Ma'ruza№1 mavzu: Foydali qazilmalarni boyitishning sinflanishi, turlari, sxemalari Reja



Yüklə 434,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix24.12.2023
ölçüsü434,92 Kb.
#160097
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-ma\'ruza FQBQIA



MA'RUZA№ 1 
MAVZU: Foydali qazilmalarni boyitishning sinflanishi
 turlari, sxemalari 
 
Reja: 
1. Boyitish haqida umumiy tushuncha. 
2. Boyitishning texnologik ko‘rsatkichlari. 
3. Boyitish sxemalari. 
4. Boyitish jarayonlari va mahsulotlarining tasnifi. 
Boyitish haqida umumiy tushuncha
 
Foydali qazilma turli minerallarning murakkab kompleksi hisoblanadi. Foydali qazilmada 
qimmatbaho komponent ko‘pincha tegishli mineralning tarkibida uchraydi. Masalan, mis misli 
rudalarda mis saqlaydigan minerallar: xalkopirit, bornit, kovellin va h.k. lar tarkibiga kiradi. 
Kamdan – kam hollarda qimmatbaho komponent toza (tug‘ma) holda uchraydi, masalan, nodir 
metallar, olmos, grafit va h.k. Qimmatbaho komponent saqlovchi minerallar 
foydali minerallar
deyiladi. Qimmatbaho komponent yoki foydali qo‘shimcha saqlamaydigan minerallar 
puch
tog‘ 
jinslari 
deyiladi. 
Bu yerda foydali mineral, zararli yoki foydali qo‘shimcha, puch tog‘ jinslari 
tushunchalarining nisbiyligini ta’kidlab o‘tish lozim. Mineral bu tushunchalarning qaysi biriga 
mansubligi faqat foydali qazilmaning berilgan turigagina bog‘liq. Bitta mineralning o‘zi dastlabki 
mahsulotda foydali, boshqasida esa puch tog‘ jinsi bo‘lishi mumkin. Masalan, kvars keramika 
sanoati uchun foydali mineral hisoblanadi, rangli va qora metall rudalarida esa puch tog‘ jinsi va 
hatto zararli qo‘shimcha hisoblanadi. 
Foydali qazilmadan qimmatbaho mineralni ajratib olish uni tashkil qiluvchi minerallarning 
kimyoviy o‘zgartirishlarga uchratish natijasida sodir bo‘ladi: minerallardan metallar quyiladi, 
apatit super-fosfatga aylanadi va h.k. Foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining bunday qayta 
ishlanishi metallurgik, kimyo, keramika, shisha, sement, lak – bo‘yoq va boshqa sanoat 
korxonalarida amalga oshiriladi. 
Foydali qazilmalarni boyitish – minerallarning kimyoviy o‘zgarishlari bilan bog‘liq 
bo‘lmagan mexanik qayta ishlashdir. Minerallarning kimyoviy tarkibi boyitishgacha va 
boyitishdan keyin ham o‘zgarishsiz qoladi. Boyitishda foydali qazilma sifatining yaxshilanishi 

Yüklə 434,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə