Desorbsiya. Desorbsiya Ion almashinish jarayon va qurilmalar



Yüklə 49,07 Kb.
səhifə1/7
tarix27.12.2023
ölçüsü49,07 Kb.
#161710
  1   2   3   4   5   6   7
Desorbsiya . Desorbsiya Ion almashinish jarayon va qurilmalar


Desorbsiya . Desorbsiya Ion almashinish jarayon va qurilmalar
Reja
1. Ionlar adsorbtsiyasi.
2. Adsorbtsiyaviy xromatografiya..
3. Qog’oz xromatografiyasi.
4. Yupqa qatlamda xromatografiya.
5. Gaz-suyuqlik xromatografiyasi.
Foydalanilgan adabitotlar
Gaz, bug` yoki eritmalar aralashmalari tarkibidagi bi ryoki bir necha komponentlarni qattiq jism (adsorbent) yuzasi va g’ovaklari hajmida yutilish jarayoni adsorbsiya deb ataladi. Adsorbsiya paytida yutilayotgan modda adsorbtiv deb yuritiladi. Adsorbent tarkibiga yutilib bo’lgan modda esa adsorbat deyiladi. Sanoatda adsorbsiya jarayoni gazlarni tozalash va quritish, eritmalarni tozalash va tindirish hamda gaz va bug` aralashmalarini ajratish uchun qo’llaniladi. Masalan, havo va boshqa gazlar aralashmalaridan uchuvchan erituvchilarni ajratish, ammiakni kontakt qurilmasiga berishdan oldin toza­lash, tabiiy gazni quritish, koks gazidan aromatik uglevodorodlarni ajratish, plastmassa va sintetik kauchuk ishlab chiqarishlarida adsorbsiya jarayoni keng qo’llaniladi. Bu usul yordamida xom ashyo va mahsulotlarning sifatini ham yaxshilash mumkin.


Adsorbentlarning turlari va ularning xossalari. Sanoat miqyosida ishlatiladigan adsorbentlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:
1) tanlovchanlik aralashma tarkibidagi tegishli komponentni yutib olish va boshqa komponentlarga esa ta`sir qilmaslik;
2) maksimal yutish hajmi yoki faollik adsorbentning massa yoki hajm birligida yutilgan adsorbtivning miqdori;
3) adsorbentni regenerasiya qilish paytida yutilgan moddaning to’la ajralib chiqishi;
4) adsorbent donalarining kerakli mustahkamlikka ega bo’lishligi (donalarning bo’zilib ketishi jarayonning gidrodinamik holatini yomonlashtiradi);
5) yutilayotgan moddalarga nisbatan kimyoviy inertlikka ega bo’lishlik;
6) narxi arzon bo’lishi.

Adsorbentning tanlovchanligi va uning yutish hajmi adsorbent va adsorbtivning tabiatiga va molekulalarning tuzilishiga bog`liq bo’ladi. Bunda adsorbentning solishtirma yuzasi (massa yoki hajm birligidagi adsorbentning yuzasi) va adsorbent g’ovaklarining o’lchamlari muhit ahamiyatga ega. Bu ikkala kattalik bir-birlari bilan o’zviy bog`langan. G’ovaklarning o’lchamlari qanchalik kichik bo’lsa, adsorbentning solishtirma yuzasi shunchalik katta bo’ladi. Bu holat adsor­bent faolligini kuchaytiradi. Adsorbentning faolligi adsorbsiya jarayonining shart-sharoitlari (harorat, bosim, adsorbtivning muhitdagi konsentratsiyasi) ga ham bog`liq bo’ladi. Haroratning kamayishi, bosimning ko’payishi (gaz va bug`lar uchun) va aralashmadagi kerakli komponent konsentratsiyasining ortishi bilan adsorbentning faolligi kuchayadi. Adsorbentlar zarracha ichidagi kapillyar kanallarning kattaligiga qarab shartli ravishda makro , oraliq va mikrog’ovakli bo’ladi. Ad­sorbsiya jarayonida tegishli komponent asosan mikro g’ovaklarning yuzasida yutiladi. Oraliq va makrog’ovaklar asosan yutilishi lozim bo’lgan komponentni mikrog’ovaklar yuzasiga o’zatish uchun xizmat qiladi.


Sanoatda adsorbent sifatida aktivlangan kochmir, qattiq g’ovaksimon moddalar, silikagel, sellyuloza, seolitlar, tuproq jinslari, ion almashinuvchi sunchiy smolalar (ionitlar) ishlatiladi.

Yüklə 49,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə