Matiqiy fikrlashga doir masalalar, ularni yechish usullari. Reja



Yüklə 60,88 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü60,88 Kb.
#163574
Matiqiy fikrlashga doir masalalar, ularni yechish usullari.





O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR
VAZIRLIGI


FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO’LIMI
Bohlang’ich ta’lim yo’nalishi 22-42 gurux
Akulova Nodiraning
MUSTAQIL ISHI


Matiqiy fikrlashga doir masalalar, ularni yechish usullari.
Reja:

  1. Matiqiy fikrlashga doir masalalar

  2. Mantiqiy fikrlashning rivojlantirish

  3. Mantiqiy fikrlashning asosiy talablari

Globallashuv va axborotlar ko'lami nihoyatda kengayib borayotgan hozirgi davrda axborot bosimining kuchliligi har birimizdan mazkur axborotlardan himoyalanishni, ularni to'g'ridan-to'g'ri qabul qilmasdan, tanqidiy va kreativ yondashuv asosida ko'rib chiqishni va mantiqiy fikrlash orqali muhim va foydali bo'lgan ma'lumotlarni ajratib olishni talab etadi. Bu esa mantiqiy fikrlash jarayonida kechadi.


Mantiq - nafaqat fikrlash qobiliyati, balki izchil va to'g'ri mulohaza yuritish hamdir. Ya'ni insonlarning kundalik faoliyatida, munosabatlarida tartibli, aniq, asosli ya'ni mantiqiy o'ylay olishi tushuniladi.
Inson tafakkuri mantiq qonunlaridan qat'iy nazar o'zi mantiqiy qonunlarga bo'ysungan ravishda mavjud bo'ladi. Ko'pchilik imlo qoidalarini bilmagan holda to'g'ri gapirganlari kabi mantiq qonunlarini bilmay ham to'g'ri fikrlaydilar. Lekin bundan mantiqning amaliy ahamiyati yo'q degan xulosa kelib chiqmaydi. Bu kabi qarash tarafdorlari Gegelning "Har kim fiziologiya qonunlarini bilmay ham ovqatni to'g'ri hazm qilganidek, mantiq qonunlarini bilmay to'g'ri fikrlashlari mumkinligi to'g'risidagi fikrini keltirishadi.
Fikrlash - shaxs bilish faoliyati jarayoni bo'lib, voqelikni bevosita va umumlashgan holda aks ettirish bilan xarakterlanadi. Fikrlash fanlararo tadqiqotlarni, kompleks fanlarni o'zida mujassamlashtiradi. Fikrlash insonga haqiqat hodisalari o'rtasidagi aloqalarni topish imkonini beradi, lekin aniqlangan bog'liqlik haqiqatdan vaziyatning to'liq holatini aks ettirishi uchun u ob'ektiv, to'g'ri yoki boshqacha aytganda, mantiqqa tayangan, mantiq qonunlariga mos bo'lishi kerak.
Mantiqiy fikrlash - fikrlashning oliy pog'onalaridan biri bo'lib, izchillik, ketma-ketlik asosida fikrlarning bog'lanishini bildiradi va shaxs ijodiy faolligining muhim qirrasini o'zida aks ettiradi.
Demak, mantiqiy fikrlash - inson tomonidan ko'rib, eshitib, bilib, his qilib va anglab olingan borliq, voqelik yoki taassurotlarning boshqalar uchun ham tushunarli tarzda tafakkur etilishini anglatadi.
Mantiqiylik - tafakkurning yozma va og'zaki nutqda fikrlash qonunlariga amal qilish jarayonidir. Bu jarayonda ayniyat, ziddiyat, inkorni inkor hamda etarli asos qonunlari o'zaro uyg'un holda namoyon bo'ladi. Ayniyat qonuni har bir narsa-hodisaning aynan o'ziga tengligini, fikrda, so'zlashuv va matnlarda takror so'zlarni to'g'ri qo'llashni bildiradi (A-Adir). Ziddiyat qonuni bir vaqtning o'zida har bir voqea-hodisani ziddi bo'lmasligini taqozo etadi (A ham V, ham V emas bo'la olmaydi). Uchinchisi istisno qonuni esa muayyan sharoitda voqea-hodisalar aynan o'sha holatda bo'lishi yoki bo'lmasligini anglatadi ("A V yoki V emasdir"). Yetarli asos qonuniga kelsak, har bir narsa-hodisaning real asosi bo'lgani kabi, ularning in'ikosi bo'lgan fikrimiz ham asoslanishini ta'kidlaydi (Agar V mavjud bo'lsa, uning asosi sifatida A ham mavjud).
Mantiqiy fikrlashni rivojlantirish mezonlari:
* Tafakkurning mustaqilligi;
* O'quv materialini o'zlashtirishning tezligi va mustahkamligi;
* Standart bo'lmagan vazifalarni hal qilishda zehn (fikrlashning) tezligi;
* O'rganib chiqilayotgan huquqiy vaziyat mazmuniga chuqur kirib borish (muhim bo'lgan nazariyani muhim bo'lmagan nazariyadan ajrata bilish);
* Fikrlashdagi tanqidiylik.
Mantiqiy fikrlashning rivojlanganlik darajasini belgilovchi mezonlar:
* Mantiqiy fikrlashga nisbatan motivatsiyani qaror topganligi;
* Mantiqiy fikrlash qobiliyatlarining shakllanganligi;
* Mantiqiy fikrlash ko'nikmalarining rivojlanganligi;
* Amaliy mantiqiy fikrlash jarayonini tashkil etish;
* Ixtisoslashgan (pedagogik) mantiqiy fikrlashning rivojlanganligi.
Bugungi kunda tadqiqotchilar tomonidan har bir samaradorlik darajasining
xususiyatidan kelib chiqib, quyidagi mezonlar ajratib ko'rsatilmoqda:
yuqori daraja - mantiqiy fikrlashga yo'nalganlik, moslashuvchanlik, fikrlashning ravonligi, ratsionalizatorlik ko'nikmasining mavjudligi, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlanganlik sifatlarining shakllanganligi, sifat masalalarini echish malakasining shakllanganligi;
o 'rta daraja - mantiqiy fikrlashga nisbatan ongli munosabatning tarkib topganligi, mantiqiy fikrlashga oid nazariy bilimlarning o'zlashtirilganligi, aktivlik, tashabbuskorlik, yaratuvchanlik ko'nikmalarining shakllanganligi;
past daraja - fikrlashga moyillikning yo'qligi, passiv ishtirokning mavjudligi, o'z-o'zini rivojlantirishga bo'lgan ishtiyoqning pastligi.
Mantiqiy fikrlashning asosiy talablari:
Birgina inson tafakkuri butun insoniyat tafakkurining rivojlanishi bilan vositachilik qiladi. Fikrlash - bu "koinotning inson olamidagi kichik bir ko'rinishi"dir. U o'ziga xos bir muhitda shakllanadi, bu erda boshqalarning ijtimoiy tajribasini o'zlashtirish hamda ular bilan doimiy aloqada bo'lish talab etiladi.
Umumlashtirish orqali atrofimizdagi olam, uning muhim xususiyatlari, narsa va hodisalar, shuningdek ular o'rtasidagi munosabatlar to'g'risidagi umumiy bilimlarga ega bo'lib boramiz. Ob'ektni bitta xususiyati (eng oddiy umumlashtirish) yoki ko'plab xususiyatlari (umumlashtirish) asosida umumlashtirish mumkin. Masalan, "kitob" tushunchasini uning sahifasi, muqovasi, rangi, nomi kabi bir qator belgi va xususiyatlariga tayangan holda umumlashtirish amalga oshiriladi.
Mantiqiy fikrlash har doim muammoni hal qilish bilan bog'liq va u inson tomonidan ma'lum bir ixtiyoriy harakatlar bilan birga keladi. Muammoli vaziyatning yo'qligi fikrlash jarayonini stereotipga asoslangan xatti-harakatlarga yaqinlashtiradi. Fikrlash har doim maqsadga yo'naltirilgan bo'ladi. Masalan, siz magistraturada o'qishni davom ettirimoqchisiz. Buning uchun mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda ingliz tilini yaxshi o'zlashtirishingiz talab etiladi. Ya'ni, aqliy echim topiladi. Mana shu jarayonda irodangizga tayanib, bu ishni mukammal darajada amalga oshirishingiz kerak. Chunki irodasiz qilingan harakatlar, juda kamdan-kam hollardagina maqsadga olib keladi. Fikrlash - bu harakat qilish demakdir.
Eslab qoling! Mantiqiy fikrlash harakat bilan chambarchas bog'liq. U orqali inson haqiqatni anglaydi, unga amal qiladi, dunyoni tushunadi, uni o'zgartiradi. Harakat fikrlashning asosiy shaklidir.
Huquqshunosning nutqi, ilmiy-pedagogik, rahbarlik faoliyati mantiqiy fikrlashga asoslanishi kerak. Shundagina faoliyatning barcha sohalarida mantiqiy ketma-ketlik, izchillik va muayyan samaraga erishish mumkin.
Har bir inson kichik yoshidan boshlab mantiqiy fikrlashni rivojlantira boshlaydi. Insonning psixofiziologik xususiyatlari turli xil bo'lganligi bois, bu jarayon har bir insonda bir xil kechmaydi. Biroq, mantiqiy fikrlash rivojlantirish yo'llari va usullari yuzasidan foydali bo'lgan tavsiyalar ishlab chiqilib, amaliyotda qo'llanilib kelinmoqda.
Mantiqiy fikrlashni rivojlantirish usullari - mantiqiy o'yinlar, topishmoqlar, masalalar va boshqotirmalarni echish va bajarish, shaxmat o'ynash, kitob o'qish, tanqidiy fikrlashni o'rganish, munozaralarda ishtirok etish, fikrlash jarayonini tasavvur qilish, vaziyatlarni simulyatsiya qilish, kundalik yuritish va b. Bu jarayonda har bir elementga jiddiy e'tibor qaratish, turli xil predmetlar o'rtasidagi bog'liq bo'lmagan yoki mavhum bo'lgan jihatlarni qidirib topish, yangi faktlarni aniqlash va taqqoslash orqali mantiqiy fikrlashni rivojlantirish mumkin.
O'quv jarayonida esa, mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga yo'naltirilgan topshiriqlardan foydalanish ko'p hollarda loyihalar metodi, tadqiqot metodi, dasturlashtirish va muammoli o'qitish metodlaridan foydalanishni ham taqozo etadi.
Mantiqiy fikrlashni aniqlashning bir necha usullari mavjud:
Birinchisi, bu tafakkur orqali dunyoni o'zlashtirib borishga qaratilgan murakkab bilim jarayoni;
Ikkinchisi, doimiy ravishda yangi narsalarni, yangiliklarni qidirish va kashf
etish.
Fikrlash muammoli vaziyat vujudga kelgan vaqtdan boshlanadi.
Xulosa shuki, inson vaziyatni muammo sifatida tushunadi va uning echimi uchun javobgarlikni o'z zimmasiga oladi. O'sha paytdan boshlab aqliy faoliyatga safarbar qilinadi va muammoni hal qilish uchun o'z harakatlarini muayyan ketma-ketlikda amalga oshiradi. Bu ketma-ketlik quyidagi harakatlarni o'z ichiga oladi:
* Muammoni bayon qilish va qidiruv zonasini cheklash;
* Gipoteza qurish va uni tekshirish;
* Gipotezani sinab ko'rishdan keyingi harakatlar va natijalarni aks ettirish.
Kun davomida turli xil hayotiy, kasbiy yoki psixologik muammolarni hal
qilishimizga to'g'ri keladi. Jumladan, insonlar bilan aloqa o'rnatish, hamsuhbatimizning xatti-harakatlarini oldindan bilishga intilish, o'z qobiliyatimizni to'g'ri baholay olish kabi. Misol uchun, televizorda yangiliklarni tomosha qilish yoki kitob o'qish jarayonida yangi ma'lumotlar va faktlarga ega bo'lib boramiz. Nimani o'tkazib yuborganingizni o'ylab ko'ring! Atrofingizda bo'layotgan vaziyatlarni tahlil
qiling. Nima uchun sodir bo'ldi, vaziyatlar o'rtasida qanday bog'liqlik mavjud. Muammoni hal qilish yo'llarini qidirib toping. Yechim topilmayotgan bo'lsa, xatolaringiz ustida ishlang. Harakatlaringiz xaritasini tuzib oling.
Mantiqiy fikrlashni o'rganish jarayonida kelajakda ularni yanada samarali hal etishga muvaffaq bo'lasiz.
Yurist mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirib borishi bilan quyidagi ko'nikmalarga ega bo'ladi:
* Huquqiy muammolarni aniqlash va aniqlashtirish;
* Huquqiy masalalarda tegishli natijalarni olish uchun huquqiy asoslar va tadqiqotlarni qo'llash;
* Tanqidiy tahlil bilan shug'ullanish va ular orasidan oqilona tanlovni amalga oshirish;
* Huquqiy masalalarni hal qilishda va zarurat tug'ilganda ijodiy fikr yuritish.
Mazkur ko'nikmalar huquq maktabi talabalarining asosiy atributlari ro'yxatiga
kiritilgan. Misol uchun, Kvinslend universitetining Huquq maktabi ulardan beshtasini aniqlagan:
* Huquqiy muammolarni aniqlash, tahlil qilish va belgilash;
* Bitiruvchiga ariza topshirishga imkon beradigan huquqiy tadqiqot ko'nikmalariga ega bo'lish, tegishli huquqiy manbalar bilan ta'minlash;
* Mustaqil ravishda huquqiy masalalarga tanqidiy asoslarni qo'llash (fikr va hukm - qonun tushunchasi, tamoyillar, siyosiy qadriyatlar, qonunning asosi va ijrosi orqali xabardor qilinadi);
* Fikrlarni baholash, qarorlar qabul qilish va tanqidiy fikrlash;
* Huquqiy tamoyillar asosida qarorlarni asoslash.
Yana bir misol. Yangi Janubiy Uels universiteti yuridik fakulteti bitiruvchilari "uzatiladigan intellektual qobiliyat" yoki "a'lo darajadagi intellektual qobiliyat"ga ega. Bu nimalarda ko'rinadi:
* Tahlil qilish, tanqidiy mulohaza yuritish, muhokama, baholash va umumlashtirish qobiliyatlari;
* Faktlarni to'plash va tartiblash;
* Huquqiy muammolarni aniqlash va tahlil qilish;
* Huquqiy matnlarni sharhlash;
* Qonunlarni haqiqiy huquqiy muammolarga nisbatan qo'llash;
* Yangi nazariyalar va ularni rivojlantirish uchun fanlararo bilimlarni jalb qilish;
* Huquqiy muammolarni ijodiy hal etish;
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
* Qonun va huquq to'g'risidagi yangi g'oyalarni ishlab chiqish uchun tanqidiy qonunlar va yangicha siyosiy islohotlarni ishlab chiqish;
* Qonun qabul qilish jarayonidagi munozaralarda samarali ishtirok etish va boshqalar.
Huquqshunos uchun mantiqiy fikrlash mantiqiy izchil, asoslangan nutqni ijod etish, qonun loyihasini tayyorlash, huquqiy muammolarni aniqlash hamda ularga noodatiy echim taqdim etish, huquq to'g'risidagi yangi g'oyalarni ishlab chiqish, jabrlanuvchi, guvoh, ayblanuvchining ko'rgazmalaridagi ziddiyatlarni ochib tashlash, opponentlarning asoslanmagan fikrlarini rad etish, sud versiyasini qurish, rasmiy hujjatni izchil va asoslangan tarzda tuzishga yordam beradi. Mazkur ko'nikmani turli xil usul va yondashuvlarini amalda qo'llash orqali siz o'z kasbingizning etuk mutaxassisiga aylanasiz.
Fikrni mantiqiy ifoda etish usullari juda ko'p. Ular qatoriga turli xil mantiqiy o'yin va masalalar, topishmoqlar va boshqotirmalarni ham kiritish mumkin. Siz bilan bir nechtasini ko'rib chiqamiz.
Ehtimol aynan o'zingiz muammo echimini topgandirsiz, lekin hozircha bu sizga noma'lum. Ba'zan bitta muammoni hal qilish uchun ishlab chiqilgan g'oya, boshqa bir masalaga echim bo'lishi ham mumkin. E'tiboringizga bir misolni taqdim qilmoqchiman. Yangi vaziyatga muvaffaqiyatli moslashtirish uchun Netfliks kompaniyasi 1999 yilda DVD ijarasi bo'yicha o'z faoliyatini boshlaydi. Ammo Blokbasterdan farqli ravishda ular kelajak onlayn translyatsiyalarga bog'liq ekanligini anglab, o'z biznes rejasini o'zgartiradi. Endilikda Netfliks an'anaviy televizion tarmoqlarning jiddiy raqobatchisiga aylandi. Blokbaster esa, 2013 yilda biznesdagi faoliyatini yakunlagan.
Magnify/Kattalashtirish (kengaytirish). Vaziyat yoki muammoning bir tomoniga o'zgartirish kiriting. Bu sizga mahsulot yoki vaziyatning qaysi qismi eng muhimligini aniqlash imkonini beradi. Misol uchun, mahsulot ishlab chiqarish ko'lamini kengaytirish yoki shu mahsulotga e'tiborini qaratgan tashkilot aspektini kattalashtirish bo'lishi mumkin.
Put to Other Uses/Boshqa tarzda foydalanish. Bu moslashtirishga juda o'xshash. U mavjud g'oya yoki konsepsiyadan yangi ko'rinishda foydalanishni nazarda tutadi. Misol uchun, okean chiqindilaridan poyavzal yoki biror bir shunga o'xshash mahsulotni ishlab chiqarishda foydalish tarzida bo'lishi mumkin.
Eliminate (or Minify)/Yo'q qilish (olib tashlash, bartaraf etish yoki minimal ta'sirini kamaytirish). Bunda samarasiz jarayonlarni soddalashtirish orqali yo'q qilish nazarda tutilgan. Masalan, Applening MacBook Airga optik CD/DVD drayverini ularni ingichka va engil qilish uchun qo'shilmaslik to'g'risidagi qarorini keltirish mumkin.
Rearrange (or Reverse)/Qayta o'zgartirish (yoki teskari). Jarayon yoki mahsulotning yo'nalishini o'zgartirish lozim. Buni ishning asl maqsadiga mutlaqo zid ravishda amalga oshirish kerak. Ba'zida mahsulotning yo'nalishini yoki jarayonni o'zgartirish sizga unga nisbatan boshqa tomondan qarash imkonini beradi. Bu sizdagi noodatiy, kreativ qarashni yuzaga keltiradi. Misol uchun, qarorlarni qabul qilishda har doim "yuqoridan pastga" prinsipini qo'llagan tashkilot, "pastdan yuqoriga" yondoshish orqali qaror qabul qilish jarayonini yaxshilashi mumkin.
SCAMPER - huquqiy vaziyatlarga echim taqdim etishda g'oyalarni ishlab chiqish uchun ajoyib usullardan biri hisoblanadi. Bu har qanday muammo uchun amal qiladi va tez yuqori sifatli fikr topish imkonini beradi.
Tafakkurning asosiy mantiqiy shakllari - tushuncha, hukm va xulosa chiqarish hisoblanadi. Xulosa chiqarish ma'lum bo'lgan bilim orqali noma'lum bilimni vujudga keltirishdir. 
Oldingi ikki hukm asoslar deb yuritiladi, bu erda birinchi hukm - birinchi asos umumiy hukm, ikkinchisi - ikkinchi asos, xususiy yoki yakka hukm ko'rinishida ifodalangan. Bu asoslar yordamida xususiy yoki yakka bilimning yangi jihati haqida yangi bilim hosil bo'ladi va bu xulosa deb yuritiladi.
Xulosa chinligining zaruriy sharti:
* Xulosa asoslari chin bo'lishi;
* Xulosa chiqarishning hukmlari mantiqiy bog'langanligi.
Induktiv xulosa chiqarishda nisbatan torroq bilimdan nisbatan kengroq bilim keltirib chiqariladi. Umumiyroq xulosalar keltirib chiqarish predmetlarni, hodisalarini birma-bir o'rganishga asoslanadi. Shu tomoni induksiyaning eng muhim xususiyatlaridan biri. Birma-bir o'rganib, biror xususiyat haqida bilimga ega bo'lamiz. Shunga asoslanib kattaroq bir sinfga mansub bo'lgan predmetlar, hodisalarning hammasi haqida fikr yuritamiz. Agar predmetlarni nisbatan ko'proq o'rganilgan bo'lsa xulosani to'g'rilik, aniqlik darajasi ancha yuqori bo'ladi. Agar xulosa chiqarish uchun nisbatan kamroq predmetlar o'rganilgan bo'lsa, xulosani aniqligi past bo'ladi, ehtimolligi yuqori bo'ladi. Induktiv xulosa chiqarishda qat'iy hukm ifodalangan bilimlardan ko'pincha ehtimolli xulosalar chiqqani uchun induksiyani ehtimolli bilimlar olish yo'llaridan biri deb ko'rsatiladi. Aniq asoslardan ba'zan noaniq xulosa chiqarish induktiv xulosa chiqarishning ikkinchi muhim xususiyatidir. Induktiv xulosa chiqarish predmetlarni, hodisalarni birma-bir o'rganishga asoslangani uchun ko'pincha kuzatish va tajriba o'tkazish bilan bog'liq
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
bo'ladi. Shu jihati tufayli induktiv xulosa chiqarishni nazariy bilimlar emas, ko'pincha amaliy bilimlar hosil qilishda ahamiyati katta deb bilishadi. Induktiv xulosa chiqarish ilmiy induksiya kabi turlariga ega bo'lgani bilan uning xulosasi ilmiy xarakterga ega bo'lishi shart emas. Xulosa chiqarish uchun ba'zan chinligi ilgaridan ma'lum bo'lgan umumiy hukm orqali ifodalangan haqiqatlarga tayaniladi.
Induktiv xulosa chiqarishning ikki turi:
* To'liq induksiya;
* To'liqsiz induksiyadir.
To'liq induksiyada xulosa bir turkum predmet va hodisalarning hammasini birma-bir o'rganish asosida nisbatan yangi bilim hosil qilinadi. Bunday xulosa chiqarish uchun predmet va hodisalarning birorta o'xshash, umumiy xususiyati bo'lishi kerak. Har bir predmetning xususiyati haqidagi fikr asoslarda yakka hukmlar orqali ifodalanadi. Xulosa odatda umumiy hukm orqali beriladi, unda biror xususiyatning bir turkum predmetlarning hammasiga xosligi yoki xos emasligi haqidagi fikr ifodalanadi. To'liq induksiyaning shu asoslari va xulosasi aniq, ehtimoldan xoli bo'lgani uchun fikr qat'iy hukmlar orqali beriladi. To'liq induksiya bo'yicha xulosa chiqarish uchun o'rganilayotgan predmetlar va hodisalar nisbatan kamroq bo'lib, ularni birma-bir o'rganish imkoniyati bo'lishi lozim.
Masalan:
Ai predmet V xususiyatiga ega.
A2 predmet V xususiyatiga ega.
Demak, A3 dan to An gacha bo'lgan predmetlarga ham V xususiyat xos.
To'liqsiz induksiyada bir turkum predmetlarning bir qanchasini o'rganish asosida olingan bilimlarga tayanib biror xususiyat shu turkumdagi predmetlarning hammasiga xosligi haqida xulosa chiqariladi. Bunda xulosa kuzatilgan va kuzatilmagan predmet va hodisalarga aloqador bo'ladi. To'liqsiz induksiyaning xulosasi ehtimoliy xarakterga ega bo'ladi. O'rganilayotgan xususiyat bir turkum predmetlarning qolganlariga xos yoki xos emasligi noaniq qoladi.
Hisoblash natijasini muhokama qilish, ya`ni masalaning savoliga javob olish. Olingan javobni tekshirish.Masala mantini tahlil qilish koʻp maqsadli ish boʻlib quyidagicha tahlil qilish mumkin:Matn tahlilimasala yechishga kirishishdan oldin oʻquvchi masalaning shartini puxta oʻzlashtirib olishi shart.Masala matnini tahlil qilishdan maqsad–masalaning mazmunini puxta oʻzlashtirishdir.Oʻquvchi masala matnini tahlil qilish jarayonida uning sharti va tahlilini ajrata bilishi kerak. Bu ish ham oʻquvchi uchun uncha oson emas. Agar masala 1 amal bilan yechilsa uncha qiyin emas. Masalaning shartida barcha berilganlarni aniqlash va ularni matematik “tilga” oʻtkazish zarur. Bunda ham ba`zi qiyinchiliklarga duch kelish mumkin. Shu oʻrinda quyidagi masalani koʻrib chiqaylik:“Ikki shahar orasidagi masofa 390 km boʻlib, bu shaharlardan bir-biriga qarab ikki aftobus yoʻlga chiqdi. Ulardan biri 60 km va ikkinchisi 70 km tezlik bilan harakatlangan. Shartga koʻra, masofa 390 km, tezliklari 60 km va 70 km boʻlgan. Avtobuslar uchrashguncha bir xil vaqtda yoʻlda boʻlgan, bir vaqtda joʻnab uchrashguncha yurgan, degan shart bilan ifodalangan. Berilganlar aniqlangandan keyin masalaning soʻrogʻi aniqlanib, yechish rejasini tuzishga kirishish mumkin.Masalaning shartini izlash. Masalalaning sharitga koʻra chizma, sxema, rasmlar va boshqalarni tuzish asosiy maqsad emas. Masala shartini izohlashning bir koʻrinishlari mavjud boʻlib, masala mazmunini matematik tavsiflashda oʻquvchilarga turli darajada yordamlashadi.Masala sharitni qisqacha yozish. Masala shartining qisqacha yozishning aniq bir formasi mavhud emas. Qisqacha yozish miqdorlar va masalada mos sonli ma`lumotlar orasidagi bogʻlanishlarni koʻrsatmali tasvirlab beradi. Bu yozuv boʻyicha oʻquvchi masala shartini mustaqil aytib berish imkoniga ega boʻladi.100 lik ustida masala yechimini izlashga oʻrganish ikki bosqichda olib boriladi. Dastlab oʻquvchilar bir amalli sodda masalalarni yechish usullarini oʻrganadilar. Bunday masalalar yechimini topish malakasi shundan iboratki, oʻquvchi masalalaning shartida berilgan son ma`lumotlarini arifmetik amallar bilan bogʻlaydi. M: Avtobusning tezligi soatiga 80 km, velosipedning tezligi undan 4 marta kam. Velosipedning tezligini toping.Masalada ikki miqdor avtomabil tezligi bilan velosipedning tezligi oʻzaro marta ham munosabat bilan bogʻlangan. Bu munosabatlardan masala yechimini izlash koʻpaytirish amalini tanlashga olib keladi. Shunday qilib sodda masalalar yechimini izlashga oʻrgatish oʻquvchilarda u yoki bu munosabatlarga mos keluvchi arifmetik amallarni aniqlash malakalarini shakllantirishdan iborat.Bir necha amallar bilan yechiladigan murakkab masalalar toʻplamida yechishni izlashga oʻrgatish birmuncha yuqori saviyada amalga oshiriladi. Bola sodda masalani yechish malakasiga ega boʻlgani uchun murakkab masala tarkibidagi sodda masalalarni koʻra oladi va uni ketma-ket yechish bilan murakkab masalani yechadi. Murakkab masalalarni yechishga kirishishdan oldin ularni guruhlarga boʻlib, soʻngra yechimini izlash metodlarini tanlash va tadbiq etishga kirishish maqsadga muvofiqdir.Yuzlik mavzusida tarkibli - murakkab masalalar ustida ishlashning nazariy asoslari.Boshlagʻich sinf oʻquvchilarini tarkibli masalalar yechishga oʻrgatishda berilganlari yetishmaydigan masallarni yechish muhim rol oʻynaydi. Bunday masalalar matematika darsligida dastlab quyidagi koʻrinishda beriladi. “Malik 10 ta misol yechishi kerak. U misolni yechib boʻldi. Yana nechta misol yechish kerak?”.Qoʻyilgan savolga javob berish uchun ma`lumotlar (yana 1 ta ma`lumot) yetishmaydi. Bu ma`lumotni oʻquvchilarning oʻzlari kiritishlariga imkon berib, ularning e`tiborlarini kiritilayotgan ma`lumot masalaning shartida berilgan ma`lumotlarga bogʻliq boʻlishiga qaratish lozim. Ya`ni, masalan, “darcha” ga 11, 12 sonlarini qoʻyib boʻlmaydi. Chunki, oʻquvhci bor-yogʻi 10 ta misol yechishi kerak.Aslida tarkibli-murakkab masalalarni yechishda ham shunday vaziyat hosil boʻladi. Masalan, masalaning asosiy savoliga (2 amalli) javob berish uchun bitta ma`lumot yetishmaydi. Bu ma`lumotni masalada berilgan boshqa ma`lumotlardan foydalanib topish kerak. Bunday vaziyat biroz murakkab boʻladi. Shuning uchun, ma`lumotlari yetishmaydigan masalalarni yechish va malakani asta-sekin egallash va malakani asta-sekin egallash va oʻquvchilar tarkibli masalalarni yeshichda yuritadigan mulohazalarni yaratish imkonini beradi.Tarkibli-murakkab masalalarni yechishga tayyorlashda ikki savolli masalalar alohida oʻrin tutadi. M: “Masalan, masalaning asosiy savoliga (2 amalli) javob berish uchun bitta ma`lumot yetishmaydi. Bu ma`lumotni masalada berilgan boshqa ma`lumotlardan foydalanib topish kerak. Bunda vaziyat biroz murakkab boʻladi. Shuing uchun, ma`lumotlari yetishmaydigan masalalarni yeshich va malakani asta-sekin egallalsh va oʻquvchilar tarkibli masalalarni yechishda yuritadigan mulohazalarni yaratish imkonini beradi.Tarkibli-murakkab maslalarni yechishga tayyorlashda ikki savolli masalalar alohida oʻrin tutadi.M: “Duradgor 8 ta kitob tokchasi, undan 3 ta kam oshxona tokchasi yasadi. Duradgor nechta oshxona tokchasi yasagan?” berilgan topshiriqqa asoslanib, u bilan ishlashga ijobiy yaqinlashish mumkin. M: oʻquvchilarga savollarni boshqacha tartibda berish va oldin qaysi savollarga javob berish kerakligini yoki berilgan savollardan qaysinisiga oʻquvchilar javob bera olishlarini aniqlash kerak. Buni yaxshi oʻzlashtirish uchun oʻzaro bogʻliq boʻlmagan 2 ta savolli masalani yechish uchun berish kerak va oʻquvchilar e`tiborini shu holga qaratish kerak. Masalan, “1-tokchada 6 ta, ikkinchi tokchada 8 ta kitob bor. Ikkala tokchda nechta kitob bor. Bir tokchdagi kitoblar boshqa tokchadagi kitoblardan nechta ortiq?” Qoʻyilgan savolga javob berish uchun zarur boʻlgan kerakli ma`lumotlarni tanlash malakasini shakllantirsh uchun “mavhum” ma`lumotlari boʻlgan masalalar ham juda foydalidir. M: “Valida 6 ta, Lolada undan 2 ta kam marka bor. Kamolda 3 ta marka bor. Vali bilan Kamolda nechta marka bor?”Yana quyidagicha masalani berish oʻrinlidir. “Daraxtda 10 ta qush oʻtirgan edi. Oldin 3 ta qush, keyin yana 2 ta qush uchib ketdi. Nechta qush uchib ketdi?” Bunday masla ustida ishlab, uni shunday toʻldirish mumkin: “Bu masalada javob berish mumkin boʻlgan yana savol oʻylab toping. (Daraxtda nechta qush qolgan?)” Tarkibli masala bilan tanishtirishda har xil metodlardan foydalanish mumkin:Masalani birdaniga yechish.M: “1 ta qutida 6 ta qalam, 2-qutida ham 2 ta qalam bor. Qutilardagi hamma qalam nechta?” oʻqituvchi masala shartini gapirib berar ekan, 1-qutida nechta qalam borligini (6 ta) koʻrsatadi; berk qutini koʻrsatadi va undagi qalamlar 2 ta kamligini aytadi. Savolni ifodalab, oʻqituvchi bir qutini ikkinchisiga yaqinlashtiradi. Soʻngra oʻquvchilar masalani oʻqituvchining savollari boʻyicha takrorlashadi. Oʻqituvchi tushuntirish bilan bir vaqta doskaga masala shartini tasvirlovchi rasmni chizadi;Oʻquvchilar rasm asosida masalani takrorlashadi, har bir son nimani bildriishini, masala savolini tushuntiradi. Shundan soʻng, bolalar masalaning yechilishiga keltiradi:6 – 2 = 4 (q) 4 + 6 = 10 (q) Javob: 10 ta qalam “Tarkibli masala” tushunchasini tushuntirish uchun boshqa usullardan ham foydalanish mumkin. Oʻqituvchi masala matnini berib, qisqa yozuvni tushuntirib koʻrsatadi:“Munira, Vasila, Sirojjiddin va Karim boqqa borishdi. Munira 4 ta yongʻoq, Vasila 2 ta ortiq, Sirojiddin esa Vasilaga qaraganda 1 ta kam, Karim esa Sirojiddindan 3 ta ortiq yongʻoq topdi. Karim nechta yongʻoq topgan?M: - 4 ta V - M dan 2 ta ortiq S – V - ? dan 1 ta kam K - ? S dan 3 ta ortiq Suhbat oʻtkaziladi: Qarang, masalada bittagina savol bor. Oʻqituvchi qisqa yozuvdagi savolni qizil rang bilan ajratadi- Karim topgan yongʻoqlar haqida nima deyilgan? Karim Sirojiddindan 3 ta ortiq yongʻoq topgan. (Sirojiddin-?) Sirojiddin haqida nima deyilgan? (V dan 1 ta kam) (V-? bilmaymiz) Vasila haqida nima deyilgan (M dan 2 ta ortiq) demak , 3–savol paydo boʻldi. Biz bu savollardan qaysinisiga javob bera olamiz?Oʻquvchilar aslida sonni bir nechta birlik orttirishga doir sodda masalani yecha oaldilar. Oʻqituvchi qisqa yozuv oldiga amalni yozadi 4 + 2 = 6 (yongʻoq)- Vasila 6 ta yongʻoq topgan. Endi biz Sirojiddin nechta topganini aniqlaymiz. 6 – 1 = 5 (yongʻoq)- Endi asosiy savolga javob topamiz. 5 + 3 = 8 (yongʻoq)Darslarga faqat sodda va tarkibli maslanrni yechishnigina emas balki ularni taqqoslashni, tarkibli maslalarni yechishga yoʻnaltirilgan har xil topshiriqlardan ijodiy foydalanishni ham kiritish kerak. Matematika oʻqitish metodikasida masalalar yechishda mulohazalar yuritishning analitik va sintetik usullari mavjud. Agar masani yechishda oʻquvci son ma`lumotlardan boshlab izlanayotgan ma`lumotga qarab tahlil qilgan boʻlsa, u fikrlashning sintetik usulidan foydalangan hisoblanadi.Agar tahlil izlanayotgan miqdordan ma`lum miqdorlarga qarab olib borilisa, oʻquvchi analitik fikr yuritgan boʻladi. Masala yechishning koʻrsatilgan usullari bilan tanishish uchun ushbu masalani qaraymiz:“Oshxonaga 7 kunga 78 kg un berilgan. Oldingi 5 kunda har kuni 12 kg dan un ishlatilgan. Agar bir xilda sarflansa, qolgan ikki kunda qanchadan un ishlatilgan?5 – kunda – 12 kg dan 2 – kunda - ? dan = 78 kgBerilganlarning orasidagi bogʻlanishlarni tushunib yetish uchun oʻquvchilar masalani shu yozuv boʻyicha qaytarishadi. Shartni qaytarishda oʻquvchilar unni ikki xil sarflanganini koʻrishlari muhimdir. 12 x 5 = 60 78 – 60 = 18
Navbatdagi bosqichida oʻquvchilar masala shartida berilgalardan va hisbolash natijasida topgan natijalaridan foydalanib, bunday mulohaza yuritadilar: 18 kg un, qolgan unni 2 kunga teng boʻlish kerak. Qolgan kunlarning har birida necha kg dan un sarflanganini topish mumkin. 18 kg ni 2 kunga teng taqsimlash uchun boʻlish amalini bajarish kerak: 18 : 2 = 9 (kg) - Boʻlish amali bilan nimani topdingiz?- QOlgan kuning har birida 9 kg dan n ishlatilgan.- Demak masala savoliga javob topdik, masa yechildi.Yechib boʻlgandan soʻng , yana shunday yangi masala tuzib yechish va uni tekshirish foydalidir:“Haftaning oldingi 5 kuni oshxonada 12 kg.dan, qolgan 2 kuni esa 9 kg dan un ishlatildi. Bir haftada qancha un ishlatilgan? Tuzilgan masa yechimini 12 x 5 + 9 x 2 ifoda koʻrinishida yozish va uning 12 x 5 + 9 x 2 = 78 qiymatini topish qulay. Keltirilgan tavsifdan masalani berilganlardan izlanayotganga qarab yechish usulining (sintetik) mohiyati quyidagidan iborat ekanligi koʻrinadi: maslani tahlil qilinganidan va berilganlar bilan izlanayotgan miqdor orasdagi bogʻlanish aniqalngandan keyin masala shartidan bevosita bogʻliq ikkita kattalik tanlab olinadi. Ular orasidagi bogʻlanish aniqlanadi, sodda masala tuziladi va yechiladi. Shundan keyin bu yechish natijasi bilan asosiy masala sharitini yana qarashadi. Bu ishni, ya`ni sodda masalaning savoli boshlangʻich masalaning asosiy savoli bilan bir xil boʻlguncha davom ettiriladi. Oxirgi sodda masalaning yechimi uzil-kesil javobni beradi.Masalani izlanayotgandan beriganlarga qarab (analitik) tahlil qilishda boshqacha ish yuritiladi. Maslaning mazmuni va uning qisqa yozuvi bilan yaxhsi tanishilgandan keyin oʻquvchilarning diqqatini asosiy savolga qaratiladi. Ularga masala savoliga javob berish uchun nimani bilish kerakligini aytish taklif qilinadi. Oʻquvhcilar masalaga tegishli hamma ma`lumotlarni yana bir marta qarab chiqishadi va topishadi: “Qolgan kunlaring har birida qanchadan un sarflash kerakligini bilish uhcun ma`lum sondagi kunlar soniga qancha un qolish kerakligini bilish kerak. Kunlar soni shartda koʻrsatilgan-2 kun, shu 2 kunga qancha un qolishi noma`lum. Tahlildan soʻng, oʻquvhcilar masalani yechishga kirishadilar. Masalani izlanayotgan berilganlarga qarab tahlil qilish va yechishning xususiyati shundan iboratki, bunda oʻquvchi masalaning asosiy savolidan boshlab shartning boshlangʻich ma`lumotiga qarab yoʻnalib, teskari yoʻnalishda yoʻl ochib boradi. Bunda oʻqituvchi didaktik tamoyillarga asoslangan: osondan, qiyinga, ma`lumdan nomalimga qarab boriladi. Yuzlikka oid tarkibli masalalar ustida ishlash usullari Boshlangʻich matematika kursi maqsadga muvofiq ravishda tanlangan masalalar sistemasi asosida bayon qilinadi. Bu sistemada matnli masalalar katta oʻrinni egallaydi.Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari ishlarini kuzatish oʻqituvchilarning ba’zilari va ularning oʻquvchilari tarkibli masalalarni yechishda yechishning har xil shaklda yozilishini uning har xil yechilish usuli deb bilishlarini koʻrsatmoqda.Aytib oʻtilgan tushunchalarni aralashtirib yuborish masalalarni har xil usullar bilan yechish haqiqatdan talab qilinganda bolalar yo topshiriqni butunlay tushunmaydilar yoki juda qiynalib tushunishlariga olib keladi. Bu esa oʻz navbatida, masalalar ustida ishlashning bu muhim turining yangi masalalarni har xil usul bilan yechishning oʻrgatuvchi va tarbiyalovchi imkoniyatlarini pasaytirib yuboradi.Shu sababli oʻqituvchilarning e’tiborlarini masalani yechish usuli bilan yechimni yozish shakllarini bir-biridan farq qilishga qaratish kerakligini oʻrinli deb hisoblaymiz.Agar masalaning yechimlari yechish uchun asos qilib olingan berilganlar va izlanayotganlar orasidagi bogʻlanishlar bilan yoki bu bogʻlanishlardan foydalanish ketma – ketligi bilan farq qilsa, masala har xil usul bilan yechilgan hisoblanadi.Masalan, ushbu masalani qaraymiz: “Mehnat dasrlari uchun har bir gʻaltagi 1000 soʻmdan 4 ta oq ip va xuddi shu bahoda 6 ta qora ip sotib olishdi. Iplar uchun qancha toʻlashgan?.” Bu masala ikkita arifmetik usul bilan yechilishi mumkin. Bu usullarning ayoniyroq boʻlgan birinchisida oldin oq iplarning qancha turishini aniqlashadi: (1000*4) soʻm, shundan keyin qora iplarning qancha turishini aniqlashadi: (1000*6) soʻm, va nihoyat bu iplarning hammasi qancha turishini aniqlashadi.Har bir usul uchun yechimning yozilishi bir necha xil boʻlishi mumkin. Har qaysi yechish usuli uchun bu shakllarning hammasini koʻrsatamiz.Yechimni reja bilan amallar boʻyicha yozish.1 – usul: Oq iplar qancha turadi?1000*4 = 4000 (soʻm)Qora iplar qancha turadi?1000*6 = 6000 (soʻm)Bu iplarning hammasiga qancha toʻlashgan?6000 + 4000 = 10000 Javob: 10000 soʻm2-usul: Hammasi boʻlib, nechta ip sotib olishgan?6 + 4 = 10 (gʻaltak). Bu iplarning hammasi uchun qancha toʻlashgan?10 * 1000 = 10000 (soʻm)Javob: 10000 soʻmHozirgi vaqtda boshlangʻich maktabda masalalar yechimlarining bu xilda yozilishidan juda kam hollarda foydalaniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Umumiy o`rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o`quv dasturi. Boshlanğich ta’lim «S’Harq» 1999 yil.


2. Boshlanğich sinflarda matematika o`qitish metodikasi. Toshkent «O`qituvchi» 1985 yil.
3. II-sinf matematikasi. Toshkent «O`qituvchi» 2003 yil.
4. III-sinf matematikasi. Toshkent «O`qituvchi» 2003 yil
5. IV-sinf matematikasi. Toshkent «O`qituvchi» 2002 yil.
6. Qiziqarli matematika. Kichik yoshdagi maktab o`quvchilari uchun. Toshkent «O`qituvchi» 1991 yil.
Yüklə 60,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə