O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedagokika unversiteti


Nodira ijodida istioralar orqali qalb kechinmalarini yoritishi



Yüklə 101,08 Kb.
səhifə5/6
tarix21.10.2023
ölçüsü101,08 Kb.
#130009
1   2   3   4   5   6
Mashhura

2.2 Nodira ijodida istioralar orqali qalb kechinmalarini yoritishi
Adabiyotni so'nmas ma'naviyat chirog'i deyishadi. U tarqatgan nur insonni badiiyatga cho'mdiradi. Qo'qon adabiy muhitida o'ziga xos o'rin yaratgan Mohlaroyim ham mumtoz adabiyotimizga o'zining benazir hissasini qo'shish bilan birgalikda, uni har jihatdan boyitgan. Shoira ijodi badiiyatiga nazar tashlaydigan bo'lsak, badiiy san'atlarning o'ziga xos tarzdagi go'zal namunalarini uchratish mumkin. Jumladan, shoira she'riyatida "Istiora" san'ati alohida ahamiyat kasb etadi. Shu o'rinda, ushbu she'riy san'at turiga to'xtalib o'tamiz: "Istiora arabcha so'z bo'lib, "biron narsani omonatga (vaqtincha) olmoq" degan ma'noni ifodalab, adabiy asarda so'zni o'z ma'nosida emas, balki majoziy bir ma'noda qo'llash san'ati sanaladi. Ko'pincha, bu ikki ma'no o'zaro o'xshashlikka asoslanadi. Shu jihatdan istiora tashbeh san'atiga yaqin turadi. Istiora aksar hollardatashbehi kinoyaga, ya'ni mushabbihi tushirilgan tashbihga to'g'n keladi?."
Ey sarvi noz qaddi niholingdin o'rgulay,
Yoding baxayr, fikr-u xayolingdin o'rgulay.
Nasriy bayoni:
Ey sarvdek nozli yorim, tik qomatingdan o'rgilay,
Xayrli yoding, fikr-u xayolingdan oʻrgilay Nodiraning bu baytidagi "sarvi noz" o'z ma'nosida qo'llanmagan. Shoira sarv daraxtiga emas. balki sarvdek nozli yoriga murojaat qilmoqda. Shuning uchun buni tashbehi kinoya emas, istiora deb hisoblasak boʻladi. Nodira she'riyatida bunga o'xshagan istioraviy birikmalar ko'plab uchraydi:
Ul kunki, visoling chamanin sayr etar erdim, Manzuri nazar erdi menga ul qadi balo.

Baytdagi "visoling chamani" birikmasi ham o'z ma'nosida kelgani yo'q. Visolga chaman (bog') atamasi mazmunan birlashtirib, go'zal istiora namunasi yaratilgan. Istiora tuzilishiga ko'ra ikki turli bo'ladi:


1. Sodda istiora- bir so'zdan tarkib topadi;
2. Murakkab istiora ikki va undan ortiq birikmali so'zlardan tashkil topadi.
Mohlaroyim ijodida har ikki istiora namunasini ko'rish mumkin:
Qizil qondur sirishkim. za'farondur chehrai zardim, Meni kim ko'rsa farq etmas, xazon birla bahorimdin".
Sariq yuz ma'nosini bildirayotgan "za'farondur" soʻzi sodda istiora boʻlib kelmoqda.
Vasi uyin obod qildim, buzdi hijron oqibat. Seli g'amdin bu imorat bo'ldi vayron oqibat".
"Vasl uyi" va "gam seli" murakkab istiora hisoblanadi. Shoiraning Oqibat radifli g'azalidan olingan bu baytda hijron hamda firoq mavzusiga to'xtalib o'tgan. Ya'niki:Vasl uyini obod qildim, (ammo) hijron oqibatda (uni) buzdi Oxir-oqibat g'am selidan bu imorat vayron bo'ldi.Ushbu baytda qo'llanilgan istioralar orqali lirik qahramon ruhiy holati to'laligicha ochib berilgan. Mumtoz adabiyotda tasvirni tashbeh orqali ifodalashdan, istiora orqali ifodalash kuchliroq vajozibaliroqdir. Quyida keltirilgan baytlar orqali bu san'at namunasi Nodira ijodida o'zgacha jilvalanganligini ko'rishimiz mumkin:

Shomi furqat yorsiz men yutmagan qon qolmadi. Rahm qilkim emdi qon yutmoqqa imkon qolmadi".


Ushbu baytda lirik qahramon o'z ruhiy kechinmalari, firoq-u ayriliqlarini his etamiz. "Shomi furqat" birikmali istiora orqali shoira ayriliqning shomi, ya'ni oxiriga yetgunga qadar chekkan azoblarini aks ettirmoqda.
Furqat ichra qon yutub g'am birla chektim ohi sard, Kim xazon avrogidek bo'ldi yuzim hajrida zard.
Ayriliqda qon yutub g'am bilan sovuq oh tortdimki, yuzim (yorning) hajrida xazon varaqlaridek sariq boʻldi. Bu baytda ham shoiraning ayriliq, hijron qiyinchiliklaridan yuzi xazon varaqlari (barglari) yang lig" sarg'ayib ketishini istiora orqali goʻzal ifodalangan.
Menki furqat tunlari ul gul yuzin yod aylaram, Bulbuledurman xazon faslida faryod aylarams.Nodira zamondoshlaridan bo'lgan qozi Abdunabi Xotifning tamomlanmay qolgan voqeaband dostonida keltirilgan fikrlari ham alohida e'tiborga loyiqdir. "Asar yozishdan maqsadim Nodiraning oqila, fahmli, ilm va so'zning qadriga yetadigan donishmand ayol ekanligini ko'rsatishdir... Umarxon vafotidan so'ng bu iffat sadafining injusi kunlarni hasrat-u firoq bilan shu tariqa o'tishini noshukrlik deb bildi. U gulistondek Chahorchaman bog'iga borib, Farg'ona, Toshkent, Xo'jand, Andijon va boshqa shaharlardan fozillar, olimlar, xattotlar, naqqoshlarni o'z xizmatiga chaqirib oldi." Yuqorida keltirilgan fikrlardan ayon bo'ladiki, Nodira qancha ayriliq va hijron o'tida iynalmasin, sabrli, vafodor boʻlishga, Umarxonning ishlarini davom ettirib, mamlakatni boshqarish, obod etishga zukkolik bilan harakat qilgan. "Istioraning tarkibiga ko'ra turlariga ham to'xtalib o'tsak. Ularning ikki turi farqlanadi: O'xshatilgan narsa yo tushuncha, ya'ni mushabbih tushirilgan istioralar "istiorayi musarraha". o'xshagan narsa, ya'ni mushabbihun bih tushirilgani esa "istiorayi makniyya" deb ataladi"." 1. "Aniq bir tushunchani bildiruvchi so'zni uning muayyan jihatlarini tashbihiy munosabatga ko'ra ta'kidlovchi so'z yoki so'z birikmasi bilan ifodalash orqali ro'yobga chiqadi. Mumtoz she'riyatda mahbubani ifodalovchi gul, pari, nigor kabi so'zlarning qoʻllanishi bunga yaqqol misol bo'la oladi." Jumladan, shoiraning quyidagi baytlarida:
Bording nazarimdin, parizod, Men qulni du pora qilmading yod".
parizod so'zi:
Kel beri, to hoki poyingni qilay. To'tiyoyi chashmi giryon, marhabo"
"To'tiyoyi chashmi giryon" iborasi shu tarzda yuzaga kelgan istioradir. 2. Ayrim so'zlar ularni ifodalovchi badiiy sinonimlar bilan almashtiriladi. Raz qizi (may), ko'k gazoli (quyoshi), hazordoston (bulbul) kabilar shular jumlasidandir."
Jilva koʻrsatdi chu ul sarvi diloro bog' aro, Chashmi qumri bo'ldi bir chashmi tomosho bog' aro
Aniq narsa, tushunchalarni ifodalovchi so'zlarga u bilan tashbihiy munosabatda boʻlgan so'z qo'shilib istioraviy ifodani hosil qiladi. Masalan: hayot gulshani, gul daftari, mijgon o'qi, husn bahori, diydor davlati, ko'ngul maydoni, oraz oftobi, karashma tiyri kabi istioralar shular jumlasidandir. Mavhum tushunchalarni ifodalovchi so'zlarga aniq narsa nomini anglatuvchi otlar qo'shilib istiora hosil qiladi. Har ikki so'z o'rtasida esa tashbeh ma'nosidagi munosabat mavjud boʻladi. Malohat mulki, hayo bog'i, ishq bahori, noz taxti, shom o'ti, visol sohili, hijron bahri,baxt uyqusi tarzidagi istioralar shular jumlasidandir"
Misollar:,
Ketdi xushim ul parivash jilva og'oz aylagach, Oʻrtadi jon pardasin mutrib navo soz aylagach
Tiyradur subhi nashotim, soqiyo ketur sharob, Shomi hijron zulmatida jomi maydur oftob
Sirishkim sahobin imdodidin dilkushodur muhabbatni dashti Ko`ngul dog'ini etsam bayon, bo'lur ul biyobonda lola paydo
Ey sarvi sihi bo'ylig'im, ey qomati zebo, Kelkim, ko'zum oyinasi mushtoqi tamosho".
Men telbaga ko'zung kiyigi rom bo'lmadi, Vaxshiy sifat ramida g'izolingdin oʻrgulay.
Ko'nglum qushini band qilur g'am tufrog'ina, Gul xirmanida donai xolingdin o'rgulay
Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, Nodira ijodini o'rganar ekanmiz, badiiy san'atlardan naqadar yuqori mahorat bilan, oʻz oʻrnida qo'llaganligining guvohi bo'lamiz. Shuningdek, yuqorida keltirilgan namunalar shoiraning badiiy san'atlardan mohirona foydalanib, go'zal g'azallar yozganligini ko'rsatadi. Bugungi kunga kelib Mohlaroyim ijodidan bahramand bo'lgan zukko kitobxonlar badiiy lazzat olib, ma'naviy ozuqaga ega bo'ladi.

XULOSA
Nodiraning adabiy merosi o‘zbek she'riyatining go‘zal sahifalarini tashkil etadi. Uning o‘zbek va fors tillarida bitilgan devonlari, shoira she'rlari kiritilgan bayozlar bizgacha yetib kelganki, ularda mumtoz qalam sohibining 10 ming misradan ko‘p lirik asarlari jamlangan. U mumtoz poeziyamizning asosan g‘azal, muxammas, musaddas, musamman, tarji'band, tarkibband, firoqnoma kabi janrlarida qalam tebratdi. Nodira Hofiz, Lutfiy, Alisher Navoiy, Fuzuliy, Bobur, Mashrab, Bedil, Huvaydo kabi sharq adabiyotining ulug‘ siymolari an'analaridan ayol qalbining nozik tuyg‘ularini aks ettirishda samarali foydalandi. Nodira g‘azallarida vafo, muruvat, odamiylik, poklik, sadoqat tuyg‘ulari ulug‘landi. Uning lirik qahramoni nomus va hayoni yuksak darajada qadrlagan, sevgida, insoniy muomalada iffat, odob va andisha saqlashga ahd qilgan sadoqatli ayol, vafodor do‘stdir. Nodiraning ishqiy g‘azallari Shashmaqom yo‘llarining boy bir qismini tashkil etadi. Bu g‘azal-qo‘shiqlar inson qalbini ilitadi, unda go‘zallik va nafosatga nisbatan muhabbat uyg‘otadi, aqli, xulqi va badiiy didini boyitadi. Shu ma‘noda, uni rok muhabbat, sadoqat va vafodorlik kuychisi sifatida qadrlaymiz. Uning mana bu g‘azali zamirida qanchalik chuqur ma‘no, dard, hikmatga moyil badiiylik yotganligiga ishonch hosil qila olamiz. Shoira she’riyati mazmun jihatdan ham, badiiylik jihatidan ham barkamol asarlardir. U fikrlarini o‘ziga xos, yangi topilmalar, qiyoslar bilan ifodalashga intilgan. Kuzatishlariga ayollarga xos noziklik va sinchkovlik bilan muqoyasalar topa olgan. Natijada, tazod, tajohul ul-orif, talmeh, husni ta‘lil, tashbeh kabi badiiy san’atlar bilan muzayyan yangicha talqinlar, yangicha obrazlar, yangicha ifodalar yaratishga erishgan:

Yuz chok soching hasratidin shona yurogi


Mashshota erur turrai tarroringa mushtoq,

yoki:
Ul, yuz nazzorasidin bo‘ldi safosi moni’,


Xurshidni ko‘rarg‘a bo‘lmish ziyosi moni’,
yoki:

Seni, ey nozanin, bazm ichra topmay, Qilur faryodu afg‘on nay bila daf.


Nodira muhabbat tasvirining haqiqiy ustasidir. Uningcha, odam muhabbat ixtiyor etganidagina chinakam komil inson bo‘la oladi. Nodirada insonning insonga bo‘lgan muhabbati, ya‘ni ishqi majoz ramziy ma‘noga ega. U — ishqi ilohiyning ramzi. Chunki insoniy ishqni kuylashdan maqsad ilohiy ishqni ulug‘lashdir. Majoziy ishq Haq muhabbatini qozonish yo‘lidagi bir bosqich bo‘lib, solik ishqi haqiqiyga Shu bosqich orqali yo‘l topgan. Nodira talqinicha, ishq-muhabbat oshiqning dinu mazhabiga aylansagina, u kamolot qozonadi.
Umarxonning vafotidan keyin Nodiraning vafosi o‘zbek qizlarimizga namuna sifatida ko‘rsatishimiz mumkin. Shoiraning hayoti quvonch va shodlikka to‘laligini ko‘rishimiz mumkin. Uning g‘azallarida o‘zbek ayollariga xos vafo va sadoqat , zamonaning adolatsizligi, dunyoning beshafqatligi, Nodiraning g‘azallarida yaqqol ifoda etilgan. U o‘zining boshidan o‘tgan qiyinchiliklarni mana shu g‘azallarida yoritgan. Umarxon lirikasida badiiy tasvir mahorati, tamsillarning originalligi, ko‘p funksiyaliligi shoirning o‘ziga xosligini ta‘minlaydigan omillardirki, ular ijodkorni bugunga ham, kelajakka ham oshno qiladi Umarxon ham shoir , ham davlat boshlig‘i bo‘lib katta ishlarni olib bordi. Nodira ham unga atab yozgan g‘azalida ham mana shu haqida ham to‘xtalib o‘tgan.

Fuqaro holig‘a gar boqmasa har shoh , anga


Hashmat – u, saltanat-u, rif’at-u, shon, barcha abas
Shoh uldurki, raiyyatga tarahhumqilsa,
Yo‘q esa, qoidai amnu amon, barcha abas

Demak, xalq ahvoli hamisha shohning diqqat markazida turishi kerak. Agar shoh fuqaro holiga boqmasa, uning hashamati-yu saltanati, shon-u shuhratining hech kimga keragi yo‘q. Shoh xalqqa mehribonlik ko‘rsatmasa, amnu omonlik haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Bu xil fikrlar uning ijtimoiy- siyosiy qarashlar tizimiga alohida salmoq bag‘ishlaydi. Dilbar shaxsiyati, samimiy va ta‘sirchan she’riyati sababli Nodira va Umarxon xalq qalbidan chuqur joy olganlar.




Yüklə 101,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə