgilaydi. Deylik, o`yinda asosiy vosita so`z bo`lsa, bu so`z 
o`yini, agar harakat tezlik, kurash bo`lsa, bu harakat musobaqa o`yiini bo`ladi. Agarda 
o`yinda syujet, badiiy timsol vositasida muayyan haetiy xodisa o`z aksini topsa, bu sahna 
o`yini, agar asosiy rol` qo`shiqqa, jo`rovozlikka berilsa, bu qo`shiq o`yini eki 
jurovozlikdagi qo`shiq o`yini bo`ladi. 
Asosiy vosita so`z bo`lgan o`yinlar suhbat janrini shamoen etadi. Bunday o`yinlarga 
«tez aytish», «topishmoq top» kiradi. 
Qo`shiq o`yinlar o`yin shakladiga o`ziga xos jo`rovozlikdagi qo`shiqdir. Bunga
«Yaku-yak», «Um-ufu», «Bo`shama», «Kichkina», «Yurmana-yurman», «Sidirg`a», 
«ezikal», «Botmon-botmon» va hoqazolar kiradi. 
Raqs (eki pantomima) o`yinlari odatda raqs harakatlari bilan birgalikda ijro etiladi. 
Bu «Paq-paq», «Besh qarsak», «Cho`pon o`yini», «Xo`sh-xo`sh», «Lakka-lak» va 
hoqazolardan iborat. 
Badiiy shakldagi syujetli sahna o`yinlari haetning eng ta`sirchan, qiziq xolatlarini 
aks ettiradi. Bu, jumladan, «Ov o`yin», «Urush-urush», «Asir olish» kabilarda o`z 
ifodasini topadi. 
Harakat musobaqa o`yinlari epchillik musobaqasi ruhida o`tkaziladi, birg-biriga 
qarama-qarshi ikki kuch olishuvini ifodalaydi. Bular: «Tepa kurash», «Aylanib tep», 
«Qirq tosh», «Chunka shivoq», «Chirkash» eki «Chiri kas» va hokazolar. 


Turli narsalar ishtirokidagi o`yinlar: «Qochar to`p», «To`p devor», «Shtamba», 
«To`p o`yin» (koptok), «Besh tosh», «Lappar», «Chillik», «Dastak», «Qadama taeq» 
(toshchalar), «Do`lki», «Toq-juft» (eng`oqlar), «Oqsuyak», «Oshiq o`yin» (suyak), 
«Belbog` tortish» (belbog`) va hoqazolar. 
Jonivorlar eki parrandalar ishtirokidagi o`yinlar: «Qo`chyaqor urishtirish», «It 
urishtirish», «Bedana urishtirish», «Xo`roz urishtirish», shuningdek, «Eshak ko`pkar», 
«Ot poyga», «Ag`darish», «Chavgon», «Uloq» va hoqazolar. 
U eki bu vositadan foydalanishga asoslangan o`yinlar sof holda uchramaydi, boshqa 
o`yinlar eki turkumlar bilan chatishib ketadi, zero ularda turli eshdagi, jinsdagi odamlar 
turli fasllarda uynaydilar. Shu bois turkum (davra)da nishonlanadigan o`yinlar 
boshqasida takrorlanishi mumkin. 
Turli eshdagi odamlar guruhiga moslangan va haetning ma`lum bosqichida 
o`ynaladigan o`yinlar avloddan-avlodga o`tib kelgan. eshi o`tinqirab qolguncha odamlar 
bamisoli xalq o`yinlari «maktab»ini o`tagan, bunda har bir sinfda u eki bu eshga tegishli 
o`yinlardan foydalanganlar. Har bir esh xususiyati o`yinlarning mohiyatini va mazmunini 
belgilagan. Masalan, esh bolalar o`rtasida o`yinchoq va qo`g`irchoqlar bilan bog`liq 
o`yinlar, oraliq eshdagi bolalar o`rtasida syujetli taqdid o`yinlari keng tarqalgan. 
«Xolakam-xolakam», «kelin-kuev», «quvlashmachoq» eki «bekinmachoq» kabilar. 
O`yinlar bolalar va eshlarga nima bergan. O`yin bolalarning, xususan 2 dan 7 
eshgacha bo`lgan bolalarning asosiy mashg`uloti hisoblanadi va keyinchalik o`qish va 
mehnatga almashadi. O`yin boallar uchun hatega, kelajakdagshi voqea-xodisalarga o`ziga 
xos tayergarlik maktabi hisoblangan. Ular bolalarni nafaqat jisman, balki aqlan o`stirib, 
ongini boyitgan, bolalar haelotini uyg`otgan, xotira, diqaatni charxlagan, irodani 
mustahkamlagan. O`yin jaraenida bola deyarli bilimlarni egallagan, shaxs kamolotidagi 
zarur malakani orttirgan. O`yin kelajakdagi katta haet bo`sag`asidagi repititsiya bo`lib 
xizmat qilgan. Xalqda: «Agar bola o`yinni vijdonan o`ynasa, haetda ham vijdondi 
yashaydi», deb bejiz aytilmaydi-da. Xullas, o`yin bolalarda ijobiy faollik, tashabbus
jamoatchilik, tashkilotchilik uquvi va malakasini rivojlantirishning samarali vositasidir. 
O`yinlarda xalq tarbiyasi, xalq ta`limining tabiiylik, uzluksizlik, vazminlik, 
sarishtalik, tugallik kabi xususiyatlari yanada namoen bo`ladi. Yana bir juda muhim narsa 
o`yin jaraenida bolalar o`z-o`zini tarbiyalashga erta kirishadilar, o`z-o`zini tarbiyalash 
esa oldindan bir maqsadni ko`zlamasdan, tabiiy ravishda kechadi. Maqsad esa o`yin 
jaraenida, u bilan bog`liq ravishda, yo`l-yo`lakay, natija va yutuqlarga muvofiq holda 
yuzaga keladi. 


O`yinning yana bir muhim vazifasi shundan iboratki, uning vositasida insonning 
odatdagi rivoji uchun haetda etishmaydigan narsa ruebga chiqqan. kamharakatli haet tarzi 
kechiruvchi cho`ponlar ko`proq qimirlashga majbur qiladigan, ammo suruvidan 
uzoqlatmaydigan o`yinlarga ehtiej sezishgan. Yaylov o`yin o`yin uchun qulay joy, doim 
qo`lida ushlab yuradigan taeq esa o`ziga xos «dastak» - «klyushka» bo`lib xizmat qilgan. 
To`p tayerlash uchun qo`y juni xomashe bo`lib xizmat qilgan. «Podachi», «Jun to`p», 
«Chim to`p», «Chovgan» degan cho`pon o`yinlari ana shu tariqa yuzaga kelgan. 
Chovgon avvaliga otliq cho`ponlar o`yini bo`lgan, keyin uni aholining keng qatlami ham 
o`zlashtirib olganlar. Bu o`rta asr harbiylarnining sevimli o`yinlaridan edi. Ular ko`pgina 
Sharq mamlakatlarida eyilgan, Hindistondan Angliyaga ko`chib o`tgan, keyinchalik 
zamonaviy chim xokkeyiga asos bo`lgan. 
Ajdodlar haeti hozirgi kunga nisbatan bir zaylda kechgan, o`yin esa ugna zavq va 
mazmun bag`ishlagan. O`yinda inson haetda amalga oshirolmagan istaklarini 
mujassamlashtirgan. Tashvish va muammolardan vaqtincha chalg`ib, inson haetida 
uchraydigan qiyinchilik va tashvishlarni o`yin bilan bartaraf etishga muvaffaq bo`lgan. 
Hatto urush vaqtida ham ochlik va parokandalikdan qiynalib turganda odamlar o`yin 
uchun vaqt va imkon topishgan. O`yin jaraenida ular ko`ngillarini ezib, ertangi kun 
mehnat faoliyati uchun «quvvat» olganlar. Bu, darhaqiqat, baxtli daqiqalar bo`lgan. 
O`yinlar inson haetida shu qadar muhim ahamiyat kasb etganki, ularga qarab inson 
shaxsiyati, xarakteri, manfaatlari, mayllari, qobitiyatlari haqida fikr yuritish mumkin 
hisoblangan. O`zbeklar farzandlarining bolaligidanoq bahodirlik, harbiylik, jangovarlik 
malkalarini oshirganlar. Xalq dostoni «Alpomish» dagi sevimli bosh qahramoni 
Haqimbek haqidagi satrlar shundan dalolat beradi. 
Demak, o`yin bekorchi mashg`ulot emas ekan. Bu bola uchun birinchi maktab. 
Bobolar va buvilarning qattiqqo`l ota-onalarga «Bolalarning o`yiniga halaqat 
bermanglarYo» deb tanbeh berishlari bejiz emas-da. 
Xalq o`yinlarining tarbiyaviy ahamiyati bebaho, shu boisdan ham murabbiylar 
o`quv-tarbiyaviy jaraenda ulardan foydalana bilishlari lozim. O`yinlarni tanlash va 
tashkil etishda quyidagi omillarni hisobga olmoq zarur: 
1. O`ynovchining eshi. Bolalar uchun eng oson o`yin tanlanadi, unga yangi 
qo`shimchalar va qoidalar kiritish hisobiga murakkablashtirib boriladi. O`yinni albatta 
murabbiy ishtirokida jo`r bo`lib qo`shiq aytish bilan boshlash kerak. Bolalar o`z 
xarakatlarini nazorat qila olishlari juda qiyin bo`ladi. Shuning uchun kattalar namuna 
bo`lmoqlari darkor. 


2. O`yg`in o`tkazadigan joy. o`yin zalda, xonada, keng yo`lakda, ochiq havoda 
o`tkazilishi mumkin. O`yinlar xonada o`tkaziladigan bo`lsa, shamollatish va obdan 
supurib sidirish lozim. 
3. O`yin ishtirokchilarining miqdori. O`yinni birdaniga butun sinf eki guruh bilan 
o`tkazish shart emas, ayniqsa xona uncha keng bo`lmaganda. Mitivoylarni guruhlarga 
bo`lish mumkin: o`g`il bolalar va qiz bolalarga, kuchlilarga va kuchsizlarga, 
o`ynovchilarga va haqamlarga va hoqazo. O`yinda ishtirok etish har bir bola uchun qiziq 
bo`lmog`i lozim. 
4. o`yin uchun jihozlarning bo`lishi. Ko`pgina o`yinlar uchun jihozlar lozim: 
to`plar, sakramachoqlar, bayroqchalar va hoqazo. Ular oldindan etarli miqdorda tayerlab 
quyilmog`i darkor. 
Murabbiy bolalarga o`yin qoidalarini tushuntiradi. U shunday joyda turishi kerakki, 
hamma uni, u hammani ko`ra olsin. Yaxshisi, bolalar bilan doira hosil qilib tursin (lekin 
biron bir bolaga orqa o`girib qolmasligi uchun doira o`rtasida turmasin). Murabbiy qisqa 
va tushunarli qilib tushuntirsin. Buni u ayrim qismlarini eki butun o`yinni ko`rsatib 
bajarmog`i lozim. Barcha eki ayrim bolalar ularni takrorlasin, toki bolalar o`yin 
qoidalarini yaxshi o`zlashtiraetganlariga murabbiy amin bo`lsin.
Boshqaruvchi tarbiyachi eki bolalar belgilansin, eki bolalar yaxshi ko`radigan sanoq 
she`r erdamida aniqlasin. Sanoq she`r har doim qofiyali bo`ladi. U quvnoq, hazilnoma 
ham bo`lishi mumkin. Odatda, bolalardan biri sanoq she`rni ayta boshlaydi, har bir so`zni 
talaffuz etar ekan, u davrada turgan o`yin ishtirokchilariga birdek ishora qilib boradi. 
Sanoq she`rning so`nggi so`zi tushgan o`yinchi o`yinni olib boradi. Mana sanoq she`rdan 
ayrimlari: 
Nay olgani boraman, 
Nayni o`zim chalaman. 
Yangra nayim, qattiqroq 
Biz ketdik, sen qol o`rtoq 
Ayvondan to`rva tushdi, 
Mushukning kayfi uchdi, 
To`rvada tuz, non bug`doy, 
Kimni istaysan. . . Voy 


Ôîéäàëàíèëãàí
àäàáèéîòëàð
1. O`zbekiston Respublikasining Ta`lim tug`risidagi qonuni. T. 1997 
2. O`zbekiston Respublikasi Kadrlar tayerlash milliy dasturi. T. 1997 
3. Karimov I.A. Barkamol avlod o`zbekiston taraqqietining poydevori. T. 1997 
4. Karimov I.A. O`zbekiston buyuk kelajak sari. T. 1998. 
5. Izmaylov A.E. narodnaya pedagogika. M.1991 
6. Mirzaev Z.F. O`zbek xalq pedagogikasi. T. 1973 
7. Jabborov I. O`zbek xalqi einografiyasi. T. 1994
8. Izimbetov T.I. Dasturler 
ү
rp 
ə
detler h
ə
m turm
ы
s. N. 1995. 
9. Mirtursunov Z. O`zbek xalq pedagogikasi. T. 1996
10.Musirmanova O. Baubekova G. O`zbek xalq pedagogikasi. 2000 
11. Xoshimov K. Ochilov S. O`zbek pedagogikasi antologiyasi. T. 1995. 
12. Munavvarov A. oila pedagogikasi. T. 1995
13. Sattarov M. O`zbek udumlari. T. 1994. 
14. Tajimuratov E. Qaraqalpaq xal
ы
q pedagogikasi. N. 1996
15. Karakalpak fol`klori. K
ө
p toml
ы
q. N. 1977


Õàë3 ïåäàãîãèêàñè ôàíèäàí ìóñòà3èë èøëàð ò5ïëàìè
Õàë3 ïåäàãîãèêàñè ôàíèäàí ìóñòà3èë èøëàð ò5ïëàìè
Õàë3 ïåäàãîãèêàñè ôàíèäàí ìóñòà3èë èøëàð ò5ïëàìè
Õàë3 ïåäàãîãèêàñè ôàíèäàí ìóñòà3èë èøëàð ò5ïëàìè

Yüklə 193,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə