Ma'ruza№1 mavzu: Foydali qazilmalarni boyitishning sinflanishi, turlari, sxemalari Reja


jarayon va mahsulotlardagi suvning miqdoriga doir  ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan sxema  suv sarfi (shlam) sxemasi



Yüklə 434,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix24.12.2023
ölçüsü434,92 Kb.
#160097
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-ma\'ruza FQBQIA

 
jarayon va mahsulotlardagi suvning miqdoriga doir 
ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan sxema 
suv sarfi (shlam) sxemasi
deyiladi [2]. Texnologik 
sxemadan tashqari 
uskunalar zanjiri sxemasi 
ham tuziladi, unda foydali qazilma va boyitish
 
mahsulotlarining uskunalar bo‘ylab harakatlanish yo‘nalishi grafik tarzda ifodalanadi. 
4-расм. 
Флотация бойитиш фабрикасининг технологик схемаси 


5-rasm
. Oltin tarkibli rudalarni gravitatsiya usulida boyitish sexining uskunalar zanjir
 
sxemasi: 
1-vagon ag‘dargich; 2-dumpkar; 3-konusli maydalagich; 4-plastinkali ta’minlagich; 5- tasmali 
konveyer; 6-taqsimlovchi konveyer; 7-yirik maydalangan ruda ombori; 8-tasmali ta’minlagich; 
9-tarozili konveyer; 10-bunker; 11-tegirmon; 12-zumpf; 13-nasos; 14-cho‘ktirish mashinasi; 15-
spiralli tasniflagich; 16-tegirmon; 17-quyiltirgich; 18-boyitish stoli; 19-boyitma uchun 
quyiltirgich; 20-magnitli separator; 21-gidrosiklon 
 
Boyitish jarayonlari va mahsulotlarining tasnifi 
Foydali qazilmalar, albatta, qazib olinib, boyitish fabrikalari yoki gidrometallurgiya 
zavodlariga boyitish, yani, tarkibidagi bizga kerak bo‘ladigan mahsulotni, qimmatbaho 
komponentni ajratib olish uchun tashib boriladi. Demak, foydali qazilmalar quyidagi 3 ta asosiy 
boyitish jarayonlari ketma-ketligini bosib o‘tadi: 
1)
tayyorlash jarayonlari 
2)
asosiy (boyitish) jarayonlar 
3)
yordamchi jarayonlar 
Bu uchta jarayonlarni birgalikda boyitish texnologiyasi deb ayta olishimiz mumkin. 
Tayyorlash jarayonlarini o‘rganishdan maqsad, minerall zarrachalarining yuza qismini 
qoplab turuvchi puch tog‘ jinslaridan ochib berish va dastlabki xomashyoni boyitishga 
tayyorlashdan iborat. Bu jarayonlar har xil prinsipda ishlaydigan g‘alvirlarda, maydalagichlar va 
tegirmonlarda amalga oshiriladi. 
Boyitishning asosiy jarayonlari deganda esa boyitishga tayyor bo‘lgan xomashyo 
zarrachalarini har xil usullar yordamida ularning tarkibi, fizik–kimyoviy xossalariga qarab boyitib 
ajratib olish tushuniladi. 
Yordamchi jarayonlar deganda asosiy boyitish jarayonlarining samaradorligini oshiradigan 
va qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarning samaradorligini va sifatini oshiruvchi 
jarayonlar tushuniladi. Bunda changsizlantirish, sexlarni shamollatish, loyqasizlantirish, 
suvsizlantirish, quyiltirish, filtrlash, quritish bosqichlari tushuniladi. 

Yüklə 434,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə