Mavzu: Amaliy mashg’ulot Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning asosiy maqsadi



Yüklə 71,53 Kb.
səhifə1/5
tarix29.09.2023
ölçüsü71,53 Kb.
#124831
  1   2   3   4   5
Mavzu 1



  1. Mavzu: Amaliy mashg’ulot



Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning asosiy maqsadi, bugungi kun talabiga javob beradigan barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan ekan, ayni paytda bu o’qituvchilarga katta mas’uliyatni yuklaydi. Shu jihatdan ham o’qituvchining pedagogik faoliyat yuritishi davr talabiga javob bermog’i lozim. Bugungi kunda prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar zaminida ham yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash ustuvor masaladir. Shu jihatdan ham yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazish uchun Respublikamizda ijtimoiy – tashkiliy, tarbiyaviy ishlar amalga oshirilmoqda. Barkamol avlodni tarbiyalash, ma’naviy, ma’rifiy, tashkiliy uslubiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari bilan murakkab tarbiyaviy ishlar tizimi kundan-kunga takomillashib bormoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan bildirilgan ushbu fikrlari tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ahamiyati naqadar yuqori ekanligidan dalolat beradi: “Sharq donishmandlari ta’kidlaganidek, “Eng katta meros - bu yaxshi tarbiya. Eng katta qashshoqlik esa - bu bilimsizlik". Shunday ekan, o'z ustimizda tinmay ishlashimiz kerak”1
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 19-mart kuni yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini singdirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Ushbu yig’ilishda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli boʻladi”.
Maʼlumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surdi. Ushbu besh muhim tashabbus tarbiyaviy ishlar jarayonining asosini tashkil qiladi desak mubolag’a bo’lmaydi. Birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan. Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. Toʻrtinchi tashabbus – yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga
yoʻnaltirilgan. Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalarini nazarda tutadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tarbiyaviy ishlar shaxs kamolotining uzluksizligini va uzviyligini muvaffaqiyatli ta’minlaydi. Shu jihatdan ham tarbiyaviy ishlar tizimi shaxs kamolotining eng muhim va zaruriy omillaridan biri hisoblanadi. Albatta, bunda tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olish muhimdir. O’zbekiston mustaqilligi tufayli shaxsni tarbiyalashga, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Uning mazmunida yoshlar tarbiyasi muhim o’rin tutadi.
Tarbiyaviy ishlar sog’lom hayot, sog’lom turmush tarzi, sog’lom e’tiqod, barkamollik kabilarning asosiga aylanadi. Barkamol avlodni tarbiyalash mazmunida milliy qadriyatlarga sadoqat, jamiyatdagi tinchlik, xotirjamlikni saqlashga ongli munosabatda bo’lish, tinch va farovon hayot yaratish, ijtimoiy ma’naviyatni yuksaltirishga intilish kabi omillar tarbiyaviy ishlarda asosiy o’rin egallaydi. Shu sababli bugunga yoshlar dunyoqarashida millat, Ona tuproq, Ona Vatan kabilar turli xil tarbiyaviy tadbirlar, boy ma’naviy merosimiz haqidagi tushunchalar bilan tarkib topib boradi. Yoshlarni tarbiyalashda ular ongida, millat, milliy axloq, milliy g’urur, milliy tarbiya, milliy g’oya, Vatan tuyg’usi, Vatan qayg’usi, Vatan sog’inchi va shu kabi tushunchalarni sindirib borish, ularning milliy dunyoqarashini kengaytirib borish tarbiya jarayoning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dodga, ilmga va mashqqa degan edi, ulug’ olim Arastu. Shunga asosan tarbiya ishi bilan shug’ullanuvchilar quyidagilarga amal qilishlari lozimdir:

  • tarbiyaviy ishlar jarayonida va tarbiyada ulg’ayotgan inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb bilish, har bir bola, o’smir va yoshlarning o’ziga xosligini hurmat qilish;

  • milliylikning o’ziga xos an’ana, vositalariga tayanish, milliy merosga asoslanish;

  • o’quvchilar faoliyatida tarbiyaviy jarayonning asosini tashkil qilish, qiziqarli, to’laqonli bolalar yosh jihatlariga mos turli xil ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga qatnashishini ta’minlash, mehnat, ijtimoiy foydali, ko’ngilochar tadbirlar tashkil etish lozim.


Yüklə 71,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə