Bajardi: O'tkirjonova Laziza Tekshirdi: Xusanov T. S



Yüklə 1,47 Mb.
tarix24.12.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#159553
m.b.1

Bakteriyalar morfologiyasi rikketsiyalar, aktinomisetlar, xlamadiylar, mikoplazmalar, zamburug'lar, sodda jonivorlar.

Bajardi:O'tkirjonova Laziza

Tekshirdi:Xusanov T.S.

Reja:


Xlamidiylar, zamburug'lar
4
Bakteriyalarninig morfologiyasi
1
Rikketsiyalar
2
Aktinomisetlar, sodda jonivorlar
3
Mikoplazmalar
5

Rikketsiyalar


Rikketsiylar (Rickettsiaceae) -bakteriyalar oilasi. Qoyali togʻlar dogʻli isitma kasalligi qoʻzgatuvchisini ilk bor aniqlagan amerikalik mikrobiolog X. T. Rikkets nomi bilan atalgan. Odatda, sharsimon yoki tayokchasimon shaklda, oʻlchami 0,2—0,6 mkm, harakatsiz, grammanfiy; 2 marta boʻlinish orqali koʻpayadi; spora hosil qilmaydi. Boʻgʻimoyoqlilar va issiq qonlilar, jumladan, odam organizmi hujayralari ichida parazitlik qiladi. Shimoliy Osiyoda odam va hayvonlarda toshmali terlama, qoyali togʻlar dogʻli isitmasi, kana rikketsiozi, Ku isitmasi va boshqa kasalliklarni qoʻzgʻatadi.
Aktinomitsetlar, nursimon zamburugʻlar — shoxlangan hujayralar yoki giflarni hosil qiluvchi bakteriyalar. Ular tuzilishida zamburugʻlarga xos xususiyatlar ham mavjud. A.ga chin A., mikobakteriyalar, streptomitsetlar va boshqa kiradi; 700 ga yaqin turi bor. A. sub-stratdan nursimon oʻsib chiqqan ingichka 78ipchalardan iborat (nursimon zamburugʻ nomi shundan kelib chiqqan). Ipcha (miseliy) shoxchalarining uchida sporalar boʻladi. A. shu sporalardan koʻpayadi. Tuproq, suv havzalari, havo va oʻsimlik qoldiqlarida uchraydi. Baʼzilari odam va hayvonlarda (aktinomikoz, sil, difteriya), shuningdek oʻsimliklarda para-zitlik qiladi. Antibiotiklarni hosil qiluvchi turlari (asosan, streptomitsetlar), pigmentlar, vitaminlar va sh.k.dan mikrobiologiya sanoatida foydalaniladi, shuningdek doridarmonlar (antibio-tiklar) olinadi.
Xlamidiya - bu bakteriyalar keltirib chiqaradigan jinsiy yo'l bilan yuqadigan keng tarqalgan infektsiya. Xlamidiya bilan og'rigan odamlarda ko'pincha dastlabki bosqichlarda tashqi alomatlar bo'lmaydi.
Aslida, bu taxmin qilinadi 40 dan 96 foizgachaIshonchli manba Xlamidiya bilan og'rigan odamlarning alomatlari yo'q. Ammo xlamidiya keyinchalik ham sog'liq muammolariga olib kelishi mumkin.
Davolanmagan xlamidiya jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin, shuning uchun muntazam tekshiruvdan o'tish va biron bir tashvishingiz bo'lsa, shifokoringiz yoki boshqa sog'liqni saqlash mutaxassisi bilan gaplashish muhimdir.
Xlamidiya belgilari boshqa kasalliklar belgilariga o'xshash bo'lishi mumkin. Ushbu infektsiyalarning ko'rinadigan ta'sirini tushunish uchun turli xil kasalliklar keltirib chiqaradigan alomatlar fotosuratlarini ko'ring.
Zamburugʻlar (fungi yoki mycetes) — eukariot organizmlar dunyosi (bulimi). Tayyor organik moddalar hisobiga yashaydi, yaʼni geterotrof organizm hisoblanadi. Odatda oʻsimliklarda, tuproqda, suvda, hayvonlarda yoki ularning qoldiqlarida hayot kechiradi. Oziqlanish usuliga qarab parazit va saprofitga boʻlinadi. Ularning odamlar va hayvonlar uchun zararli va foydali yuz mingdan ortiq turi uchraydi. Zamburugʻlar haqidagi fan mikologiya deb ataladi.
Eng sodda hayvonlar — hayvonlar kichik dunyosi. Bir hujayrali eukariot hayvonlar. Koʻpchiligining yadrosi bitta, koʻp yadroli turlari ham koʻp. Yadrosining tuzilishi eukariotlarga oʻxshash: shakli har xil.
Evolyutsiyasi davomida ayrim guruhlarida xromosomalar toʻplami yoki ular bir qismi sonining koʻp marta ortishi tufayli poligenlik kelib chiqqan. Infuzoriyalar va koʻpchilik foraminiferalar yadrosi 2 xil (yadro dualizmi): vegetativ (makronukleus) va generativ (mikronukleus) boʻlmaydi
Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə