Mavzu: biologik xilma-xillikni muhofaza qilish


O‘zbekiston respublikasida biologik resurslardan foydalanish ko`rsatgichlari



Yüklə 125,69 Kb.
səhifə4/9
tarix22.03.2024
ölçüsü125,69 Kb.
#181600
1   2   3   4   5   6   7   8   9
BIOLOGIK XILMA-XILLIKNI MUHOFAZA QILISH

O‘zbekiston respublikasida biologik resurslardan foydalanish ko`rsatgichlari
O‘zbekiston Respublikasi o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va uni muhofaza qilish masalasi dolzarb masalalardan biridir. Hozirgi kunda dunyo miqyosida o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ushbu obyektlardan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish muhim masalalardan biridir. O‘simliklarni muhofazalash yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: texnologik yo‘nalishdagi chora-tadbirlar; o‘simlik resurslaridan oqilona foydalanishga asoslangan tadbirlar; o‘simliklarni qayta tiklash va ko‘paytirishga qaratilgan tadbirlar; alohida muhofazalanadigan hududlar tashkil etish.
3-Rasm
O`zbekiston o`simlik resurslari xaritasi.
Yuqoridagi xaritada respublikamizning o`simlik resurslarining tarqalish hududlari, o`simlik turlari berib o`tilgan.
Hayvonotlar (fauna) biomassasi bo‘yicha yerdagi tirik organizmlarning 2 % ini tashkil qiladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, sayyoramizda ularning 1,5-2 mln. ga yaqin turi mavjud. Tabiatda hayvonlarning funksiyalari: – hayvonlar biosferadagi tropik (kichik) modda aylanishida ishtirok etuvchi muhim komponentlardan biri hisoblanadi; – har yili dunyo bo‘yicha insoniyat tomonidan 180 mln. tonna oqsillarga boy go‘sht, yog‘, tuxum, baliq, asal kabi oziq-ovqat mahsulotlari hayvon va hasharotlardan olinadi; – teri, mo‘yna, ipak, mum, bo‘yoq, o‘g‘it, chorva ozuqasi va boshqa xom ashyolar tayyorlanadi; – farmatsevtika, parfyumeriya (ilon va ari zahari, chumoli tropik, lok-bo‘yoq va boshqalar) xom ashyolari ajratib olinadi; – turli ilmiy tadqiqot ishlari, tajribalar o‘tkazishda, turli fermentlar ajratib olish maqsadida foydalaniladi; – rekreatsiya (dam olish, sog‘lomlashtirish va estetik huzurlanish) maqsadida foydalaniladi.
4-Rasm
O`zbekistonning zoogeografik (hayvonot dunyosi) xaritasi.
Yuqoridagi bu xaritada esa respublikamizning hayvonot dunyosi tasvirlangan.
Quyidagilar o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlari hisoblanadi: a) yovvoyi holda o‘suvchi ozuqa mahsulotlarini chorvachilik ehtiyojlari uchun g‘amlash; b) chorva mollarini o‘tlatish; d) o‘simlik dunyosi obyektlaridan ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish; e) yovvoyi o‘simliklarning texnik xom ashyosini g‘amlash; f) yovvoyi o‘simliklarning dorivor xom ashyosini g‘amlash (yig‘ish); g) yovvoyi o‘simliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun g‘amlash (yig‘ish); h) daraxt va butalarni kesish (sanitariya tartibida, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda, shuningdek, bino, inshoot va kommunikatsiya qurilishlari bilan bog‘liq holatlarda); i) o‘simlik dunyosi obyektlaridan ilmiy tadqiqot maqsadlarida foydalanish; j) o‘simlik dunyosi obyektlaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiya, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish; k) o‘simlik dunyosi obyektlaridan tabiatni muhofaza qilish maqsadlarida foydalanish; l) o‘simlik dunyosi obyektlaridan kolleksiyalash maqsadlarida foydalanish6 . O‘simlik dunyosi obyektlari.
O‘simlik dunyosi obyektlari quyidagilardan iborat: yovvoyi organizmlar daraxtlar, butalar va o‘tsimon urug‘laydigan o‘simliklar, qirqquloqsimonlar, yo‘sinsimonlar, suvo‘tlar, lishayniklar va zamburug‘lar o‘zining barcha xilma-xil turlari bilan; yovvoyi organizmlardan tashkil topadigan tabiiy o‘simlik jamoalari yoki ularning har qanday majmuyi; kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simlik turlari; yovvoyi o‘simliklarning mevalari, urug‘lari va boshqa qismlari yoki ular hayoti faoliyatining mahsullari.
O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish umumiy va maxsus bo‘lishi mumkin. O‘simlik dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish jismoniy shaxslar tomonidan hayotiy zarur ehtiyojlarni qondirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda va tartibda bepul amalga oshiriladi. O‘simlik dunyosi obyektlari maxsus foydalanishga ishlab chiqarish faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun haq evaziga yuridik va jismoniy shaxslarga ruxsatnomalar asosida berib qo‘yiladi.
O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun obyekt, tur, hajm va muayyan hudud doirasida foydalanish muddatini belgilaydigan ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vakolatli davlat organlari tomonidan beriladi. O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish tartibi va shartlari qonun hujjatlarida belgilanadi. O‘simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va takror yetishtirish quyidagi yo‘llar bilan ta’minlanadi: o‘simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni takror yetishtirish qoidalari va me’yorlarini belgilash; O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simliklar turlarini muhofaza qilishning alohida rejimini belgilash; o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishda cheklashlar va taqiqlar belgilash; o‘simlik dunyosi obyektlari o‘sadigan muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilish; muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish; o‘simlik dunyosi obyektlari va ular o‘sadigan muhitni muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni takror yetishtirish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish; davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish; o‘simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; qonun hujjatlarida belgilangan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
1-Jadval
O‘zbekiston Respublikasida 2013-2015-yillarda ovlangan baliqlar to‘g‘risida, tonna
Jadvaldan ko`rinib turibdiki baliq ovlash bo`yicha Toshkent, Jizzax, va xorazm viloyatlari yetakcilik qilmoqda.
Biologik resurslarga jiddiy ta’sir bo‘lmasa, o‘z-o‘zini tiklaydigan tabiiy resurs hisoblanadi va u azaldan insoniyatning hayotiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Biologik resurslarning eng katta qismi o‘rmon resurslari hisoblanib, butun yer yuzining 40 mln. km2 (4 mlrd. Ga)ni yoki butun quruqlikning 30 foiziga yaqinini tashkil etadi. Biroq yildan yilga o‘rmonlarning kesish jarayoni tobora ortib bormoqda, shuningdek, sanoatlashgan hududlarning ortishi, aholini oziqovqat, mebel va qog‘oz sanoatining rivojlanishi va bu turdagi mahsulotlarga talabning ortishi hamda uy-joy qurish uchun yerlarni o‘zlashtirishning ortib borishi natijasida o‘rmon hududlari qisqarib borishi kuzatilmoqda. O‘rmonlar o‘zaro aloqador va chambarchas bog‘langan tabiat komponetlarining murakkab tabiiy ekologik tizimi hisoblanadi.
2-Jadval
Davlat o‘rmon fondidan tashqaridagi daraxtlar va butalarni kesganlik uchun to‘lov miqdorlari
Izoh: butalarning diametri sm hisobida ildiz bo‘g‘zida o‘lchanadi. Qurib qolgan va tabiiy zararkunandalar bilan kuchli shikastlangan daraxtlar hamda butalarni kesish uchun to‘lov amalga oshirilmaydi, agar ularning qurishi va shikastlanganligi atayin qilinmagan bo‘lsa, shuningdek, favqulodda holatlar, tabiiy talafotlar sababli ro‘y bermagan bo‘lsa.
Mazkur tabiat tizimi o‘zining dinamik muvozanatliligi, barqarorligi, yangilanish va qayta tiklashning yuqori qobiliyatliligi, energiya va moddaning alohida mutanosib nisbati, kechayotgan tabiiy jarayonlarning turg‘unligi va geografik bog‘liqligi bilan tavsiflanadi.
Geografik zonallik qonuniyatiga binoan bioxilma-xillik geografik zonalar bo‘yicha taqsimlangan bo‘lib, qutblardan ekvatorga tomon organizmlarning xilma-xilligi ko‘payib boradi.
Masalan, nam tropik o‘rmonlardagi chuchuk suv hasharotlari soni mo‘tadil o‘rmonlardagi chuchuk suv hasharotlari sonidan 3- 6 barobar ko‘pdir. Lotin Amerikasidagi nam tropik o‘rmonlardagi 1 ga maydonda 40-100 turdagi daraxt turlari uchraydi. Vaholanki, Shimoliy Amerikaning sharqiy qismida esa 1 ga maydonda 10- 30 xil daraxt turlari uchraydi. Umuman olganda, Lotin Amerikasida Yer sharidagi o‘simlik va hayvon turlarining 40 foizi joylashgan.



Yüklə 125,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə