1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja: Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə1/75
tarix11.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#126735
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
1-maruza sirtqi


1-Ma’ruza
1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish.
Reja:
1.Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash.
2.Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha.
3. Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari va terminlari. 4.Hayot faoliyati xavfsizligini tarkibiy qismlari va ularning tekshirish obyektlari.
5. Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari
«Inson-atrof muhit» sistemasini har xil komponentlari,energiya va informatsiyalarini xarakterli massalar oqimlari.
1.Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish.
Hayot faoliyatbu insonning kunlik faoliyati,dam olishi va yashash tarzidir.
Inson hayoti jarayonida uni o‘rab turgan atrof muhit bilan uzluksiz aloqada bo‘ladi va shu bilan birga har doim uni o‘rab turgan muhitga bog’liq bo‘lib kelgan va shunday qolaveradi. Inson shuning uchun ham o‘zini o‘rab turgan atrof-muhit hisobiga oziq-ovqat, havo, suv, dam olish uchun zarur moddiy narsalar va boshqalarga bo‘lgan ehtiyojini qanoatlantiradi.
Atrof-muhitinsonni o‘rab turgan muhit bo‘lib, insonning hayot faoliyatiga, uning sog’ligi va nasliga to‘g’ridan to‘g’ri, birdan urinma yoki
masofadan ta’sir etishga qobiliyatli omillarning (jismoniy, ximiyaviy, biologik, informatsion, ijtimoiy) shartli yig’indisidir.
Inson va atrof-muhit uzluksiz o‘zaro ta’sirda bo‘lib,doimiy harakatdagi «Inson–atrof muhit»sistemasini tashkil etadi.Dunyoning evolyutsion jarayonida bu sistemani tashkil etuvchilar uzluksiz o‘zgarib bordi. Inson mukammallashdi, yer sharining aholisi va uning oqimi o‘sdi, jamiyatning ijtimoiy asosi o‘zgardi. Atrof-muhit o‘zgardi: inson o‘zlashtirgan yer yuzi va yer osti hududi kattalashdi; tabiiy tabiat muhiti insoniyat jamiyatining o‘sib borayotgan ta’sirini boshdan kechirmoqda, inson tomonidan sun’iy yaratilgan maishiy, shahar va ishlab chiqarish muhiti paydo bo‘ldi.
Tabiiy muhit o‘zi mukammal bo‘lib, inson ishtirokisiz mustaqil mavjud bo‘laoladi va rivojlanaoladi. Inson tomonidan yaratilgan boshqa barcha borliq muhiti mustaqil rivojlanaolmaydi va ular paydo bo‘lganidan so‘ng eskirishga va yemirilishga mahkum narsalardir.
Insoniyat o‘zining dastlabki rivojlanish bosqichida tabiiy atrof-muhit bilan o‘zaro uyg’un harakat qilgan. Atrof-muhit asosan biosfera, yer osti, gallaktika va cheksiz koinotdan tashkil topgan.
Biosfera-barcha turdagi organizmlar, jumladan inson yashashi mumkin bo‘lgan atrof-muhit bo‘lib, u murakkab tuzilishdagi yer sharining muhim qobig’idir. Biosfera bir necha milliard yillar davomida shakllangan.
Zamonaviy olimlar biosferani moddalarni planeta bo‘yicha harakatini ta’minlovchi yirik, global ekosistema sifatida qarashadi. Hozirgi erada hayot yer qatlamining yuqori (litosfera) qismida, yerning pastki havo (atmosfera) qobig’ida va yer sharining suvli qobig’i (gidrosfera) da tarqalgan. Bu shu bilan izohlanadiki, litosferada yer osti suvlari va tog’ cho‘kmalarida chuqurlikni sekin-asta ortib borishi bilan harorat ham ortib 2 km dan 16 km chuqurlikda 100 oS va undan yuqori (vulqonik faollik zonasida esa 200 dan 1500 oS cha)ni tashkil etadi. Yerning yuzasida hayotning kontsentratsiyasi va faolligi eng yuqoridir.
Inson evolyutsiyasi jarayonida o‘zini oziq-ovqat, moddiy boylikka bo‘lgan ehtiyojlarini samaraliroq qondirish, iqlim va ob-havo ta’siridan himoyalanish, o‘ziga qulaylikni oshirishga intilib tabiiy muhitga, birinchi o‘rinda biosferaga to‘xtovsiz ta’sirini o‘tkazdi. Bu maqsadga yetish uchun u biosferani bir qismini texnosfera band etgan joyga aylantirdi.
Texnosfera - o‘tmishda biosferaga taalluqli bo‘lgan keyinchalik insonlar tomonidan moddiy,ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini yanada yaxshilash maqsadida to‘g’ridan-to‘g’ri yoki sirtdan texnik vositalar bilan ta’sir etgan hududdir.
Texnosfera insonlar tomonidan texnik vositalar yordamida yaratilgan shaharlar, qo‘rg’onlar, qishloq aholi punktlari, sanoat va korxonalar zonasi band etgan hududlar hisoblanadi.
Inson hayot faoliyati jarayonida nafaqat tabiiy muhit bilan balki, ijtimoiy muhit deb ataluvchi odamlar ommasi bilan ham uzluksiz aloqada bo‘ladi. Insonni ijtimoiy muhit bilan aloqasi tug’ilishni davom ettirishda, bilim va tajribalar almashishda, ma’naviy ehtiyojlarini qondirishda, intellektual qobiliyatlarni oshirishda foydalaniladi va shakllanadi.
Zamonaviy industrial jamiyatda inson atrof-muhit komponentlari (biosfera, texnosfera va ijtimoiy muhit) bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Ya’ni, inson tabiiy atrof-muhitga uzluksiz ta’sir etsa, o‘z navbatida biosfera va insonning ehtiyojlaridan kelib chiqib uning uzluksiz jismoniy va aqliy faoliyatining mahsuli bo‘lgan texnosfera va ijtimoiy muhit ham insonga to‘g’ridan to‘g’ri yoki sirtdan doimiy ta’sir etadi. Yuqorida qayd etilganlar asosida quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:
1. zamonaviy inson uni o‘rab turgan atrof-muhitning tashkil etuvchilari ya’ni, tabiiy, texnogen (texnosfera) va ijtimoiy muhit bilan uzluksiz o‘zaro ta’sirda bo‘ladi;
2. XIX asr oxiridan boshlab XX asr davomida va hozirgi davrda ham texnosfera va ijtimoiy muhit uzluksiz rivojlanmoqda, bunga ushbu sohada inson faoliyati orqali o‘zlashtirilgan ulushlarni oshib borayotganligi isbotdir;
3. Texnosferani rivojlanishi tabiiy muhitni o‘zgartirish hisobiga amalga oshmoqda.
Zamonaviy hayotda insonlarning ijtimoiy mavqelarini yuksalishi bilan birga ularning tinchligiga, sog’ligiga va mehnati xavfsizligiga xavf soladigan omillar soni ham ortib bormoqda. Ma’lum sharoitda ularni insonlarning ruhiy holatiga, sog’ligiga salbiy ta’sirini ko‘rsatishi hammaga ma’lum. SHu sababli insonlarni nafaqat ularning aqliy yoki jismoniy mehnat faoliyati davomida balki, yashash joyida, yo‘lda va barcha holatlarda xavfsizligini, yaxshi kayfiyatini, mehnat qobiliyati va ish unumdorligini taminlash, sog’ligi haqida qayg’urish masalalarini ijobiy hal etish juda dolzarb masalalardan biridir.
Qayd qilingan masalalarni ijobiy hal etishda hayot faoliyati xavfsizligi fanining o‘rni, uning nazariy ma’lumotlari bilan bo‘lajak mutaxassislarni qurollantirish, muammolarni ijtimoiy hayotda mumkin qadar ijobiy hal etilishiga yordam beradi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə