Mavzu: biologik xilma-xillikni muhofaza qilish


I BOB. BIOLOGIK RESURSLAR HAQIDA TUSHUNCHA VA BIOLOGIK RESURSLARNI XILMA-XILLIGI



Yüklə 125,69 Kb.
səhifə2/9
tarix22.03.2024
ölçüsü125,69 Kb.
#181600
1   2   3   4   5   6   7   8   9
BIOLOGIK XILMA-XILLIKNI MUHOFAZA QILISH

I BOB. BIOLOGIK RESURSLAR HAQIDA TUSHUNCHA VA BIOLOGIK RESURSLARNI XILMA-XILLIGI

    1. Biologik resurslar haqida tushuncha va biologik resurslarni xususiyatlari

Tabiatda uchraydigan biologik resurslar deb, yer yuzining o‘simlik va hayvonot boyliklariga, mikroorganizmlarga, shuningdek, mayda hasharot va jonzotlari jamlanmasiga aytiladi. Biologik resurslar o‘simlik resurslari, shuningdek, tabiatda uchraydigan madaniy va yovvoyi o‘simliklarni o‘z ichiga oladi.


Ularning turlari nihoyatda xilma-xildir. O‘simlik resurslari tuproq tarkibida tomir otib, vegetatsiya davrida o‘sib hamda rivojlanib, xuddi hayvonot olamidek o‘z umrini yashab bo‘lgandan keyin tugaydi.
Insonlarning to‘laqonli hayotini ta’minlovchi barcha turdagi tirik organizmlar – o‘simliklar, hayvonlar, zamburug‘lar va bakteriyalar inson uchun biologik resurslar (bioresurs) hisoblanadi.
Barcha miqyosda (mintaqa, tuman) ma’lum hududda tarqalgan o‘simlik organizmlarining majmuasi flora deyiladi, hayvonot organizmlarining majmuasi esa fauna deyiladi. Ma’lum hududning flora va faunasi biotani tashkil qiladi.
Bioxilma-xillik Yer sharida uchratish mumkin bo‘lgan barcha jonli narsalarning – hayvonlar, o‘simliklar, mikroorganizmlar va boshqalarning xilma-xilligini bildiradi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Yer sharida 350000 ga yaqin o‘simlik turlari mavjud. O‘zbekistonning bioxilma-xilligi, asosan, 27000 dan ortiq flora va fauna turlaridan iborat.
Ulardan hayvonlar 15000 dan ortiq, o‘simliklar, zamburug‘lar va suv o‘tlari 11000 ga yaqin. Turli tizimlarning hayvonot va o‘simlik dunyosi bir-biridan farqlanadi va u yoki bu tabiiy zonaning o‘zgarishiga (transformatsiyasiga) bog‘liq. O‘simliklar deb oddiy, bir hujayrali, juda mayda suv o‘tlaridan to ulkan daraxtlargacha bo‘lgan, mustaqil ravishda organik moddalarni sintez qila oladigan tirik organizmlar guruhiga aytiladi.
O‘simliklar deyarli yagona fizikaviy (jonsiz) resurslar hisobiga organik moddalarni yaratuvchi organizmlardir – ular produtsentlar deyiladi. Yerdagi biomassaning 99 %i o‘simliklar hissasiga to‘g‘ri keladi. Yashil o‘simliklar har yili 180-50 milliard tonna karbonat angidridni yutib, havoga 150-200 milliard tonna kislorodni ishlab chiqaradi. Yer sharidagi o‘simliklar fotosintez tufayli 177 milliard tonna organik modda hosil qiladi va shunday miqdorda qariyb 450*1015 kkal. energiyani zahira qiladi.
Yer sharida suv 5,8 million yilda, atmosferadagi kislorod 5800 yilda, CO2 7 yilda bir marta yangilanib turadi. Aks holda sayyorada O2 va CO2 kabi gazlarning aylanib, almashishi buzilib, atmosfera tarkibida CO2 gazi ko‘payib ketgan bo‘lar edi. O‘simliklarning funksiyalari: – sayyorada gazlarning mavjud muvozanatini saqlash; – havoni tozalab turish; – iqlimni boshqarish; – tuproqni suv va shamol eroziyasidan saqlash; – qum harakatini to‘xtatish, garmsel kuchini kesish; – soy, jilg‘a, daryo rejimini tartibga solib turish; – shahar-qishloqlar havosini tozalab turish; – shovqin-suronni pasaytirish; – hayvonlarni yem-xashak bilan, insonlarni oziq-ovqat bilan ta’minlash; – dori-darmonlar bilan ta’minlash; – tuproq qatlamidagi namlikni uzoq muddat saqlash va h.k.
Bugungi kunda Yer sharida o‘simliklarning yo‘qolib ketishi sabablari quyidagilardan iborat: yangi yerlarni o‘zlashtirish (q/x, sanoat, shaharlar infrastrukturasi); o‘simliklarning yangi turlarni keltirish; o‘rmonlarning yonishi; turizmning rivojlanishi; mineral o‘g‘it va pestitsidlarning qo‘llanishi va hokazo. Bioxilma-xillik tufayli yuzaga kelayotgan mahsulotlar va xizmatlar ko‘lamini tasavvur qilish qiyin.
Turlarning ma’lum turi hayotiy o‘ta muhimdir. Jumladan, insonlar 7000 ga yaqin o‘simliklarni oziq-ovqat uchun ishlatadilar, 90 foiz jahon oziqovqat mahsuloti 20 tur hisobiga yaratiladi, shulardan 3 turi (bug‘doy, makkajo‘xori, sholi) oziq-ovqatga bo‘lgan jahon aholisi ehtiyojining yarmisini qoplaydi. Biologik resurslar sanoat va tibbiyot uchun muhim xom ashyo manbasi ham hisoblanadi.
Oxirgi paytda insoniyat yovvoyi o‘simlik va hayvon turlarining muhim ahamiyatini anglab yetdi. Yovvoyi turlar tabiiy ekotizimlarning uzviy qismi bo‘lgan hamda ma’lum hududda tarixan tarkib topgan tirik organizmlarning majmuasi – biotaning uzviy komponenti hisoblanadi.
Tabiiy biota qishloq xo‘jaligi, sanoat yoki tibbiyot uchun tabiiy resurs manbasi bo‘lib, dam olish, hordiq chiqarish kabi rekreatsiya, estetik, ilmiy ehtiyojlarni qondirish hamda ekobiznesni yuritish, rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Bioxilma-xillikning quruqlikdagi bunday qonuniyati suv (dengiz) muhitiga ham xosdir.
Masalan, Arktika suvlaridagi assidiyalar turi atigi 100 dan sal ortiqroq bo‘lib, ularning tropik 75 suvlardagi turi esa 600 dan ortiqdir. Vertikal zonalar bo‘yicha esa balandlik oshgan sari organizmlarning xilma-xilligi va soni kamayib boradi. Bunday holat dengiz, okeanlarda chuqurlik oshgan sari organizm turlarining xilma-xilligi hamda turlarning soni ham kamayib boradi.
1-Rasm

Yüklə 125,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə