Ma'ruza№1 mavzu: Foydali qazilmalarni boyitishning sinflanishi, turlari, sxemalari Reja



Yüklə 434,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix24.12.2023
ölçüsü434,92 Kb.
#160097
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-ma\'ruza FQBQIA

minerallarni ajratish
orqali amalga oshiriladi. 
Boyitma 
deb ataluvchi mahsulotlarga foydali mineral va foydali
 
qo‘shimchalarning asosiy 
qismi, 
chiqindi
deb ataluvchi mahsulotlarga esa puch tog‘ jinslari va zararli qo‘shimchalarning 
katta qismi ajratiladi. Chiqindi boyitish jarayonidan chiqarib tashlanadi va chiqindilar maydonida 
yig‘iladi, boyitma esa keyingi qayta ishlash va ishlatishga jo‘natiladi. 
Boyitishda foydali qazilma sifatining yaxshilanishiga puch tog‘ jinslarini ajratish va 
foydali minerallarni kamroq hajmda yig‘ish orqali erishiladi. Bunda qimmatbaho 
komponentning miqdori ortadi, chunki uning deyarli barcha miqdori boyitmada jamlanadi. 
Boyitishda ajratiluvchi minerallarning fizik va fizik-kimyoviy xossalaridagi farq ishlatiladi.
Boyitish usullari boyitish jarayonlariga bo‘linadi. 
Boyitish jarayoni

minerallarni bir-
biridan minerallarning xossalaridagi farq asosida ajratish. 
Masalan, minerallarning 
zichligidagi farq ularni har xil usulda ajratish uchun ishlatilishi mumkin. Turli zichlikdagi 
minerallarni qovushqoq muhitda tushish tezligiga qarab ajratish mumkin, lekin ularni og‘ir 
minerallar cho‘kuvchi, yengillari esa yuzaga qalqib chiquvchi og‘ir suyuqliklarda ham ajratish 
mumkin. Ikkala hol ham gravitatsiya usulida ajratishga kiradi, lekin ular turli boyitish 
jarayonlari hisoblanadi. 
Boyitishni bir marta boyitishda tugatib, darhol boyitma va chiqindi olish mumkin. 
Ko‘pincha shunday bo‘ladiki, bir marta boyitishdan so‘ng boyitma unchalik boy, chiqindi esa 
yetarli darajada kambag‘al bo‘lmay, ularni qaytadan boyitishga to‘g‘ri keladi. Bu maqsadda 
boyitmani 
tozalash
va chiqindini 
nazorat boyitish
jarayonlari o‘tkaziladi. 


Boyitish fabrikasida foydali qazilma bir qator qayta ishlash jarayonlaridan o‘tib, ularni 
texnologik sikldagi vazifalariga qarab 

Yüklə 434,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə