Ma'ruza№1 mavzu: Foydali qazilmalarni boyitishning sinflanishi, turlari, sxemalari Reja



Yüklə 434,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix24.12.2023
ölçüsü434,92 Kb.
#160097
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-ma\'ruza FQBQIA

tayyorlash
,
boyitish
va 
yordamchi
jarayonlarga bo‘lish 
mumkin. 
Tayyorlash jarayonlariga maydalash, yanchish, elash hamda klassifikatsiya jarayonlari 
kiradi va ularda mineral zarrachalarning yuzasi ochiladi, foydali qazilmani boyitish 
muvaffaqiyatli o‘tishi uchun lozim bo‘lgan yiriklikdagi sinflarga ajratiladi. 
Boyitish jarayonlariga foydali qazilmani boyitma va chiqindiga ajratishga imkon 
beruvchi minerallarni ajratish jarayonlari kiradi. 
Yordamchi jarayonlarga boyitmani suvsizlantirish va chiqindilarni maxsus maydonga 
to‘plash jarayonlari kirib, ularda boyitmaning namligi belgilangan chegaragacha kamaytiriladi, 
fabrika oqova suvlarini tabiiy suv havzalariga tashlashdan yoki fabrikada qayta ishlatishdan oldin 
tozalanadi. 
Foydali qazilmalarni boyitish qattiq foydali qazilmalarni boyitma, yani sifati dastlabki ruda 
sifatidan yuqori, xalq xo‘jaligida keyingi ishlatish uchun qo‘yiladigan talablarga javob beruvchi 
mahsulot olish maqsadida qayta ishlovchi sanoat tarmog‘i hisoblanadi. 
Foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining sifati ulardagi qimmatbaho (foydali) 
komponent, qo‘shimchalar, yo‘ldosh elementlarning miqdori, shuningdek, mahsulotning yirikligi 
va namligi bilan aniqlanadi. 
Qimmatbaho komponent 
deb, shu qimmatbaho komponentni ajratib olish
 
uchun foydali 
qazilma qazib olinayotgan element yoki tabiiy birikmaga aytiladi. Masalan mis, qo‘rg‘oshin, 
temir, asbest, misli, qo‘rg‘oshinli, temirli va asbestli rudalarning tegishli ravishda qimmatbaho 
komponentlari hisoblanadi [1]. 
Foydali qo‘shimcha 
deb, foydali qazilmada uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda
 
mavjud 
bo‘lib, qimmatbaho komponentga ilashib uning sifatini yaxshilovchi va ajralishini 
osonlashtiruvchi element yoki tabiiy birikmalarga aytiladi. 

Yüklə 434,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə