Xalq pedagogikasi


shlar tarbiyasida xalq qo`shiqlaridan foydalanish



Yüklə 193,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix11.12.2023
ölçüsü193,67 Kb.
#143597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Xalq pedagogikasi.uzb

shlar tarbiyasida xalq qo`shiqlaridan foydalanish 
Ðåæà
:
1
. Õàë3 35øè3ëàðèíèíã òàúëèì

òàðáèÿäàãè à8àìèÿòè.
2.
Õàë3 35øè3ëàðèíèíã òóðëàðè.
3.
Òàúëèì

òàðáèÿäà õàë3 35øè3ëàðèäàí ôîéäàëàíèø é5ëëàðè âà óñóëëàðè.
Qo`shiqlarda xalqning asriy orzu-umidlari va ezgu niyatlari aks etadi. Tarbiyada 
uning ahamiyati beqiesdir. 
Qo`shiqlar etik, estetik va pedagogik g`oyalarni musiqiy va shoirona bezashi bilan 
qimmatlidir. Go`zallik va ezgulik qo`shiqda yaxlit ishtirok etadi. Xalq tarannum etgan 
rahm-shafqatli azamatlar nafaqat mehribon, balki go`zaldirlar ham. Xalq qo`shiqlariga 
ezgulikni, inson baxti-saodatini taranumm etuvchi milliy qadriyatlar singib ketgan. 
Qo`shiqlar topishmoq va maqollarga nisbatan xalq she`riy ijodining birmuncha 
murakkab shaklidir. Qo`shiqlarning boshmaqsadi go`zallikka nisbatan muhabbat 
uyg`otish, estetik qarash va didni charxlashdan biorat. eshlarning qo`shiqchilikdagi 
ijodini kattalar muttasil qo`llab-quvatlab va rag`batlantirib kelmoqda. 
Éî
sh avlodni tarbiyalash bilan birgalikda xalq haetining barcha jihatlarini tarannum 
etish qo`shiqqa xos xususiyatdir. Qo`shiqning ta`limiy qimmati shundaki, bolalarni 
chiroyli qo`shiq aytishga o`rgatishgan, u esa o`z navbatida nafosatga va ezgulikka 
o`rgatgan. Xalq haetidagi barcha voqealar mehnat, bayramlar, to`ylar, azalar va 
hoqazolar doim qo`shiqqa hamrohlik qilib kelgan. Odamlarning butun o`aeti qo`shiqda 
kechib, u shaxs estetik va etik mohiyatini ajoyib tarzda ifoda etgan. Tug`ilishdan tortib 
o`lishigacha insonning butun umri mukammal qo`shiqlar turkumini tashkil etadi. 


Beshikda etgan, hali hech narsani tushunmaydigan chaqaloqqa ham, his etish va 
anglashdan to`xtab, tobutga etgan marhumga ham qo`shiq aytilgan. Olimlar nafis 
qo`shiqning ona qornidagi homilaning ruhiy rivojlanishiga ijobiy ta`sir ko`rsatishini 
isbotlab berdilar. Alla qo`shiqlari chaqaloqni uxlatibgina qolmay, uni erkalar, ovutar, 
quvonch bag`ishlar ham ekan. Chaqaloq kayfiyati chog` bo`lib uyg`onishi va kelaetgan 
kunni quvonch bilan qarshi olishi uchun italyanlarda maxsus qo`shiqlar kuylash odati 
bor. 
Qo`shiqni hamma kuylaydi va tinglaydi. Qo`shiqdan boshqa hech bir janr haqida 
bunday deb bo`lmaydi. Maqollar, ertaklar, topishmoqlarni odam ma`lum eshdan keyin 
tushuna boshlaydi, u eki bu toifa shaxslar ulardan umrining muayyan davrida 
foydalanadi. Tug`ri, qo`shiqning ham o`z «sevimli eshi» yo`q emas: o`n besh-yigirma 
eshdagi qizlar shunchalik ko`p qo`shiq aytadiki, shu damgacha va umrining oxirigacha 
aytganlari ham shungacha etmas ekan. 
Qo`shiqlarda ta`lim g`oyasi muayyan ishtirok etadi, bu g`oya qo`shiqlanrning 
ma`rifiy-ta`limiy vazifasini belgilaydi. Ayrim toifa qo`shiqlar, garchi ularning aksariyati 
eshga qarab cheklangan va taqsimlangan bo`lmasa-da ma`lum esh guruhlarga 
mo`ljallangan. Kattalarning ayrim qo`shiqlarini esh bolalar alohida ishtieq bilan 
kuylaydilar. Shu bois, gap u eki bu qo`shiqning ijro etilishi xususidagina borishi mumkin. 
Alla qo`shiqlari chaqaloqqa bag`ishlangan, uni ko`proq ona kuylaydi, biroq to`rt-besh 
yashar bolalar ham go`dak uka e singlisini tebrataetib, kuylagan hollar bo`ladi. Alla 
tarbiyasi insoniyatning butun tarixidagi eng tabiiy hisoblanadi (tik turgan e o`tirgan 
evvoyi onaning qo`llari va tizzalari birinchi belanchak o`rnida bo`lgan). 
Alla qo`shiqlarnining vazifasi chaqaloqni uxlatishdir. Alla qo`shiqlarining 
ijodkorlari odatda onalar va buvilar hisoblanadi. Lekin ulardan chaqaloqni boqaetgan har 
bir odam foydalana oladi. Alla qo`shiqlari tug`risida maqol, ertak, qo`shiqlarda eslanadi. 
Bunday xalq she`riy asarlari shunisi bilan qizqirliki, ular bolalarga nisbatan umumiy 
muhabbatni namoyish etadi. Ko`pgina alla qo`shiqlari, eng avvalo, ona muhabbatining 
beqies qudratini namoen qiladi. Biroq bir vaqtning o`zida ular bolaga qarash jaraenida 
uni ijro etganlarning barchasida bolalarga nisbatan mehr muhabbat tuyg`usini uyg`otadi, 
ya`ni u eki bu tarzda o`z-o`zini tarbiyalashni kuchaytiradi. Bu, ayniqsa esh bolalarga aka 
eki opalari g`amxo`rlik qilaetganda juda muhim. Beshikda etgan chaqaloq hali qo`shiq 
cho`zlarini tushunmaydi, ammo kuyga yo`g`rilgan mehr qalb va ruhni uyg`otadi, gue 
keyingi tarbiyaviy jaraenlar uchun kulaylik yaratib, zamin hozirlaydi. Alla qo`shiqlari 
asrlar davomida yuzaga kelgan, unda fikr, harakat va kayfiyatning eng foydali jihatlari 
mujassamlangan. Ulardan eng yaxshilari haligacha bola boqishda qo`llanilmoqda, ularni 


qug`irchoqlarini etqizib uxlataetgan qizaloqlarning o`zlari kuylaydilar. Alla qo`shig`i 
xalq tarbiyasining eng buyuk yutug`i, u bolaning hali murg`akkina, doimiy e`tibor, 
g`amxo`rlik, muhabbat talab qiluvchi, bularsiz yasholmaydigan ojizdan-ojiz norasida 
paytida amaliet bilan uzviy tutashib ketgan. Alla qo`shiqlarining asosiy mazmuni onaning 
bolasiga mehriban, uning baxtli kelajagi haqidagi orzularidan iborat. 
Alla, bolam, alla, 
Jonim bolam, alla, 
Ikki ko`zim alla, 
Alla bolam, baxti bor, 
Har narsining vaqti bor, 
Jonim, bolam, alla 
Shirin bolam, alla 
Ikki ko`zim, alla 
Alla qo`shiqlarida ona mehri favqulodda umumlashtirish ko`rsatiladi: qizalog`ini 
«jonginam», «munchog`im», «oppog`im», «mittiginam» deydi, erkalovchi ismlardan 
qanchasini keltiradi, «alla, bolam»ni takror-takror aytadi. Qo`shiqdagi mehr chaqaloq 
atrofidagilarga ham kuchadi, ularda «musichai bezavol», «guli-rayxonim», «atirgulom», 
«ko`zimning oqu qorasi», «erkatoyim» kabi o`xshatmalar ishlaritadi. 
Haet tarzlari uchun juda yaqin bo`lgan narsa va hodisalar asosida tilsiz go`dakka 
ana shu tariqa oddiy shakldagi manzaralar tug`risida gapiriladi: «tekis dalalar», «ko`m-
ko`k o`tloqlar» Vatanparvarlik eng teran tuyg`ulardan biri, uni bolalarga muhabbatdan 
ajratib bo`lmaydi va to`liq holda ala qo`shiqlarida tarannum etiladi. 
Alla qo`shiqlarida ona atrofidagi voqelik haqida so`zlaydi, haetning maqsadi va 
ma`nosi tug`risida hikoya qiladi, o`z g`am-qayg`ularini, hasratlarini aytib, yuraganini 
bo`shatadi. 
Tarbiyachi va muallim turli tuman alla qo`shiqlarini bilishi, ota-onalarga ularni 
bolalariga o`rgatish lozimliligini uqtirishi va tushuntira bilishi lozim. Ular ota-onalarga 
alla qo`shiqlari matnini berishlari, ularni bola tabiatiga qarab qanday o`zgartirish 
mumkinligi tug`risida maslahatlashishlari kerak. Tarbiya jaraenida foydalanish uchun bir 
qancha alla qo`shiqlarini e`tiboringizga havola qilamiz: 
Jonim bolam oni, alla,
Oq bug`doyning noni, alla 
Hamma emon ko`rsayam, alla 


Onasining joni, alla 
Aylanasining ayvoni bor, alla 
Tomga chiqsa narvoni bor, alla 
Uyqusi kelsa allasi bor, alla 
Emgisi kelsa mammasi bor, alla 
Alla jonim allae. 
Betimning qizilim, bolam, alla, 
Tilimning uzuni, bolam, alla 
Alla, bolam, alla 
Kichkinasan lolasan, 
Alla, bolam, alla. 
Qachon katta bo`lasan, 
Alla, bolam, alla. 
Bog` ichida chaman gullar, 
Alla, bolam, alla. 
Sayraydi shaydo bulbullar, 
Alla, ko`zim, alla 
Sendan kelar gul isi 
Alla, bolam, alla. 
Kuydan qo`chkor to`yingga, 
Alla, bolam, alla.
Senga allalar aytaman, 
Alla, ko`zim, alla 
Soyalaringda etaman, 
Alla, bolam, alla. 

Yüklə 193,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə