Mavzu: Amaliy mashg’ulot Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning asosiy maqsadi


Tarbiyaviy ishlar metodikasining xususiyatlari va boshqa fanlar bilan bog’liqligi



Yüklə 71,53 Kb.
səhifə5/5
tarix29.09.2023
ölçüsü71,53 Kb.
#124831
1   2   3   4   5
Mavzu 1

Tarbiyaviy ishlar metodikasining xususiyatlari va boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanini o’rganishda O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga mos ravishda bir qancha ta’lim-tarbiyaga oid fanlarga bog’liq holda olib borish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Tarbiyaviy ishlar metodikasining fanlar bilan bog’liqligini quyidagicha chizmada ifodalash mumkin:


Har qanday fanlarni o’qitishning maqsadi yosh avlodga to’g’ri tarbiya berish, ularning dunyoqarashini shakllantirishni bilish nazariyasining umumiy qonuniyatlari asosida hosil bo’lib, har qanday shaxs faoliyatida metodologik asos bo’lib xizmat qiladigan falsafa fanining roli beqiyosdir. Shuning uchun shaxs tarbiyasi jarayoni bilan shug’ullanadigan tarbiyaviy ishlar metodikasi fani falsafa fani bilan bog’liqdir.


Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani ta’lim muassasalaridagi tarbiya jarayonini to’g’ri tashkil etish shug’ullanganligi sababli pedagogika fani bilan uzviy bog’liqdir. Chunki pedagogika fani bola tarbiyasi va ularni o’qitish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan muassalarni amalga oshiradi. Tarbiyaviy ishlar tizimini amalga oshirish va uning samaradorlik darajasi shaxsning qanday tarbiya topganligiga bog’liq. Shuning uchun tarbiya jarayoni tarbiyaviy ishlar bilan bog’liq holda rivojlanganligi tufayli pedagogikaning qonuniyatlariga tayanadi.
Tarbiyaviy ishlar jarayoni tarbiyalanuvchilarning ma’lum bir faoliyatlarida amalga oshiriladi. Bunda tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatini bilmasdan turib, tarbiya jarayonida yuqori samaradorlikka erishib bo’lmaydi. Shaxsning ruhiy holati va yosh xususiyatlarini o’rganadigan fan psixologiya fani hisoblanadi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish shaxsning psixologik xususiyatlariga bog’liq bo’lganligi uchun psixologiya fanining yutuqlariga tayanib ish olib boradi.
O’quvchilarni to’g’ri tarbiyalash, ularga ta’lim berish jarayonida ular organizmining rivojlanish bosqichlariga e’tiborni qaratish tarbiya tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Chunki o’quvchi organizmining rivojlanishini bilmasdan unga ta’sir ko’rsatib bo’lmaydi. Anatomiya, fiziologiya fanlari odam organizmi, uning rivojlanishi, tuzilishini o’rgatuvchi fan hisoblanadi. Shuning uchun ham tarbiyaviy ishlar fani anatomiya, fiziologiya fanlari bilan chambarchas bog’liq ish ko’radi.
Har qanday tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda o’quvchilarning gigiyenik qoidalariga asosan tashkil etishda yaratilgan shart-sharoitlar muhim rol o’ynaydi. Ko’rinib turibdiki, tarbiyaviy ishlar metodikasi fani gigiyena fani bilan ham bog’langan.
Tarbiya jarayonida o’quvchilarning axloqiy sifatlari tarkib toptirish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Axloq normalarini o’quvchilar ongiga singdirish zarur. Axloq normalari va axloqshunoslik bilan etika fani shug’ullanadi. Shunday ekan, tarbiyaviy ishlar metodikasi fani etika bilan ham uzviy bog’liqdir.


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1.Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti deganda nimani tushunasiz?
2. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining mazmun mohiyati nimadan iborat?
3.Tarbiya deganda nimani tushunasiz?
4. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani qaysi fanlar bilan aloqada rivojlanadi?



1 Sh.Mirziyoyevning “Oliy majlisga murojaatnomasi” Toshkent-24.01.2020

Yüklə 71,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə