O’rni. Reja: Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalash



Yüklə 387,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix12.12.2023
ölçüsü387,69 Kb.
#148854
  1   2   3
tarix



Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiyo allomalari merosining 
o’rni.
Reja:
1.
Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalash.
2.
Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiyo allomalari 
fikrlari.
3.
Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiyo allomalari 
merosi.
O’rta Osiyo tarixiy voqealarga g’oyat boy o’lka bo’lishi 
bilan birga azaldan ilm-fan

madaniyat va ma’naviyatning markazlaridan biri bo’lib kelgan. Bu o’lka dunyoga 
ma’naviyat va ma’rifatning barcha sohalarida yuzlab, minglab jahonshumul ulug’ 
zotlar, davlat arboblarini tarbiyalab bergan. Umumbashariyat ma’rifatparvarligini 
yaratishda buyuk ajdodlarimiz bevosita ishtirok etganlar, uning taraqqiyoti va 
boyishiga ulkan hissa qo’shganlar. O’rta Osiyoning madaniy merosi jahon madaniyati 
va ma’rifatining zuviy ajralmas tarkibiy qismidir. 
Endilikda jahon ma’naviyati va ma’rifati saltanatida o’z o’rinlariga ega bo’lgan 
ulug’larimizni teran anglash, o’rganish va ulug’lash vaqti keldi. Afsuski, salkam 150 
yillik mustamlakachilik, 70 yillik totatitar tuzum hukmronligi davrida respublikamiz 
yosh avlodi, Islom Karimov aytganidek, «...necha yillar bizni tariximizdan, 
dinmizdan, ma’naviy merosimizdan g’ofil etishga urindilar, - natijada ular o’z 
xalqning tarixini, uning boy tabiiy-ilmiy, 
ijtimoiy-falsafiy
, axloqiy madagiyatidan 
bahramand bo’lish, o’rganishdan mahrum bo’lib keldi». 
Ajdodlarimiz e’zozlab kelgan, asrlar qa’ridan olib o’tilgan falsafiy-axloqiy pand-
nasihatlar, qadriyatlar ataylab, maqsadni ko’zlab yurgizilgan siyosat qurboni bo’ldi, 
e’tibordan chetda qoldi. Bu esa yosh avlodning ma’naviyatiga salbiy ta’sir o’tkazdi. 
Vaholanki, Islom Karimov «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» kitobida 
ta’kidlanidek: «...o’tmishdagi allomalarning bebaho merosi qanchadan-qancha 
avlodlarning ma’naviy-ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan edi va u hamon 
ta’sir ko’rsatmoqda». 
Mustaqillik tufayli o’rganish, tahlil etish imkoniyatiga ega bo’lgach, ona zaminimiz 
ma’naviy merosini chuqurroq o’rganish biz yoshlarning vazifamiz, inchunun, o’z 
tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi. 
IX-XV asrlarni Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida shartli ravishda «Renessans» 
(uyg’onish) davri deb atashadi. Ma’naviyat va ma’rifatning g’oyat gullab-yashnashi 
bu davr uchun xarakterli bo’lgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari, ajoyib shoirlar, 


buyuk davlat arboblari etishib chiqqan. Dunyoviy fanlarning tez sur’atlarda taraqqiy 
etishi keng tarjimonlik faoliyatiga ta’sir etdi. Bu jarayon, ayniqsa halifa Ma’mun 
davrida (813-133 yy.) Bag’dodda «Bayt-ul-hikma» (Donolar uyi) tashkil etilgan 
paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va tabobati, hind hisobi, al-ximiya va ilmu nujumga 
oid asarlar arab tiliga o’girildi. Bunda Markaziy Osiyodan etishib chiqqan 
mutafakkirlar al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, al-Farobiy, 
Ibn Sino
, al-Beruniy kabi 
mutafakkirlar ham katta rol o’ynadilar. 
Renessans – uyg’onish davri madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati mohiyat-e’tibori 
bilan dunyoviy, gumanistik dunyoqarashi, antik davr madaniy merosiga murojaat 
qilish, bamisoli uning qayta uyg’onishni anglatadi. Uyg’onish davri namoyondalari 
qarashlari insonning cheksiz imkoniyatlariga, uning irodasiga, aql-idrokiga ishonib 
qarashi bilan ajralib turadi. 
Fanda Sharq va /arb uyg’onish davri tushunchalari ishlatiladi. Ular umumiy, o’xshash 
tomonlari bilan birga, ma’lum farq, o’ziga xos xususiyatlari jihatidan ham ajralib 
turadi. Avvalo ular davr nuqtai nazaridan farqlanadi. Ilk Sharq uyg’onish davri IX-XII 
asrlarni, so’nggi uyg’onish davri XIV-XV asrlarni o’z ichiga olsa, /arb uyg’onish 
davri XV-XVII asrlarni o’z ichiga olishi bilan farqlanadi. /arb uyg’onish davri uchun 
feodalizmga, dinga qarshi kurash xos bo’lsa, Sharqda masalaning g’arbdagidek keskin 
qo’yilishini ko’rmaymiz. 
Sharq va /arb uyg’onishi uchun umumiy xususiyatlar 
antik davrga murojaat qilish
, uni 
qayta tiriltirish, tabiiy fanlar rivoji, fanda universallikni (qomusiylik), gumanizmni 
targ’ib etish va boshqalarda namoyon bo’ladi. 
Sharq renessansi davri quyidagi umumiy xususiyatlarga ega: 1) madaniyat, dunyoviy 
fanlar va islom aqidashunoslikgining taraqqiyoti; 2) yunon, rum, fors, hind va boshqa 
madaniyatlar yutuqlariga suyanish; 3) astranomiya, matematika, minerologiya, 
jug’rofiya, kimyo va boshqa tabiiy fanlar rivoji; 4) uslubda (metodologiya)- 
rastionalizm, mantiqning ustunligi; 5) insoniy do’stlik, yuksak axloqiylikning targ’ib 
etilishi; 6) falsafaning 
keng darajada rivoj topishi
; 7) adabiyot, she’riyat, ritorikaning 
(notiqlik) keng rivoji; 8) bilimdonlikning qomusiy xarakterda ekanligi. 
Bu davrga kelib, avvalo O’rta Osiyo, Eron, Iroq va Suriya ilmu-fan va madaniyatning 
yirik o’chog’iga aylandi. Xorazm, Buxoro, Xirotda yirik ilmiy markazlar tashkil 
topdi. Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Farg’oniy, Beruniy, Imom al-Buxoriy, Imom 
Moturudiy, Imom Iso at-Termiziy, Hakim at-Termiziy, Axmad Yassaviy, Najmiddin 
Kubro, Maxmud az-Zamaxshariy kabi O’rta Osiyolik olimlar va ulamolarning dongi 
butun dunyoga taralgan edi. 
O’rta Osiyoning qadimiy, qo’hna 
shaharlaridan Buxoro
, Xiva, Samarqand kabi 
shaharlari, qadimda fan, madaniyat va ma’naviyatning markaxi bo’lib kelganligi bilan 
ajralib turadi. 
O’rta Osiyoda tabiiy-ilmiy tafakkuri rivojining boshlanishi buyuk allomalar al-
Farg’oniy va al-Xorazmiylar nomi bilan bog’liqdir. Ularning har ikkovi ham 


Bag’doddagi “Bayt-ul-hikma”ning etakchi ilm sohiblaridan sanalgan. 

Yüklə 387,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə