O’rni. Reja: Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalash



Yüklə 387,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix12.12.2023
ölçüsü387,69 Kb.
#148854
1   2   3
tarix

1998 yilda al-
Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Uning vafoti 861 
yildir. 
U mashhur falakkiyotshunos olim. Uning asosiy asarlari “Astranomiya va 
astralyabiyaga kirish”, “Falakdan bo’ladigan sabablar”, “Astralyabiya fani usullari”, 
“Osmon harakatlari va yulduzlar ilmi” va boshqalardir. Farg’oniyning “Astranomiya 
asoslari” kitobi o’sha davrdagi astranomiya sohasidagi bilimlarning qomusi bo’lgan. 
Unda qadimgi falakiyotshunoslik bilimlari, uning qoidalari, usullari bayon qilingan. 
Asar XII asrdayoq lotin tiliga tarjima etilib, ko’p asrlar davomida Evropada 
astronomiya bo’yicha qo’llanma, darslik sifatida xizmat qilib kelgan. U Evropada al-
Fraganus nomi bilan mashhur bo’lgan. 
Al-Xorazmiy (780-850 yy.) Sharqning buyuk mutafakkiri, qomusiy olimdir. Uning 
ilmu-nujum, geodeziya, geografiya va ayniqsa riyoziyot sohasidagi xizmatlari 
beqiyosdir. U arab, hind, lotin, yunon, fors tillarini bilgan. 
Xorazmiy bir qancha kitob va risolalarning muallifidir. Bulardan eng mashhuri “Kitob 
al-jabr va al-muqobala” asaridir. Bu asar riyoziyotda yangi mustaqil fan – algebraning 
vujudga kelishiga zamin bo’ldi. 
U tenglamalarni echishning ikki usulini – al-jabr, 
ya’ni qarama-qarshi ishoralarni yagona musbat ishoraga keltirish va al-muqobala, 
ya’ni bir hil hadlarni qarama-qarshi qo’yishni kashf qildi.
Xorazmiy “Sind Hind”, “Ziji Xorazmiy”, “Astrolyabiya bo’yicha risola”, “Quyosh 
soati haqida risola”, “Erning shakli haqida kitob”, “Trigonometrik jadvallar”, “Musiqa 
bo’yicha risola”, “Tarix haqida” va boshqa asarlarning muallifi. Uning buyuk 
xizmatlaridan biri Evropa va Yaqin Sharq ilmini qadimgi hindlarning o’nlik tizimi 
bilan tanishtirish bo’ldi. 
Uni Evropada “Algaritmus” deb yuritganlar.
Sharq falsafiy, ijtimoiy, axloqiy fikri rivojini Abu Nasr Farobiysiz (873-950) tasavvur 
etish qiyin. U “Sharq Aristoteli”, “Ikkinchi muallim” degan unvonga sazovor bo’lgan 
mutafakkirdir. 
Sharqda qadim Yunonistonning eng mashhur faylasufi Aristotel 
“Birinchi muallim” deb yuritilgan.
Farobiy ko’p tillarni bilgan qomusiy olimdir. U 
yaratgan asarlarning umumiy soni 160 ta bo’lib, uni ikki guruhga ajratish mumkin: 1) 
qadimgi Yunon faylasuflari va tabiatshunoslarini – 
Aristotel
, Platon, Evklid, Galen va 
boshqalarning ilmiy merosini tarjima qilish, sharhlash, targ’ib qilish va o’rganishga 
bag’ishlangan asarlar; 2) o’rta asr fanining tabiiy, ijtimoiy-falsafiy sohalariga oid 
risolalar. 
Masalan, “Aristotelning “Metafizika” asariga izoh”, “Aristotelning 
“Osmon sistemasi” kitobiga izoh”, “Aristotelning “Etika” kitobiga sharh”, 
“Substanstiya haqida so’z”, “Masalalar manbai”, “Qonunlar haqida kitob”, 
“Bo’shlik haqida kitob”, “Musiqa haqida so’z”, “Fozil odamlar shahri” va 
boshqalarni ko’rsatish mumkin.
Farobiyning fikricha insonning va jamoatning g’alabaga erishuvi, yaxshilikni qo’lga 
kiritishi, axloqiy va aqliy mukammallikka ko’tarilishi inson va jamoaning o’z 
qo’lidadir. U davlatni fozil va johil davlatlarga bo’ladi. Fazilatli shaharlarda ilm-fan, 
falsafa, axloq-ma’rifat birinchi o’rinda bo’lmog’i lozim deb biladi. Shunda jamiyat 
etuklikka erishadi. 
Fozil shahar boshlig’i bilimli, haqiqatni sevuvchi, yolg’on va 
yolg’onchilarga nafrat bilan qarashi, adolatni yaxshi ko’ruvchi va adolat uchun 


kurashuvchi bo’lishi kerak deb aytadi. Farobiy insonni kamoloti uchun xizmat qilgan, 
hayr-ehsonli ishlar, go’zal insoniy fazilatlarni yaxshilik deb hisoblaydi. Insonning 
kamolotiga to’sqinlik qiluvchi dangasalik, 
bekorchilik kabi yomon odatlar
, bilimsizlik
ongsizlik, kasb-hunarga ega bo’lmaslik kabi nuqsonlarni yomonlik deb, kishilarni 
undan ogohlantiradi.
Farobiy hayotning oliy maqsadi baxt-saodatga erishuvdan iborat, kishilar bunga 
olamni o’rganish, kasb-hunar va ilmlarni o’zlashtirish – ma’rifatli bo’lish orqali 
erishadi deb qaraydi. 
Xorazmlik buyuk olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) jahon fani tarixida eng 
mashhur siymolar qatoridan joy olgan, o’z davridagi deyarli hamma fanlarga katta 
hissa qo’shgan, mashhur qomusiy ilm sohibi, yirik tabiatshunos va faylasufdir. U o’z 
umri davomida 150 dan ortiq asarlar yaratgan. Shulardan eng mashhurlari “Qadimgi 
ajdodlardan qolgan yodgorliklar”, “Ma’sud qonuni”, “Hindiston”, “Geodeziya”, 
“Mineralogiya”, “Saydana” va boshqalardir. 
Garchi Beruniy falsafiy-axloqiy 
masalalarga oid asar yozmagan bo’lsada, ammo ko’pgina asarlarida bu masala 
haqida fikrlar bayon etgan.

Yüklə 387,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə