Ma'ruza№1 mavzu: Foydali qazilmalarni boyitishning sinflanishi, turlari, sxemalari Reja



Yüklə 434,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/9
tarix24.12.2023
ölçüsü434,92 Kb.
#160097
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-ma\'ruza FQBQIA

Yordamchi jarayonlar 
quyidagilarni tashkil etadi: 
-
suvsizlantirish; 
-
quyiltirish; 
-
filtrlash (olingan boyitmalarni); 
-
quritish (olingan boyitmalarni); 
-
changsizlantirish; 
-
sexlarni shamollatish. 
Suvsizlantirish usulini tanlash qattiq mahsulotning zichligi va o‘lchamiga, boshlang‘ich 
mahsulot tarkibidagi suvning miqdoriga va suvsizlantirilgan mahsulotning namlik miqdoriga 
qo‘yilgan talablarga bog‘liq. 


6-rasm. 
Boyitish jarayonlarining ketma-ketligi va etaplari. 
Suvsizlantirish jarayoni mexanik va termik usullarda amalga oshiriladi. 
Mexanik usulga quyidagilar kiradi: drenajlash, quyiltirish, filtrlash va sentrifugalash. 
Termik usulga quritish kiradi. 
Drenajlash - bu og‘irlik kuchi ta’sirida zarrachalar oralig‘idan suvni tabiiy holda sizib 
chiqishiga asoslangan qattiq va suyuq fazani ajratish jarayonidir. 
Drenajlash jarayoni o‘lchami 1,0-0,5 mm dan katta bo‘lgan mahsulotlarni suvsizlantirishda 
qo‘llaniladi. Bunday mahsulotlarga yirik o‘lchamdagi magnetit boyitmalari, oraliq mahsulotlar va 
boshqar misol bo‘ladi. 
Drenajlash jarayoni mahsulotlar tarkibidan suvni yo‘qotish uchun suvsizlantirishning 
dastlabki bosqichi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 
Quyiltirish bu qattiq va suyuq fazani ularni zichligining farqiga asoslangan holda ajratish 
jarayonidir. 
Quyiltirish jarayoni o‘lchami 1,0 mm dan kichik bo‘lgan mahsulotlarni suvsizlantirishda 
qo‘llaniladi va gravitatsiya yoki markazdan qochma maydonda amalga oshiriladi. 
Filtrlash bu qattiq va suyuq fazani hosil qilinadigan bosim farqi hisobiga govak to‘siq 
orqali ajratish jarayonidir. 
Filtrlash jarayoni o‘lchami 0,5-0,1 mm dan kichik bo‘lgan mahsulotlarni suvsizlantirishda 
qo‘llaniladi. O‘lchami 50 mkm dan kichik bo‘lgan mahsulotlarni suvsizlantirish uchun bosim 
ostida filtrlash, 50 mkm dan katta o‘lchamdagi zarralar uchun esa vakuum ostida ishlaydigan 
filtrlash qo‘llaniladi. 


Sentrifugalash bu qattiq va suyuq fazani aylanayotgan rotorda markazdan qochma kuch 
ta’sirida ajratish jarayonidir. 
Sentrifugalash – o‘lchami 15 mm dan kichik mahsulotlarni suvsizlantirish uchun 
qo‘llaniladi. O‘lchami 15-1,0 mm kattalikdagi mahsulotlar uchun markazdan qochma maydonda 
filtrlash, 1,0 mm dan kichik mahsulotlar uchun esa zarrachalarni markazdan qochma kuch ta’sirida 
cho‘ktirish qo‘llaniladi [2]. 
Quritish bu qattiq va suyuq fazani issiqlik (harorati) ta’sirida parlantirish natijasida ajratish 
jarayonidir. 
Issiqlik ta’sirida quritish jarayoniga o‘lchami 0,1 mm dan kichik bo‘lgan mayin yanchilgan 
flotatsiya boyitmalari va har xil o‘lchamdagi foydali qazilmalar boyitishdan avval yuborilishi 
mumkin. 
Quritish suvsizlantirishning eng ko‘p energiya sarf qilinadigan usuli hisoblanadi. Shuning 
uchun uning qo‘llanilishi texnik-iqtisodiy asoslangan bo‘lishi kerak. 
 
Nazorat savollari: 
1. Boyitish deb nimaga aytiladi? 
2. Boyitishning texnologik ko‘rsatkichlari. 
3. Boyitish sxemalari va ularning bir-biridan farqi. 
4. Boyitish jarayonlari. 
5. Tayyorlash jarayonlari. 
6. Asosiy (boyitish) jarayonlari.
7. Flotatsiya usulida boyitishning mohiyati? 
8. Gravitatsiya usulida boyitishning mohiyati? 
9. Yordamchi jarayonlar. 

Yüklə 434,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə