Ma'ruza№1 mavzu: Foydali qazilmalarni boyitishning sinflanishi, turlari, sxemalari Reja



Yüklə 434,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix24.12.2023
ölçüsü434,92 Kb.
#160097
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-ma\'ruza FQBQIA

konditsiyalar
deyiladi va ularni berilgan foydali 
qazilmaning xususiyatlari va boyitish imkoniyatlarini hisobga olgan holda belgilanadi. Boyitish 
texnikasining zamonaviy holatida erishish mumkin bo‘lmagan konditsiyalarni o‘rnatish mumkin 
emas. Qimmatbaho komponent miqdorining quyi chegarasiga hamda zararli qo‘shimchalar 
miqdorining yuqori chegarasiga, shuningdek boyitmaning yirikligi va namligiga ham 
konditsiyalar belgilanadi. 
Boyitishning texnologik ko‘rsatkichlari 
Komponentning miqdori 
deb,
 
mahsulotdagi komponent og‘irligining mahsulot
 
og‘irligiga 
nisbatiga aytiladi. Boyitish natijasida erishiladigan boyitilish darajasi deb, boyitmadagi 
qimmatbaho komponent miqdorining uning dastlabki rudadagi miqdoriga nisbatiga aytiladi. 
Boyitilish darajasi boyitma dastlabki mahsulotga nisbatan qancha boyligini ko‘rsatadi [2, 3]. 
Boyitish mahsulotlarining chiqishi 
deb,
 
boyitish natijasida olingan mahsulot
 
og‘irligining 
dastlabki mahsulot og‘irligiga nisbatiga aytiladi. Chiqishni foizlarda yoki birlik ulushlarida 
ifodalash qabul qilingan. Birlik ulushlarda ifodalangan chiqishga teskari o‘lcham boyitish 
natijasida bir tonna mahsulot olish uchun dastlabki mahsulotning tonnalari sonini ko‘rsatadi. 
Boyitish mahsulotlariga foydali komponentning ajralishi 
deb,
 
mahsulotdagi
 
komponent 
og‘irligini shu komponentning dastlabki rudadagi og‘irligiga nisbatiga aytiladi. Ajralishni 
foizlarda yoki birlik ulushlarida ifodalash qabul qilingan. Foydali komponentning boyitmaga 
ajralishi boyitishda shu komponentning qancha qismi dastlabki mahsulotdan boyitmaga o‘tganini 
ko‘rsatadi. 
Metallar muvozanatini tuzish. 
Boyitish mahsulotlari va dastlabki
 
mahsulotdagi 
qimmatbaho komponentning miqdori bo‘yicha chiqish va ajralishni hisoblash uchun formulalar 
keltirib chiqaramiz. 
Q, C va T – tegishli ravishda dastlabki mahsulot, boyitma va chiqindining og‘irligi, t/soat 
yoki t/sutka; 
α, β va θ – tegishli ravishda dastlabki mahsulot, boyitma va chiqindidagi komponentning 
miqdori, %; 
γ
- mahsulotning chiqishi, % yoki birlik ulushida; ε – ajralish, % yoki birlik ulushida. 

Yüklə 434,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə