Jamiyatning vujudga kelishi va uning taraqqiyoti Kirish 1 Jamiyat va uning asosiy belgilari



Yüklə 120,93 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü120,93 Kb.
#184164
  1   2   3
JAMIYATNING VUJUDGA KELISHI VA UNING TARAQQIYOTI1122


Jamiyatning vujudga kelishi va uning taraqqiyoti
Kirish
1 Jamiyat va uning asosiy belgilari.
2 Hozirgi jamiyatning turlicha ta'riflari.
3. Jamiyatning turlari.
4. Jаmiyat tаrаqqiyoti to’g’risidаgi turli nаzаriyalаr.
Хulosa.
Adabiyotlar ro’yxati.

Kirish

Jamiyat - kishilar hayotiy faoliyatining tarixiy rivojlanish shakli bo'lib, o'z tuzilishi jihatidan murakkab tizimni tashkil qiladi. Jamiyatimiz sosial tizimining muayyan konkret shakli sifatida, uning funksional va rivojlanish qonuniyatini, har bir bo'lakchalarning o'ziga xos tomonlarini, o'zaro munosabatlarini ilmiy jihatdan o'rganib, to'g'ri boshqarish muhim ahamiyatga ega.


Chunki, o'z vaqtida keyingi oqibati o'ylanmagan, oldindan sosiologik asosda tahlil qilinmagan va oldi olinmagan nuqsonlar jamiyat taraqqiyotida salbiy asoratlar qoldiradi.
Sosiologiya tarixida jamiyat – o'z ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi kishilar birligi sifatida tushunilgan. Shu bilan birga, jamiyat ayrim ijtimoiy birlikgina emas, balki ijtimoiy munosabatlar majmuasi hamdir.
Sosiologiya jamiyat to'g'risidagi ta'limot bo'lib, ijtimoiy tizimlar rivojlanishi va funksional qonunyatlar, harakatlantiruvchi kuchlarni o'rganuvchi fan hamdir. U turli ijtimoiy hodisalar, jamiyat va tabiat o'rtasidagi aloqadorlikni, shuningdek, shaxs, kishilarning ijtimoiy xulqi, uning elementlari va rivojlanish qonuniyatlarini o'rganadi.
Sosiologik amaliyot funksional o'zgarishlarsiz, evolyusiyasiz, revolyusiya tushunchasi bilan, funksional munosabatlar tahlilisiz ijtimoiy tizimlar rivojlanishini faqat ziddiyat va konfliktlar orqali asoslashga urinuvchi bu ta'limot jamiyat hayotini bir tomonlama o'rganishga olib kelganligini davr ko'rsatmoqda.

Jamiyat va uning asosiy belgilari
Jamiyatning vujudga kelishi. Kishilarni oila bo’lib, jamoa bo’lib uyushishga nima majbur qilgan, degan masala qadim zamonlardanoq ulug’ mutafakkirlar
e’tiborini jalb etgan. Bu masalani diniy tushunish — uni ilohiy kuch, xudo bilan bog’lab izohlashdir.
Dunyoviy qarashlarga ko’ra, odamlar o’zlarining moddiy va ma’naviy extiyojlarini qondirish uchun birgalikda yashashga, jamoa bo’lib birlashishga ko’nikkan. Kishilar hayotiy tajriba, aql va tafakkur tufayli jamiyat bo’lib yashashning qulay, afzal va zarurligini tushungan. Bu jarayonda o’zaro munosabatlarga kirishgan kishilar ana shu munosabatlarni takomillashtirish, yanada rivojlantirish orqali ma’naviy kamolotga erishgan. Bu kishilarni bir-biri bilan yaqinlashtirgan, moddiy va ma’naviy extiyojlarini qondirish imkonini bergan.
Ijtimoiy munosabatlarning amal qilish jarayonida odamlarni uyushtirishning tarixiy shakllari  oila, davlat, jamoa (qishloq, shaxar) vujudga kelgan. Odamlar o’rtasida amal qiladigan axloqiy, diniy, ilmiy, falsafiy, xuquqiy, iqtisodiy, mafkuraviy kabi munosabatlarning barchasi bir so’z bilan ijtimoiy munosabatlar deyiladi. Ijtimoiy uyushmalar kishilarning moddiy va ma’naviy extiyojlarini qoldirishga yordam beradi. Ular moxiyatan inson va jamiyat mavjudligining zarur sharti xisoblanadi. Masalan, oila, davlat, ta’lim-tarbiya, maxalla, Vatan kabi qadriyatlarsiz inson va jamiyat o’z moxiyatini yo’qotadi.
Insonning moddiy extiyojlari oziq-ovqatlar, kiyim-kechak, uy-joy, transport vositalari, o’zini ximoyalash, zurriyot qoldirish kabilardan iboratdir. Ma’naviy extiyojlarga olamni bilish, o’zlikni anglash, dunyoqarash, donishmandlikka intilish, bilim, san’at, oya, mafkura go’zallik bilan, ma’naviy kamolot yo’lidagi intilishlar kiradi. Insonning asl moxiyati moddiy extiyojlarni madaniy shakllarda qondirilishida yaqqol namoyon bo’ladiMamlakatimizda ma’naviyat masalalariga aloxida e’tibor berilayotganining sababi xam ana shunda. Jamiyatning moddiy va ma’naviy xayoti kishilarning moddiy va ma’naviy extiyojlari bilan uzviy boliq xolda vujudga keldi.

Jamiyatning moddiy xayotiga quyidagilar kiradi:

- kishilarning yashashi, shaxs sifatida kamol topishi uchun zarur bo’lgan iqtisodiy shart-sharoitlar;
- oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, yoqili, kommunikasiya vositalari;
- moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish;
- ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida amal qiladigan iqtisodiy munosabatlar majmui;
- moddiy boyliklar, tabiiy zaxiralar.
Jamiyatning ma’naviy xayotiga olamni tushunish, jamiyat va inson to’risidagi qarashlar, nazariyalar, ta’limotlar, oyalar, mafkura, ijtimoiy ong shakllari, ta’lim-tarbiya, axborot vositalari, madaniyat, ilm-fan muassasalari va boshqalar kiradi.
Jamiyatning moddiy va ma’naviy xayotini boshqarish, kishilar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda turli siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, tashkilotlar, turli uyushmalar) muxim o’rin tutadi. Jamiyatni boshqarishning siyosiy-xuquqiy jixatlari xam muximdir. Kishilar tamonidan siyosiy va xuquqiy bilimlarning chuqur o’zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi va rivojlanishida muxim axamiyat kasb etadi.
Jamiyat rivoji, kishilarning moddiy va ma’naviy extiyojlari qondirilishida mexnat, mulk va mexnatning ijtimoiy taqsimlanishi beqiyos axamiyatga ega. Mexnatning kishilarning qobiliyatiga qarab ijtimoiy taqsimlanishi natijasida muayyan kasb-kor bilan shuullanadigan toifalar, gurux, qatlam va sinflar vujudga keladi va ular jamiyat strukturasida o’ziga xos o’rin egalaydi, jamiyat taraqqiyotiga muayyan xissa qo’shadi.

Jamiyat xayotiga barqarorlik va beqarorlik xam xos. Xar bir inson o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish uchun osoyishtalik va tinchlikka muxtoj bo’lgani kabi, jamiyat xam o’z oldiga qo’ygan vazifalarni ado etishi uchun ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka extiyoj sezadi.

Ijtimoiy tizim - murakkab ichki tuzilishga ega bo'lib, tartibli, bir butun, o'ziga xos ijtimoiy aloqadorlik va turli ijtimoiy munosabatlar birligini tashkil qiladi.har qanday ijtimoiy tizim tarkibiy tizimlar, masalan, iqtisodiy, siyosiy, xuquqiy, ma'naviy, ijtimoiy turmush, fan va shu kabi sohalarda to alohida olingan insongacha bo'lgan ijtimoiy tizimlar shular jumlasidandir.
Avvallo biz jamiyatni sosiologik nuqtai nazardan quyidagicha o'rganamiz:
1. Jamiyat tuzilishi va tarkibi o'rganiladi (Jamiyat qanday kishilardan iborat, ular qancha va qanday sinf yoki tabaqalarga mansub?).
2. Jamiyatda yashayotgan kishilarning xatti-harakatlari nimalardan iborat. (ularning o'zaro munosabatlaridagi xarakterlari)?
3. Jamiyat taraqqiyoti uning rivojlanishi nuqtai nazaridan o'rganiladi. Dunyodagi barcha hodisalar vaqtlar o'tish bilan o'zgaradi.
Jamiyatni to'liq tushinish uchun faqat uning tuzilishi va rivojlanishinigina emas, balki o'tmishini, tarixini ham sinchiklab o'rganish bu jamiyatning qanday tarkib topganligini, qanday shakllanganligini, rivojlanganligini bilishga, jamiyatni to'liq tushunishga imkon yaratadi.
Jamiyat ijtimoiy hodisaning umumiy va murakkab sistemasidir. Jamiyat elementlari:
- ijtimoiy faoliyatning belgilangan sosial statusiga ega;
- o'zida ijtimoiy me'yor va qadriyatlarni aks ettiradi;
- individual sifatlar (shaxs ijtimoiy belgisi, qiziqishlari, qadriyatlari yo'nalishi, shaxs motivlari)dir.
Jamiyatning har bir sohasi ishlab chiqarish tarakqiyotida ma'lum bir funksiyalarni bajaradi:
- iqtisodiy munosabatlar - moddiy ishlab chiqarish funksiyasi;
- ijtimoiy munosabatlar – ijtimoiylashuvni – sosializasiya;
- siyosiy munosabatlar - ijtimoiy boshqaruvni (eleientar nazorati);
- mafkuraviy munosabatlar - ma'naviy ishlab chiqarish funksiyasi va boshqalardir.

Ijtimoiy struktura - jamiyatning ijtimoiy asosidir. Sosiologiya nazariyasida barcha ijtimoiy tizimlar 2 xil munosabatda mavjud bo'ladi:

1. Sotsietal munosabatlar;
2. Ijtimoiy munosabatlar.
- 1. Sotsietal munosabatlar sistemasiga jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va mafkuraviy munosabatlari kiradi. Ular bir-birlari bilan uzviy aloqador tizimga ega. Sotsietal sistemasida ierarxik qaramlik mavjud. Ya'ni, bunda iqtisodiy munosabat belgilovchi omil bo'ladi. Demak, Sosietal munosabatlar sistemasi tuzilishi:
- iqtisodiy: (asoschisi A.Smit: «Dunyodagi barcha narsalar mehnatning mahsuli, mehnat taqsimoti natijasida har bir individ o'zi uchun ishlaydi va boshqalar uchun ham ishlashga majbur bo'ladi, u boshqalar uchun ishlaganda o'zi uchun ham ishlaydi);
- ijtimoiy: a) ijtimoiy munosabatlarning asosiy elementini ijtimoiy jamoalar tashkil etadi (sinflar, millatlar professional, demografik, hududiy, siyosiy guruhlar); b) elementi kishilar (jamoaga birikadigan insonlar); v) oila tashkil etadi.
- siyosiy;
- mafkuraviy.

2. Ijtimoiy munosabatlar: («ijtimoiy» sistema elementi –kishilar).



Ijtimoiy munosabatlar - kishilarning faoliyati jarayonida yuzaga kelgan o'zaro munosabatlardir. Ular turli jamoalar, ijtimoiy guruhlar, sinflar va ularni tashkil qilgan kishilar o'rtasidagi munosabatlar bo'lib, ularni bir butun sosial organizm bog'laydi. Ijtimoiy munosabatlar jamiyatda ijtimoiy ishlab chiqarish vujudga kelishi bilan paydo bo'ladi.

Ijtimoiy ishlab chiqarishning paydo bo'lishi jamiyat taraqqiyotida chorvachilik paydo bo'lishi, dehkonchilik, savdoning yuzaga kelishi bilan bog'lik. Ijtimoiy munosabatlarning turlari: hamfikrlilik, kooperasiya, konfliktlar, kurash, befarqlik, begonalashuv, krizis, kamsitish, tengsizlik.
Ijtimoiy munosabatlar o'z mohiyatiga ko'ra jamiyat tarakqiyotiga ham ijobiy, ham salbiy ta'sir etadi.
Ijobiy munosabatlar ta'siri: hamfikrlilik, kooperasiya, kurash.
Salbiy ta'sirli munosabatlar: befarklik, kamsitish, konfliktlar, begonalashuv, krizis, tengsizlik.Ijtimoiy munosabatlar sistemasida plyuralizm (lot. ko'plik) katta ahamiyatga ega. Plyuralizm konsepsiyasiga ko'ra, borliq asosini bir necha yoki juda ko'p bir-biri bilan bog'lanmagan substansiyalar tashkil etadi. Plyuralizm nemis filosofi Volf tomonidan kiritilgan.
Substansiya (lot. mohiyat) - narsa va hodisalarning asosini tashkil etuvchi omil. Substansiyaning ham materialistik ham, idealistik qarashlari bor
.Ijtimoiy munosabatlar 2 turga bo'linadi:
1. Moddiy munosabatlar.
2. Mafkuraviy (ideologik) munosabatlar.
Moddiy munosabatlar - inson hayotining moddiy taraqqiyotidagi munosabatlar: inson yashashi, bor bo'lishi uchun, avvalo u moddiy ehtiyojini ta'minlashi kerak. U oziq-ovqat, kiyim, turarjoy bilan ta'minlanishi lozim. Ana shu ehtiyojini qondirish uchun u jamiyatda boshqa insonlar, guruhlar bilan munosabatda bo'ladi. Shuningdek, oila ham, guruhlar ham, xoli davlat ham nihoyat butun jamiyat hisoblanadi.

Mafkuraviy (ideologik) munosabatlar - siyosiy, huquqiy, axloqiy va diniy munosabatlar. Uning asosiy o'zagini moddiy munosabatlar tashkil etadi. Demak, moddiy munosabatlar bazis, ideologik munosabatlar ustqurma hisoblanadi.
Madaniy munosabatlar ham mavjud.
Ijtimoiy munosabatlar o'rtasidagi bog'liqliq:
1) insonlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik;
2) turli ijtimoiy guruh, qatlam, toifalr o'rtasidagi hayotiy bog'liqlik;
3) insonlarning ijtimoiy-maishiy sohadagi o'zaro bog'liqligi mavjud.
Ijtimoiy munosabatlarda sohalarga doir ijtimoiy institut turlari mavjud bo'lib, ular quyidagilardan iborat:
1) iqtisodiy institutlar;
2) siyosiy institutlar;
3) nikoh, oila va qon-qarindoshlik;4) tarbiya institutlari;

5) madaniyat sohasi institutlari.


Jamiyat taraqqiyotning ma'lum bosqichida paydo bo'lgan,o'zining ishlab chiqarish munosabatlariga asoslangan,tili,hududi, madaniyati bilan farqlanadigan,kishilar o'rtasida bevosita yoki bilvosita ijtimoiy munosabatlarga amal qiladigan uyushmadir.Jamiyat insonlar o'rtasida sosial aloqalar,o'zaro ta'sir va munosabat tashkil etishning universal usulidir. Ushbu munosabatlar,o'zaro aloqalar
«ehtiyojlar», »motivlar», «qadriyatlar» asosida shakllanadi.
M.Veber fikricha, jamiyat-sosial, ya'ni boshqa insonlarga yo'naltirilgan harakatlar mahsuli bo'lgan insonlar munosabatidir.T.Parsons fikricha esa, jamiyat qadriyatlar va me'yorlar orqali tuziladigan munosabatlar tizimi. K.Marks fikricha esa, jamiyat-insonlarning birgalikdagi faoliyati jarayonida paydo bo'luvchi munosabatlar majmuasidir.Ingliz olimi G.Spenser jamiyatni tirik biologik organizmga analogiya qiladi.Uning fikricha,o'xshashliklar quyidagilardan iborat:

1)jamiyat tirik biologik organizm singari o'z mavjudligi jarayonida o'sadi va rivojlanadi;


2)biologik evolyusiya jarayonida tirik organizm strukturasi rivojlangani singari jamiyat ham vaqt mobaynida strukturaviy o'zgarishlarga yuz tutadi;

3)biologik organizm kabi sosial organizmda har bir a'zo o'z funksiyasini bajaradi;


4)biologik organizmning biror a'zosi o'z funksiyasini bajara olmasligi butun organizmga ta'sir qilganidek,jamiyatning biror bo'g'ini faoliyatini olib bormasa,butun jamiyat krizisga uchrashi mumkin.
Ba'zan davlat va jamiyat tushunchalari bir ma'noda ishlatiladi.Lekin ular o'rtasida muayyan farqlar mavjud.Jamiyat davlatga nisbatan kengroq tushuncha hisoblanadi.Davlat taraqqiyotning mehnat taqsimoti davrida vujudga kelgan,jamiyat hayotini tartibga solish maqsadida paydo bo'lgan,ma'lum kishilardan tashkil topgan katta sosial guruhdir. K.Marks fikricha, davlat-ko'pchilikni ozchilikka bo'ysindiruvchi apparatdir.
Mamlakat-davlat suverenitetidan foydalanuvchi va hududiy chegaralarga ega bo'lgan dunyoning bir qismi yoki hududi.
Davlat-ma'lum mamlakatning aniq siyosiy rejimga asoslangan,boshqaruv bo'g'inlari va hukumat strukturasiga ega xokimiyat.
Davlat quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1.Iqtisodiy funksiya.
2.Mudofaa funksiyasi.
3.Boshqaruv yoki siyosiy funksiya.
Jamiyatlar asosan 2 sistemaga bo'linadi:
1.ochiq sistema.
2.yopiq sistema.

Yopiq sistemada kishi o'z sosial holatini o'zgartira olmaydi,o'zgartirsa ham qiyinchilik bilan o'zgartiradi.Bunday sistemalarda belgilanadigan statuslar hukmronlik qiladi.Informasion filtr kuchli bo'ladi.


Ochiq sistemalarda kishi o'z mehnati,harakati,qobiliyati orqali o'z sosial statusini o'zgartira oladi va ularda demokratiya tamoyillari amal qiladi.
Jamiyatlarning zamonaviy ko'rinishlari:
1)agrar jamiyatlar
2)industrial jamiyatlar
3)postindustrial jamiyatlar
Agrar jamiyatlarda iqtisodiyot qishloq xo'jaligiga asoslanadi,asosiy sosial institutlari armiya va cherkovlar (maschitlar) hisoblangan.
Industrial jamiyatlarda iqtisodiyot sanoat va ishlab chiqarishga asoslanadi,asosiy tashkilotlar koroporasiya va firmalar bo'lib,insonlar intiladigan qadriyat pul hisoblanadi. Jamiyatni mulkdorlar boshqaradi.
Postindustrial jamiyatlarda barcha sohalarda etakchi kompyuter texnologiyalaridan keng ko'lamda foydalaniladi, asosiy tashkilotlari universitetlar bo'lib,asosiy qadriyat va insonlar intiladigan narsa bilim va malaka hisoblanadi.Jamiyatni ziyoli va yuqori intellektual salohiyatga ega insonlar boshqaradi
Jamiyatlar siyosiy jihatdan avtoritar,totalitar va demokratik turlarga bo'linadi.
Hozirgi kunda jamiyatning quyidagi ko'rinishlari mavjud:
1. Farovonlik (mo'l-ko'llik) jamiyati: – (Ko'proq G'arbda; Skandinaviya davlatini misol keltirish mumkin).
2. Iste'mol qilish jamiyati (AQShda XX asr 40–50-yillarda yuzaga kelganligi bilan xarakterlanadi).
3. Ochiq va yopiq jamiyat. Ochiq jamiyat - demokratik jamiyat bo'lib, tashqi muhit sharoitlarida oson o'zgaruvchi va moslashuvchi, tanqidni yorib o'tmoqka moslashgan jamiyat. Yopiq jamiyat – dogmatik-avtoritar rejim asosida bo'lib, sehrli (magik) tafakkur, dogmatizm va kollektivizm tamoyillari bilan xarakterlanadi.
4 Industrial (sanoat) jamiyati. (XX asr 50-60 -yillarida yuzaga keldi. Bu konsepsiya o'z mohiyatiga ko'ra, markscha ijtimoiy-iqtisodiy formasiya to'g'risidagi ta'limotlarga qarshi qaratilgan.
Industrial jamiyat ta'limotiga ko'ra, jamiyat turi texnikaviy, industrial-rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Jamiyat tipini sinfiy strukturadan ajratib olib qaraydi. Industrial jamiyat 2 bosqichda kechadi:
1) Industrial sanoat jamiyati;
2) An'anaviy jamiyatdan sanoat jamiyatiga o'tib boradi.

Yüklə 120,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə