Mavzu: biologik xilma-xillikni muhofaza qilish


II BOB. BIOLOGIK XILMA-XILLIKNI SAQLASH STRATEGIYASI VA O’ZBEKISTONDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN JARAYONLAR



Yüklə 125,69 Kb.
səhifə6/9
tarix22.03.2024
ölçüsü125,69 Kb.
#181600
1   2   3   4   5   6   7   8   9
BIOLOGIK XILMA-XILLIKNI MUHOFAZA QILISH

II BOB. BIOLOGIK XILMA-XILLIKNI SAQLASH STRATEGIYASI VA O’ZBEKISTONDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN JARAYONLAR
2.1 Biologik xilma - xillikni saqlash va barqaror foydalanishning
mavjud shart-sharoitlari

0‘zbekistonda biologik resurlami boshqarish va ulami himoya qilishnig rasmiy harakatlari birinchi marotaba XIX asming oxirida boshlangan, qaysiki mintaqamiz chor Rossiyasi tarkibiga kirgandan keyin “O‘rmonlami himoya qilish haqida farmon” (1897) qabul qilingan. Bundan so‘ng 1918-yilda “Turkistondagi o‘rmon va 46 yerlami davlat mulkiga musodara qilish haqidagi qonun qabul qilindi, unda davlat o ‘rmon jam g‘anmasi tuzilishi ko‘zda tutilgan edi. 1924-yildan boshlab tabiatni muhofaza qilish muammolariga katta e’tibor bera boshlandi.
O‘riqlanadigan hududlami himoya qilish, yog‘ochlardan iqisodiy foydalanishni tashkil qilish, daraxtzoriarni o‘tqazish bo‘yicha tadbirlami pul bilan ta’minlash boshlandi. Rossiyada himoya qilinadigan hududlar haqidagi konsepsiyasi ulaming uzoq tarixiy rivojlanishiga ega. XX asming boshlarida Rossiyada keyinchalik sobiq sovet Ittifoqida jahonda eng rivojlangan va samarali muhofaza qilinadigan hududlar tizimi varatildi.
0‘zbekistonda 1926-yilda Guralash qo‘riqxonsi va 1947­- yi1da Chotqol davlat qo‘riqxonalari yaratilishida u o‘z aksini topgan. 0‘zbekistonda alohida-alohida tabiatni muhofaza qilish tashkilotlarining yaratilish sanalari quyida sanab berilgan:
-1940-Vazirlar Mahkamasi qoshidagi davlat ovchilik nazorati;
- 1947-Chotqol qo‘riqxonasi;
- 962-Vazirlar Mahkamasi baliqlar zaxirasini muhofaza qilish boshqarmasi;
-1963-Baliqlar zaxirasidan foydalanishni tartibga keltirish va muhofaza qilish OV.bek hav/alararo boshqarmasi 0 ‘zbeksuvbaliq;
- 1982-Davlat O’rmon qo'mitasi qo‘riqxonalari va ovchi xo‘jaliklari bosh boshqarmasi;
- 1988-O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tarkibidagi qo‘riqxonalar, hayvonot va o‘simliklar olamini muhofaza qilish davlat nazorati mavjud (Davlatbionazorati).
1 .Qonunchilik asoslari. 0‘rmon Kodeksi 1978-yilning 26-iyulida qabul qilingan. 0‘rmon resurslarini ishlatish qayta tiklash hamda yuridik va jismoniy shaxslaming o‘rmon resurslaridan foydalanish javobgarligi belgilab berilgan. “Hayvonat olamidan foydalanish va muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun 1982-yilda qabul qilingan. Hayvonat olamining qayta ishlab chiqarish, oqilona foydalanish va muhofaza qilishga vo'naltirilgan huquqiy munosabatlarini aniqlaydi.
“Yer to‘g‘risida” qonun 1990-yilning 20-iyunida qabul qilingan va
1991-yilning 20-noyabrdagi 1993-yil 7-maydagi 1994-yi 6-may va 23-sentabirdagi barcha xo‘jalik shakllarini keng huquqli rivojlanishi uchun, tabiiy muhitni saqlash va yaxshilash hosildorlik yerlarini qayta ishlab chiqish, yerlami qo‘riqlash va ulardan oqilona foydalanish uchun sharoitlar yaratish maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishni yo‘naltirish kabi o‘zgartirishIar va qo‘shimchalar kiritilgan.
0‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida“ gi qonun 1992-yil 9-dekabirda qabul qilngan. Unda huquqiy, iqtisodiy va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish asoslarini tashkil etish, tabiiy manbalardan oqilona foydalanish, ekologik tizimni, alohida obyektlami va tabiat majmualarini muhofaza qilish muqobil atrof-muhut uchun fuqarolar huquqi kafolati belgilab berilgan. “Alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi qonun 1993-yilning 7-mayida qabul qilingan bo‘lib, unda huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy asoslami yaratish va alohida muhofaza qilinadigan hududlarni boshqarilishi belgilab berilgan. 1993-yil 6-maydagi 0‘zbekiston Respublikasi “Suv va suvdan foydalanish haqida “gi qonunida, suvga bo‘lgan munosabatni, xalq xo‘jaligida va aholini ehtiyoji uchun suvdan oqilona foydalanishning tartiblari ta’kidlangan. Qonunda suvni ifloslanish, bulg'anish va qisqarishdan muhofaza qilish, suvga boMgan zararli ta'sirlarni ogohlantirish va tugatish, holatini yaxshilash, shuningdek, fuqaro, dehqonchilik xo‘jaliklari tashkilot va muassasalaming suv sohasidagi munosabatlari huquqlarini himoya qilinishi belgilab berilgan.
1994-yil 22-sentabrda “Qazilmalar to‘g‘risida” gi qonun qabul qilgani va yer qazilmalaridan to‘g‘ri foydalanish va uni muhofaza qilish bo‘yicha munosabatlarni tartibga solinishi belgilangan. 1996-yil dekabir oyida “Atmosfera havosini muhofaza qilish haqida” gi qonun qabul qilingan. Respublika noyob yo‘qolib ketayotgan hayvon va o‘simliklar turini muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, shuningdek, ularda foydalanish tartibini amalga oshirilishi ko‘rsatilgan qonun va qonunga oid aktlardan tashqari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1993-yil 3-sentabrda “Yo‘qolib ketayotgan hayvon va o‘simlik turlarini muhofaza qilishni kuchaytirish va ulardan foydalanishni tartibga solish haqida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
15-dekabrdagi 600-sonli “Yovvoyi hayvon va o‘simliklami muhofazasini kuchaytirish va ulardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek, 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1996-yil 11-fevralda
76-f sonli “0‘zbekiston Respublikasida yirtqich qushlami olib kelinishi va chetga chiqarilishini tartibga solish to‘g‘risida”gi farmoishi bilan tartibga solinishi belgilangan.
0‘zbekistonda baliqchilik va ovchilikni olib borilish tartibini aks ettiruvchi qonunlar: Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1991-yil 10-apreldagi “Respublika hududida ovchilik va baliqchilik xo‘jaligini olib borish va ov qilish haqida” gi nizomi tasdiqlangan, shuningdek, Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil
21-iyulda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi 0‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi hujjatda 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida ov va baliqchilik qoidalari hamda tabiatni muhofaza qilish Davlat Qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan buyruqlar asosida amalga oshiriladi.
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish asoslarini tartibga solish masalalari “0‘zbekiston Respublikasi mulkchilik to‘g‘risida”, ”0‘zbekiston Respublikasi korxonalai lo‘g‘risida”, “Ijara to‘g‘risida” gi qonunlarda o‘z aksini topgan. 0 ‘zbekiston Respublikasi 1994-yil 21-yanvardagi “Tadbirkorlikni rivojlanliiisli va xususiy mulk egasini himoya qilishni ta’minlash, iqtisodiy islohollarni yanada chuqurlashtirish choralari to‘g‘risida”gi va 1994-yil
24-noyabrdagi “Yerlardan foydalanish samarasini oshirish to‘g‘risida”gi Farmonlarida yerga bo‘lgan munosabatni huquqiy asoslari me’yoriy hujjatlarda aks ettirilgan.
Tabiat boyliklarini ayrim turlarini muhofazasi va foydalanilishi 0‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarorlari bilan chegaralangan bular qatoriga Vazirlar Mahkamasi 1993-yil 3-avgustdagi 385- sonli “Suvdan foydalanishni cheklash haqidagi” 1995-yil 27-iyuldagi 293-sonli “0‘zbekiston Respublikasi o‘simliklar olamiga yetkazilgan zarar uchun belgilangan miqdorda undiriladigan to‘lovni tasdiqlash to‘g‘risida” 1992-yil 27-maydagi 248-sonli “0‘zbekiston Respublikasida mintaqaviy suv omborlarida va boshqa hovuzlarda daryo va bosh kanallarni hamda ichimlik manbalarini va maishiy suv taminotini davolash va madaniy sog‘lomlashtirish”ga qaratilgan qarorlarini tasdiqlagan.
Tabiatni muhofaza qilish qonunchiligini buzganligi uchun quydagi javobgarlikka tortish turlari belgilandi: Ma’muriy, jinoiy, fuqorolik-huquqiy, intizomli, iqtisodiy. 1994-yil 22-sentabrda “M a’muriy javobgarlik to‘g‘risida” shuningdek, jinoiy kodekslar qabul qilingan, unda ekologik qonun buzarlik uchun tegishli jinoiy va m a’muriy javobgarlik choralari belgilangan. Hozirgi kunda hayvonot va o‘simliklar olamida foydalanish va uni muhofaza qilish bo‘yicha yangi qonunlar yaratilmoqda va ko‘rib chiqish bosqichida turibdi. Xalqaro huquq. Tabiatni muhofaza qilish masalalari jahonda eng ustuvor masaladir.
Tabiatni muhofaza qilish faoliyati xalqaro shartnoma va bitimlar bilan tartibga solinadi. Hozirgi kunda 0‘zbekiston Respublikasi BMT ning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha (1993-yil may) xalqaro bitimiga,'ozon qatlamini muhofaza qilish to‘g‘risidagi Vena bitimiga va ozon qatlamini yemiruvchi moddalar yuzasidan Monreal bayonnomasiga (1993-yil may), xavfli chiqindilami transchegaraviy tashish va ularni yo‘q qilishni nazorati bo‘yicha ba’zi bitimlarga (1995-yil avgust) qo‘shildi. 0‘zbekiston Respublikasida biologik resurslarni saqlab qolishga yo‘naltirilgan xalqaro shartnomalariga katta qiziqish uyg‘onmoqda. 1995-yilning oktabrida 0 ‘zbekiston Biologik xilma-xillik bo‘yicha konvensya qabul qilindi. Uzun burun, ingichka tumshuqni muhofaza qilish choralari bo‘yicha Bonn doirasidagi bitimlari, Sibir turnasini saqlab qolish bo‘yicha memorandum, Afrika va Yevropa, Osiyoga ko‘chib o‘tadigan suvda suzuvchilar yuzasidan shartnomalar imzolangan edi.
0 ‘zbekiston 1997-yilda qabul qilgan “Yo‘q bo‘lib ketish xavfi bo‘lgan hayvon va o‘simlik turlarini sotish yuzasidan konvensiya”ga hamda “Sohil bo‘yidagi yerlarni va suvli botqoqliklarni muhofaza qilish bo‘yicha Ramsar bitim” lariga qo‘shildi va tasdiqladi. Bioxilma-xillikning saqlanishini boshqaruvchi institutlar. O'zbekiston Respublikasi Tabiatni Muhofaza qilish Davlat qo ‘mitasi.
0‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha asosiy va maxsus vakolatli muassasalar ustida turuvchi tashkilot hisoblanadi. Uning asosiy vazifalari: - atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy manbalaridan oqilona foydalanish va takror ishab chiqarish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; - tabiatni muhofaza qilish faoliyatining tarmoqlararo birgalikda boshqaruvini amalga oshirish; - tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejashning yagona siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- atrof-mihut ekologik holatining maqbul holatini ta’minlash va ekologik sharoitni sog‘lomIashtirish:
- qo'riqxonalar faoliyatini boshqarish alohida muhofazalanadigan tabiiy hududlarning tartibini ta’minlash.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga quyidagi boshqarmalar kiradi:
1) Atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha.
2) Yer va suv manbalaridan foydalanish va muhofaza qilish ustudan nazorat bo‘yicha.
3) Ilmiy texnik taraqqiyot va targ‘ibot.
4) Tabiatdan foydalanishning iqtisodiyoti va uni tashkil etish.
5) Bosh davlat ekspertizasi.
6) Ekologik axborot va oldindan aytish.
7) Xalqaro hamkorlik va dasturlar.
8) Ekologik huquq.
9) Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish hamda ehiqindilar bilan muomala qilish.
10) Ekologik me’yorlami standartlashtirish va sertiflkatlashtirish.
11) Buxgalteriya hisobi, hisobotlar va iqtisod.
Bundan tashqari, tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qoshida 2ta maxsus Respublika nazorati mavjud: - qo‘riqxonalar o‘simliklar va hayvonot dunyosini muhofaza qilish davlat inspiksiyasi (davlat bionazorati)-o‘simliklar hayvonot olami va qo‘riqxonalami muhofaza qilishga yordam beradi; - maxsus analitik nazorat davlat inspeksiyasi. 0 ‘simliklar va hayvonot olamini qo‘riq!ashda boshqa vazirliklar, idoralar vajam oat tashkilotlari m a’lum rolni bajaradi, jumladan “O'zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo'mitasi”, “O'zbek baliq” birlashmasi, ovchilar va baliqchilar ittifoqi, ular tizimida biologik resurslami muhofazalovchi idoraviy nazorat mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi davlat o ‘rmon Qo'mitasi - o‘rmonlarni himoya va muhofaza qilish, takror ishlab chiqarish, foydalanish sohasi bo‘yicha davlat boshqaruvi;
- o'rmon boyliklaridan to‘g‘ri foydalanish va kengaytirishga yo'naltirish, ulami qayta ishlab chiqish, meliorativ va ekologik ahamiyatini ko'tarish maqsadida o'rmon zaxiralari ahvolini yaxshilash, aholini va xalq xo'jaligi iste’molchilarini o'rmon mahsulotlari bilan to'Iiq qoniqtirish masalalarida yagona siyosatni amalga oshirish; - o 'rm o n fo n d i, flora va faunani o 'rg a n ish va hisobini olib borish;
- qo'riqxonalar faoliyatini, davlat ovchilik xo'jaligini, ov muddatlarini, me’yor, qoidalariga amal qilish yuzasidan nazorati va tasarrufidagi boshqaruv, ov xo'jaligini olib borish tartibi va boshqa talablar hayvonot olamidan foydalanish va muhofazalash, hayvonlaming yashash muhiti, ko'chish yo'llari va ko'payish sharoitlari bo'yicha tadbirlami ishlab chiqish va amalga oshirish, o'rmonchilik fondi hududida ovchilik, sanoat ovchiligi kadastirini olib borish;
- dorivor va oziq-ovqat o'simliklarini ishlab chiqarish va tayyorlash bo'yicha tadbirlami amalga oshirish;
- o'rmonchilik qonunlariga amal qilish, ov va o'rmonchilik xo'jaliklarini olib boorish bo'yicha me’yoriy-texnik hujjatlaming bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish. O'rmonchilik davlat qo'mitasiga zaharli ilonlami va boshqa qimmatbaho hayvonlami (shu jumladan baliqlami) ko'paytirish va saqlash bo'yicha pitomniklar, ilonxonalar tashkil etish, mo'yna-teri mahsulotlarini qayta ishlab chiqish bo'yicha bo'limlar va chorvachilik fermalarini ochish, shuningdek, baliqchilik va ov mahsulotlarini sotish, chet el ovchilik turizimi bo'yicha qo'shma korxonalami ochishga ruxsat berilgan.
Tabiatda uchraydigan biologik resurslar deb, yer yuzining o‘simlik va hayvonot boyliklariga, mikroorganizmlarga, shuningdek, mayda hasharot va jonzotlari jamlanmasiga aytiladi. Biologik resurslar o‘simlik resurslari, shuningdek, tabiatda uchraydigan madaniy va yovvoyi o‘simliklarni o‘z ichiga oladi.
Ularning turlari nihoyatda xilma-xildir. O‘simlik resurslari tuproq tarkibida tomir otib, vegetatsiya davrida o‘sib hamda rivojlanib, xuddi hayvonot olamidek o‘z umrini yashab bo‘lgandan keyin tugaydi.
Insonlarning to‘laqonli hayotini ta’minlovchi barcha turdagi tirik organizmlar – o‘simliklar, hayvonlar, zamburug‘lar va bakteriyalar inson uchun biologik resurslar (bioresurs) hisoblanadi.
Barcha miqyosda (mintaqa, tuman) ma’lum hududda tarqalgan o‘simlik organizmlarining majmuasi flora deyiladi, hayvonot organizmlarining majmuasi esa fauna deyiladi. Ma’lum hududning flora va faunasi biotani tashkil qiladi.
Bioxilma-xillik Yer sharida uchratish mumkin bo‘lgan barcha jonli narsalarning – hayvonlar, o‘simliklar, mikroorganizmlar va boshqalarning xilma-xilligini bildiradi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Yer sharida 350000 ga yaqin o‘simlik turlari mavjud. O‘zbekistonning bioxilma-xilligi, asosan, 27000 dan ortiq flora va fauna turlaridan iborat.



Yüklə 125,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə