Bolani maktabga tayyorlashda mtt, maktab hamkorlik ishining ahamiyati



Yüklə 139,5 Kb.
səhifə1/11
tarix07.06.2023
ölçüsü139,5 Kb.
#115777
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
BOLANI MAKTABGA TAYYORLASHDA MTT, MAKTAB HAMKORLIK ISHINING AHAMIYATI


BOLANI MAKTABGA TAYYORLASHDA MTT, MAKTAB HAMKORLIK ISHINING AHAMIYATI
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………2
I BOB. BOLANI MAKTABGA TAYYORLASHDA MTT ISHINING AHAMIYATI………………………………………………………………4
1. 1. Tarbiya turlari haqida umumiy tushuncha ………………………………….4
1.2.Оilаdа fаrzаnd tаrbiyаsining turli xil dаvrlаri vа ulаrning mа’nаviy kаmоlоtgа tа’siri……………………………………………………………………….8
II BOB. MAKTAB HAMKORLIK ISHINING AHAMIYATI…………….15
2.1.Mehnat tarbiyasi, mehnat tarbiyasining shakllantirish………………………..15
2.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishning о ’ziga xosligi…………22
XULOSA……………………………………………………………….29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI ………………31


Kirish
Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday
inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy
vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi
uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
BМТ Bosh Assambleyasining
Mavzuning dolzarbligi: Respublikamizda ko`pgina mavhum masalalar qatorida ta`lim – tarbiya ishini tubdan o`zgartirish, uni yangi zamon talablari darajasiga ko`tarish, sog`lom barkamol avlodni kamol toptirish, bugungi eng dolzarb masalalardan biridir.
Talim tizimidagi yangilanish, asosan, “Davlat ta`lim standartlari”ni ishlab chiqishnigina amalgam oshirmay, balki ta`lim jarayoni orqali o`quvchini o`z kelajagini yorqin tasavvur qila oladigan, bu borada o`z taqdirini va o`z shaxsiga ongli munosabatda bo`lib, turli faoliyatlarda o`z – o`zini rivojlantira oladigan erkin, faol va mustaqil shaxsni shakllantirishni ko`zda tutadi.
Maktab – jamiyatning ijtimoiy instetutlaridan biri bo`lib hisoblanib, uning boshqalardan farqi shundaki, u jamiyatni ilg`or demokratik va insonparvarlik ruhida rivojlantirishni ta`minlab beradi.
Respublikamiz dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinayotgan ekan, uning kelgusi rivoji, gullab – yashnashi bugungi kun yoshlariga bog`liqdir. Demak, bugungi kun yoshlari har tomonlama rivjlangan o`ziga boshqa insonga, jamiyatga, tabiatga va mehnatga o`z to`g`ri munosabatini bildira olgan, mustaqil faoliyat ko`rsata olgan bo`lmog`i lozim. O`quvchida bunday xususiyatlarni rivojlanishi so`zsiz o`qituvchiga, uning o`quv tatbiya jarayonini to`g`ri boshqara olishiga bog`liqdir. Bugungi kunda har bir fan o`qituvchisi o`quvchilarga o`z fanini o`qitish orqali o`quvchi shaxsining yuqorida ko`rsatib o`tilgan jihatlarini tarbiyalay oladigan yaxshi pеdagogik mahoratni egallagan o`qituvchi bo`lishi lozim. Bunday o`qituvchi bo`lish uchun o`quv jarayonini yaxshi, to`g`ri, odilona va oqilona boshqara olish juda muhimdir.
Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog‘liq. Shu ma’noda, O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Mamlakatda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib borilmoqda. Hususan, bugungacha parlament tomonidan yoshlarga oid 40 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, 30 dan ortiq xaqlaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ayni davrda insoniyat tarixidagi eng ko‘p yoshlar qatlami bilan yashayotganimizni inobatga olgan holda BМТ minbarida Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi BМТ konvensiyasini qabul qilish taklifi ilgari surilgani ham xalqaro hamjamiyat tomonidan iliq qarshilandi. O‘zbekiston rahbari bunga asos qilib, bugun dunyo miqyosida yoshlarning soni ikki milliarddan ortib ketgani, xaqlaro terrorizm va ekstremizm shiddat bilan o‘sib borayotgan bir paytda yoshlarga himoya zarurligini muhim omillar sifatida asoslab berdi.
Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinchi imzolagan qonun hujjati – 2016-yil 14-sentabrdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonun ekanida ham ramziy mazmun-mohiyat mujassam. Binobarin, aholisining yarmidan ko‘prog‘i yoshlardan iborat bo‘lgan mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol, intellektual salohiyatli, o‘z qat’iy pozitsiyasiga ega, yurtda amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq bo‘lmagan, yurtning ertangi munosib kelajagi uchun daxldorlikka tayyor, maqsadga intiluvchan, serg‘ayrat, vatanparvar, sadoqatli, komil shaxslar sifatida tarbiyalash O‘zbekistonni dunyoning eng rivojlangan davlatlari safidan o‘rin olishining muhim omili ekanini mamlakat rahbari va hukumat yaxshi anglaydi.
Alohida ta’kidlash joiz, «2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»da ham bu masala alohida o‘z aksini topdi. Jumladan, yoshlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan quyidagi ustuvor vazifalar belgilandi:

  • birinchidan, jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtayi nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish.

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2018-yil 27-iyunda imzolangan «Yoshlar – kelajagimiz» Davlat dasturi to‘g‘risida»gi Farmon bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjat bo‘ldi. Farmon bilan «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi tashkil etildi va ushbu jamg‘arma yoshlarning bisnes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari orqali yillik 7 foiz stavka bilan imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga berishi belgilab qo‘yildi. Ushbu hujjatga e’tibor qaratilsa, yoshlar tadbirkorligi va tashabbuskorligini kompleks rivojlantirish vazifalari aniq va tizimli belgilanganligini ko‘rish mumkin.

Yüklə 139,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə