1. Boyitishning texnologik ko'rsatkichlari Boyitish sxemalari



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə1/3
tarix17.12.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#149688
  1   2   3
3-Ma’ruza.


7-Ma’ruza. BOYITISHNING TEXNOLOGIK KO'RSATKICHLARI. BOYITISH SXEMALARI
Ma’ruza rejasi:
1. Boyitishning texnologik ko'rsatkichlari
2. Boyitish sxemalari

Boyitishning asosiy texnologik ko'rsatkichlariga quyidagilar kiradi: komponentning dastlabki ruda va boyitish mahsulotlaridagi miqdori, boyitilish darajasi, boyitish mahsulotlarining chiqishi, komponentlarni boyitish mahsulotlariga ajralishi.


Komponentning miqdori deb, mahsulotdagi komponent og’irligining mahsulot og’irligiga nisbatiga aytiladi. Boyitish natijasida erishiladigan boyitilish darajasi deb, boyitmadagi qimmatbaho komponent miqdorining uning dastlabki rudadagi miqdoriga nisbatiga aytiladi. Boyitilish darajasi boyitma dastlabki mahsulotga nisbatan qancha boyligini ko'rsatadi.
Boyitish mahsulotlarining chiqishi deb, boyitish natijasida olingan mahsulot og’irligining dastlabki mahsulot og’irligiga nisbatiga aytiladi. Chiqishni foizlarda yoki birlik ulushlarida ifodalash qabul qilingan. Birlik ulushlarda ifodalangan chiqishga teskari o'lcham boyitish natijasida bir tonna mahsulot olish uchun dastlabki mahsulotning tonnalari sonini ko'rsatadi.
Boyitish mahsulotlariga foydali komponentning ajralishi deb, mahsulotdagi komponent og’irligini shu komponentning dastlabki rudadagi og’irligiga nisbatiga aytiladi. Ajralishni foizlarda yoki birlik ulushlarida ifodalash qabul qilingan. Foydali komponentning boyitmaga ajralishi boyitishda shu komponentning qancha qismi dastlabki mahsulotdan boyitmaga o'tganini ko'rsatadi.
Metallar muvozanatini tuzish. Boyitish mahsulotlari va dastlabki mahsulotdagi qimmatbaho komponentning miqdori bo'yicha chiqish va ajralishni hisoblash uchun formulalar keltirib chiqaramiz.
Quyidagi belgilashlarni kiritamiz:
Q, C va T – tegishli ravishda dastlabki mahsulot, boyitma va chiqindining og’irligi, t/soat yoki t/sutka;
α, β va θ – tegishli ravishda dastlabki mahsulot, boyitma va chiqindidagi komponentning miqdori, %;
γ - mahsulotning chiqishi, % yoki birlik ulushida;
ε – ajralish, % yoki birlik ulushida.
Chiqishni aniqlaymiz:
boyitmaning chiqishi


(1.1)

Chiqindining chiqishi


(1.2)

Boyitishning oxirgi mahsulotlari chiqishlarining yig’indisi 100 % deb qabul qilinadigan dastlabki mahsulotning chiqishiga teng.




(1.3)

Muvozanat tuzamiz:


mahsulot bo'yicha


Q=C+T (1.4)

komponent bo'yicha




(1.5)


(1.6)

Mahsulot muvozanati tenglamasidan




T = Q - C

T va C larning qiymatini komponentning muvozanati tenglamasiga qo'ysak




(1.7)
va
(1.8)

bundan
(1.9)


va
(1.10)

U holda chiqishlarni hisoblash uchun hisoblash formulasini olamiz.


(1.10)


(1.11)

Komponentning ajralishini aniqlaymiz


boyitmaga
(1.12)
chiqindiga
(1.13)

Komponentni boyitishning oxirgi mahsulotlariga ajralishi yig’indisi uni 100% deb qabul qilingan dastlabki mahsulot ajralishiga teng.




(1.14)


larning yuqorida topilgan qiymatlarini ga qo'yib ajralishni hisoblash uchun formulani olamiz.


(1.15)


(1.16)

Texnologik ko'rsatkichlar boyitish fabrikalaridagi boyitish jarayonlarini baholash uchun xizmat qiladi.





Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə