Ma'ruza№1 mavzu: Foydali qazilmalarni boyitishning sinflanishi, turlari, sxemalari Reja



Yüklə 434,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix24.12.2023
ölçüsü434,92 Kb.
#160097
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-ma\'ruza FQBQIA

Zararli qo‘shimchalar 
deb, foydali qazilmada uncha ko‘p bo‘lmagan
 
miqdorda mavjud 
bo‘luvchi, qimmatbaho komponentga ilashib, uning sifatiga salbiy ta’sir etuvchi va ajralishini 
qiyinlashtiruvchi elementlar yoki tabiiy birikmalarga aytiladi. 
Yo‘ldosh elementlar 
deb, foydali qazilma tarkibida uncha katta bo‘lmagan
 
miqdorda 
uchraydigan, foydali qazilma tarkibidan ajratish, uni yer qa’ridan asosiy qimmatbaho komponent 
bilan birga qazib olinayotganligi uchungina iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lgan 
qimmatbaho komponentlarga aytiladi. Masalan, polimetall rudalardagi nodir metallar, temirli 
rudalardagi boshqa rangli metallar, misli rudalardagi molibden va h.k. lar yo‘ldosh elementlarga 
kiradi. Boyitishda yo‘ldosh elementlar yo alohida mahsulotlarga, yoki asosiy qimmatbaho 
komponent bilan birga ajratilishi mumkin. 
Foydali qazilmalarni boyitishdan maqsad. 
Foydali qazilmaning va boyitish
 
mahsulotlarining sifati ularda qimmatbaho komponentning miqdori qancha ko‘p va zararli 
qo‘shimchalarning miqdori qancha kam bo‘lsa, shuncha yuqori bo‘ladi. Mahsulotning sifati 
qancha yaxshi bo‘lsa, u shuncha boy bo‘ladi, chunki ko‘p miqdorda qimmatbaho komponent 
saqlaydi. Shuning uchun dastlabki rudaga nisbatan boyroq mahsulot – boyitma olish maqsadida 
foydali qazilmani qayta ishlash jarayonlari foydali qazilmalarni boyitish deyiladi. 
Ba’zan, mahsulotda foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining sifati bo‘laklarning 
yirikligiga bog‘liq. 
Foydali qazilma tarkibidagi qimmatbaho komponentlarning miqdori ularga qo‘yiladigan 
talablardagidan past bo‘lmagan hollardagina ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri metallurgik yoki kimyoviy 
qayta ishlashga yuboriladi. Foydali qazilmalarning ko‘pchiligi tabiiy holida bu shartlarga javob 
bermaydi. Foydali qazilmalarni qayta ishlash sikliga boyitish jarayonlarini kiritish qazib 
olinayotgan foydali qazilma tarkibidan boy mahsulot – boyitmani ajratishga va xomashyoni yuqori 
iqtisodiy samara bilan ishlatishga imkon beradi. Bu holda quyidagi afzalliklarga erishish mumkin: 
-
foydali qazilmalarning sanoat zahiralari ortadi, chunki kambag‘al rudalarni ham 
qazib olish imkoniyati tug‘iladi; 


-
ishlab chiqarish unumdorligi ortadi va qazib olish tizimi soddalashadi, yani foydali 
qazilmani qazib olish ishlari arzonlashadi, chunki rudani tanlab emas yaxlit holda qazib olish, kon 
ishlarini to‘liqroq mexanizatsiyalashtirishga erishish mumkin bo‘ladi; 
-
foydali qazilmani metallurgik va kimyoviy qayta ishlash arzonlashadi, ishlab chiqarish 
unumdorligi ortadi, chunki bu korxonalarga kelayotgan mahsulot tarkibidagi qimmatbaho 
komponentning miqdori ortishi bilan yonilg‘i, flyuslar, koks, elektr energiyasi, kimyoviy 
reaktivlar va h.k. lar sarfi kamayadi, metallurgik pechlar va kimyoviy uskunalarning ishlab 
chiqarish unumdorligi ortadi, oxirgi mahsulotning sifati yaxshilanadi, qimmatbaho 
komponentning chiqindi tarkibida yo‘qolishi kamayadi; 
-
foydali qazilma kompleks ravishda ishlatiladi, chunki boyitish jarayoni ulardagi 
barcha qimmatbaho komponentlarni ajratishga imkon beradi; 
-
transport xarajatlari kamayadi, chunki ko‘pchilik boyitish fabrikalari konga yaqin 
joyga quriladi va uzoq masofalarga qazib olingan rudaning butun hajmi emas, balki faqat boyitma 
tashiladi. 
Boyitma sifatiga qo‘yiladigan talablar 

Yüklə 434,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə