Bolani maktabga tayyorlashda mtt, maktab hamkorlik ishining ahamiyati



Yüklə 139,5 Kb.
səhifə9/11
tarix07.06.2023
ölçüsü139,5 Kb.
#115777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
BOLANI MAKTABGA TAYYORLASHDA MTT, MAKTAB HAMKORLIK ISHINING AHAMIYATI

Bolaning individual – o‘ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish metodikasini bilish muhim. Temperament – lotincha “temperamentum”, ya'ni “qismlarning bir-biriga munosabati” ma'nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.


  • Bolaning individual – o‘ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish metodikasini bilish muhim. Temperament – lotincha “temperamentum”, ya'ni “qismlarning bir-biriga munosabati” ma'nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.

  • Shuningdek, turli yosh davrlarining o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud

  • Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti shartli ravishda quyidagi davrlarga bo‘linadi:

  • - go‘daklik (1 yoshgacha);

  • - ilk yosh (1-2 yosh);

  • - ilk yosh guruhi (2-3 yosh); - kichik yosh

  • (3-4 yosh); - o‘rta yosh (4-5 yosh);

  • - katta yosh (5-6 yosh);

  • - maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh)6 .

Tarbiya - ijtimoiy hodisa. U kishilik jamiyati paydo bo'lgan davrdan beri mavjud. Inson yer yuzidagi eng mukammal zot bo'lishi uchun, avvalo ,tarbiyalanishi zarur. Abu Lays Samarqandiy «Bo'stonul-orifin» asarida tarbiya va tarbiyalashning ma'nosini ta'riflab: «Ey o'g'il, farzandlaringni tarbiyalashdan oldin o'zingni tarbiyala, tarbiya ko'rgan oilada baodob, yaxshi fazilatli, bilimli odam voyaga yetadi», - degan edi. Ibn Sino ijodiyotida ham bu g'oya alohida o'rin tutadi. «Kimga qanday pandu nasihat qilsang, unga avvalo o'zing amal qil», - deydi alloma. Sharq mutafakkirlari, pedagog olimlari barkamol insonni yetishtirish uchun tarbiya naqadar zarurligini, uning mohiyati va mazmunini asoslab berganlar.
Tarbiya jarayoni tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o'rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo'naltirilgan hamkorlik jarayonidir.
Tarbiyaning maqsadi - har tomonlama shaxsni shakllantirish.
Tarbiya mazmuni deganda, qo'yilgan maqsad va vazifalar bilan bog'liqlikda tarbiyalanuvchilarning egallashi lozim bo'lgan bilim, malaka, e'tiqod, shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi.
Tarbiyaning umumiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
www.openscience.uz 562 i m^^bi
• tarbiyalanuvchilarning maqsadga yo'naltirilgan rivojlanishi hamda ularning qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish;
• jamiyat rivoji uchun zarur bo'lgan ijtimoiy madaniyatga mos yetarlicha hajmdagi "inson kapitali"ni tayyorlash;
• madaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta'minlash;
• ma'lum jins yoshi va ijtimoiy-kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a'zolarining harakatini tartibga solish.
Tarbiya qonuniyatlari - bu bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan barqaror aloqalardir.
Maktabgacha Ta'lim Muasasasining maqsadi: bolalarni o'qitish, tarbiyalash, qarab turish va parvarish qilish jarayonida paydo bo'ladigan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini sezilari amalga oshiruvchi ta'lim - tarbiya jarayonini olib borishdir. Maktabgacha Ta'lim Muassasasi maktabgacha ta'lim ustaviga muvofiq bo'lgan zarur shart-sharoitlarni ta'minlaydi. Bolalar hayotini muhofaza qilish va sog'lig'ini mustahkamlashga doimo g'amxo'rlik qiladi.
Maktabgacha tarbiya yoshining dastlabki bosqichlarida bolalarda tasavvur ta'limi bo'ladi. Hayotiy tajribaning ortib borishi va tafakkurning rivojlanishi bilan ijodiy xayol tarkib topadi. Kichik maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun ko'rgazmali-harakatli, ko'rgazmali-obrazli tafakkur xosdir. Buning asosida so'z, mantiqiy tafakkur, tushunchali tafakkur rivojlantiriladi. Tarbiyachi bolalarda tafakkur faoliyatini tarkib toptirishi, bu hodisalarni, voqealarni chuqur anglab olish, ularning muhim bo'lgan va muhim bo'lmagan tomonlarini ajratishga o'rgatishi lozim.
Bola shakllanishi va rivojlanishida qiziquvchanlik o'ziga xos xususiyatdir. U bolaning tevarakatrofdagi voqea-hodisalarga, narsa va buyumlarga qiziqish bilan qarashida, hamma narsani ushlab, his qilib, diqqat bilan kuzatishida namoyon bo'ladi. Tarbiyachi kuzatishlar tashkil etib, bolalarda paydo bo'lgan savollarga o'z vaqtida javob berishga harakat qiladi, ularni mustaqil javob qidirishga yo'llab, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda qiziquvchanlikning susayishiga yo'l qo'ymaydi. Bolalarni o'z navbatida tarbiyalab boradi.
Maktabgacha Ta'lim Muassasasi o'z navbatida ota-onalar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishganlar. Bu esa bola tarbiyasida oila bilan hamkorlikning eng samarali usullaridan biridir. Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mazmuni rang- barang bo'lib, unda ayrim masalalar birgalikda muhokama qilinishi taqozo etiladi. Masalan:
• bolalarni tarbiyalashda oilaning roli, ota-onalarning vazifasi to'g'risidagi qonunlar, bolalarni maktabga tayyorlash haqida;
• maktabgacha tarbiya muassasalasining yillik ish rejasi to'g'risida;
• ota-onalar jamoatchiligining ishi haqidagi masalalar shular jumlasidandir.
www.openscience.uz 563 i m^^bi
Bu masalalarni jamoa bo'lib muhokama qilish uchun ota-onalarning guruhi va umumiy majlislari, maslahatlar, konferensiyalar, ota-onalar kechalari kabi ish shakllari jamoa ish shakllariga kiradi. Tarbiyachilar bola tarbiyasini shakllantirishda oila tarbiyasiga chambarchas bog'laydilar.
Abdulla Avloniy bola tarbiyasini nisbiy ravishda quyidagi to'rt bo'limga ajratadi:
1. "Tarbiyaning zamoni".
2. "Badan tarbiyasi".
3. "Fikr tarbiyasi".
4. "Axloq tarbiyasi" haqida hamda uning ahamiyati to'g'risida fikr yuritadi.
Shunday ekan bola tarbiyasi bir vaqtning o'zida "Maktabgacha ta'lim", "Oila"
va "Jamiyat" nuqtai- nazarida shakllanib boradi. Biz oilani "davlat ichra kichik davlat"- deb ataymiz. Unda yangi inson, ya'ni davlatning yangi bir vakili dunyoga keladi. Kichik davlat - oila esa bu inson uchun dastlabki hayot dorilfununi bo'ladi. Shu sababli ota - onalar farzandning birinchi o'qituvchisi va tarbiyachisidir. Farzandni barkamol va ma'naviy yetuk qilib o'stirish uchun, eng avvalo ota - onaning o'zi yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi kerak. Farzand tarbiyasini ota - onalar o'z shaxsiy ishi deb bilmasliklari kerak. Aslida bola tarbiyasi ota - onaning jamiyat oldidagi fuqarolik burchi va davlat oldidagi mas'uliyati hamda qarindosh - urug'lar oldidagi javobgarligi. Shuning uchun ham ota - ona obro'si farzand tarbiyasida ma'naviy ozuqa bo'ladi. Bu ma'naviy ozuqa bola tarbiyasida "ufq" ni ko'zlab ish tutishda mustahkam poydevor hisoblanadi. Bunday tarbiyalash jarayonida mehnat va ijtimoiy faoliyatni oilaviy vazifalar bilan qo'shib olib boradigan farzandlari hayotiga qiziqadigan va ularga oqilona, odilona rahbarlik qiladigan ota - onalar ijobiy o'rnak bo'ladigan kishilardir, ya'ni obro'li ota - onalardir. Bunday odamlar o'z farzandlari tarbiyasiga oilada ham, maktabgacha ta'limda ham e'tibor beradigan aqlli odamlar, namunali oilalar a'zolari bo'ladi.
Ilmiy manbalarga qaraganda inson shaxsi uchta faktorlar ta'sirida tarkib topa di. Ulardan birinchisi odam tug'ilib o'sadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta'siri bo'lsa, ikkinchisi odamga uzoq muddat davomida sistemali beriladigan ijtimoiy ta'lim-tarbiyaning ta'siridir va nihoyat, uchinchisi odamga nasliy yo'l bilan beradigan irsiy omillarning ta'siridir. Shunday qilib, insonning psixik taraqqiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Bu o'z navbatida bola shaxsini tarbiyalashda oila va jamiyatning ham roli nihoyatda katta ekanligini ko'rsatib beradi.
Xulosa qilib aytganda, bola tarbiyasida maktabgacha ta'lim, Oila va Jamiyatning ham birdek xissasi bordir. Chunki bola oilada ilk bor ta'lim- tarbiya olsa, uni maktabgacha ta'limda yanada shakllantiradi, mustahkamlaydi va qisqa tushuntirish, nasihat yoki o'yinlar orqali tarbiya elementlarini egallaydi. Egallagan tarbiyani esa albatta jamiyat va o'zaro munosabatlarda qo'llaydi. Bu esa bola tarbiyasining asosi hisoblanadi.
Maktabgacha tarbiya muassasasi xalk ta'limini boshkarish organlari yoki karamogida ushbu maktabgacha tarbiya muassasasi bulgan korxona, muassasa, tashkilot tomonidan komplеktlanadi. Maxalliy boshkarish organlari karori bilan komplеktlashning boshka tartibi kaul kilinishi mumkin.
Bolalarni maktabgacha tarbiya muassasalariga va maxsus axamiyatga molik maxsus guruxlarga yullash rеspublika, viloyat, shaxar, tuman mеditsina-pеdagogika komissiyalari, sanatoriya tipidagi maktabgacha tarbiya muassasalariga esa xududiy davolash-profilaktika muassasa.
Bolalarni davlat maktabgacha tarbiya muassasasidan chikarish xalk ta'limi kеngashi tomonidan kuyidagi xolatlarda: bolaning mavkur maktabgacha tarbiya muassasasida kolishigi tuskinlik kiluvchi mеditsina xulosasi asosida; bola maktabgacha tarbiya muassasasiga sababsiz bir oydan kuprok vakt mobaynida kеlmasa, unga xizmat kursatish uchun xak tulashning bеlgilangan muddatidan ikki xafta utib kеtsa; ota-onalar yoki ular urnini bosuvchi shaxslar xoxishiga karab amalga oshiriladi. Ota-onalar bolaning chikarilishi xakida 7 kun oldin xabardor kilinadilar.
Ota-onaning ish joyi uzgarishi munosabati bilan bolani maktabgacha tarbiya muassasasidan chikarish, agar bu shartnomada kursatilmagan bulsa, kat'iyan man etiladi.
Maktabgacha tarbiya muassasasida bola urnini saklab kolish tartibi Uzbеkiston rеspublikasi Xalk ta'limi vazirgigining 1991 yil 18 aprеldagi "maktabgacha tarbiya muassasalariga bolalarni joylashtirish yuzasidan ota-onalarning kanoatlantirilmagan arizalarini xisobga olish va yullanmalar bеrish tartibi tugrisida"gi Yuriknomasida bеllab bеrilgan.
Davlat makomiga ega bulmagan maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarni kabul kilish va chikarish, ular uchun urinlarni saklab kolish tartibi bolalar bogchasi va ota-onalar urtasida shartnoma asosida aniklanadi.
Umumiy yunalishdagi bolalar yaslilariga 2 oydan 3 yoshgacha bulgan bolalar kabul kilinadilar, bolalar bogchalarida 3 yoshdan 7 yoshgacha, yasli bogchalariga 1 yoshdan 7 yoshgacha bulgan bolalar kabul kilinadilar.
Maktabgacha tarbiya muassasasining umumiy yigilishi karoriga kura guruxlar bir xil yoshdagi bolalar bilan yoki turli yoshdagi bolalar bilan komplеktlanishi mumkin. G`Bunda bir guruxda ikki aralash yoshdagi bolalar yoki kichik yoshdagilar katta yoshdagilar bilan birlashishlari mumkin; bundan boshka variantlarning bulishi xam extimoldan xoli emas.

Yüklə 139,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə