Mavzu: biologik xilma-xillikni muhofaza qilish



Yüklə 125,69 Kb.
səhifə8/9
tarix22.03.2024
ölçüsü125,69 Kb.
#181600
1   2   3   4   5   6   7   8   9
BIOLOGIK XILMA-XILLIKNI MUHOFAZA QILISH

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar pasporti hisobi ro‘yxati
Davlat biosfera rezervati tushunchasini kiritish alohida ahamiyatga ega. Davlat biosfera rezervati umumdavlat ahamiyatiga molik yerusti va suvli ekologik tizimga yoki ular kombinatsiyasiga ega bo‘lgan, biologik xilma-xillikni saqlab qolish, barqaror tabiatdan foydalanish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tegishli madaniy boyliklarni muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hudud hisoblanadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni moliyaviy ta’minlash to‘g‘risida me’yorlar ham belgilangan. Bunday tabiat hududlarining ba’zi kategoriyalarini qisman o‘zini o‘zi moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan, bu ekologik turizm, rekreatsiyani tashkil etish, tabiat resurslaridan foydalanishga ruxsatnoma berishdan tushgan foyda hisobiga amalga oshiriladi.
4-Jadval

Milliy tabiat bog‘lari hisobi ro‘yxati
Manba: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi ma’lumotlari.
“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, birinchi bor xususiy buyurtmaxonalar va parvarishxonalar yaratish mumkinligi qonuniy ta’minlandi. Bu muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni xususiylashtirishni anglatmaydi.
Yer maydonlari 81 va boshqa tabiat obyektlari yuridik va jismoniy shaxslarga faqat foydalanishga beriladi. Bu nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar mablag‘larini jalb etishga imkon beradi, shu jumladan, tabiat obyektlari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni saqlash, qayta tiklash va qayta ishlab chiqarishni ta’minlash uchun turli milliy va xorijiy tabiatni muhofaza qilish tashkilotlarini jalb etishga yordam beradi. O‘zbekistonda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari dasturini, bosqichma-bosqich to‘lov asosidagi tabiatdan foydalanishga o‘tish strategiyasini, tabiatdan foydalanishni boshqarishni tashkil etish, kompleks tabiatdan foydalanishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi va subsidiyalanishi hamda tabiatdan foydalanishga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish tizimini takomillashtirish mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi. 4-jadval ma’lumotlaridan ko‘rish mumkinki, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar pasporti asosida keltirilgan bo‘lib, unga ko‘ra jami 8 ta qo‘riqxona mavjud bo‘lib, har birining tashkil etilgan yili va umumiy maydoni bo‘yicha hisobi keltirilgan.
O‘zbekistonda milliy tabiat bog‘lari ham mavjud bo‘lib, asosan, Ugam-Chotqol milliy tabiat bog‘i Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida, “Do‘rmon” milliy bog‘i Toshkent viloyatining Qibray tumanida hamda Zomin milliy tabiat bog‘i Jizzax viloyati Zomin tumanida joylashgan.


XULOSA
Xulosa qilib aytadigan, Oʻzbekiston hududida choʻl, adir, togʻ oldi, togʻ, baland togʻ, balandlik zonalarida oʻsimlik qoplami tarqalgan. Respublika hududida 4000 dan ortiq oʻsimlik turi boʻlib, shulardan 10-12 foizi muhofazaga muhtoj. Oʻzbekiston “Qizil kitobi” ga yoʻqolib ketish xavfi boʻlgan oʻsimliklarning 42 oila, 3 avlodga kiruvchi 301 turi kiritilgan.
Bularning koʻpi qimmatbaho dorivor oʻsimliklardir. Oʻsimlik dunyosiga antropogen taʼsirining oqibatlari tutzorlar, togʻ oʻrmonlari maydonining kamayishi, choʻlda saksavul , togʻlarda archa kabi qimatbaxo daraxt va buta oʻsimliklarning koʻplab kesilib ketganligi , yaylovlardan notoʻgʻri foydalanish oqibatida oʻsimlik qoplamlari tabiiy xolatning salbiy oʻzgarishlarga uchraganli va boshqalarda yaqqol koʻrinadi.
Oʻzbekiston faunasi oʻsimliklar kabi , soʻngi oʻn yilarda muhofazaga muxtoj boʻli qoldi. Fauna tarkibi 99 evvoyi xayvonlar, 410 turdagi qushlar 79 turdagi baliqlardan iborat. Har yili 60 mingdan ortiq suvda suzuvchi qushlar, 2 ming qirgʻavul, 13 ming kaklik, 500 bosh yovvoyi tungʻiz, 10 mingtagacha saygʻoqlar , 50 mingdan 00 minggacha toshbaqa, 0 mingdan 100 minggacha qurbaqalar ovlanadi. Respublika suv havzalarida 4-6,5 mingtonna baliq ovlanadi.
Soʻnggi yillarda inson hujalik faoliyati taʼsirida tabiiy muhitning yomonlashuvi faunaga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Oʻzbekiston “qizil kitobi “ga umurtqali hayvonlarning nodir va yoʻqolib borayotgan jami 63 tur va kenja sut emizuvchi hayvon turlari kiritilgan bulib , ular orasida 22 tur sut emizuvchi xayvon va 5 tur baliq bor.
Respublika ekologik vaziyatni sogʻlomlashtirish asosida jonli tabiatni butun tabiiy genafondini asrash, muhofazalash, madaniy ekinlar va hayvonlarning yangi turlarini koʻpaytirish hisobiga ularni boshlangʻich baza sifatida saqlab qolish muhim ilmiy –amaliy vazifadir. Biologik resurslarning holati va ulardan foydalanishning asosiy mintaqalar boʻyicha koʻrsatkichlari quyidagicha: biologik moddaning hajmi, t, ga, biologik modda aylanishi, massasi, mahsulot massasi, mahsulotdan foydalanish, majmuaning mintaqalar tuzilmasi, agrosanoat, oʻrmonsanoat, baliqsanoat va boshqalar.
Biologik resurslarni iqtisodiy baholash hosil boʻlgan organik xomashyoning barcha turlari va resurslarini muhofazalash va ijtimoiy funksiyalari boʻyicha amalga oshiriladi. Biologik resurslar hududlar bilan bogʻliq baholash mintaqalarning maydon birligiga nisbatan resurslar va ularning ayrim elementlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Bunda ayrim komponentlar har yili hosil boʻlgan organik xomashyoni va ularni muhofazalash ahamiyati boʻyicha va boshqa komponentlarga taʼsirini hisobga olish baholanadi.
Baholash jarayonida biologik resurslarni maksimal va amaldagi tizimi kattaligi va maksimal koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha asosiy tadbirlar koʻrsatilishi kerak. Ularni baholashda foydalanishning optimal tizimi va ragʻbatlantirish koʻzda tutilmogʻi lozim.
Aksincha, resurslardan foydalanishning nounimli hollarda iqtisodiy jarima sanksiyalarini qoʻllash lozim.


Yüklə 125,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə