4-mavzu: qushlar sinfining umumiy tavsifi va sistematik sharhi. Qushlar ekologiyasi (2 soat) Reja



Yüklə 49,08 Kb.
səhifə1/4
tarix11.12.2023
ölçüsü49,08 Kb.
#145165
  1   2   3   4
4-mavzu qushlar sinfining umumiy tavsifi va sistematik sharhi.


4-ma'ruza
4-MAVZU: QUSHLAR SINFINING UMUMIY TAVSIFI VA SISTEMATIK SHARHI. QUSHLAR EKOLOGIYASI (2 soat)
Reja:
1. Sinf vakillari tuzilishining asosiy xossalari
2. Qushlarning ichki va tashqi tuzilishi
3. Hozirgi zamon qushlarining sistematikasi
4. Qushlarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi.
5. Qushlar ekologiyasi va ularning xalq xo’jaligidagi ahamiyati.
 
Tayanch so’zlar: progressiv, pteriliy, apteriya, kontur patlar, geterotsel, changalli tirnoqlar, sanitarlar, skopa, vyuroklar, konussimon, monogamiya, poligamiya, dimorfizm, qo’narg’a, radar, astronavigatsiya, planetariy.
Qushlar tuzilishi jixatidan o’zlarining bevosita ajdodlari xisoblangan sudralib yuruvchilarga yaqin boo’lib gavda temperaturasini doimiy qilib olgan va uchishga layoqatlangan progressiv shoxchasidir. Qushlarning sudralib yuruvchilarga nisbatan progressiv taraqqiy etgan belgilari quyidagilar xisoblanadi.
1) Nerv sistemasi va xulq atvori yuqori darajada rivojlangan.
2) Gavda temperaturasi yuqori va doimiy.
3) Uchish qobiliyatiga ega.
4) Ko’payishi ancha takomillashgan.
Qushlarning bu xususiyatlari ularni yer sharida nixoyatda keng tarqalishiga va xilma-xil yashash joylarida xayot kechirishiga imkon beradi.
Morfologik tuzilishiga ko’ra qushlar oldinga oyoqlarining qanotga aylanganligi keyingi oyoqlaridan tsevkani xosil bo’lishi, gavdasining pat bilan qoplanganligi yuraklarining to’liq to’rt kamerali bo’lganligi, bosh skeletida bitta ensa bo’rtmasining borligi bilan xarakterlanadi.
Qushlarning uchishiga moslashgan belgilari quyidagilardan iborat.
1. gavdasining suyri shaklida bo’lishligi.
2. oldingi oyoqlarining qanotga aylanganligi.
3. murakkab pat qatlamining bo’lishligi.
4. suyaklarning yengil bo’lib, naysimon suyaklarning ichi bo’sh bo’lishi va uning xavo bilan to’lib turishi.
5. xavo xaltachalarining bo’lishligi.
6. jag’larida tishlarining bo’lmasligi.
7. to’g’ri ichak reduktsiyalanib ketganligi.
Qushlarnig tuzilishini kaptar Columba livi misolida ko’rib chiqamiz.
Teri qoplagichlari. Qushlarning terisi yupqa bo’lib, epidermis sust rivojlangan suyak xosilari yo’q,teri bezlari ham deyarli bo’lmaydi. Faqat dum tubining ustida dum bezi bo’ladi. Dum bezining yog’li sekreti bilan qushlar patlarini yog’laydi va uni xo’llanishidan saqlaydi. Shu sababli bu bez suvda yashovchi qushlarda yaxshi rivojlangan.
Qushlar epidermasidan xosil bo’lgan xar-xil shox xlosilari bo’ladi. Yani ustki va ostki jag’lari, tumshuqning xosil qilgan shox qismlari bor. Barmoqlarining uchlarida tirnoqlari,tsevkasi va ba’zilarining sonida shox qalqonlari bo’ladi. Gavdasining pat bilan qoplangan qismi pteriliy deb ataladi. Bularning orasida patsiz joylar bor, bunga apteriya deb ataladi bu muskullarning uchish vaqtida qisqarishi uchun qulaylik tug’diradi. Shuning uchun apteriya uchuvchi qushlarda bo’ladi.
Pat tuzilishi va funktsiyasiga ko’ra xar-xil bo’ladi. Qushning tanasini qoplab olgan pat kontur patlar deyiladi. Bunday pat teriga kirib turgan qalam uchidan pat tanasidan iborat. Pat tanasining ikki yon tomonida yelpig’ichlar joylashadi. Yelpig’ichlar o’zaro ilmoqchalar bilan tutashgan. Shu sabali yelpig’ichlar egiluvchan elastik plastinka xosil qiladi Bunday patlar xavoga qarshilik qiladi.
Kontur patlarning ba’zilari qanotning keyingi yuzasiga joylashgan bo’lib bularga qoquv patlari deyiladi. Qoquv patlar kaft suyaklariga (katta qoquv patlari bilak suyaklariga) kichik qoquv patlari birikadi. Dum suyagiga birikkan uzun patlar rul patlari deyiladi.
Kontur patlarining tagida mayda parsimon patlar joylashadi. Bu patlarning tanasi ingichka bo’lib, yelpig’ichlarda ilmoqchalar bo’lmaydi. Bazi xollarda pat dastasi juda kam bo’lib, yelpig’ichlari bog’lam bo’lib chiqadi. Bunday pat xaqiqiy pat deyiladi. Bu patlar suvda yashovchi qushlarda ko’p bo’lib, tana xaroratini saqlashda katta rol o’ynaydi. Og’iz burchaklarida, qovoqda ba’zan qilsimon patlar joylashadi. Bu patlar faqat pat dastasidan tashkil topgan va tuyg’u vazifasini bajaradi.
Qushlarning patlari juda yengil, pishiq va xavo bilan issiqlikni yomon o’tkazadi (bu gavda temperaturasi doimiy shu bilan birga yuqori bo’ladigan uchar jonivorlar uchun juda muximdir). Bundan tashqari patlar qush gavdasini suyri shakilga kiritadi, qoquv patlari esa uchish aparatining muxim qismini tashkil etadi. Kontur patlar esa qushni xar-xil mexanik ta’surotlardan himoya qiladi.
Qushlarning patlari odatda bir yilda bir yoki ikki marta, to’liq yoki qisman yangilanib tullab turadi. Bu vaqtda eski patlar tushib ularning o’rniga yangisi rivojlanadi.
Skeleti. Qushlarning skeleti uchishga layoqatlangan bo’lib, erkin oyoqlar va ularning qamar skeletining o’zgacha o’zgarganligi hamda yengil va mustahkamligi bilan xarakterlanadi.
Skeletining yengilligi naysimon suyaklarining ichi bo’sh bo’lib, xavo bilan to’lganligi, mustaxkamligi, ko’pchilik suyaklarining juda erta bir-biri bilan qo’shilib ketganligi hamda tuzlar miqdorini ko’pligi tufaylidir.Umurtqa pog’onasi 4ta bulimga, bo’yin, ko’krak, dumg’aza va dum bo’limiga bo’linadi. Bo’yin bo’limi uzun va juda xarakatchan bo’ladi. Bo’yin bo’limining xarakatchanligi umurtqalarining qo’shilish yuzalarini egarsimon bo’lishiga bog’liq bunday umurtqalar geterotsel umurtqa deyiladi va faqat qushlarga xosdir. Qushlarning boshi 180 0 ga yapoloq qushlarniki esa 2700 gacha aylana oladi. Bo’yin umurtqalari kaptarlarda 14 ta bo’ladi. Birinchi ikkita bo’yin umurtqalari atlas epistrofey amniotalar uchun xosdir.
Ko’krak umurtqalari to’rtta, voyaga yetgan qushlarda bir-biriga qo’shilib ketgan. Bu umurtqalarning xar biridan bir juftdan qovrg’alar chiqadi.
To’sh suyagining oldingi yuzasida uchuvchi qushlarda ko’krak toji hosil bo’ladi. Bu qanotni harakatga keltiruvchi muskullar birikadigan joy bo’lib xizmat qiladi.
Dumg’aza umurtqasi 14 ta bo’lib, u aslida, ya’ni embrion rivojlanishida ikkiga bo’linadi keyinchalik bunga oldingi tomondan bel keyingi tomondan oldingi dum umurtqalari qo’shilib ketadi va qushlar uchun harakterli bo’lgan murakkab dumg’aza hosil bo’ladi.
Dum umurtqalari oltita bo’ladi. Keyingi dum umurtqalari qo’shilib ketib, vertikal plastinka shaklidagi dum hosil qiladi.
Bosh skeleti umumiy sxemasiga ko’ra sudralib yuruvchilarning bosh skeletiga o’xshash bo’ladi. Ensa bo’limi to’rtta ensa suyagidan tuzilgan, bitta ensa bo’rtmasi bor. Eshitish bo’limida bitta quloq usti suyagi bo’ladi. Miya qutisi tagini asosiy ponasimon va oldingi ponasimon hamda tanglay va qonotsimon suyaklar hosil qiladi.
Bosh skeletining ustki tomonidan bir juft burun, peshona teppa va tangacha suyaklar yopib turadi. Ustki jag’ suyagiga keyingi tomondan yanoq va kvadrat yonoq suyaklari birikadi. Pastki jag’ qo’shilish, burchak va toj suyaklaridan tashkil topgan. Oldingi oyoq ichi bo’sh yelka suyagidan, bilak va tirsak suyaklaridan tashkil topgan bo’lsa, bilaguzuk kuchli reduktsiyalangan. Uning ustki qismi qo’shilib ikkita suyakcha xosil qilsa, pastki qismi kaftga qo’shiladi. Kaft ikkita uzunchoq suyakchadan iborat bo’lib, bitta kaft-bilguzuk suyagini xosil qiladi.
Yelka kamari kurak, karakoid va o’mrov suyaklaridan tashkil topgan. Kurak suyagi uzun, qilichsimon shaklda bo’lib, qovurg’alarning ustida joylashadi. O’mrov suyaklari oldingi tomonda uchlari bilan qo’shilib, qushlar uchun xarakterli bo’lgan ayri suyagini xosil qiladi.
Keyingi oyoq katta son suyaklari va kichik boldir suyaklaridan tashkil topgan, kichik boldir suyagi rudiment xolida bo’lib, katta boldir suyagiga qo’shilib ketadi. Tovon oldi suyagining ustki bo’limi tovon suyagiga qo’shilib ketadi va qushlar uchun xarakterli bo’lgan tsevkani xosil qiladi.
Chanoq kamari yupqa yonbosh, quymich va qov suyaklaridan xosil bo’lgan. Quymich va qov suyaklaridan keyingi uchlari qo’shilmaydi va ochiq chanoq xosil qiladi. Yonbosh suyagi murakkab dumg’azani xosil qilishda ishtirok etadi.
Muskul sistemasi shu bilan xarakterlanadiki, oyoqlarini xarakatga keltiruvchi muskullar tanaga o’rnashgan bo’ladi, oyoqlariga esa ingichka paylar boradi. Ayniqsa ko’krak muskullari juda katta bo’lib, bu tana og’irligining 20% ni tashkil qiladi. Bu muskul ko’krak toj suyagiga birikadi va qanotni pastga tushirish uchun xizmat qiladi.
Ko’krak muskullarining tagida esa o’mrov osti muskuli joylashadi va qanotni ko’tarish uchun xizmat qiladi. Kuchli keyingi oyoq muskullari qushlarning yurishi, daraxtlarda xarakati, yerdan ko’tarilishi va qo’nish protseslarini bajaradi.
Nerv sistemasi. Qushlarning markaziy nerv sistemasi sudralib yuruvchilarga nisbatan ancha murakkab tuzilgan. Oldingi miya yarim sharlari asosan targ’il modda xisobidan kattaradi, qopqog’ida miya moddasi kam bo’ladi. Miyacha kuchli rivojlangan. Bu ularning murakkab va xilma-xil xarakatlarini taminlaydi. Bosh miyadan 12 juft bosh miya nervlari chiqadi. Orqa miyasining yelka va bel bo’limlari yo’g’onlashib nerv chigallarini xosil qiladi. Bu chigallardan orqa va oldingi oyoqlarga boruvchi nervlar chiqadi.
Sezuv organlari. Ichki va o’rta quloqdan iborat eshituv organi sudralib yuruvchilarga nisbatan yaxshi rivojlangan. Xid bilish organi esa sust taraqqiy etgan, lekin ko’rish organi ko’z kuchli rivojlangan va ular tashqi muxitda orientatsiya qilishda va o’z uljalarini axtarib topishda asosiy rol o’ynaydi. Ko’zning keyingi bo’shlig’iga kirib turadigan sertomir o’simtasi ko’z tarog’i bor. Kiprikli muskul tas’irida ko’z gavxari va to’r parda orasidagi masofaning o’xgarishi qushlarning ko’rish organi uchun xarakterlidir. Bunga ikki tomonlama akkomadatsiya deyiladi.
Ovqat xazm qilish organlari og’iz bo’shlig’idan boshlanadi. Hozirgi zamon qushlarining tishi bo’lmaydi. Jag’larini o’tkir qirrali shox tumshuqlar qoplab turadi. Tumshuqlar qisman tish vazifasini bajaradi. Og’iz bo’shlig’ining tagiga til o’rnashgan.
Og’iz bo’shlig’iga so’lak bezlarining chiqarish yo’llari ochiladi. Kaptarning qizil o’ngachi o’rta qismi kengayib, jig’ildon xosil qiladi. Qizilo’ngach bezli oshqozonga ochiladi. Bu yerdan ovqat xazm shirasi bilan aralashadi. Bezli oshqozondan muskulli oshqozonga ochiladi. Muskulli oshqozonning ichki devori qattiq shox parda bilan qoplangan. Bu yerda ovqat yutilgan toshcha, shishalar bilan maydalanadi. Muskulli oshqozon 12 barmoqli ichakka ochiladi. Uzun ingichka ichak yo’g’on ichakka ochiladi. Ingichka va yo’g’on ichak chegarasida juft ko’richak o’simtasi joylashadi. Qushlarda to’g’ri ichak yo’q yo’g’on ichak to’g’ridan to’g’ri kloakaga ochiladi. Kloakaning ustki devorida fabritsiy xaltasi bo’ladi. Bunda ovqat tarkibidagi namlik so’riladi. Oshqozon osti bezining chiqarish yo’li 12 barmoqli ichakka ochiladi. Kaptarlarning jigarida boshqa qushlarda bo’ladigan o’t pufagi bo’lmaydi.
Nafas olish organlari o’ziga xos tuzilgan va boshqa ichki organlariga nisbatan uchishga ko’proq moslashgan. Og’iz bo’shlig’ining turida xiqildoq yorig’i joylashadi va u xiqildoqqa ochiladi. Xiqildoqni tok uzuksimon va juft cho’michsimon tog’aylari tutib turadi. Bu ustki xiqildoq domiy, ovoz apparati vazifasini bajarmaydi. Ustki xiqildoq traxeyaga ochiladi. Traxeya ko’krak bo’shlig’ida ikkita bronxga bo’linadi. SHu joyda ya’ni traxeya bronxlarga bo’lingan joyda, qushlar uchun xos bo’lgan pastki xiqildoq joylashadi va u ovoz pardalarini tarang tortishligi va ovoz chiqishi uchun xizmat qiladi. Bronxlar o’pkaga kirgandan so’ng shoxlanadi va bronxiolalar hosil qiladi. Lekin ba’zi bronx shoxchalari o’pkadan chiqib qushlar uchun harakterli bo’lgan havo xaltachalarini hosil qiladi.
Havo xaltachalari qushlarning nafas olishida katta rol o’ynaydi. Qushlar nafas olganda havo yo’llari orqali o’pkaga boradi, havoni bir qismi esa o’pkadan havo xaltachalariga boradi. Ko’krak qafasi qisqarganda, ya’ni nafas chiqarilganda, havo xaltachalaridan havo yana o’pkaga kiradi va o’z kislorodini beradi. Demak bir marta olingan havodan qushlar ikki marta nafas oladi. Lekin havo xaltachalarida gaz almashinmaydi.
Qon aylanish sistemasi. Qushlarning yuragi to’liq to’rt kamerali bo’lib, arterial va venoz qon yurakdan va gavdada aralashmaydi. SHu sababli qushlarning gavda temperaturasi doimiydir.
Qushlarning yuragi boshqa umurtqalilar yuragiga nisbatan katta bo’ladi. Bu qushlarning modda almashinish protsesining juda intensivligi bilan bog’liqdir.
Chap yurak qorinchasidan bitta o’ng aorta yoyi chiqadi. Bu o’zidan juft nomsiz areteriyani ajratadi. Nomsiz arteriyalarning xar biri o’z navbatida uyqu, o’mrov osti v ko’krak arteriyalarini beradi. Ko’krak arteriyasi ko’krak muskullariga boradi. Aorta yoyining o’zi esa o’nga burilib orqa aortani hosil qiladi. Venoz qon gavdaning bosh qismidan juft bo’yinturuq venalarga to’planadi. Bu venalar qanotlardan kelgan o’mrov osti venasiga ko’krak venalari bilan qo’shilib, juft oldingi kovak venani hosil qiladi. Dum venasi ikkita buyrak qopqa venalariga bo’linadi. Son, yonbosh buyrak venalari qo’shilib toq keyingi kovak venani hosil qiladi. Ichakdan venoz qon ichak tutqich venasiga yig’iladi va bu keyingi kovak venaga qo’shiladi. Oldingi va keyingi tok kovak venalar o’ng yurak bo’lmasiga quyiladi.
O’ng yurak qorinchasidan o’pka arteriyasi venoz qonini o’pkalarga olib keladi. O’pkadan arterial qon, o’pka venasi nomi bilan kelib, chap yurak bo’lmasiga quyiladi.
Modda va gaz almashinish protseslarining juda ham intensiv borishi sababli qushlarning gavda temperaturasi ham yuqori bo’ladi. Masalan qushlarning gavda temperaturasi o’rtacha 42 S ga tengdir.
Ayrish organlari. Juft metanefritik buyraklari judda katta bo’ladi. Buyraklar uchta pallaga bo’lingan. Uzunchoq yassi tanachadan iborat. Buyraklaridan bittadan siydik yo’li chiqadi. Siydik yo’li kloakaga ochiladi. Qushlarda siydik pufagi yo’q. Kloakada siydikdagi suv ikkinchi marta so’riladi.
Erkaklarning ko’payish organi bo’lib juft loviyasimon urug’don xizmat qiladi. Urug’don yil fasllariga qarab xar xil kattalikda bo’ladi. Ko’payish davrida chug’urchuqlarning urug’donlarini hajmi kuz va qish fasllariga qaraganda 1500 barobar kattayadi. Urug’dondan urug’ yo’llari chiqadi va kloakaga ochiladi. Urug’ yo’llari kloakaga ochilishdan oldin kengayib urug’ pufagini hosil qiladi.
Urg’ochilarining ko’payish organi toq chap tuxumdon va chap tuxum yo’lidan iborat bo’ladi. Tuxumdon ham ko’payish vaqtida kattalashadi. Tuxum yo’lining bir uchi tana bo’shligiga ochilsa ikkinchi uchi kloakaga ochiladi. Yetilgan tuxumdan tuxum tana bo’shlig’iga, u yerdan tuxum yo’li voronkasida tushadi.
Yetuk tuxum sariqlikdan iborat bo’lib, bularning orasida yupqa oq sariqlik qatlamlari bor. Keyin tuxum oval oqsil bilan o’raladi. Bachadonda esa ikkita yupqa po’st osti pardasi va keyin oxakka shimilgan qattiq po’st bilan qoplanadi.
Tuxum po’stida talaygina mayda-mayda teshikchalar bo’ladi. Bu teshikchalar orqali embrion bilan tashqi muxit o’rtasida gaz almashinib turadi. Tuxumning poynak tomonida yupqa parda bir-biridan ajralib, havo kamerasini xosil qiladi. Embrion tuxumdan ochib chiqishdan oldin shu kameradagi atmosfera havosidan nafas oladi. Tuxum sarig’ining qarama-qarshi tomonlaridan oqsil iplari-xalazalari chiqadi. Xalazalar po’st osti pardaning ichki devoriga tegib turadi.
Zarodishning taraqqiyoti urug’lanish paytidan boshlanadi. Urug’langan tuxum sariqlikning yuqoriga qaragan tomonida yorug’ dog’ yoki zarodish diskasi joylashadi. Shunday qilib tug’ilgan tuxumda zarodish ikki qavatli bo’ladi. Zarodish diskasi o’rnida zarodish qalqoni, uning o’rtasida birlamchi chiziq xosil bo’ladi Keyinchalik embrion atrofida xalqa burma ko’tarilib chiqadi. Bu burma embrionni butunlay o’rab oladi. Shunday qilib, embrion pardalari: ichki pardasi va tashqi aprdasi seroza, ularning orqasida esa embrion qobig’i-alantois xosil bo’ladi. Rivojlanishning ilk bosqichlarida embrionning boshi, bo’yinning yon tomonida 5 juft jabra yoriqlari,juft oyoqlari xosil bo’ladi. Keyin yoriq jabralari yo’qoladi,sariqlik xaltasi quriydi va jo’ja tuxumdan chiqadi.
Qazilma qushlarni hisobga olganda, qushlar sinfi 2 ta kenja sinfga bo’linadi: 1. Kaltakesak dumlilar; 2. Yelpiƒich dumlilar.

Yüklə 49,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə