Desorbsiya. Desorbsiya Ion almashinish jarayon va qurilmalar



Yüklə 49,07 Kb.
səhifə6/7
tarix27.12.2023
ölçüsü49,07 Kb.
#161710
1   2   3   4   5   6   7
Desorbsiya . Desorbsiya Ion almashinish jarayon va qurilmalar

3. QOG’OZ XROMATOGRAFIYASI
Taqsimlanish xromatografiyasining bu turi murakkab aralash modda­lar (oqsillar, uglevodlar, garmonlar va boshqa tabiiy birikmalar) ni tahlil qilishda keng qo’llaniladi. Bu xromatografiya uchun maxsus fil­tr qog’ozlardan foydalaniladi, qog’oz xromatografiyasida, qog’ozda do­imo adsorbtsiyalangan holda bo’lgan suv surilmaydigan faza, qog’ozning o’zi zsa adsorbent vazifasini bajaradi. Oldindan suv bilan to’yintirilgan erituvchilar yoki erituvchilar aralashmasi ham surtuvchi faza hisoblanadi.
Bu xromatografiyani erituvchining yo’nalishiga qarab yuqoriga suriluvchi, pastga suriluvchi ikki tomonlama hamda gorizontal - aylanma xromatografiya turlari bor. Quyida, amalda keng qo’llaniladigan yuqoriga suriluvchi qog’oz xromatografiyasining ish texnikasi bilan tanishib chiqamiz. Maxsus xromatografikaviy qog’oz eni xromatografiya uchun ishlatiladigan tsilindrning diametridan bir oz kichiq, buyi 40-60 sm oralig’ida qirqib olinadi va qog’ozning pastki qismidan 2-3 sm yuqorida qalam bilan gorizontal chiziq chiziladi. Sungra qog’ozdagi bu chiziqqa (2-2,5 sm oraliqda) tekshirilayotgan aralashmalarning eritmalaridan va shu aralashma bo’lishi taxmin qilingan aniq moddadan yoki toza moddalar eritmasidan kichkina shisha kapilyar yordamida bir necha tomchi tomiziladi, qog’oz quritilib, ichida zrituvchi yoki zrituvchilar sistemasi bo’lgan maxsus xromatografiya uchun ishlatiladigan tsilindrga tushirilib, qog’oz tsilindr devorlariga tegmaydigan qilib shisha ilgichga ilib quyiladi. qog’ozning moddalar aralashmasi tomizilgan dog’lardan pastroq qismi erituvchi sistemaga tegib, erituvchi qog’ozga shimiladi va ma‘lum balandlikka ko’tarilgach, xromatogramma kameradan olinadi va zrituvchi yetib borgan govori chegara - front belgilanadi. Shundan keyin qog’oz quritilib, pulvirizator yordamida maxsus tanlab olingan rang beruvchi moddalar bilan ishlanadi. Buning natijasida xromatografikaviy qog’ozda har xil rangli «dog’lar» hosil bo’lib, u xro­matogramma deb ataladi.
4. YUPQA QATLAMDA XROMATOGRAFIYA
Keyingi vaqtlarda sintetik, ayniqsa, tabiiy moddalarni tahlil qilishda xromatografiyaning ancha qulay va tez bajariladigan usuli yupqa qatlamda xromatografiyalashdir. Bu usulning afzalligi shundaki, bunda kimyoviy reaktsiyalarning borishini nazorat qilish, kolonka yorda­mida ajratilayotgan murakkab aralashmalarni eyrim komponentlarga ajralishini kuzatish va xromatografik plastinkalarni tezda tayyorlab, moddalarni tezroq identifikatsiyalash mumkin. Moddalarni yupqa qatlam­da bir marta xromatografiyalash uchun 10-30 minut vaqt kerak, xolos.
Bu xromatografiyaning ish texnikasi dastlab turli o’lchamdagi (8x15; 10x20 va hokazo) shisha plastinkalarda yupqa adsorbent qitlamini hosil qilishdan boshlanadi. Buning uchun shisha plastinka ustida adsorbentlardan (alyuminiy oksid, silikagel va hokazo) birini olib, uning ustidan maxsus yupqa qatlam hosil qiluvchi asbob yurgiziladi.

Yüklə 49,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə