O’rni. Reja: Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalash


Beruniy xalqlar o’rtasidagi do’stlikni va ilmiy hamkorlikni yuksak qadrlaydi



Yüklə 387,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix12.12.2023
ölçüsü387,69 Kb.
#148854
1   2   3
tarix

Beruniy xalqlar o’rtasidagi do’stlikni va ilmiy hamkorlikni yuksak qadrlaydi. 
Uni eng insoniy-axloqiy sifat deb maqtab, amalda o’zi ko’rsatgan. Bir necha yil 
Hindistonda yashagan 45 yoshli olim qadimgi hind-sanskrit tilini o’rganib, bu 
tilgan Evklidning “Elementlar”, Ptolomeyning “Almajistiy” asarlarini tarjima 
qildi va hind olimlarni yunon ilmi va falsafasi bilan tanishtirdi. O’zi esa 
hindlarning ilmi, adabiyoti, falsafasi va axloqini o’rgandi.
Bu haqida Beruniyning o’zi shunday deb yozadi: “O’zimni ... ularning munajjimlari 
huzurida, ustoz huzurida turgan shogirddek ta’zim bilan tutar edim... So’ng hisob 
ilmining haqiqiy yo’llarini ularga ravshanlashtiradigan bo’ldim... ularning kattalari 
meni o’z tillari bilan “Daryo” deb maqtar edilar”. 
Beruniy fikricha, kishilar uchun dunyoda turli hollar bor. Bu maqtaluvchi – yaxshilik 
va qoralanuvchi – yomonlikdir. Maqtaluvchi yaxshi hollar bo’lib, ularning tayanchini 
poklik va tozalik deb ko’rsatdi. 
Beruniy o’z davrining eng ko’zga ko’ringan ilm-fan homiysi edi. 
U mamlakat 
ravnaqini fan
, ma’rifat ravnaqida ko’rgan. Ilm-fan, ma’rifat sahovatli xizmatni o’tashi 
mumkin deb hisoblaydi. U shunday yozadi: “Mening butun fikru-yodim, qalbim – 
bilimlarni targ’ib qilishga qaratilgan, chunki men bilim orttirish lazzatidan bahramand 
bo’ldim. Buni men o’zim uchun katta baxt deb hisoblayman”. 
Insonning oliy fazilati boshqalar haqida, ayniqsa, kambag’allar haqida g’amxo’rlik 
qilishdan iboratdir. Beruniy doimo xalqlarning do’st, inoq, ittifoq bo’lib yashashi 
uchun kurashib keldi. U insonga, u yaratgan madaniyatga qirg’in keltiruvchi 
urushlarni qoraladi. Beruniy madaniy hamkorlik va ilm-ma’rifatning keng tarqalishiga 
katta e’tibor bergan allomadir. 


Jahon madaniyati va ma’rifatiga katta hissa qo’shgan, Sharq va Evropada “Shayx-ur-
rais – olimlar boshlig’i” unvoniga ega bo’lgan alloma Abu Ali ibn Sinoning (980-
1037) ilmiy merosi biz uchun bebaho xazinadir. U o’z umri davomida 450 dan ortiq 
asarlar yaratgan. Uning “Tib qonunlari” nomli 5 jilddan iborat kitobi asrlar davomida 
Sharq va Evropada medistina bo’yicha asosiy qo’llanma bo’lib xizmat qilib 
kelmoqda. 
Ibn Sino yoshligida zo’r mehnat, izlanish, g’ayrat bilan ilmlarni o’rganishga 
kirishgan. U bu haqida shunday yozadi: “Uyquga ketgan vaqtimda ham o’ngimdagi 
masalalarni ko’rardim. Shu holatda ko’p masalalar tushumda menga ayon bo’lardi... 
shu zaylda hamma ilmlarni, mustahkam egallay oldim. Insonning imkoniyat 
darajasida egallaydigan darajada bilimni egallab oldim. Aristotelning “Metafizika”sini 
“qirq bir marta qayta o’qidim”. U menga hatto yod bo’lib ham qoldi. Lekin shunday 
bo’lishiga qaramay, men uni va uning maqsadlarini tushuna olmasdim”, - deb yozadi 
u tarjimai holida. Ibn Sino bu muammoni Farobiyning Aristotel “Metazifika”siga 
yozgan sharhini o’qib hal qiladi. 
Ibn Sino umrining ko’p qismini sarsonlikda o’tkazishga qaramay – matematika
astranomiya, fizika, kimyo, biologiya, farmakologiya, psixologiya, filologiya, falsafa 
va tabobat sohasida barakali ijod qilgan mutafakkirdir. Uning asarlaridan 100 
tachasi 
bizgacha etib kelgan
, xolos. 
Ular qatoriga o’rta asr ilmining barcha muhim 
sohalarini o’z ichiga olgan, xususan – mantiq, fizika, matematika, metafizikani to’liq 
qamrab olgan “Kitob ash-shifo”, 20 tomdan iborat “Kitob ul-insof”, “Donishnoma”, 
“Lison ut-tayr”, “Solomon va Ibsol”, “Hayy ibn Yaqzon” kabi asarlari kiradi. U 
o’zining falsafiy-axloqiy asarlarida hukmdorlarni qonunsizliklarga qarshi 
kurashishga, xalqning talablariga quloq solishga, adolat yuzasidan ish yuritishga 
chaqiradi. Adolatni inson xatti-harakatining eng yaxshi bezagi deb ko’rsatadi.

Yüklə 387,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə