Ma'ruza№1 mavzu: Foydali qazilmalarni boyitishning sinflanishi, turlari, sxemalari Reja



Yüklə 434,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix24.12.2023
ölçüsü434,92 Kb.
#160097
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-ma\'ruza FQBQIA

Tayyorlash jarayonlari 
ham
 
o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi: 


-
maydalash; 
-
g‘alvirlash; 
-
yanchish; 
-
klassifikatsiya, sinflarga ajratish – tasniflash. 
Asosiy (boyitish) jarayonlari 
ham
 
o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi va
 
boyitish 
usullarini tashkil etadi. 
-
gravitatsiya usulida boyitish
-
flotatsiya usulida boyitish; 
-
magnit usulida boyitish; 
-
elektr usulida boyitish; 
-
maxsus kimyoviy usulda boyitish va h.k. 
Foydali qazilmalarning turlari, ularning fizik-kimyoviy tarkibi va xarakteristikasiga qarab 
yuqorida keltirib o‘tilgan ma’lum bir texnologiyadagi boyitish usuli tanlanadi. 
Gravitatsiya usulida boyitish, asosan, suvli muhitda zarrachalarning solishtirma og‘irligi 
va zichligiga asoslangan holda olib boriladi va yanchilgan mahsulot tarkibidan oddiy til bilan 
aytganimizda yuvib, kerakli foydali elementlarni ajratib olish tushuniladi. Bunday usul juda ham 
qadimiy boyitish usullaridan hisoblanadi. 
Flotatsiya usulida boyitish zarrachalarning gidrofob va gidrofil, yani, zarrachalarning 
namlanish va namlanmaslik xususiyatiga asoslanib olib boriladi. Flotatsiyaning ko‘pikli, moyli, 
gazli yoki ionli turlari mavjud. 
Magnit usulida boyitishda esa zarrachalarning magnitlanish xossalariga asoslanib olib 
boriladi. Bunday usulda asosan temir tarkibli rudalar boyitiladi. 
Elektr usulida boyitish - bu usul zarrachalarni elektr tokini o‘tkazuvchanligiga asoslanadi. 
Maxsus va kimyoviy usulda boyitish quyidagi usullarga bo‘linadi: 
-
qo‘lda va mexanizatsiyalashgan saralash
-
mahsulotning shakliga va yirikligiga qarab saralash; 
-
radiometrik saralash; 
-
uyumlarda tanlab eritish; 
-
yer osti usulida tanlab eritish
-
maxsus chanlarda (katta hajmdagi idishlarda) tanlab eritish. 
Har xil sharoitdan kelib chiqqan holda: balansdan tashqari rudalarni uyumlarda tanlab 
eritish; foydali qazilmalar yupqa qatlamdan tashkil topgan bo‘lsa, yer osti usulida tanlab eritish 
(yer osti usulida qazib olib yoki ochiq usulda qazib olib boyitish iqtisodiy tomondan samarasiz 
bo‘lganda); foydali qazilmalarni ma’lum bir usulda boyitilib, boyitma ajratib olingandan so‘ng 
chiqindi tarkibida qolgan kerakli foydali komponentlarni to‘lig‘icha ajratib olish uchun maxsus 
chanlarda eritish usullaridan foydalaniladi. 
Boyitish jarayonlarining klassifikatsiyasini quyidagi sistemada ko‘rib chiqishimiz mumkin 
(6-rasm). 

Yüklə 434,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə