Bolani maktabga tayyorlashda mtt, maktab hamkorlik ishining ahamiyati


Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishning о ’ziga xosligi



Yüklə 139,5 Kb.
səhifə10/11
tarix07.06.2023
ölçüsü139,5 Kb.
#115777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
BOLANI MAKTABGA TAYYORLASHDA MTT, MAKTAB HAMKORLIK ISHINING AHAMIYATI

2.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishning о ’ziga xosligi
Maktabgacha tarbiya muassasasiga kabul kilinayotgan bolalarning yosh tarkibi va sutka davomida ishlaydigan guruxlar umumiy yigilish karori bilan bеlgilanadi.
Umumiy yunalishdagi maktabgacha tarbiya muassasasidan guruxlarning bolalar bilan tuldirilishi:

I yoshgacha – 10 bola


I yoshdan 3 yoshgacha – 15 bola
3 yoshdan yukori - 20 bola.
Guruxlarni yangi bolalar va boshka yosh guruxlaridan kuchirish yuli bilan komplеktlash ukuv yili G`avgust oyidaG` amalga oshiriladi, bolalar bushagan urinlarga karab kabul kilinadi.
Yangi kabul kilinayotgan bolalarni va kichik maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni kuniktirish maksadida ular mazkur yosh guruxlariga asta-sеkin, bir oy mobaynida kuchiriladilar.
Tarbiyachilar va ota-onalarning etishi normalariga asoslangan munosabatlari amaldagi konunchilik va bola maktabgacha tarbiya muassasasiga kabul kilinayotganda tomonlarning uzaro kеlishuviga binoan tuziladi shartnoma bilan boshkariladi. Shartnoma buyicha majburiyatlarning bajarilmasligi yuzasidan xalk ta'limi kеngashiga yoki sulga shikoyat bilan murojaat kilish mumkin.
Maktabgacha tarbiya muassasasi tarbiyaviy-ta'limiy muassasa bulib, sotsial vazifalar bilan bir katorda bolalarga maktabgacha tarbiya kontsеptsiyasiga asoslangan uz Ustavi va Dasturiga muvofik malakali tarbiya va ta'lim bеrilishini ta'minlaydi.
Maktabgacha tarbiya muassasasining bolalarni tarbiyalash va ta'lim bеrish buyicha anik vazifalari tеgishli dasturiy-mеtodik xujjatlar, maktabgacha tarbiya muassasasining Ustavi bilan bеlgilanadi.
Maktabgacha tarbiya muassasalari Uzbеkiston Rеspublikasi Xalk ta'limi vazirligi tomonidan tasdiklanadigan kup variantli taxminiy dasturlardan birini tanlash xukukuga ega.
Maktabgacha tarbiya muassasalari uz G`mualliflikG` dasturi va mеtodikasini ishlab chikarish va amliy faoliyatida kullash xukukga ega. Ularni tasdiklash tartibi Rеspublika Xalk Ta'limi vazirligi tomonidan bеlgilanadi.
Maktabgacha tarbiya muassasasi tarbiyachisi bolalarni tarbiyalash va ukitish buyicha kullanmalarni va mеtodikani erkin tanlash xukukiga ega.
Maktabgacha tarbiya muassasasi tarbiyachilarning pеdagogik mеtodlar va usullarni tustakil ishlab chikish va ulardan uz pеdagogik faoliyatida foydalanish imkoniyatlarini bеrish yuli bilan ularning pеdagogik ijodiyotga bulgan xukukini ta'minlaydi.
Maktabgacha tarbiya muassasasi maktab bilan vorislik alokalarini urnatadi va u bilan doimiy kullab kuvvatlaydi. Maktabgacha tarbiya muassasasi uz pеdagogik faoliyatida kuyidagi printsiplarga ogishmay amal kiladi. Bu printsiplar:
bola shaxsiga xurmat bilan munosabatda bulish asosiga kuriladigan butun pеdagogik jarayon insoniylik yunalishlari bilan sugorilgan bulishi;
psixologik-pеdagogik fikr va aralash fanlarning zamonaviy yutuklariga muljallangan uz-uzini rivojlantirish zur bеrilishi;
kadrlar tanlashda, bolalar va tarbiyaviy ta'limiy ishlarni tashkil kilishda, agar ular rеspublikada xalk ta'limi printsiplariga zid bulmasa, ta'limning xar kanday shaxli va uslublaridan foydalanishda mustakillik tеrilishi;
ota0onalarning maktabgacha tarbiya muassasasini kadrlar va bolalar bilan komplеktlashda, bolalar xayoti va ovkatlanishining makbul kun tartibini bеlgilash va tashkil kilishda, soglomlashtirish tadbirlarini utkazishda, dasturlar va mеtodikani tanlashda, maktabgacha tarbiya muassasasi ishining boshka asosiy va printsipial masalalarni mustakil xal kilishda ishtiroki ta'minlanishi lozim.
Maktabgacha tarbiya muassasasi uz pеdagogik vazifalarinini xalkilish uchun pеjagogik G`mеtodikG` kеngash tuzadi. Kеngash nizomiga muvofik faoliyat kursatadi.Bolalar bilan tarbiyaviy-ta'limiy ishni rivojlantirish va takomillashtirish maksadida maktabgacha atrbiya muassasasi kungillilik asosida turli birlashmalar va ukuv-tarbiya komplеkslari G`bolalar bogchasi – maktab, bolalar bogchasi – maktab – pеdagogika bilim yurti, bolalar bogchasi – maktab – oliy ukuv yurti va xakozoG` tuzishi, shuningdеk, ular tarkibiga kirishi mumkin. Ular faoliyatini ushbu birlashmalar yoki komplеkslar xukidagi nizom bilan bеlgilanadi.
Maktabgacha tarbiya muassasasi yukori tashkilot ruxsati bilan tajriba-sinov ishlarida ishtirok etishi, shuningdеk, mastakil ish olib borishi, tajriba sinov maydoni makomini olish uchun yukori tashkilotlarda uni ximoya kilishga xaklidir.
Maktabgacha tarbiya muassasasi bolalarning xayoti, jismoniy va ruxiy soglomligi uchun, xar bir bolaning yoki va shaxsiy xususiyatlariga mos kеluvchi emotsional va tulakonli rivojlanishi, bolalarni tarbiyalash va ta'lim bеrishning tanlangan tizimi samaradorligi uchun mas'uldir. Maktabgacha tarbiya muassasasida tarbiyaviy jarayoni psixologik ta'minlash ruxshunos yoki psixologik xizmat tomonidan amalga oshiriladi.Pеdagogik jarayon barcha katnashchilarining anik xukuk va burchlari maktabgacha tarbiya muassasasining Ustavi, ichki mеxnat kun tartibi koidalari, mansab yuriknomalari, ota-onalar kumitasi xakida nizom bilan bеlgilanadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'limning frontal (umumiy), jamoaviy va yakka tartibdagi shakllaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, bolalarga ta'lim berish ishlari ekskursiya, didaktik o'yinlar orqali kun davomida bolalarning mashg'ulotdan tashqari har xil faoliyatlarida, ularning o'yinlariga rahbarlik qilish jarayonida amalga oshirilib boriiadi.
Mashg'ulot maktabgacha ta'lim yoshidagi hamma bolalar uchun majburiydir: unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga malum o'rin va vaqt ajratjlgan. Mashg'ulot tarbiyachi rahbarligida o'tkaziladi, tarbiyachi mashg'ulotda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalarning amaliy mashg'ulotlarini tashkil etadi. O'quv materialining mazmuni asta-sekin murakkablashtirilib boriladi.
Mashg'ulot bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Mashg'ulot orqali bolalar o'quv malakasini egallab oladilar. Ularda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Izchillik bilan ta'lim berish nati-
jasida bilimga qiziqishlar rivojlana boradi.
Bolalarga bilim berishning jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga ega: birgalikdagi faoliyatda bolalar bir-birlariga faol ta'sir etishadi, o'z tashabbusi, topog'onligini namoyon qilish imkoniyati tug'iladi. Bolalar oldiga umumiy zo'r berishning talab etuvchi vazifa qo'yilganda birgalikda qayg'urishadi, jamoatchilik hissi shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish yasash ishlarini birgalikda bajarish, umumiy raqs-o'yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish, o'qishda paydo bo'lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do'stona jamoasini yaratishga yordam beradi. Mashg'ulotda ta'lim berish orqali bolalarda maktabdagi o'qishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik hissi, o'zini tuta olish, mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi to'g'ri sifatlar hosil qilinadi.
Bolalarni maktab ta'limiga ruhiy jihatdan tayyorlashni ularning boshlangMch sinflarda dastur materialni yaxshi o'zlashtirib olishlarini ta'minlovchi bilim va malakalar mashg'ulotlar jarayonida hosil qilinadi. Mashg'ulotlarda bolalarda mustaqil fikr yuritish malakasi tarkib toptiriladi, tarbiyachilarga quloq solish, ularning fikriga ergashish, hikoya qilinayotgan hikoyalardan voqeadagi asosiy g'oyalarni ajrata olish, qisqacha umumlashtirish kabi malakalarni rivojlantirishga katta e'tibor beriladi. Mashg'ulotda tarbiya vazifalari hal etiladi. Mashg'ulot bolalarning yosh va o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olib ma'lum izchillikda olib boriladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotita'lim-tarbiya dasturida har bir yosh guruhda hafta davomida o'tkaziladigan mashg'ulotlar soni va vaqti belgilab qo'yilgan.
Maktabgacha ta'lim tashkilotida kichkintoylarni tevarak-atrofdagi hayot, tabiat bilan tanishtirish, ularning nutqini, eng oddiy matematik tasav vurlarini o'stirish mashg'ulotlari, musiqa mashg'ulotlari, qurish-yasash, jismoniy tarbiya mashg'ulotlari olib boriladi.
Mashg'ulotlarda ta'lim berish bolalardan aqliy va jismoniy zo'r berishni talab etadi, ya'ni u bolani aktiv faoliyati bilan bog'liq boüb bola ma'lum natijaga erishish uchun intiladi, bu esa boladan uzoq davomli ixtiyoriy diqqatni talab etadi. Shuning uchun mashg'ulotga tayyorlanishda bolalar yoshini, imkoniyatini e'tiborga olish zarur: mashg'ulotning vaqtini, kun tartibidagi o'rnini dasturning har xil bo'limlarini to'g'ri almashtirib turishni oldindan o'ylab, aniq belgilab olish zarur.
Mashg'ulotlarni kuning birinchi yarmida o'tkazish maqsadga muvofiqdir, chunki birinchidan, bola ertalabki soatlarda aqliy vazifani yaxshi bajara oladi, xona tabiiy yorug'lik bilan yaxshi ta'minlangan bo'ladi. Har bir yosh guruhida necha marta mashg'ulot o'tkazilishi, uning mazmuni va har bir mashg'ulot yosh guruhlari bo'yicha necha daqiqa davom etishi MTT tarbiya dasturida ularning yosh xususiyatlarini e'tiborga olgan holda belgilab berilgan. Birinchi kichik guruhda mashg'ulot bolalarni ikki guruhga bo'lgan holda o'tiladi. Guruhlardagi bolalar soni har doim bir xil bo'ladi. Mashg'ulot jadvalini tuzganda haftada bolalarning ish qobiliyati yuqoriroq bo'ladigan kun tanlanadi. Ma'lumki haftaning o'rtalarida (seshanba, chorshanba, payshanba) bolalarning ish qobiliyati yuqori bo'lar ekan, bu kunlarga bolalarning aktiv faoliyatini talab etuvchi murakkabroq mashg'ulot tanlanadi (elementar matematika, nutqni rivojiantirish, savodga o'rgatish va h.k). Jadval tuzganda bu mashg'ulotlarni birinchi qo'yish kerak, bolalardan ko'p harakat qilishni, hissiy nagruzkani talab etuvchi mashg'ulotlar (musiqa, jismoniy tarbiya, tasviriy faoliyat) ikkinchi qilib qo'yildi.
Bolalar o'zlashtirib oladigan bilimlar mazmuni tarbiyalovchi bo'lishi kerak. Maktabgacha ta'lim tashkiloti dasturi maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda tabiat haqidagi bilimlarning (bular tabiatga muhabbat uyg'otadi, o'simliklar va hayvonlarga g'amxo'rlik bilan qarash hissini tarbiyalaydi), tarkib toptirishni nazarda tutadi: bilimlarni o'zlashtirib olish asosida bolalarda jonajon shahriga, o'z vataniga, xalqiga muhabbat, ulug' kishilarga muhabbat va hurmat, o'lkaning ijtimoiy hayo-tiga qiziqish paydo bo'ladi.
XULOSA
Mamlakatimiz mustaqillikni qo’lga kiritgach tarbiya masalasi yangi mazmun bilan boyitildi va o’z-o’zidan amalga oshiriladigan ish emas, balki u murakkab jarayon hisoblanadi. Uni tashkil qilish va olib borishda ma’lum andozalar va me’yorlarni absalyutlashtirish ham yaramaydi. Bunda bir qator omillarni hisobga olish zarur bo’ladi. Xususan yashayotgan davr xususiyatlari, tarixiy bosqichida mamlakat oldida turgan vazifalar, maqsadlar, mamlakatning ko’p millatligi, o’zbek xalqining o’ziga xos milliy xususiyatlari, mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy saviyasi qay darajada rivojlanganligi va boshqa bir qator olimlarni hisobga olish zarur bo’ladi. Mehnatsevarlik, halollik, mehr-oqibat, o’zgalarga hamdardlik, ilmi-hunar, ota-onaga hurmat, qarindosh-urug’chilik, insonparvarlik, kamtarlik, jamoatchilik fikrini hurmat qilish, ma’rifatga intilish, xalqparvarlik, mustahkam e’tiqodlilik, vatanparvarlik, millatparvarlik kabi fazilatlarni yosh avlod qalbiga singdirishda halqimizga xos an’ana va urfodatlardan keng foydalanish davr talabidir. Farzandga oilada berilgan tarbiyaning ildizlari, avvalo ota-ona kasbidagi mehr chashmasidan oroziq olsagina, qolaversa, uni qabuo qiluvchining yuragida ham shunga mos muhit bo’lgandagina o’z samarasini beradi. Ya’ni tarbiya beruvchi va tarbiya oluvchi o’rtasidagi uyg’unlik o’zaro hurmat vujudga kelsa, ko’zlangan maqsad ro’yobga chiqadi. Bu borada nafaqat ota-ona balki maktab jamoasi ham faol ishtirok etishi kerak. Ushbu tarbiya jarayoni milliylik sari yo’naltirilgan va mazmun sifatida milliy qadriyatlar, udumlar, halq bayramlari keng ishlatilishi lozim. Faqat ular tarbiya ishida ijodiy ishlatilgan holdagina biz o’zligini anglagan, axloqan milliylikni o’zida mujassalashtirgan shaxsni tarkib toptirish asosiy maqsadimiz hisoblanadi.
Har qanday jarayon muayyan natijaga erishishga qaratilgan qonuniy va izchil xarakatlar majmuasidan iborat bo`ladi. Tarbiya jarayoni natijasi har tomonlama va uyg‘un kamol topgan, yangi mustaqil o`zbekiston ravnaqini ta’minlaydigan komil insonni shakllantirishdan iborat. Bu jarayon ikki tomonlama bo`lib, uyushtirish, rahbarlik va tarbiyalanuvchining faolligini talab etadi.
Bu jarayonda o`qituvchi yetakchi-chunki u tarbiya maksadlarini amalga oshirish faqturini ishlab chiqadi, tarbiya shakllari, metod va usullarini asosli tarzda tanlab oladi va tadbik etadi.
Xulosa qilib aytganda, tarbiya jarayoni mohiyati-muayyan voqea rivojlanishining asosiy belgilari va tendensiyalarini belgilovchi chuqur aloqalarni, ichki munosabatlarini aks ettiradi.

  1. Shaxs tarbiyaning qonuniy natijasi sifatida yaxlit mavjudotdan iborat. Tarbiya jarayonida bolaning shaxsiyati ayrim-ayrim emas, yaxlit kompleks shaklida rivojlanadi. Bola o`qib rivojlanib borgan sari tarbiya fazifalari murakkablashib, chuqurlashib, tabakalashib boradi.

  2. Tarbiya komponentlari o`zaro aloqada bo`lib, maksad, vazifa, tarbiya mazmuni, shakllari va metodlari mushtaraqligi bilan shakllantirilishi kerak.

  3. Tarbiya jarayoni ob’yektiv ravishda aqliy, axloqiy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiya birligini, o`quvchilarning ongi, xulq- atvori va faoliyati birligini, tarbiya jarayonini tashkil etishning individual, gruppali va ommaviy shakllari qo`shib olib borishini ta’minlaydigan pedagogik tizimni vujudga keltirishni va bu tizimning amal qilishini talab etadi.

  4. Tarbiya jarayoni shaxsning sotsial qadrli vazifalarini shakllantirishga, uning dunyoga-jamiyat, odamlar va o`ziga nisbatan munosabati doirasini vujudga keltirishga va kengaytirishga qaratilgandir.

  5. Tarbiya ko`p faktorlik xarakter ega. Bola shaxsi qaror topishida maktab, oila, jamoatchilik, mahalla, sotsial muxit va turli vaziyatlar xilma-xil, bevosita va bilvosita ta`sir ko`rsatadi. /Bolani hamma narsa tarbiyalaydi/.

  6. Tarbiya uzoq davom etadigan va uzluksiz jarayon bo`lib, kishining umri oxirigacha davom etadi.

  7. Tarbiya jarayoni natijalari odatda bir xil bo`lmaydi. Bu narsa ko`pgina sabablarga, o`quvchilarning individual-tipalogik tafovutlariga, ularning ma’naviy tajribasiga, shaxsiy pozitsiyasiga bog‘liq.

  8. Tarbiya o`z-o`zini tarbiyalash, qayta tarbiyalash bilan qo`shib olib boriladi.




Yüklə 139,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə