Mavzu: biologik xilma-xillikni muhofaza qilish



Yüklə 125,69 Kb.
səhifə1/9
tarix22.03.2024
ölçüsü125,69 Kb.
#181600
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
BIOLOGIK XILMA-XILLIKNI MUHOFAZA QILISH




MAVZU: BIOLOGIK XILMA-XILLIKNI MUHOFAZA QILISH
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………2-3
I BOB. BIOLOGIK RESURSLAR HAQIDA TUSHUNCHA VA BIOLOGIK RESURSLARNI XILMA-XILLIGI……………………..…………………4-20
1.1 Biologik resurslar haqida tushuncha va biologik resurslarni
xususiyatlari………………………………………………………….…4-14 1.2 Biologik xilma - xillik tushunchasi va uning atrof - muhit
muhofazasidagi o‘rni………………………………………………….…15-20
II BOB. BIOLOGIK XILMA-XILLIKNI SAQLASH STRATEGIYASI VA O’ZBEKISTONDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN JARAYONLAR..21-32
2.1 Biologik xilma - xillikni saqlash va barqaror foydalanishning
mavjud shart-sharoitlari…………………………………………………21-27
2.2 O`zbekistonda biologik resurslarni va bioxilma-xillikni muhofaza qilish
tadbirlari………………………………………………………………....28-32
XULOSA……………………………………………………………………33-34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………35


KIRISH
Bioresurslar tirik organizmlar massasining resurslari, biologik modda aylanishinig hajmi va biologik maxsulotning xajmi bilan xarakterlanadi. Toʻplangan resurslar- tirik organik massalarning mavjud resurslaridir.
Biologik modda aylanishi xajmiga produsent, resudent va konsumentlarning har yili paydo boʻladigan yalpi organik massa maxsuloti, biologik maxsulot xajmiga esa organik massaning yillik oʻsishi kiradi.
Biologik resurslarning funksiyalashuvi asosida toʻplangan resurslar hajmi biologik modda almashinuvi va biologik mahsulot hajmi hamda tizimi oʻrtasidagi aloqalar yotadi. Moddalarning biologik aylanishi jarayonida organik massaning hosil boʻlishi (toʻplanishi) va oʻlishi sodir boʻladi. Toʻplangan resurslarning oʻzgarishi ushbu jarayonlar nisbatiga bogʻliq. Ushbu nisbatlar barcha biologik resurslarda organik massaning hajmi va toʻkilib tushishi nisbatlariga bogʻliq holda toʻplangan resurslar koʻpayishi, turgʻunlashuvi va kamayishi jarayonlarida davom etishi mumkin. Tabiiy sharoitlarda toʻplangan resurslar turgʻun boʻladi yoki koʻpayadi, ularning kamayishi belgilangandan dan tashqariga chiqish hisoblanadi.
Biologik resurslar mahsuldorligini oshirishni tartibga solish maqsadida oʻtkazilgan maxsus tadbirlar bunda hisobga olinmagan.
Iqtisodiy nuqtai-nazardan biologik resurslardan foydalanishning natijasi biologik resurslarni tayyorlash va atrof-muhitni yaxshilash samarasi hisoblanadi. Bularning hammasi biologik resurslardan foydalanishni tashkil etishda alohida ahamiyatga ega boʻlib, ularning samaradorligini oshirishning asosiy tadbirlaridan biri hisoblanadi, biologik resurslardan foydalanishni hisobga olish uchun zarur boʻlgan oʻziga xos koʻrsatkichlarni topishning asosiy yoʻnalishi hisoblanadi. Respublika tabiiy sharoitlarining turli-tumanligi, uning biologik boyliklarining ham har hil bo`lishiga ta`sir etadi.
Hozirda o`simliklarning 4168 turi mavjud bo`lib, ularning 577 turi dorivor xisoblanadi. O`zbekistonning o‟rmon fondi 10 mln.ga, shundan qariyb 2 mln. ga maydon o‟rmon bilan qoplangan. Xududda 3 mln.ga, tog` yonbag`irlarida 0,5 mln.ga. dan ziyod, qayirlardagi o`rmonlar maydoni 31 ming ga, tog` vodiylaridagi to`qay o`rmonlar maydoni 23 ming ga. Respublikamiz o‟rmonlarga ancha kambagal, mamlakat xududining 5 ming ga ni tashkil qiladi.
Avvallari, xattoki, XIX asrning o`rtalariga kadar tog` yonbag`irlarining 700-800 m balandligigacha keng bargli va mayda bargli o`rmonlar tushub kelgan. Adirlar va past tog`lar pista va bodomzorlar bilan qoplangan edi, Zarafshon, Surxondaryo, Kashqadaryo, Zomin, So`x, Sangzar va boshka daryolar orqali kesilib bog`langan xolda (sol qilib) o‟rmon yog`ochlari oqizilgan.
XIX asr oxirlarida Samarqandga har yili Panjikent va Qoratepadan keng bargli o`rmon yog`ochlarini yoqish natijasida tayyorlangan 13440 fut (1fut-16 kg), archalarni kesib tayyorlagan 21120 fut ko`mir keltirilgan, ya`ni yiliga 16800 keng bargli va 17 ming dona archa daraxtlari kesilgan.
Tog`lardagi archazorlar, bodomzorlar, olmazorlar, olchazorlar tekislik va tok etaklaridagi shaharlarda yashovchi axoli tomonidan qurilish materiallar, “pista” ko`mir tayyorlash uchun to`xtovsiz qirqilib turgan, tog`lardagi daryo va soy vodiylarida topilgan mis, temir rudalaridan metall olishda ko`plab daraxtlar kesib yoqilgan, shuning uchun ham tog` yonbag`irlari va daryolar bo`ylaridagi to`qayzorlar o`rmonlarga juda ham kambag`al.
Archazorlar siyrak, ba`zan katta maydonlarda archa uchramaydi, ularni asosan 1800- 2000 m balandlikdan boshlab o`sishi kuzatiladi.Quyida biz respublikamizda biologik resurslarning ahvoli haqida so`z yuritamiz.



Yüklə 125,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə