Xalq pedagogikasi


Ta`lim - tarbiyada hadislarning mohiyati



Yüklə 193,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix11.12.2023
ölçüsü193,67 Kb.
#143597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Xalq pedagogikasi.uzb

Ta`lim - tarbiyada hadislarning mohiyati 
Ðåæà
:
1.
*àäèñëàðíèíã òàúëèì

òàðáèÿâèé à8àìèÿòè.
2.
*àäèñ èëìèíèíã àñîñ÷èëàðè.
3.
*àäèñëàðäàí ôîéäàëàíèø é5ëëàðè, óñóëëàðè
.
Dune madaniyatining beshigi Sharqda ijtimoiy tuzumning qaysi bosqichdaligidan 
qat`iy nazar shaxsni har tomonlama kamol toptirish muammosi hamisha etakchi o`rinda 
bo`lib kelgan. Islom o`z oldiga ko`ygan maqsadlaridan biri ham, vujudga kelgan kunidan 
boshlab sof fikrli, komil, yaratuvchi, beozor insonni tarbiyalash edi. 
Hadislar xalqni tarbiyalashga, ahloq-odobga, diniy e`tiqodga chaqirish bilan bir 
qatorda xalqning haetini, uning o`tmishdagi iqtisodiy, siesiy va madaniy turmush 
darajasini o`rganishda muhim manba hisoblanadi. U xalqning ijtimoiy va iqtisodiy 
munosabatlarini, ijtimoiy-maishiy turmush tarzini, orzu va intilishlarini o`zida ifoda 
etadi. Hadislarda ifodalangan xulq-atvor normalari eki inkor etiladi, eki keskin 
ma`qullanadi. Shuning uchun u o`quvchiga g`oyaviy yo`nalish beradi, ideallarning 
rivojlanishiga ta`sir etadi, insonparvarlik, hadollik, yimon, e`tiqod, tinchlik, do`stlik, 
vatanparvarlik, mehnatsevarlik hissietining shakllanishiga olib keladi. 
Hadislar tarixiy xarakterga ega bo`lib, yaratilgan davr xarakteriga mos holda 
ifodalangan. 
Badiiy asar yaratilgan davr tuzumi manfaatlarini aks ettiradi, shu davr kishilarining 
talab va ehtiejlarini nazarda tutadi. Hadislar feodalizm davrida yaratilgan bo`lib, shu 
tuzum tartiblari, qonun-qoidalari, O`rta Osie va Eron xalqlarining boy milliy an`analarini, 
turmush tarzini ifodalagan. 


Hadislarda xalq tajribasida sinalgan ezgu ideallar kuchaytiriladi, nasihat va talab 
shakladi xalqqa etkaziladi, xalq idealiga zid xislatlar esa salbiy jihatdan bo`rttiriladi, 
emon oqibatlardan ogoh etadi. Bunday hollarda mubolag`a usuli orqali hadislarning 
tarbiyaviy ta`siri kuchaytiriladi. Xalq idealiga mos kelmaydigan noinsoniy hislatlar: 
ochko`zlik, ug`rilik, adolatsizlik, zino, tekinxo`rlik, yalqovlik, xienatkorlik, ota-onaga 
hurmatsizlik va boshqalar qoralanadi. Bu qoralash oddiy baendan iborat bo`lmasdan, 
balki xalqning izchil g`oyaviy estetik talabi va bahosi sifatida ifodalanadi. Xalqning 
ma`naviy fazilati sifatida qaror topmagan illatlar ijtimoiy haet taraqqieti va milliy 
qadriyatlarning takomiliga salbiy ta`sir etadi. 
Hadislardagi badiiy ifoda hamda tasviriy vositalar rang-barang bo`lib, ular har bir 
hadisning asl mazmunini reallashtirishga imkon beradi. Shu sababli hadislar kishilarni 
ezgulikka, olijanoblikka, mehr-oqibatli, iymonli, e`tiqodli bo`lishga undaydi. 
hadislar zaminida kishilarning e`tiqodi va tasavvurlari, odamni bila borish va idrok 
etish darajasi etadi. 
Hadislar mavzu jihatdan g`oyatda boy va rang-barangdir. Halqning ijtimoiy-
maishiy turmushi, jamiyatning tabiati, jug`rofiyasi, ekologiyasi, nabotot va insonning 
diniy, ma`naviy-ruxiy olami, faoliyati qamrab olingan. 
Unda tarixiy voqealar, ijtimoiy-siesiy masalalar, sinfiy munosabatlar ham o`z 
ifodasini topgan. 
Hadislar (600000 hadis aytilgan) insonning o`limidan keyingi haeti, yaqin va olis 
kelajak haqidagi bashoratlar, ma`naviy-ahloqiy fazilatlar, tabobat va gigiena tug`risidagi 
bilimlar mujassam etilgan. 
Hadislar tuzilishi jihatdan nasriy shaklda bo`lib, kishi xotirasida uzoq saqlanishini 
ta`minlaydi. 
Muhammad alayhissalom hadislarida musulmon halqlarining eng muhim milliy 
qadriyatlari hisoblangan iymonli bo`lishga da`vat asosiy o`rinda turadi. 
Islom dini hukmronlik qilib kelgan davrlarda barcha eshdagi kishilarni tarbiyalash 
quroli bo`lib kelgan hadislarning paydo bo`lishi va uni ma`naviyat xazinasiga aylanib 
qolishiga kimlar mas`ul bo`lganlar. 
Hadis islom olamida payg`ambar Muxammad alayhissalomning hislatlari, hatti-
harakatlari, diniy va ahloqiy ko`rsatmalari haqida ma`lumot beruvchi didaktik 
xarakterdagi ta`limot hisoblanadi. 
Hadislarni Muhammad alayhissalomning vafotlaridan bir necha o`n yillardan so`ng 
yig`ishga va ezishga kirishilgan, hadislarning haqqoniyligi har tomonlama tekshiruvdan 
o`tkazilgan bo`lib, hadislarni aytgan kishilarning xulq-atvorlari, ahloqi, shaxsi, hatto 


avlod ajdodlari har tomonlama o`rganilgan. Chunki, Muhammad alayhissalom aytmagan 
fikrlar ham yanglish ravishda xalq o`rtasida tarqalmasligi lozim, deb hisoblanadi. 
Olmoniyalik 
islomshunos 
idoyatulloh 
Xobshning 
fikricha 
G`Hadisning 
haqiqiyligini bildiradigan quyidagilar: 
Birinchidan, hadis Qur`on oyatlarining birontasiga zid kelishi mumkin emas. 
Ikkinchidan, har bir hadis payg`ambarimiz sunnatiga mos kelishi kerak. Uchinchidan, 
hadislarda aytilgan gaplar qayriahloqiy eki Islom dinining aniq-ravshan ta`limotiga zid 
bo`lmasligi kerakG` 
Muhammad alayhissalomning fikricha, inson millati, irqi, davlatiga qaramasdan o`z 
tabiatiga ko`ra sahovatli bo`lishi, bir birlariga nisbatan mehribonlik ko`rsatishlari zarur. 
Mana shu fazilat uni boshqa mavjudotlardan ajratib turadi. Bunday sahovatli dune to`rt 
toifadagi insonlar guruhidan iboratdir: 
1. Tangri tomonidan ham boylik, ham ilm ato etilgan bo`lib, bulardan faqat o`zi 
bahramand bo`lmasdan, balki qarindosh-urug`lar, do`stlar, qo`shnilar va boshqalarni ham 
bahramand etadilar. Bu toifadagi odamlar har tomonlama ulug` kishilardir. 
2. Ikkinchi toifadagi odamlar borki, ilmli, aql-zakovat egalari, lekin boylik ato 
etilmagan. Bu toifadagilar boy kishilarga g`araz nazari bilan qaramaydilar, o`zlarida ham 
shunday boylik bo`lsa, ezgu natijalarga sarflashni orzu qiladilar. 
3. Uchinchi toifadagi kishilar esa mol-dune ega bo`lib, ilmsizdir. Hech kimga 
muruvvat qilmaydi. Bu toifadagi kishilar eng emon kishilar hisoblanadilar. 
4. To`rtinchi toifadagi kishilarda na mol-dune, na ilm bor. Ular ilmli, mol duneli 
bo`lish, ularni ezgu ishlarga sarflash orzusi bilan yashaydilar (247 hadis). 
Jamiyatning taraqqieti birinchi va ikkinchi toifadagi kishilarga ko`p jihatdan 
bog`liqdir. 
Hadislar orqali ijtimoiy masalalar ham o`z ifodasini topadi. Quldorlik, feodalizm 
jamiyatida qullarning, g`ulomlarning haq-huquqlari nihoyatda chegaralangan bo`lib, 
ularning moddiy va maishiy ahvollari hech qanday qonun va qoidalar bilan himoya 
etilmagan. Ularni inson sifatida hurmat qilish, jabr-zulm ko`rsatmaslik, moddiy va 
maishiy turmush darajasini yaxshilashga e`tibor diniy va badiiy manbalar orqaligina 
quldorlarga, feodallarga etkazilgan. Ijtimoiy turmush tartib qoidalarga rioya qilmaslik, 
jamiyatning ba`zi bir a`zolari tomonidan bunday qonun qoidalarni o`zgartirishga urinish 
emon natijaga olib kelishi tabiiy. 
Qur`oni Karim, Hadisi sharif, xalq og`zaki ijodi, boy mumtoz adabietimiz 
manbalarida oddiy, eziluvchi xalq ommasini boy, hukmdor doira vakillari bilan o`zaro 
adolatli kelishtirish asosida jamiyatni o`zgartirish, kishilarni bir-birlariga nisbatan mehr 


oqibatli, insonparvar bo`lib yashashlariga erishish mumkin, degan g`oya olg`a suriladi. 
Jamiyat a`zolarining turmush tarzlari turlicha bo`lishi Olloh taoloning hukmiga bog`liq. 
Shuning uchun uning hukmini o`zgartirishga hech kimning kuchi etmaydi. Faqat sabr, 
qanoatgina emon kun ketidan yaxshi kunlarni, azob-uqubat ketidan farovonlikni 
ishonmaydigan, sabrsizlik qilgan, qo`l ostidagilarga, ko`ni-qo`shnilarga, oila a`zolariga 
emonlik qilgan kishi do`zaxiy hisoblanadi. Hadislar mazmuniga singdirilgan bu g`oya 
kishilarni ijtimoyi turmushga ko`nikishga, ishonch bilan yashashga undab keldi. 
Hadislarda kishilarning barchasini teng, tinch-totuvlik bilan yashashlarini 
ta`minlash uchun bu toifadagi birovga qaram, faqir kishilarni qaramlikdan ozod etish, 
jamiyatni adolat asosida boshqarish lozim degan g`oya olg`a suriladi. 
Gunoh sifatida taqiqlangan ahloqiy kategoriyalar hadislar mazmunida ifodalangan 
bo`lib, ularning ko`pchiligi diniy g`oyalar va urf-odatlar bilan bog`liq, lekin ularning bir 
qismi inson ahloqiy haetiga aloqador.
Insonning haetdagi o`rni uning jamiyat taraqqietiga ko`shgan hissasi hamda kelajak 
avlodga qoldirgan moddiy va ma`naviy merosi bilan belgilanadi. Islom dini manbalarida 
oxirat yaqinlashib, qiemat bo`lishi ma`lum bo`lgan taqdirda ham oliji boricha bo`lajaq 
jamiyatning taqdiri, turmush tarzini o`ylash, qo`ldan keladigan ishni bajarib qolish targ`ib 
etiladi. «Birortangiz ekish uchun qo`lingizda bir ko`chatni ushlab turgan vaqtingizda 
qiemat qoyim bo`lib qolsa-yu, qoyim bo`lishidan ilgariroq uni ekib olishga ko`zingiz 
etsa, albatta ekib quying» (479-hadis), «Sen bir ko`chatni ekaetganingda dajjol chiqib 
qolibdi, deb eshitsang ham, uni tazatib ekishga harakat qil, chunki undan keyin ham 
odamlar yashaydi».( 480 hadis) 
Bu hadislarning mazmunidan shunday xulosa kelib chiqadi: «Haetda qonli urushlar 
bo`lib o`taveradi, tarix ham soyqalaveradi, odamlar ham aynaydi, bo`ziladi va oqibatda 
kishi o`z qo`shnisini, aka ukasini, opa singilisini o`g`il otasini, hatto farzandini ham qatl 
etadi, ammo toki duneda e`tiqodlar, insoflilar, olijanoblar, vijdonlilar, andishalilar bor 
ekan, haet barqarordir, shuning uchun ham sen umidsizlikka tushma, agar imon va 
e`tiqodning salomat bo`lsa, albatta, yaxshilik va ezgulik otiga xizmat qilaver». 
Musulmon olamida iymon va e`tiqod musulmonning haqiqiy musulmonligini 
bildiruvchi yuksak ruhiy holatdir. Murod-iymon demakdir. Iymon so`zda ham, ishda ham 
bir hilda bo`lishi talab etiladi. Diniy nuqtai nazardan «iymonning ham o`z farz ham 
amallari, muayyan chegaralari, bajarilishi lozim bo`lgan sunnatlari mavjud bo`lib», 
ularga qat`iy rioya etgan insonning iymoni but, rioya qilmaganlarning esa iymoni yo`q 
hisoblanadi. 


Islom dinida ruhiy poklik bilan bir qatorda jisomniy poklik ham targ`ib qilinadi. 
Jismoniy poklikka erishishi besh vaqt namoz o`qishdan oldin tahorat qilish orqali amalga 
oshiriladi. Uning o`ziga xos qonun-qoidalariga rioya etish islom ta`limoti orqali targ`ib 
etiladi. Tahorat-islomga e`tiqodning natijasi, uning oqibati esa jismoniy sog`limlik, ruhiy 
tetiklik, haetga, yashashga mehr muhabbat, kuvonch va sog`lom turmush tarzidir. 
Tozalik, ozodalik tibbiy nuqtai nazardan ham, diniy nuqtai nazardan ham shaxsning 
yaxlit shakllanishini ta`minlovchi xususiyat hisoblanadi. Namoz o`qish oldidan tahorat 
olish, ko`chaga chiqish, mehmonga borish, uxlash oldidan, ertalab uyqudan turgach 
yuvinish Sharq xalqlarinineg qadimiy qadriyatlaridan hisoblanadi. Bunday qadriyatlar 
asrlar davomida ahloq-odob qoidalari doirasida jamiyat a`zolarining hulq-atvoriga 
singdirib kelinadi. Tana a`zolarini pokiza saqlash, mash tortish, g`usl qilish, erkaklar 
uchun, aellar uchun lozim bo`lgan pokizalik xususiyatlari odob, milliy ma`naviy 
xususiyatlar doirasida beriladi. 
Hadislardagi gigienik qoidalar Muhammad alayhissalomning «Subhonolloh, 
mo``min kishi hech vaqt nopok bo`lmag`aydir» degan g`oyasiga asoslangan holda talqin 
etiladi. 
Ma`naviy madaniyatlilikning oliy mezoni shaxsning ilmli, duneqarashi 
shakllangan, fikr doirasi keng, ob`ektiv borliq, uning taraqqiet qonunlari haqida chuqur 
bilimga ega bo`lishidan iboratdir. 
Hadislar jamiyatning har bir a`zosini bilimli bo`lishga chaqiradi. Ilmsiz jamiyatda 
nodonlik, jaholat, razolat hukmron bo`ladi. 
Bu ilm ikki hil bo`lib, birinchisi, musulmonlarga har qanday vaziyatda o`zini 
qanday tutishi lozimligi haqida ma`lumot beruvchi huquqiy-diniy yo`l-yo`riqlardan iborat 
(fiqh). 
Ikkinchi esa, asrlar davomida vujudga kelgan fan, adabiet, madaniyat sohasidagi 
ilmlar majmuasi hisoblanadi. Har ikkala yo`nalishdagi bilimlar bilan qurollanish har bir 
musulmon uchun farz hisoblanadi. 
«Ilmga e`tiborsizlik, nodonlik, aroqxo`rlik va zinokorlikning ommaviy tus olmog`i 
qiemat alomatlaridandir». 
Diniy va duneviy bilim olish inson haetining barcha davrlarida intensiv amalga 
oshirilishi, «ilmga ilm olish yo`li» bilan erishilmog`i lozim. 
Ilmli inson hech vaqt xor bo`lmaydi. Har bir kishi eshlikdan puxta bilim olishga 
erishishi zarur. «eshlikda olingan bilim toshga o`yilgan naqsh kabidir» (383 hadis). Ilm 
olish har bir kishi uchun farzdir, hatto u ibodatdan ham afzaldir. 


Hadislarda olg`a surilgan ota-onaga nisbatan muhabbat, hurmat hissi xalq 
donishmandligi 
durdonalarida, 
mumtoz 
adabietimizning 
didaktik 
xarakterdagi 
namunalaridan Yusuf Xos Xojibning «Qutadg`u bilig», Qaykovusning «Qobusnoma», 
Sa`diyning «Guliston», «Bo`ston», A.Jomiyning «Bahoriston», A.Navoyining «Hayratul 
abror», «Mahbubul qulub», Muhammad Sodiq Qoshg`ariyning «Odob as-solihin», 
Olimatul Banotning «Muosharat odobi», Rizouddin Ibn Faxruddinning «Oila» kabi 
asarlari, shuningdek o`zbek adib va shoiralari ijodi mazmuniga singdirilib yuborilgan. 
Ma`naviy madaniyatlilik mezonlaridan biri opa-singillar, aka-ukalar, qarindosh-
urug`lar, do`stlar, o`rtoqlarga nisbatan mehr-muruvvat o`zaro hurmat, oqibatlilikdan 
iborat. 
Har qanday inson kelajak avlod uchun, jamiyat uchun foydali biron ish qilib 
qoldirmog`i lozim. Insonning haetdagi o`rni ham, dunega kelib-ketishdan maqsadi ham 
uning «tarqatgan ilmi, qobil farzandi, meros qoldirgan Qur`oni, qurgan masjidi, 
mehmonxonasi, chiqargan suvi, sog`lik va haetlik paytida qilgan sadaqasi» (159 hadis), 
odamlarga qilgan yaxshiligi, jamiyat taraqqietiga qo`shgan hissasi bilan belgilanadi. 
Haetda, mehnatda halollik, tejamkorlik farovon turmush-ning, vijdon sofligining, 
iymon butligining belgisidir. 
Hadislar qadimiy urf-odatlar, an`analar, marosimlar va udumlarni avloddan-avlodga 
etkazuvchi vosita hisoblanadi. To`y marosimlarni o`tkazish tartiblari va boshqalar haqida 
ma`lumot beradi. 
Bizning nazarimizda, hadislarning qimmati, inson ongi va faoliyatini 
shakllantirishdagi o`rni ularning mazmunini xalq og`zaki va ezma manbalar mazmuniga 
sngdirib borilganiligi bilan ham belgilanadi. 



Yüklə 193,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə