Xalq pedagogikasi


Bola tarbiyasida maqollardan foydalanish



Yüklə 193,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix11.12.2023
ölçüsü193,67 Kb.
#143597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Xalq pedagogikasi.uzb

Bola tarbiyasida maqollardan foydalanish 
 
Ðåæà
:
1
. Íà3ë âà ìà3îëëàð 8à3èäà òóøóí÷à.
2
. Òàúëèì

òàðáèÿäà íà3ë

ìà3îëëàðäàí ôîéäàëàíèø é5ëëàðè, óñóëëàðè.
3
. Íà3ë

ìà3îëëàðíèíã ìàçìóíè á5éè÷à á5ëèíèøëàðè.
Har bir maqolda hamisha «ta`lim ulushi» - ibrat mavjud bo`ladi: maqol tagida ibrat 
tusidagi aniq ramzni tushuniladi, bu ibrat haetning turli ko`rinishlarini umumlashtirib, 
tugal jumla holiga kelgan bo`ladi. 
Maqollar mehnatkashlarning ko`plab ma`naviy ehtiejini qondiradi, ular aqliy bilim, 
ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lishi, odamiylik, ahloqiy fazilatlar va hoqazolarni 
anglatishi mumkin. 
Maqollar qadimiy e o`tmish hodisa bo`lmay, xalqning jonli ovozidir, xalq bugungi 
zarur bo`lgan va ertaga asqotadigan narsani xotirasida saqlaydi. Maqolda o`tmish 
to`g`risida gap ketsa, u hozir va kelajak nuqtai nazaridan baholanadi, hikmatlarda aks 
etgan o`tmishning xalq orzu-niyatlari, ezgu maqsadlariga qay darajada muvofiqligiga 
bog`liq ravishda qoralanadi eki ma`qullanadi. 
Maqolni butun xalq yaratadi, shu bois unda jamoatchilik fikri o`z ifodasini topadi. 
Unda xalqning hatega bergan bahosi, xalq zakovatining kuzatishlari jo etilgan bo`ladi. 
Yakka shaxs yaratgan yaxshi hikmat, agar u ko`pchilikning fikrini ifoda etolmasa, maqol 
bo`la olmaydi. Juda bo`lmaganda, umumxalq fikri va yakka shaxs fikri bir vaqtning 
o`zida enma-en kelishi mumkin, xolos. 
Xalq maqollari eslab qolish uchun qulay shaklga ega bo`lib, etnopedagogik vosita 
sifatida ular ma`nosini kuchaytiradi. 
Maqollar xotiraga mahkam o`rnashadi. So`z o`yinlari, so`zlarning turlicha jarangi, 
qofiyadoshligi, ohangdorligi, goho shu qadar jozibali bo`lidiki, kishi oson esda saqlab 
qoladi. Ayni holda 
щ
e`riyat donolikni, tarbiya va uning hosilasi xulqni ifoda ebilish 
faoliyati tajribasini asrash va targ`ib qilish vazifasini ado etadi. 
Maqolning asil vasitasi tarbiyadir, ular qadim zamonlardan buen ta`lim vasitasi 
bo`li xizmat qilib kelmoqda. Bir tomondan, ular ta`lim g`oyasidan iborat, ikkinchi 
tomondan tarbiyaviy ta`sir ko`rsatib, ta`lim vazifasini bajaradi, xalq tasavvurlariga mos 
keluvchi tarbiya ta`sirining vositalari, uslublari tug`risida hikoya qiladi, shaxsning ijobiy 
eki salbiy jihatlarini baholaydi, shaxsning shakllanish maqsadlarini u eki bu tarzda 


aniqlab, tarbiyalanishga chorlaydi, o`zlarining tarbiyaichdek qutlug` vazifalarini 
mensinmaydigan katta eshdagi odamlarni qoralaydi va hoqazo. 
Maqollarning eng keng tarqalgan shakli o`gitdir. Ta`lim nuktai nazaridan o`gitlar 
uch toifaga bo`linadi: 
Bolalar va eshlarni yaxshi xulqli bo`lishga, shu jumladan, muloyim bo`lishga 
undaydigan tanbehlar. 
Katta eshdagi odamlarni o`ziga yarashadigan xulqu odobga o`rgatadigan tanbehlar 
va nihoyat, tarbiya natijalarini aks ettiruvchi, ta`lim maslahatlaridan iborat o`ziga xos 
nasihatlar. Bu, ayniqsa, ta`lim tajribasini umumlashtirishning o`ziga xos shakli sanaladi. 
Maqollarda bolalarning tug`ilishiga, ularning xalq haetidagi o`rniga, tarbiya 
maqsadlari, vositalari va uslublariga, rag`batlantirish va jazolashga, o`qish mazmuniga, 
mehnat va ahloq tarbiyasiga, bolalarning ota-onalar fe`el atvoridagi fazilatlarni meros 
qilib olishiga, atrof muhit va jamoatchilik fikrlarining ta`siriga daxldor ta`lim g`oyalari 
o`z aksini topgan va h.k. 
Xalq va avlodlarning ta`lim mubohasasida kattayu kichik barcha xalqlar beistisno 
ishtirok etadi. Bolaning dunega kelishi uchun bayram, farzandsiz ikkin jonning yashashi 
dushvor. O`zbek maqollarida bolalar haqidagi yaxshi gaplar ko`n takrorlanadi: «O`g`il 
bilan qiz - bir juft qizil gul», «O`g`il bilan qiz - uyning mehmoni», «O`g`il bilan qiz - tun 
bilan kun», «O`qil oftob, qiz mohtob», «Bolalar osmondagi yulduzlar, qorong`u tunni 
erug` kunduz qiladi», «O`g`li yo`qning o`rni yo`q, qizi yo`qning qadri yo`q». 
Bolani har kim ham tug`adi, lekin tarbiya har kimning qo`lidan kelavermaydi. 
«Tug`ishga tug`ib, tarbiya qilolmaydi» ham ota, ham onaga tegishli bunday tanbehlar har 
bir xalqda uchraydi. 
Xalq tarbiyaning boshlanishi haqida muiyyan fikrlarni aytadi: qancha erta boshlasa, 
shuncha yaxshi. Tarbiyani bola tug`ilishdan boshlagan yaxshi, chunki tarbiya bola 
tug`ishdan ham muhimroqdir. «Dunega keltirgan ota va ona emas, edirib-ichirgan, yaxshi 
tarbiya bergan ota va ona». Ota bilan ona faqat ota-onagina emas, tug`ilish bu 
boshlanishi, ota bilan ona eng avvalo tarbiyachilardir, faqat shundagina ular o`z 
vazifalarini tugal ado etgan hisoblanadilar. «Ona maktabi» otadan ko`ra muhimroqdir: 
«Otasi yaxshining bittasi yaxshi, onasi yaxshining hammasi yaxshi», «Ona miyasiga 
quyganni ota sug`urib ololmaydi». 
Xalq tafakkurida merosxo`rlik, meros va ota-onalar ta`lim faoliyatining natijalari 
uzviy bir butunlikda namoen bo`ladi. «Yaxshi xotinning bolalari ham yaxshi bo`ladi» 
(rus), «Aql katta bo`lganda kiradi, tarbiya tug`ilgandan boshlanadi» (o`zb), «Yaxshi 
go`shtning sho`rvasi totli, yaxshi odamning bolasi totli» (qir) va hoqazo. Lekin, bolaning 


o`z kilmishlari uchun shaxsan mas`ulligi ham inkor etilmaydi: «Ahmoq o`g`ilga ota ham 
aql bo`lolmaydi», «Ahmoq o`g`ilni ota ham yo`lga sololmaydi». 
Maqaollarda tarbiyaning qulay va noqulay sharoitlari o`z aksini topgan. 
Barcha xalqlarda esh avlodga tarbiyachi (murabbiy)larni hurmat qilish zarurligi 
uqtiriladi. Ota-ona obro`siga, ayniqsa, katta e`tibor beriladi: «Ota puli bilan emas, ota aqli 
bilan yashash kerak», «Eskichada ham, yangichada ham ota o`g`ildan qutlug`», «Otalar 
so`zi aqlning ko`zi». Onani ham istehkom devoriga kies qilinadi. Ota-onalariga qilgan 
muomalalariga qarab bolalar taqdiri bashorat qilinadi: «Otangni xor qilganding, senga 
ham o`g`lingdan shu qaytadi» (rus). Darvoqe, bu mavzuda bir ertak ham bor, unda eng 
yaxshi tarbiyachi keksalar ekani tug`risida bir olam maqol aytilgan: «Qancha keksa 
bo`lsa, shuncha haq, qancha esh bo`lsa, shuncha qadrli», «Qari bilganni pari bilmaydi»,
eshlar bilan kattalar o`rtasidagi munosabatlar barcha xalqlarda deyarli bir hil ifoda etiladi: 
«Kattalarga joy ber, kichiklarga erdam» (xakas), «Kattalardan o`rgan, kichiklarga o`rgat» 
(o`zb, chuv, tuva, tatar, qirg`) «esh kelsa ishga, qari kelsa oshga» (o`zb, rus va h.q.). 
Maqol bu tayer xulosa, lekin u hali so`nggi manzil, xaelot sarhali emas. Maqol 
qandaydir muayyan holatda-xulosa, boshqa holatda-faraz bo`lib, yangi muammolarni 
ko`ndalang ko`yadi. Maqolning qiymati uning tub-tubiga kirib borishni talab etuvchi 
ma`nosini sharhlab berilganda ma`lum bo`ladi. Mulohazalarda, suhbatlarda, bahslarda 
maqollarni sharhlab berish xalq ichida keng eyilgandi. Bunday sharhlashlar ko`pgina 
hollarda bir qarashda unchalik bo`lmagan maqollarni ham ta`limiy maqollar sirasiga 
o`tkazibyuboradi. «Haet dala aylanish emas, uni yashash kerak» maqoli eshlarga qarata 
aytilgan nasihat, maslahat sifatida talqin qilinadi. «O`qinglar, ammo o`ynab-kulib ham 
qolinglar. hali ishlaydigan vaqtlar keladi... Haet dala aylanish emas uni yashash kerak». 
Muayyan voqea tavsifiga nisbatan umumiy ta`lim mulohazasi yuritilganda maqollar 
ayniqsa ko`p ishlatiladi. Bitta e ikkita o`g`il kamlik qilishi haqida xalq bunday deydi: 
«Tug`ri-da bitta o`g`il qazo qilib ketishi ham mumkin, ikki qaynonaga duch keladi. 
O`g`ling uchta bo`lsa, qariganingda uchta tayanching bo`ladi, axir». 
Xalq duneqarashini o`rganish uchun ta`lim o`gitlarining o`zi ayniqsa qimmatlidir. 
Ular ta`lim ashelari, bolalar va tarbiya haqidagi bilimlar bilan birgalikda xalq ta`limi 
tafakkurining negizini tashkil etadi. Bu xalqning o`ziga xos ahloqiy ma`rifiy qoidasi. Bu 
qoida muhim jihatlarda xalqning o`zi tomonidan obdan o`ylab ko`rilgan: «Bolalarni 
kaltak bilan emas, yaxshi so`zlar bilan o`qitadi», «Kaltakdan badan qabaradi, haqoratdan 
yurak», «Bolalarni do`q va kaltak bilan emas, uyaltirish bilan jazolaydi», «O`zingnikini 
olganingda o`zgalarni ham unutma, o`zingniki istasang-istamasang do`st bo`lib 
qolaveradi», «esh aql bahorgi muz parchasi», «Yumshoq saqich muhrga, esh esa ilmga 


yaxshi», «Aqlsizni o`qitish tagi yo`q ishidga sul quyish bilan teng», «Takrorlash 
bilimning onasi», «Olim ko`rib turadi, avom izidan boradi», «Musibatda odam dono 
bo`lib ketadi», «Yaxshi bilan yurgan etar murodga, eomn bilan yurgan qolar uyatga», 
«Birinchi farzand hammadan ham suyumliroq», «Aql ummonday bepoen, bilim tog`day 
yuksak», «O`qimishli odam misoli quesh, savodsiz odam zim-zie tun», «eg`ochni 
namligida eg, bolani vaqtida o`qit», «Emizaetganingda o`g`lingni tarbiyalamasang katta 
bo`lgach, tarbiyanishga fursati bo`lmaydi», «O`qimagan ahmoq emas, o`qishni istamagan 
ahmoq», «Keksaga hassa tayanch, eshga ilm», «Botirlar orasida yashasang, sen ham botir 
bo`lasan», «Hammamiz odamlarmiz, bitta insonmiz», «Zamona qanday bo`lsa, odamlar 
ham shunday bo`ladi», «Odamning bahosi odam bilan o`lchanadi. Odam o`zi uchun 
tug`ilmaydi». 
Tarbiya natijasi haqidagi xalq fikri muhim ta`lim ma`nosiga ega. Bu odamlar, 
ularning shaxsiyati haqidagi mulohazalarni baholovchi fikrlardir: «Qiziqqon odam 
makkor bo`lmaydi», «emon odam ko`mirga o`xshaydi: kuydirmasa ham qorasi yuqadi», 
«Pok vijdon Xudoning ko`zi», «Sof vijdon fosh qilishni eqtiradi», «Yurganda maysani 
bosmaydi» (yuvoshlik haqida), «Uning faqat qorga bosgan izi tug`ri» (elgonchilar 
haqida), «Maqtanchoqning gaplari ko`lmak, kamtarniki dengiz», «Ayiqning o`zini ko`rib, 
izini qidiradi» (bemaqsad odam tug`risida), «elg`on bilan dono bo`lmas, ug`rilik bilan 
boy bo`lmas», «eshlarning shijoatini so`ndirgandan ko`ra, eman daraxtini sindirgan 
oson», «It qutirsa egasini qopadi», (noinsof odamlar tug`risida yana bir maqol: «Ko`chib 
bo`lgandan keyin tuya na hojat, daredan so`zib o`tgach, qayiq ha hojat»), «Yaxshi odam 
eomnlikni eslamas, emon odam yax`shilikni eslamas» va h.q. Ko`plab ibratomuz 
maqollar shunisi bilan qiziqqa, aniqliq xossasi ulardagi ish-harakat va amallarga qarab 
bahlonadi, tarbiya bilan bog`liq holda qaraladi. Ahmoq odamlarni tarbiyalash oson emas: 
«Ilon o`zining egriligini bilmaydi: tug`rilasang chaqadi», «Bukrini go`r tuzatadi», «Ilon 
po`stini yilda bir almashtiradi, ammo zaharli tishi qolaveradi». 
Maqollarga qarab shaxsning ijobiy va salbiy hislatlari odamlar xulq-atvorini bir 
zaylda yaxshilashni ko`zda tutuvchi tarbiya maqsadi sifatida gavdalanadi. Buning ajoyib 
tomoni shundaki, barcha xalqlar inson kamolotining cheksizligini tan oladilar. Kishi har 
qancha komil bo`lmasin, u kamolot sari yana bir qadam tashlaydi. Bu qadam nafaqat 
odamni, balki bashariyatni taraqqiet sari boshlaydi. 
Sharhlovchilar oila va nasablarga quyidagicha mantiqiy baho beradilar: istiqbolsiz 
nasab, ertasi yo`q oila, shoxbutoqsiz daraxt; ildizsiz daraxt quriydi, elqiz butoq sinishi 
turgan gap, hassasiz cho`pon-shoxsiz daraxt va hoqazo. Gohi paytlarda elqiz bola katta 
bo`lgach, o`z bolalarini himoyasiz tashlab qo`yishi mumkin, chunki uning yaqin 


qarindosh urug`lari-ammayu amakilari, jiyanlari bo`lmaydi-da. Ba`zilar savol-javob 
vaqtida xalq tafakkuri sifatida maqollarga tayanib, bola va nevaralarga o`zlaringdan 
ko`payib, uvali-juvali bo`linglar deb, dangal istak bildiradilar: G`Shuning uchun 
aytaman-da, bitta bola kam deb. . . «Ota-onaning ta`lim vazifalari sifatida bolalarga 
muhabbat, ulardan faxrlanish ota bilan ona tug`risida teng bo`linadi»: «Ota qizini yaxshi 
ko`radi, ug`li bilan g`ururlanadi, ona ug`lini yaxshi ko`radi, qizi bilan faxrlanadi». 
Maqolda ota va onaning o`z bolalari tarbiyasi uchun mas`ulliklari alohida qayd etilgan, 
ularning ta`lim vazifalari farqlab berilgan: ayni holda oilada qulay ahloqiy muhitni 
ko`zda tutuvchi muhabbat, ota-onalar va farzandlar o`rtasidagi samimiy munosabatlar 
ko`proq tarbiya sharoitlariga tegishli bo`ladi, faxr esa uning natijasigina. elg`iz farzand-
bu faqat ug`il eki faqat qiz demak, oilada esa ug`illar ham, qizlar ham zarur. Ota ham ona 
ham na faxrdan, na muhabbatdan bebahra qolmasin, ularning har ikkalasi ham bolalari 
tarbiyasi bilan bog`liq o`z ahloqiy tuyg`ularidan to`liq qoniqish hosil qilsin. 
Maqollarning ko`p ma`noliligi, ularning bir-biri bilan ko`ptaraflama va ko`p qirrali 
aloqadorligini, bir-birlarini to`ldirishini, izohlashini bildiradi. Bu ko`pma`nolilik ma`lum 
darajada maqollarning yuksak shoironaligi bilan o`zaro bog`langan. 
Bolalarni tarbiyalash ishida so`zlari bolalarga hozirda tushunarli bo`lgan 
maqollardangina foydalanish zarur. Aks holda, ularn
ү
i qo`llashdagi ta`sirchanlikka putur 
etadi. Quyida o`qituvchi tarbiya jaraenida foydalanishi mumkin bo`lgan maqollarni 
keltiramiz. 
Vatan haqida 
O`zbekiston - Vatanim manim. 
eridan ayrilgan etti yil yig`lar, 
Yurtidan ayrilgan o`lguncha yig`lar. 
Ona yurting - oltin beshining. 
Har qancha ko`p bilsang ham 
Xalq sendan ko`proq biladi 
Yigitning burchi - Vatanni qo`riqlash. 
O`z uying - o`lan to`shaging. 


Éî
Éî
Éî
Éî

Yüklə 193,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə